Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1983



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1293



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1893








O'zbek olimlari va  buyuk insonlar.
                                                                     
                                                                  Biz ular bilan faxirlanamiz.


                                  
Abu Abdulloh Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy
 (arab. محمد بن موسى الخوارزمي‎‎ - (taxm. 780-850 yillarda yashagan) -
 mashhur O'rta Osiyolik musulmon matematigi, astronomi, astrologi, geografi,
hamda qomusiy olimidir.

                                       
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy
 (15-sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 13-dekabr, 1048, Gʻazna)
- oʻrta osiyolik XI asr qomusiy olimi.



                                        
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Fargʻoniy

797865-yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir.
U oʻz asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi.
U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi.
 Uning ijodiy faoliyati Bagʻdodda ulugʻ mutafakkir olim
al-Xorazmiy rahbarligidagi «Bayt ul-hikma» bilan bogʻliqdir.


                                            
Abu Ali ibn Sino (to`liq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī;
 forscha: ابوعلى سينا/پورسينا; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا)
 olimi, faylasufi. 980-yilda Buxoroda tu`ilgan va 1037-yili Hamadonda
 vafot etgan.




Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo‘lgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda «nizomi millati va d-din» (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug‘lanadi.



IMOM ISMOIL AL-BUXORIY
(810 - 871)

Buxoriyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘ira ibn Bardazbah al-Juafiy al-Buxoriydir. U Buxoroda katta olim oilasida 810 yil 20 iyulda tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘zining o‘tkir zehni va kuchli iqtidorini namoyon qiladi. Muhammad Buxoriy go‘dakligidayoq otasi dunyodan o‘tadi va onasining qo‘lida qoladi.

16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan birga hajga borib, 4 yil Makkada yashagan. Yo‘l-yo‘lakay Balx, Basra, Kufa, Bag‘dod, Xums, Damashq, Misr, Makka va Madina singari ko‘plab shaharlardagi hadisshunos olimlardan saboq oladi. Bu paytda u mashhur muhaddislar Abdulloh ibn Muborak va boshqalarning hadis to‘plamlarini to‘lig‘icha yod olib ulgurgan edi.

Buxoriy 18 yoshga kirganda bir qator yirik ilmiy asarlar muallifi edi. Uning ustozlaridan Shayx Doxiliy shogirdining quvvai hofizasiga, bahslashish mahoratiga, dalillarni keltirishdagi izchil mantig‘iga ko‘p marta qoyil qolgan, tan bergan va uni olqishlagan edi. Buxoriy islom mamlakatlarini kezib, jami 600 ming hadis yozib olgan. Al-Buxoriy umrining so‘nggn kunlarini Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida o‘tkazadi va hijriy 256 (milodiy 871) yilda vafot etadi.

Asarlari: «Al-Jomi’ as-sahih» («Ishonarli to‘plam»), «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari»), «Kitob asmo’ is-sahobi», «Kitob af’ol il-ibod», «Kitob ul-favoid», «At-tarix al-kabir», «Tarixi us-siqot vazzuafomin ruvotil-hadis», «Qazoyi as-sahabat vat-tobe’ini», «Tarixi kabir», «Tarixi Buxoro» va boshq.




 

 

HAMID OLIMJON
(1909-1944)




Shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang’ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923-1926) O’zbek Pedakademiyasida (1926-1931) o’qidi.

Hamid  Olimjon  talabalik yillaridayoq she’r yozdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi.

Hamid  Olimjonning   «Ko‘klam»   nomli ilk  she’riy to’plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar»   (1931),   «O’lim  yovga»   (1932),   «Poyga»   (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi.

Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat qahramonligini tasvirlagan shoir 30-yillarda adabiyotimizda siyosiy lirikaning eng yaxshi namunalarini yaratdi.

Hamid Olimjon poeziyasining lirik qahramoni — vatanparvar inson, «Vodiylarni yayov kezganda» o‘sha lirik qahramonga yangi turmush yaratuvchisi sifatida jahonga tanildi. Ana o‘sha lirik qahramon Ulug’ Vatan urushi yillarida «Jangchi Tursun» bo‘lib gavdalandi.

O’zbekiston  Fanlar  akademiyasining muxbir  a’zosi (1943)    Hamid   Olimjon   o‘zbek   adabiyotpning   dolzarb masalalari bo‘yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi.

Hamid Olimjon A.S. Pushkin, L.N. Tolstoy, M. Gorkiy,   V.   Mayakovskiy,    A.   Serafimovich,     T.   Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarga tarjima qildi va ular haqida maqolalar yozdi.

O’zbek xalq og’zaki ijodining ajoyib durdona asari «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib, so‘z boshi bilan (1938) chop etildi. U Alisher Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubileyi komitetining a’zosi sifatida ulug’ shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.
uuu
Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxiriga O’zbekiston  Yozuvchilari uyushmasiga  rahbarlik    qildi.

Hamid Olimjon o‘zining «Daryo kechasi» (1936), «Chirchiq sohillarida» (1937), «O’lka» (1939), «Baxt» (1940) to‘plamlari, «Ikki qizning hikoyasi» (1935-1937), «Oygul bilan Baxtiyor» (1937), «Zaynab va Omon» (1938), «Semurg’» (1939) dostonlari bilan novator shoir sifatida davrining ilg’or g’oyalarini tarannum etdi.

Ulug’   Vatan   urushnning   olovli   yillarida uning «Muqanna» nomli she’riy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning gultoji bo‘lib kelayotir. Uni «Jinoyat» dramasi zamonaviy mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she’riy to‘plamlari bilan bir qatorda   «Jangchi  Tursun»,   «Roksananing  ko‘z  yoshlari»   kabi qator balladalari ham yaratildi.

Iste’dodli shoir Hamid Olimjonning ko‘pchilik asarlari qardosh xalqlar va xorijiy xalqlar tillariga tarjima qilingan.

Shoir 1944 yilda avtomobil halokagiga uchrab vafot etgan. Uning nomi abadiylashtirilgan.

 

Asarlari: «Kimdir» (1926, ilk she’ri), «Ko‘klam» (1929, ilk she’riy to‘plami), «Tong shabadasi» (1931, hikoyalar to‘plami), «Olov sochlar» (1932, she’riy kitob), «Daryo kechasi» (1936), «Sherlar» (1937), «O’lka», «Oygul bilan Baxtiyor» (1937 yil, 16-26 noyabr kunlari yoeilgan), «Baxt» (1940), «Nima bizga Amerika!», «Temir qonun», «Zaynab va Omon» (ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan Anor xola obrazi berilgan), «Holbuki tun» (tun qo‘ynida borliq haqida o‘ylar ifodalangan), «O’zbekiston», «Roksananing ko‘z yoshlari» (voqealar Shahrixonda bo‘ladi, qahramonlari: Vova, Roksana, Sora), «Semurg‘, Parizod yoki Bunyod», «O’rik gullaganda» (Hasan Qayg‘i degan qozoq oqinining fojiali qismati asosida yozilgan), «G’azal», «Chimyon esdaliklari», «Baxtlar vodiysi (1930-yillar bayroqdor bo‘lgan she’r), «Baxt to‘g‘risida», «Qo‘lingga qurol ol», «Jangchi Tursun» (ballada), «Ishonch», «Xat», «Muqanna» (1942), «Ofeliyaning o‘limi», «Kuygay», «Jinoyat» dramasi va boshq.

 


 

Shukrullo
(1921 yilda tug‘ilgan)


Shukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1981). O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977). Pedagogika bilim yurti (1935— 38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944). Ilk she’rlar to‘plami — «Birinchi daftar» (1949). «Qalb qo‘shiqlari» (1949), «Hayot ilhomlari» (1959), «Umrim boricha» (1960), «Inson va yaxshilik» (1961), «Zarralar» (1973), «Suyanchiq» (1977), «Yashagim keladi» (1978), «Sening baxting» (1988), «To‘qilgan dardlarim» (2001), «Shafaq» (2007) va boshqa she’riy asarlar muallifi. Ko‘plab dostonlar («Asr bahsi», 1985), bolalarga atalgan she’r va ertaklar («Yulduzlar, 1964) hamda she’riy dramalar («Hasrat bog‘i», 2004) yozgan. «Javohirlar sandig‘i» (1983) essesi, katag‘on davri dahshatlari haqidagi «Kafansiz ko‘milganlar» (1989) avtobiografik qissasi, «Tirik ruxlar» (1999) roman-xronikasi ham bor. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do‘stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

 

OYBEK
(1905-1968)



Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkentning Gavkush mahallasida dunyoga kelgan. Yozuvchining otasi Toshmuhammad aka dastlab bo‘zchi bo‘lgan, lekin bu hunar turmush tebratish kuchiga ega bo‘lmay qolganda, u baqqolchilik qilgan. Oybekning tarbiyasi bilan onasi Shahodat Nazar qizi va bobosi shug‘ullanganlar. Shoir dastlab eski maktabda, so‘ngra «Namuna» maktabida, ta’lim va tarbiya texnikumida o‘qidi. U 1925-1930 yillarda ToshDUning ijtimoiy fanlar fakultetining iqtisod bo‘limida o‘qidi (1927-29 yillarda Sankt-Peterburgdagi Xalq xo‘jaligi institutida o‘qib kelgan).

Oybek 1935 yilgacha o‘zi tugatgan dorilfununda siyosiy iqtisoddan dars berdi. 1935 yilda dars berishni tashlab, til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlay boshladi. Qatog‘onlik yillari yozuvchi institutdan ham, Yozuvchilar uyushmasidan ham haydaldi. Butun umri o‘zbek adabiyoti va uning cho‘qqisi - Alisher Navoiy ijodini sevib o‘rgangan Oybek dastlab Navoiy haqida ilmiy maqolalar, keyin «Navoiy» lirik dostonini (1936-1937) va nihoyat 1942 yilda «Navoiy» romanini yozdi. Oybek O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1945-49), respublika Fanlar akademiyasida (1951 yilgacha) faoliyat yuritdi. O’zbekiston xalq yozuvchisi, Fanlar akademiyasining akademigi bo‘lgan shoir 1968 yil 1 iyulda vafot etdi. Uning qabri Forobiy qabristonidadir.

1974-1985 yillarda Oybekning 20 jildli «Mukammal asarlar to‘plami» nashr etildi. Oybek Gyotening «Faust», Dantening «Ilohiy komediya», Bayronning «Kain» asarlaridan parchalar tarjima qildi. Lekin tarjimonlik ishining eng asosiy kismi deb Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asari tarjimasini hisoblagan. «Hozirgi kunlarda bir doston ustida ishlayapman, - deb yozgan edi Oybek 1965 yilning 9 yanvarida yozgan tarjimai holida, - Doston tarixiy mavzuda, Amir Temur haqida. Asarning nomi ham hozircha «Temur». Lekin adib o‘zining «Studentlar» va «Temur» asarlarini nihoyasiga yetkazolmagan.

Asarlari: «Cholg‘u tovushi» (1922, birinchi sheri, «Tong yulduzi» gazetasida chiqqan), «Tuyg‘ular» (1926, birinchi to‘plami), «Ko‘ngil naylari» (1929), «Mash’ala» (1932), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1933, she’riy to‘plam), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1934, doston. U toshkentlik savdogar tomonidan sotib olingan go‘zal qozoq qizi va Toshkentda hunarmandlar va batraklarni boyga qarshi qo‘zg‘olonga ko‘targan, nihoyat o‘z sevgilisini ozod qilgan xalq oqini to‘g‘risidagi poema-ertakdir), «Quyosh qoraymas» (1943-1958, harbiy mavzudagi roman, unga «Olovli yo‘llar» to‘plami eskiz (qoralama, badiiy asos) bo‘lib xizmat qilgan), «Qizlar» (1947, doston), «O’ch» (1932, doston), «Hamza» (1948, doston), «Bobo» (doston, avtobiografik xarakterda), «Temirchi Jo‘ra» (1933), «Qutlug‘ qon» (1940, bu asarga «axtigul va Sog‘indiq», «O’ch» kabi asarlar «xamirturush» bo‘lib xizmat qilgan), «Bolalik» (1963, avtobiografik asari), «Nur qidirib» (1958), «Ulug‘ yo‘l» (1967, bu romanda 1917-1922 yillar hayot voqealari tasvirlangan), «Gulnor ona», «Fanorchi ota», «Na’matak», «Yer», «Turmush yo‘lida», «Tog‘ sayri», «Abadiyat va umr», «Tepaga chiqamen, soyga tushamen», «Quyosh qo‘shig‘i», «Mashrab» (1937, «Ana shoir kelar...Bir to‘da bola - Uning orqasidan ajralmas soya. Ko‘zlar aks etadi muhabbat, maroq, Uni bilish qiyin: go‘yo jufti toq, Asrlar ko‘rmagan ajib devona» kabi satrlar shu she’rdan olingan), «Oltin vodiydan shabadalar» (1949, bu asarga «Qizlar» dostoni eskiz bo‘lgan, qahramonlari: O’ktam, Sayramov, Komila va boshq.), «Guli va Navoiy» (1968, doston), «Alisherning bolaligi» (bu qissa 1974 yilda e’lon qilingan), «O’zbekiston» (1934), «Yig‘i kelmadi sira...» va boshq.


 

USMON NOSIR
(1912-1944)


Olovdek lovillab dil yonur,
Baxtliman janglarga yarasam!
Usmon Nosir.

«Usmon Nosir deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Usmon Nosir ulug‘ va abadiy she’riyatning diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay, lablarimizda manguga qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she’rlari ko‘z kabi tirik, jonli, tutqich bermas hayot poralaridir. Biz Usmon Nosirni qadrlaymiz. Chunki u she’riyatning tabarruk, muqaddas dargohida anvoyi bir chamandir, sira xazon bo‘lmaydigan mo‘‘jiza bog‘ yaratib ketdi».
Abdulla Oripov, 1983.


Usmon Nosir 1912 iil 13 noyabrda Namangan shahrining Tanhogo‘r mahallasida Mamatxo‘ja va Xolambibi oilasida tug‘ilgan. 1921 yil Usmon Nosir o‘gay otasi va onasi bilan birga Qo‘qonga ko‘chib boradi, «Yangi hayot» maktabida, 1925-29 yillarda Qo‘qondagi ikkinchi bosqich o‘zbsk maktabida, 1929-1930 yillarda Moskvadagi Kinematografiya davlat ilmgohining 1-kursida, 1933 yil sentyabridan 1934 yilning mayigacha Samarqand Pedagogika akademiyasida tahsil oladi, badiiy ijod bilan shug‘ullanadi. Shoir Cho‘lponni o‘zining eng buyuk ustozi deb hisobladi.

30-yillarning o‘rtalarida Usmon Nosir boshqa qalamkash do‘stlari qatori Toshkentga ko‘chib keladi, Ittifoq miqyosidagi ko‘pgina qurultoylarda qatnashadi. Uning «Haqiqat qalami» degan ilk she’ri 1927 yilda «Yangi yo‘l» jurnalida bosilgan. Usmon Nosir 1937 yil 13 iyulda qamoqqa olinadi, 1938 yil 5 oktyabrda o‘n yilga ozodlikdan mahrum etilib, dastlab Toshkent, so‘ngra Magadan, Kemerovo turmalarida qiynoqlarga bardosh beradi. U 1944 yil 9 martda Kemerovo viloyatidagi Marlinsk shahri lagerlaridan birida og‘ir kasallikdan vafot etadi. Usmon Nosirning qabri Suslovo qabristonidadir.

U. Nosir 1936 yilda Pushkinning «Bog‘chasaroy fontani» va Lermontovning «Iblis» («Demon») asarlariii o‘zbekchaga o‘girgan. Uning «Norbo‘ta» dostoni fuqarolar urushiga, «Naxshon» dostoni arman xalqi hayotiga bag‘ishlangan. «Atlas» dramasi esa talabalar hayotidan olingan bo‘lib, unda sevgi, muhabbat, vafo va xiyonat mavzulari yoritilgan. Usmon Nosir teatr saxnasiga shoir va tarjimon snfatidaggata emas, mohir dramaturg sifatida ham ko‘tarilishni orzu qilar edi. Uning «Zafar» (1929), «Nazirjon Xalilov» (1930), «Dushman» (1931), «So‘nggi kun» (1932) kabi p’esalar yozgani ma’lum Shoirning «Atlas» p’esasi sahna yuzini ko‘rmadi. «Go‘ro‘g‘li» p’esasi esa yo‘qoldi. Usmon Nosir Pushkinning «Yevgeniy Onegin»idan go‘zal parchalar tarjima qilgan.

Asarlari: «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi to‘plamlari, «Norbo‘ta» (1931), «Naxshon» (1934), «Oyimjon», «Isroil» kabi dostonlari, «Atlas» she’riy dramasi, «Yur, tog‘larga chiqaylik», «Begona», «Kechmish kunlarim», «Qara satrlar», «Bobomning falsafasi», «Yurganmisiz, birga oy bilan», «Yo‘lchi», «Qushcha kabi...», «Yana she’rimga», «Bog‘imga» (sonet, 4+4+3+3=14 misra), «Nasimaga deganim» (og‘ir xastaligiga qaramay hayotga talpingan lirik qahramon tasviri berilgan), «Nil va Rim» («Erk haqida madhiya», Ramzes, Kleopatra, Sezar, Spartak kabilar nomi tilga olingan, «Rim - o‘yindan o‘shm kutgan jinni teatr» deya ta’kidlangan), «Monolog» (talmeh sanatiga eng ko‘p murojaat qilingan, Shekspir fojialarining qahramonlari tilga olingan), «Qora satrlar», «Ilhomning vaqti yo‘q...», «Dengiz oyna kabi...», «Hayot hali...» va boshq.

 

MIRTEMIR
(1910-1972)



Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog‘ida 1910 yilda tug‘ilgan. Mirtemir ota yurti tarovatini umrining oxirigacha unutmagan shoir edi. Otasi dehqon va chorvador, ona tomondan bobosi mulla edi. Mirtemir dastlab qishlog‘idagi Asfandiyor ismli No‘g‘oy domlaning qo‘lida, 1921-1923 yillarda Toshkentdagi «Almaiy» nomli maktabda, 1925-1929 yillarda O’zbek Erlar bilim yurtida o‘qidi. 1929 yilda esa shoir Samarqanddagi Pedagogika akademiyasiga o‘qishga kirdi, bir vaqtning o‘zida Yo‘ldosh Oxunboboevning‘ shaxsiy kotibi bo‘lib ishladi. Poytaxt Toshkentga ko‘chishi bilan Mirtemir ham Toshkentga kelib, Yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda xizmat qildi, institutlarda adabiyotdan dars berdi, lekin badiiy ijoddan, yozishdan, tarjimadan tinmadi. «She’riyatimizning bobo dehqoni» bo‘lgan Mirtemir 1978 yil 24 yanvar kuni 68 yoshida vafot etgan.

Asarlari:
«Tanburim ovozi» (1926, 1-she’ri), «Shu’lalar qo‘ynida» (1928, ilk to‘plami), «Dilkusho», «Suv qizi», «O’ch», «Ona shahar», «Baliq ovi», «To‘rg‘ay», «Tong qushlari», «Jala», «Hali ham», «Bulut», «Handalak», «Ona tilim» (1974), «Roziman, rizoman o‘la-o‘lguncha» (1977, asosiy g‘oyasi: xalqsevarlik, xalqni ulug‘lash), «Lolazordan o‘tganda» (1938), «Shudring» (1965), «Surat» (qahramonlari: Toshbu va Oysuluv (bevafo go‘zal)), «Toshbu» (urush yillarida front ortidagi o‘zbek ayollarining mashaqqatli hayoti ifodalangan), «Onaginam», «Bu - men tug‘ilgan tuproq» (Oni-yurtga samimiy muhabbat izhor qilingan), «O’zim bilaman», «Men seni», «Betobligimda», «Qoraqalpoq daftari» she’rlar turkumi va boshq.




Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

0
Arxiv

page10


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat