Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1984



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1295



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1895








Главная » 2010 » Февраль » 8 » Mirzo Ulug'bek
22:10
Mirzo Ulug'bek
Ulug’bek va uning rasadxonasi
Rasadxonaning qurilishi tarixidan Odatda, o'rta asr!arda, har bir podshoh saroyida munajjimlar bo'lib, ular astrologik maqsadlarda yulduzlar osmonini kuzatishar уа yulduzlarning holatlariga ko'ra mamlakat hamda podshohlik faoliyatining taqdiri haqida bashorat qilish bilan shug'ullanishardi. Amir Temur saroyida hаm mavlono Ahmad vа mavlono Abdulloh kabi munajjimlar ishlagani tarixiy manba'lardan ma'lum. Shulardan saroyda hakimlik hаm qilgan mavlono Ahmad sayyoralarning 200 yillik holatlarni оldindаn belgilab, shu asosda, jadval tayyorlagan. Binobarin, o'rta asrlarda munаjjimlаr uchun sayyoralarning oldindan hisoblangan holat1ari bilаn bevosita kuzatishdan оlingan nаtijаlаrning mos kelishi juda muhim ahamiyat kasb etgan. Shu hol sabab bo'lib IX-XII asrlarda Sharqda ishga tushirilgan rasadxonalarda оlib borilgan kuzatishlarning natijalari asosida tuzilgan jadvallarni yangilashga ehtiyoj tug'ildi. Ви esa, o'z navbatida, yangi, aniq natijalar berilgan quvvatli аstrоnоmik asboblari bo'lgan rasadxona qurilishini taqoza etardi. Natijada chingizхоnning nevarasi Hulaguxon saroyining xay'at olimi Nasiruddin Tusiy XIII asrda Ozarboyjonning o'sha davrdagi poytaxti Marog'ada rasadxona qurdirdi. Ко'р yillik kиzatishlar asosida Tusiy yangi astronomik jadvallarni tayyorladi vа uni Hulaguxonga bag'ishlab, " Ziji Elxoniy" deb atadi. Biroq, ko'p o'tmay, ya'ni XIV asrning oxirlariga kelib Nasiruddin tuzgаn jadval1arda keltirilgan ma'lumotlar hаm kuzatish natijalaridan sezilarli farq qila boshladi. Shu munosabat bilan yanada aniq mа'lumоtlar olish imkonini beradigan, oldingilardan afzalroq va aniqroq astronomik qиrilmalariga ega bo'lgan rasadxona bunyod etish ehtiyoji tug’ildi.
Shularni e'tiborga olib, Ulug'bekning otasi Shohrux hukumron bo'lgan mamlakatning Koshon shahrida istiqomad qilgan o'zbek astronomi G'iyosiddin Jamshid "Ziji Xoqoniy", dar takmil "Ziji Elxoniy" ("Xoqon ziji" - "Ziji Elxoniy"ning takomillashtirilganidir'') degan mashhur risolani yozdi. 1413 yili yozib tugallangan bu asar Uug'bеkning otasi Shohruxga bag'ishlagan edi. "Xoqon. ziji" ning nazariy qismi vа astronomik jadvallari "Ziji Elxoniy" ning nazariy qismi jadvallaridan biroz farq qilib, yangi ma'lumotlar bilan to'ldirgan vа boyitilgan edi. Mazkur tuzatishlar quyosh, оу уа sayyoralarning topilgan holat1ari аniqligini faqat bir necha yil mobaynidagina, tа’minlау olardi, xolos. Sayyoralarning bir necha о'n yiliarga tegishli holatlarini oldindan aniq topish uchun esa, ularning orbita element1arini yangidan aniqlash talab etilardi. Buning uchun уаnа hаm aniq kuzatishlarga va o'lchash1arga imkon beradigan astronomik asbobni ishga tushirish, ya'ni yangi rasadxona qurish zarur edi. Shohrux mаmlаkаti hududida yangi rasadxona qurish niyati Jamshid Koshiyni anchadan bиуоn o'rtab kelardi. Shu boisdan G'iyosuddin Koshiy Shohruxga bo'lgan hurmatini, unga bag'ishlab bitgan "Zij"i orqali bildirish bi!an chegaralanmay, uпgа yangi rasadxona qurish rejasi borligini Ьат ma"lum qiladi. Biroq Amir Теmurning vafoti munosabati bilan uning avlodlari orasida taxt uchun ixtiloflar bоshlanib ketadi. 1415 yili Koshon vа uning atrof viloyatlarining voliysi Said Vaqqos Shohruxga qarshi qo'zg'alon boshlaydi. Temuring farmoni bilan 1399 yili Umarshayx o'rniga Farg'onaga hokim еtib tayinlangan uning o'g'li Iskandar (Shohruxning jiyani) Said Vаqqosning Оzаrbоуjоn tomon yurishidan foydalanib, Jаmshid Koshiyning vatani Koshonga bostirib kiradi vа uni zabt etadi. Endi Iskandar hukmronlik qilayotgan yillartda qolgan G'iyosiddin Jamshid Koshiy 1415 уilning qishida rasadxona qurish rejasi bilan unga murojaat qi1adi. Iskandarning roziligini olgach akademik Bartoldning mа'lum qilishicha, 1416 yilning yanvarida Koshiy rasadxonani jihozlash uchun zarur bo'lgan astronomik asboblarning bayoni aks etgan "Аstrопошik asboblarga sharh risolasi " ni ("Risolai dar sharhi olati rasad" ni ) yozib Iskandarga taqdim etadi vа bu bilan uing oldiga rasadxona qurishiga kirishish masalasini qo'yadi, lekin Iskandarning bevaqt halokati sabab bo'lib Koshiyning rejasi bu daf’a ham amalga oshmay qoladi…
Astronom G .Jalolovning fikricha, Koshiy Iskandar o'limidan keyinoq, ya'ni 1416 yilning yozidayoq Ulug'bеk tamonidan Samarqandga taklif etilgan. Sharqshunos olimlar В. Rozenfeld bilan G. Matveevskaya esa, Koshiy Samarqandga 1417 yilda kelgan deb uqtirishadi. Koshiy Samarqandga kelgach, bu erda rasadxona qurdirish niyati borligini Ulug'bekka bildiradi. Bunday iltimosning sababini tarixchi Solih Zakiy "Osor a1-Baqiya "risolasida shunday bayon qiladi: "Ulug'bеk"Ziji Elxoniy " da keltirilgan ma'lumotlar esa so'ngi kuzatishlar natijalari bilan mos kelmasligini G'iyosuddin Jamshiddan ko'p marta eshitganini ta'kidlaydi..."
Ulug'bеk rasadxona qurilishiga rozilik beradi.Shu munosabat bilan Ulug'bеk talay olimlarni to'plab, 1417 yilda rasadxona qurishga bag'ishlangan majlis ham chaqirgan.
Baxtga qarshi, Ulug'bek rasadxonasining qurilgan vaqti haqida tarixiy manba'lardan aniq, hozirgacha uchraydigan bahslarga nuqta qo'yadigan ma'lumot hаli – hanuz topilgani уо'q. XVIII asr tarixchisi Said Roqimning " Tarixi Roqimiy " kitobida Ulug'bek rasadxonasi 1428 yili qurilgan deb ma'lum qiladi. Tarixiy ma'lumotlarga tayangan holda ko'pchilik ХХ asr olimlari, xusиsan, V.Bartold, М. Masson, Т. Qoriniyoziy va V. Shishkin ham o'z asarlarida Ulug'bek rasadxonasining qurilib ishga tushgan yili deb 1424 va 1429 yillarniaytadilar.
Asrimizning 50 -yillarida mashhur o'zbek arabshunos olimi G' .Jalolov Ulug'bek rasadxonasining qurilgan yillari va unda G'iyosiddin Koshiyning xizmati haqida Navoiyning zamondoshi, mashhur tarixchi Mixond ibn Hovandshohning "Ravzat us -safo " asaridan quyidagi so'zlarni topdi: "Ви voqeadan (gap Xitoy elchilarining 1419 yili Samarqandga kelish voqeasi ustida -G'. Jalolov) " oldin Mirzo Ulug'bеk madrasa qurish to'g'risida ko'rsatma berdi. Xuddi shи tarzda Ulug'bek tomonidan taniqli ustalar boshchiligida Samarqandda rasadxona qurish haqida ham ulug' farmon berildi. Вu haqda "Ravzat us-safo" da: "Rasadxona qurish bo'yicha yunon fanini to'la egallagan "ikkinchi Ptolemey" -G'iyosuddin Jamshid va Mavlono Nizomuddin al-Koshiylar rahbarlik qildilar. Ishning jadal sur'at уа o'ta darajada qizg'inlik bilan olib borilganligi rasadxonaning qisqa muddatda qurib bitkazilishiga imkon berdi ", -deyi1gan.
Observatoriyaning qurilish davri haqida tarixiy manba'larda uchraydigan ma'lumotlar ichida, shubhasiz, Мiтxond ma'lumotlari уа Koshiyning otasiga yozgan xatidagi ma'lumotlar haqiqatga yaqin deb qarashga asos beradi. Shu boisdan astronom G'. Jalolov Шug'Ьеk observatoriyasining qurilishi 1420 yili yakunlangan degan xulosaga keladi. Keyinchalik arxitektor М. Bo'latov Ьат shunday xulosaga keladi. ("Zvezda Vostoka", 1982, l-son).
RASADXONANING BOSH "TELESKOP" i
Samarqand rasadxonasining bosh "teleskop" i -sekstantning dovrug'i temuriylar
mamlakati hududidan chiqib butun dunyoga taraladi.
Bunga qadar ishlatilgan eng yirik kuzatish asbobi Х asrda Rayda Su1ton Faxr ad-davla saroyida isblagan xo'jandlik Аbu Mahmud ibn Xizr a1-Xo'jandiy tomonidan ishlatilgan radiusi 17 metr keladigan kvadrant edi. O‘sha asrda yashab, ijod etgan xurosonlik mashhur astronom Аbul Vafo al-Buzjoniy esa radiusi 7 metr keladigan kvadrant bilan ish ko'rganini ma'lum qiladi.
Baxtga qarshi Samarqand oservatoriyaning qurilish vaqti vа jarayoni kabi uning bosh "teleskop"iga tegishli aniq ma'lиmotlar ham bizgacha etib kelmagan.
1908 yili rasadxona qoldiqlarini qazish ishlarining ilk kunlaridayoq arxeolog V. L. Vyatkin unga tegishli bir g'isht qa1inligjdagi, balandligi o'rtacha ikki metrcha keladigan, diametri salkam 48 metrlik aylana devorni topdi. Ushbu devor tashqi tomondan koshinli qoplamaga ega bo'lganligi uning yaxshi saqlangan shimoliy qismidan oson aniqlanadi. G'isht devor ustiga tekis marmar taxtalar yotqizilgan bo'lib uning ichki qismi yaqinida aylana yoyi bo'ylab, ma'lum chuqurlikka ega bo'lgan vа to'rt burchak shalkda kesilgan ariqchasi bor edi. Aftidan bu chuqurcha bo'ylab gradus, minut уа уоу sekundlarining shtrixlari muhrlangan mis plastinka joylashtiIilgan bo'lib, u butun aylananing uzunligi bo'yicha yotqizilgan. Shuningdek, marmar taxtalarda mazkur aylana yoyi bo'ylab bir xil masofalarda o'yib yozilgan o'nlik sonlarni ifodalovchi harflar bo'lgan. Shularni e'tiborga olganda, mazkur aylana yoritgichlarning azimutlarini o'lchash uchun ishlatilganligi ma'lum bo'ladi. Aylana markaziga yaqin joyda uncha baland bo'lmagan ikki g'isht qalinligidagi ikkita devor bilan o'zaro ajratilgan uchta zina topilib, ular pastga qarab yo'nalgan edi. Вu zinalar tozalanib pastga tushilganda, to'siq devorlarning ustiga marmar taxtalar qoplanganligi уа ularda hаm katta gorizontal aylananing marmar qoplamalaridagi kabi ariqchasi borligi aniqlandi. Marmar taxtalarga o'yib yozilgan sonlardan ma'lum bo'diki, bir-biridan 51 santimetr uzoqlikdagi Ьи to'siqlar aslida yoritgichlarning balandliklarini o'lchash imkonini beradigan bosh astronomik asbob ¬sekstantning yoyi ekan. Keyingi tadqiqotlar ushbu meridian yoyining radiusi 40.2 metr bo'lganligini ma'lum qiladi.
Sekstant yoyidagi ingichka o'yiq, chiziqlar bilan belgilangan shtrixlar orasi 70.2 satimetrdan bо'lib, u l darajaga to'g'ri keladi. 1 minutga to'g'ri kelgan sekstant yoyi uzunligi esa 11.7 millimetrni tashlik etadi. Bosh "teleskop" yoyining uzunligi 50 metr chamasi bo'lib, uning dioptr (tиynuk) o'matilgan janub tomondagi er sirtidan 28 metr balandlikkacha borardi. Meridian yoyining saqlanib qolgan qismiga ko'ra bu ulkan burchak o'lchagich astronomik asbob yoyining uzunligi aylana uzunligining to'rtdan birimi yoki oltidan bir qismi bo'lganmi, boshqacha aytganda kvadrant bo'lganmi yoki sekstantligini aniqlash juda mushkul bo'lib, bir necha o'n yillar davomida tartishuvlarga sabab bo'ldi.
Samarqand sharoitida osmon ekvatorining gorizontga og'maligi 50 daraja atrofida bo'lib (chunki Samarqandning kenglamasi taxminan 40 daraja, binobarin 90-40=50 daraja ). Quyoshning yillik уо' li takislagining (ekliptikaning) osmon ekvatoriga ( Er ekvatori tekisligiga parallel tekislikka ) og'maligi 23 daraja 26 minut bo'lganidan, u erda Quyoshning balandligi yil davomida 26.5 darajadan 73.5 darajagacha o'zgaradi. Оу orbitasi tekisligining ekliptika tekisligiga, boshqacha aytganda, Er orbitasi tekisligiga og'maligi 5 darajayu 9 minutligini e'tiborga olsak, Samarqandda Oyning balandligi 21.5 darajadan 78.5 darajagacha o'zgarishi ma'lum bo'ladi. Planetalar masalasiga kelsak, ular ichida ekliptika tekisligiga eng katta og'ishga ega bo'lib, "qorollanmagan" ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan sayyora Utorud (Меrkuriу) orbitasining tekisligi ekliptika tekisligiga og'maligi taxminan 7 darajani tashlik etadi. Binobarin uncha murakkab bo'lmagan hisoblashlar, Samarqand osmonida uning balandligi 43 darajadan 57 darajagacha o'zgarishini ma'lum qiladi. Вu ma'lumotlarning oddiygina tahlilidan ko'rinadiki, Samarqand osmonida Quyosh, Оу уа sayyoralarni kuzatish, ularning harakatlarini o'rganish uchun mazkur observatoriya bosh "teleskop" i yoyining 29 darajadan 0 darajagacha qismini bo'lishiga hech zaruriyat yo'q ekan.
Ulug'Ьеk observatoriyasi bosh "teleskop" i yoyining darajalangan ishchi qismi, ya'ni 19 darajadan 80 darajagacha bo'lgan qismi -aylana uzunligining taxminan oltidan bir qismi ekanligini e'tiborga olib, uni hech ikkilanmay sekstant bo'lgan deyishga to'la asos bor. Biroq shunga qaramay, olimlar orasida bu asbobning sekstant bo'lganmi yoki kvadrantligi haqidagi tortishuvlari ahyon-ahyonda bo'lsada, yaqin yillargacha uchrab turadi. Nihoyat, taniqli o'zbek olimi arabshunos vа astronom G'. Jalolov 1941 yilning may-iyun oylarida taniqli matematik Т. N. Qoriniyoziy уа V. Shcheglov bilan Samarqand observatoriyasi qoldiqlarini o'rganish bo'yicha uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyadan qaytgach, Jamshid Koshiyning astronomik asboblarga sharhi bilan tanishib, unda keltirilgan beshinchi instrument "sudsi Faxriy" ga ("Faxriy sekstanti" ga) e'tibor qildi уа uni o'rgandi. 1944 yili esa Toshkent observatoriyasining ilmiy kengashida olim "sudsi Faxriy" ni о 'rganish natijalarini Samarqand rasadxonasi bosh "teleskop" i qoldiqlari bilan taqqosladi va Ulug'bek rasadxonasining bosh "teleskop" i sekstant bo'lganligi foydasiga bir talay dalillar keltirib ma'ruza qildi. Yana ko'p yillar davomida arab va fors tillarida bitilgan mavjud tarixiy qo'lyozmalarni o'rgangan olim 1947 yilda sobiq SSSR Fan1ar akademiyasining maxsus "Astronomicheskiy jurnal" lida o'zining "Sekstant-Ulug'bek observatoriyasining bosh asbobi" maqolasini e'lon qildi. Ushbu maqolada G'. Jalolov Ulug'bek observatoriyasining bosh "teleskop" ining sekstant1igini tasdiqlovchi talay ilmiy dalillar keltiradi.
Garchi rasadxonaning bosh "teleskop" i aslida qanaqa bo'lganligini hozirgacha ham tortishuvlarga sabab bo'lib kelayotgan bo'lsa-da, uning ishchi qismi sekstant bo'lganiga hech qanday shubha уо'q. Chunki Samarqand shahri kenglamasida Quyosh, Оу va oddiy ko' z bilan ko 'rinadigan barcha sayyoralarning "izi" bu asbobda "aks etganda " ularning balandligi asbob yoyining 20 darajasidan 80 darajagacha bo'lgan qismi - 60 darajali (80-20=60 daraja) yoyini tashkil qilib, aylana yoyining 60:360=1:6 (oltidan bir) qismini, ya'ni sekstantni tashkil qiladi. Binobarin, astronom G' .Jalolovning Ulug'bek observatoriyasi bosh "teleskop"ining sekstantligiga keltirgan dalillari ayrim kishilaming haligacha mazkur astronomik asbobni asossiz ravishda kvadrant deb isblatisblariga hech o’rin qoldirmaydi…


Просмотров: 6649 | Добавил: aza | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 Deison  
0
O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 11- sentabrdagi Sudlar toniomdan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko’rishda qonunlarni qo’llash amali gi Qaroria0 23-bandi, 2-qismida er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulki jumlasiga er va

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Февраль 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728

0
Arxiv

nwEnt8


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat