LENIN HAQIDA - 10 Марта 2010 - Tarixdan testlar tuplami

Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2305






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1532



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1004



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1465








Главная » 2010 » Март » 10 » LENIN HAQIDA
13:55
LENIN HAQIDA
Leninni kim otgan edi?

Siyosat - Mashhur siyosatchilar


Moziyning o’qilmagan sahifalari bisyor. Uzoq vaqtgacha ko’pchilik haqiqat deb ishonib kelingan narsa birgina hujjat bilan yolg’onga chiqishi yoki yolg’on chinga aylanishi mumkin. Quyida tarjimasi berilayotgan German Nazarovning maqolasidan «inqilob dohiysi» Leninga qilingan suiqasd kimlarning ishi bo’lganligi haqida taxminiy xulosalar o’rin olgan.
Uzoq yillardan beri «Lenin 1918 yilda» nomli kinofilmda aks etgan «proletariat dohiysi» Vladimir Leninga qilingan suiqasd hech kimda shubha uyg’otmasdi. Bu suiqasd tashkilotchilari sifatida o’ng eserlar, Leninga o’q otgan shaxs esa Fanni Kaplan deb e’tirof etib kelinardi.
Ammo 1993 yilda sobiq Ittifoq fuqarosi, hozirda Quddus universitetining ilmiy xodimi B.Orlov Kaplan Leninga o’q uza olmasligini, ko’zi ojiz bo’lgani uchun to’pponcha o’rniga bombadan foydalanishi mumkinligini bildirdi. Leninga Kaplan emas, balki boshqa eserchi – Lidiya Konopleva o’q uzgan, deydi Orlov. «Leninizm grammatikasi» nomli kitob muallifi G.Nilov esa Leninga suiqasd qizil terrorga qarshi kurashni avj oldirish uchun uning o’zi tomonidan uyushtirilgan, degan fikrni bildiradi. Nilov shuningdek, Leninni cho’chitish va asta-sekin hokimiyatga yaqinlashib kelayotgan Trotskiyni yo’ldan olib tashlash uchun VChK bu suiqasdni uyushtirgan, degan fikrni ham inkor etmaydi…
1918 yilning 31 avgusti. Rasmiy talqin.
O’sha kuni Moskvada har juma kunlari bo’lganidek mitinglar o’tkazilishi va Lenin Basman rayonida – sobiq Xlebnaya birjasida hamda Mixelson zavodida chiqish qilishi kerak edi.
«O’sha kuni Mixelson zavodida, - deb eslaydi zavod qo’mitasi raisi N.Ivanov, - «Hamma mitinga!» degan e’lon osib qo’yilgandi. Ishchilar soat 7dagi mitingga ulgurish uchun kiyimlarini almashtirgani uylariga shoshishardi. Belgilangan vaqtga kelib zavodning granata korpusi besh-olti ming kishi bilan to’lgandi. Men va zavod boshqaruvi raisi I.Kozlov miting oldidan maslahatlashib turganik. Leninning zavodga kelish-kelmasligini hech kim aniq bilmasi. Shu payt «Lenin keldi!» degan ovozlar eshitildi».
Ma’lum bo’lishicha, Leninni nafaqat ishchilar, balki uning dushmanlari ham kutishayotgan ekan. Kaplan zavodga soat oltilara kelai, ishchilar orasida yurib, ularning suhbatiga quloq soladi. Tez orada zavoda Yana bir eser Novikov paydo bo’ladi – u Kaplanning qulay sharoitga ega bo’lishini ta’minlashi kerak edi.
Kaplan granata tsexiga miting tugaganida kiradi. Yig’ilganlar Lenin nutqining yakunini olqishlar bilan qarshi olishadi. U esa majlisga shoshilayotganini aytib tsexning chiqish eshigi tomon yuradi. Lenin zinadan ko’tarilayotganida Novikov xuddi qoqilib ketgandek uning yo’lini to’sadi va qolganlar ham Leninning atrofiga to’planib qolishadi.
Novikov yo’lni to’sganicha «O’rtoq Leninni o’tkazib yuboringlar!» deb qichqiradi. Lenin bir guruh ishchilar orasida qoladi va ular ichida bo’lgan Kaplan ham bir ishchi ayol bilan suhbatlashganicha uning yonida keta boshlaydi. Ishchilardan biri mashina eshigini ochadi vash u zahoti o’q uziladi, uning ortidan yana bir necha marta o’q ovozi yangraydi. Odamlar «O’ldirishdi! O’ldirishdi!» deb qichqirishadi. Hamma qocha boshlaydi, kimlardir ichkariga, yana kimlardir esa tashqariga otilishadi. Dastlabki o’q ovozidan keyinoq Leninning haydovchisi S.Gil to’pponchali ayolni ko’rib qoladi. U to’pponchani ushlab olib mashinadan tushadi va ayolning ortidan yugurmoqchi bo’ladi, ammo Leninning yotganini ko’rib uning yoniga qaytadi. Lenin xirillaganicha «Ushladinglarmi, yo’qmi?» deb so’raydi. Gil unga «Gapirmang! Ahvolingiz og’ir.», deydi.
Bo’m-bo’sh hovlida Leninning yonida bir necha faollar to’planishgandi. Ular Leninning o’rnidan turishiga yordamlashishdi. Sanitar Safronov uning jarohatini bog’ladi. So’ngra uni mashinasiga chiqarishdi va Gil mashinani Kreml tomon haydadi.
Kaplanni 5-Moskva piyoda diviziyasi harbiy komissarining yordamchisi S.Batulin ushladi. Mitingda u Novikov paydo qilgan tiqinda turib qolgan, so’ng avtomobil tomon shoshilgandi. Mashinagacha 10-15 qadam qolganida o’q ovozlari eshitilib, Lenin yerga yiqilgandi.
«Men o’rtoq Leninga suiqasd qilinganini tushundim, - deb ko’rgazma bergandi Batulin o’sha kuni. – O’rtoq Leninga o’o’ uzgan odamni ko’rmadim. Men gangib qoldim va «O’rtoq Leninning qotilini ushlanglar!» deb qichqirdim».
U shu gaplarni aytib ko’chaga yuguradi. Ammo bir oz yugurgach to’xtab qoladi. Ushlaydigan odamning o’zi yo’q edi. Shu payt u daraxt tagida portfel va soyabon ushlab turgan bir ayolni ko’radi. Undan shubha qilib ayolni darhol ushlab zavod ichiga olib kiradi. Faollar ayolni zavod mashinasida Zamoskvoretsk harbiy komissariatiga jo’natishadi. Bu yerda uni tintishadi Ayol Moskva tribunali raisi A.Dyakonov, Zamoskvoretsk komissari I.Kosior, S.Batulin, komissar I.Piotrovskiy va ishchi A.Uvarovlar ishtirokida tushuntirish xati yozadi:
«Men Fanni Yefimovna Kaplanman. Akatuya katorgasida 11 yil surgunda bo’lganman. Bugun Leninni otdim. Unga o’z ixtiyorim bilan o’q uzdim. Men uni inqilob xoini deb hisoblayman. Hech qaysi partiyaga a’zo emasman, lekin o’zimni sotsialist deb hisoblayman».
Kaplan necha marta o’q uzgani, to’pponchasining rusumi, siyosiy qarashlari, sheriklari haqidagi savollarga javob bermaydi. U tergov protokoliga ham imzo qo’yishni istamaydi, protokolga guvohlar imzo chekishadi. Soat 23.30da komissariatdagi tergov tugaydi va Kaplanni Lubyankaga jo’natishadi. Bu yerda tungi soat birda navbatdagi tergovlar boshlanadi. Birinchi bo’lib uni Dzerjinskiyning o’rinbosari Ya.Peters so’roq qiladi. Ikkinchi bo’lib RSFSR adliya narkomi D.Kurskiy, so’ngra Yana Peters, to’rtinchi bo’lib VChK bo’lim boshlig’i Skripnik tergov o’tkazadi. Tergov soat 2.25da tugaydi. Kaplan Leninni otganini ta’kidlaydi, ammo suiqasdning asl tashkilotchilarini aniqlashga yordam beradigan biror so’z aytmaydi. Shundan so’ng uni tinch qo’yishadi.
3 sentyabr kuni ertalab Lubyankaga Kreml komendanti P.Malkov kelib, Kaplanni Kremldagi yarim yerto’la xonasiga olib ketishi haqidagi buyruqni ko’rsatadi. Bir necha soatdan keyin esa markaziy ijroqo’m kotibi Avanesov Malkovga VChKning Kaplanni otib tashlash haqidagi qarorini topshiradi.
- Qachon? – so’raydi Malkov.
- Bugun. Zudlik bilan, - deydi Avanesov va bir oz o’ylangach, so’raydi: - Qaerda otgan yaxshi?
- Avtobron otryadi hovlisida.
- Bo’pti.
- Qaerga ko’mamiz? – so’raydi Malkov.
- Buni o’ylab ko’rmagandik. Yakov Mixaylovichdan so’rash kerak.
Avanesov Sverdlovdan Kaplanni qaerga ko’mish kerakligini so’raydi. Malkovning eslashicha, Yakov Mixaylovich sekin o’rnidan turadi va qo’llarini stolga tirab engashganicha, qat’iy ravishda deydi: «Kaplanni ko’mmaymiz. Jasadidan biror iz qolmasin»…
Malkov shu zahoti komendaturaga borib bir necha latish o’qchilarini oladi va ular bilan Avtobron otryadiga ketadi. Bu yerda u bir nechta yuk mashinasini tashqariga chiqarib motorini yurgizishni, bir yengil mashinani esa darvoza tomon qo’yishni buyuradi. Malkov Kaplanni olib chiqadi.
«Mashinaga chiq!», buyruq berdim, - deydi Malkov. – Fanni Kaplan ikki qadam bosdi. Men to’pponchamni ko’tardim…
1918 yilning 3 sentyabri kunduzgi soat 4. O’ch olindi. Hukm ijro etildi. Hukmni men, bolsheviklar partiyasi a’zosi, Moskva Kremli komendanti Pavel Dmitrievich Malkov shaxsan ijro etdim»… Kaplanning jasadi esa ta’kidlanishicha, Aleksandr bog’ida temir bochkaga solib kuydirib tashlangan…
Tergov g’aroyibotlari
1923 yilda VChK raisi o’rinbosari Ya.Peters gazeta muxbiri bilan suhbatda shunday degandi: «Leninga suiqasd qilinganidan buyon oradan besh yil o’tdi… Afsuski, qo’limizdagi suiqasd haqidagi ma’lumotlar to’liq emas». U nimani nazarda tutgani noma’lum-u, lekin tergov davomida ko’plab chalkashliklar yuz bergani aniq.
Birinchi navbatda, jabrlanuvchi sifatida Leninning o’zi tergovga chaqirilmagandi. Axir, tergovchi yuz bergan voqea va jinoyatchi haqida ma’lumot olish uchun birinchi o’rinda jabrlanuvchining yoniga borishi kerak-ku. Lenin yuz bergan voqeadan g’azabga minishi lozim edi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda esa u tergovning borishiga umuman qiziqmagan.
Jinoyat joyini ko’zdan kechirishda ham tergov g’alati olib borilgan. Suiqasddan uch kun o’tgach, 2 sentyabr kunigina Gil, tergovchi V.Kingisepp va bir yarim oy ilgari Yekaterinburgda podsho oilasini sudsiz otib tashlagan Sverdlovning yordamchisi Ya.Yurovskiy Mixelson zavodiga kelishadi. Guruhni hattoki, tergov komissiyasining a’zosi ham bo’lmagan Yurovskiy boshqaradi. Voqea joyini ko’zdan kechirish chog’ida uch yoki to’rtta gilza topiladi va ular qanday qurolniki, degan savol paydo bo’ladi.
30 avgust kungi dastlabki tergovda Gil Kaplanga tashlanganida u brauningni uloqtirganini aytgandi. Gil shoshilgani uchun brauningni olmagan va uni ertasiga zavod ishchisi A.Kuznetsov topib olgandi. U bu haqda harbiy komissariatga aytadi, u yerdagilarni esa bu xabar zarracha qiziqtirmaydi. Faqatgina 1 sentyabr kuni «Izvestiya»da topib olingan qurolni Lubyankaga keltirib berish haqida VChKning so’rovi e’lon qilingach, Kuznetsov uni V.Kingiseppga keltirib beradi. Kingisepp esa hech qanday ekspertizasiz zavodda topilgan gilzalarni o’sha brauningga tegishli deb e’lon qiladi.
Hodisa joyini ko’zdan kechirgan Yurovskiy guruhi «tergov tajribasi» o’tkazadi. Unda na qurbon (Lenin), na ayblanuvchi (Kaplan) ishtirok etadi. Bir necha kishi jinoyat jarayonini pantomima tarzida tiklaydi. Unda Gil o’zini, Lenin va Kaplanning yonida ketgan ayol rolini zavod faollari Ivanov hamda Sidorov, Kaplanni esa
Kingisepp o’ynaydi.
O’sha kuniyoq Kingisepp zavod partiya qo’mitasi raisi N.Ivanovni guvoh sifatida so’roq qiladi. Dastlabki tergovda bu «guvoh» mitingning boshlanish va tugash vaqtini, uchrashuvda necha kishi ishtirok etganini aytmagandi. Tergovchi esa nima uchun na Ivanov, na zavod rahbariyati sovet hukumati rahbarini kutib olishga chiqishmaganini so’ramadi.
Faqatgina bir necha yillardan keyin Ivanov o’sha kuni aytmagan ko’plab narsalarni «esladi». Yuz kishi sig’adigan granata tsexi suiqasddan o’ttiz yil keyin uning xotirasida besh-olti ming kishi sig’adigan granata korpusiga aylandi (inqilobgacha Mixelson zavodida 1900 kishi ishlagan, 1919 yilda esa xom Ashe yetishmagani uchun ularning soni 475 kishiga qisqargan). Ivanov Mixelson zavodidagi miting o’tkazilgan vaqtni ham «eslab qoldi».
31 avgust kuni «Izvestiya»da «Ishchi va qizil armiyachi deputatlar Moskva Soveti»ning murojaatnomasi Chop etilib, unda Leninga suiqasd Mixelson zavodidagi miting tugaganidan so’ng soat 7.30da amalga oshirilganligi bildirildi. O’sha kuni Kaplan to’rtinchi marta so’roq berganida zavodga soat 8da kelganligini aytdi. Shu kuniyoq «Pravda» suiqasd vaqtini soat 9ga surdi, haydovchi Gil esa birinchi tergovda Leninni Mixelson zavodiga soat 10da olib kelganligini aytdi!
«Avval biz Xlebnaya birjasiga bordik, - degandi bir necha yillardan keyin Gil V.Bonch-Bruevichga. – Bu yerdagi miting tugagach, Mixelson zavodiga ketdik… To’g’ri hovliga kirdik. Biz bilan na mashinada, na hovlida soqchilar bor edi, Leninni hech kim kutib olmadi. U tezda mashinadan tushib ichkariga kirib ketdi.
Oradan 10-15 daqiqa o’tgach portfel ko’targan bir ayol oldimga keldi – tergovda ma’lum bo’lishicha, u Kaplan ekan – va mendan «O’rtoq Lenin keldimi?» deb so’radi. Men unga «Kim kelganini bilmadim» dedim. U esa kuldi va «Qanaqasiga, haydovchi bo’lib turib kimni olib kelganingizni bilmaysizmi?» dedi…Shundan so’ng u binoga kirib ketdi.
Bu ma’lumotlarni Gil oradan ancha yil o’tgach, Lenin ham, Sverdlov va Kingisepp ham dunyodan o’tib ketishganidan so’ng aytgandi. Agar u bu gaplarni 1918 yilning 30 avgustidagi tergovda aytganida nima bo’lardi?
Unda ayrim narsalarni aniqlashga to’g’ri kelardi: nima uchun Mixelson zavodida miting bo’lmadi? Nima uchun shunga qaramay Lenin zavodga keldi? Nima uchun Kaplan uning bu yerga kelishini bilib kutib turgan?
Bu savollarga esa Leninni ogohlantirmasdan Mixelson zavodidagi mitingni tqoldirishga buyruq bergan Moskva partiya qo’mitasi kotibi V.Zagorskiy, Leninni Moskva ichidagi barcha safarlarida kuzatib yurishga buyruq olgan VChK raisi o’rinbosari Peters javob berishga majbur bo’lardi. Sverdlovning o’zi ham ayrim qaltis savollardan qochib qutula olmasdi. Lekin o’shanda ularni tergov qilishga kim ham jur’at etardi?
Bolsheviklar hokimiyatni qo’lga kiritib, muassislik kengashini tarqatib yuborishgach, ularni umumiy dushman – chorizmga qarshi kurashda qo’llab-quvvatlagan ittifoqchilari norozi bo’lishdi. Lenin uchun eng xavflisi Trotskiy edi. Uni millioner Shifflar sulolasi qo’llab-quvvatlardi. Ular Rossiyada fuqarolar urushini avj oldirish niyatida edilar.
Aftidan, Rossiyada bu qonli tomoshani boshqaruvchi rejissyor maqomiga Yakov Sverdlov da’vogar edi. 1917 yilning bir necha oyi ichida partiyada hech kimga ma’lum bo’lmagan bu shaxs eski bolshevik deb e’lon qilindi va markaziy ijroqo’mga rais etib tayinlandi. Trotskiy singari Sverdlov ham Muvaqqat hukumatni ag’darish, hokimiyatni egallashda Leninni faol quvvatlagan. Ammo 1918 yilning o’rtalarida Trotskiy va Sverdlov Leninga suiqasd qilish orqali fuqarolar urushini keltirib chiqarishga qaror qilishadi.
Yo’q, Sverdlov Lenin o’ldirish uchun yollanma qotillarni jo’natmoqchi emasdi. O’ng eserlar Leninga suiqsd uyushtirishga tayyorlanishayotganini u do’stlaridan bilib olgan bo’lishi mumkin edi.
Kaplanni o’ng eserlarning jangovar guruhiga aynan Sverdlov tavsiya qilgandi. Sverdlovning singlisi Sara uning yaqin dugonasi edi. Sarra Lenin kotibiyatida ishlar va uning qachon, qaerda bo’lishini aniq bilardi…
Davlat to’ntarishi 1918 yilning 30 avgustiga mo’ljallangandi. Trotskiy Moskvada emasdi – u Qozonda edi. Uritskiyning o’limi sababli Dzerjinskiy Petrogradga ketgandi. VChK elchilar fitnasini fosh etishga tayyorgarlik ko’rayotgandi. Poytaxtdagi vaziyat qaltis edi. Leninning yaqinlari undan shu kunlarda hech qanday tadbirlarga bormay turishni so’rashadi, ammo u bunga rozi bo’lmaydi. O’sha kuni ham odatdagidek, Moskva rayon qo’mitasi kotiblarini chaqirishib, Lenin Basman va Zamoskvoretsk rayonlarida mitingda qatnashishini bildirishadi. Bu rayonlar kotiblariga xavfsizlik choralarini kuchaytirish buyuriladi. «Basman rayonida, - deb eslaydi Basman rayqo’m kotibi Ye.Yampolskaya, - rayqo’m a’zosi Shablovskiyga Leninni qo’riqlashni topshirgandik. Miting boshlanishiga 2-3 soat qolganida bizni yana markazga chaqirishdi va Lenin mitingga bormasligini aytishdi».
Ammo Lenin Xlebnaya birjasiga keldi va bu yerda uni Shablovskiy qo’riqlab yurdi. Ammo nima uchun Mixelson zavodida unga qo’riqchi qo’yilmadi? Chunki, Zagorskiy mitingni bekor qilgan, biroq bu haqda Leninni ogohlantirmagan edi va u fitnachilar tuzog’iga tushgan edi…
Leninga qarshi fitna
Hozirda Lenin nima uchun Mixelson zavodiga shaxsiy soqchilarsiz kelgani noma’lum. Lekin shunisi aniqki, u qorong’i tushganida zavodga keladi, bu yerda hech qanday miting bo’lmayotganini ko’rgach ortiga qaytadi. Uning ortidan esa Kaplan yuradi va uchta o’q uzadi.
Gil qorong’ida Leninning izidan kelayotgan Kaplanni ko’rmaydi, o’q otilganda esa gangib qoladi va qotilga qarshi hech qanday chora qo’llamaydi. Keyinroq u o’zini qo’rqoqlikda ayblamasliklari uchun miting tugaganidan so’ng zavod hovlisi ishchilar bilan to’lib ketgani va ular Kaplanga qarshi o’q uzishga xalaqit berishganini o’ylab topadi. Gil suiqasd haqidagi jumboqning kalitini ham berib qo’ygan. Agar u Leninni Mixelson zavodiga soat 10da olib kelgan bo’lsa, Kaplan Leninni soat 10.15-10.20da otgan bo’ladi. Gil yarador Leninni mashinaga o’tqazib, Kremlga olib borgunicha 20 daqiqa vaqt o’tadi. Soat 10.40da suiqasd haqida butun Kremldagilar xabardor bo’lishadi. Endi esa «V.I.Leninga suiqasd munosabati bilan Markaziy ijroqo’mning yig’ilishi» haqidagi hujjatning vaqtiga qarang: «30 avgust, 1918 yil, soat 22.40». Suiqasd haqida eshitishi bilan markazqo’m raisi Ya.Sverdlov bir lahza ichida bayonot yozib tashlaydi: «Bundan bir necha soat ilgari o’rtoq Leninga yovuzlarcha suiqsd qilindi»… Demak, Sverdlov suiqasd bo’lishini oldindan bilgan. «Biz bu ishda o’ng eserlarning qo’li borligiga shubha qilmaymiz»… Leninni kim otganini hali hech kim bilmay turib, Sverdlov uning o’ng eserligini bilyapti. Bundan esa Sverdlov Leninni kim va qaerda otishi haqida ogohlantirilgan, degan fikr kelib chiqadi…
Puchga chiqqan davlat to’ntarishi
1918 yilning 30 avgusti Sverdlov uchun og’ir bo’ldi. U Trotskiyga telegramma yo’lladi: «.. Lenin yarador, tuzalishiga umid yo’q». Petrogradga, Zinovevga Leninning yaralangani haqida qo’ng’iroq qildi va har yarim soatda bog’lanib turishini aytdi. Zinovev keyinchalik, Yakov Mixaylovichning hayajoni har yarim soatda oshib borganini, xotirjamligini yo’qotganini eslagandi. Chunki Lenin allaqachon o’lishi kerak edi, u hali ham tirik!
Aftidan, Sverdlov Leninga barcha narsani aniqlash va o’ch olishga va’da bergandi. Chekist Fridmanning eslashicha, Peters Kaplanni Lubyankada tergov qilayotganida u yerda Sverdlov paydo bo’lgan. U Kaplanga shunday deb qichqiradi: «Men sovet hukumatining oliy ijroiya organi raisi sifatida sizdan javob talab qilaman. Kimsiz? Rossiya ishchi sinfining dohiysiga yovuzlik qilishni sizga kim buyurdi? Gapiring! Siz esermisiz?» Kaplan unga qarab: «Men chor turmalarida o’tirganimda jandarmlarga hech narsani aytmaganman, sizga ham aytmayman», deydi.
Kaplan soat sayin Sverdlov uchun xavfli bo’lib borardi. U hozircha hech narsani aytmagan bo’lsa-da, Petrograddan g’ayrat bilan kelayotgan Dzerjinskiy tergov qilishni boshlasa, Kaplan hammasini gullab qo’yishi tayin edi. Sverdlov 31 avgust kuni tergovni to’xtatadi va Kaplandan tezroq qutulish chorasini izlaydi. U ishni chekistlardan olib qo’yishga shoshiladi. Malkov Kaplanni Lubyankadan Kremlga olib keladi. Hukmni ijro etishni chekistlarga ishonmagan Sverdlov Kaplanni otishni Malkovga buyuradi.
1918 yilning 2 sentyabrida markaziy ijroqo’m hokimiyatni Qozondan yetib kelgan Trotskiyga topshiradi. 5 sentyabr kuni esa Xalq komissarlari soveti yuz mingla begunoh kishilarning o’limiga sabab bo’lgan qonli «Qizil terror haqidagi Farmon»ni qabul qiladi. 1918 yilning oxiriga kelib Rossiyaning barcha chegaralarida fuqarolar urushi avj oladi.
Ammo ish silliq ketmaydi. Kaplan yetkazgan jarohat Lenining o’limiga sabab bo’lmaydi. U o’ziga nisbatan fitna uyushtirilganini anglaydi. 8 oktyabrga kelib, Trotskiy o’z hammaslaklarini yiqqan inqilob kengashi tarkibiga Trotskiyning yetti nafar raqibi, ular orasida Stalin ham bor edi – kiritiladi. 1919 yilning martida sirli shamollashdan Sverdlov vafot etadi, yarim yildan keyin esa Sverdlovning do’sti V.Zagorskiy bomba portlashi oqibatida halok bo’ladi.
Trotskiy barcha hammaslaklaridan ko’ra uzoqroq yashaydi. Ammo xorijda yashayotgan paytida boshiga terrorchining muz yoradigan cho’kich bilan urishi oqibatida u ham halok bo’ladi.




Просмотров: 3243 | Добавил: aza | Рейтинг: 2.3/15
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

0
Arxiv

nwEnt25


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat