Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2990






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1985



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1296



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1896








Главная » 2010 » Февраль » 10 » Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti.
14:14
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti.
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti.

1. Ilk o’rta asrlarda sarkorlar o’zlariga tegishli yer maydonlarini qayerdan ajratib oladilar?
A) eng unumdor yerlardan
B) aholi ko’p yashaydigan hududlardan
C) sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa to’g’on boshi atrofidan
D) chorva mollari tuyog’i ostida toptalmaydigan yerlardan
2. Ilk o’rta asrlarda qishloqlarda o’z ta’siri doirasini kengaytirib, bora-bora ziraotkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaganlar kimlar edi?
A) dehqonlar B) chokarlar
C) koshivarzlar D) kadivarlar
3. Ilk o’rta asrlarda har bir katta yer egasining ……. va undan ortiq chokarlari bo’lgan.
A) 20-60 nafar
B) 30-40, 50-100 nafar
C) 30-50 nafar
D) 100-150 nafar
4. Ilk o’rta asrlarda qadimgi Turon diyorida qishloqning dehqonlarga qaram bo’lib qolgan ahli qanday atalgan?
A) kashivarz B) chorikor
C) nisfikor D) kadivar
5. Turonzaminda ilk o’rta asrlarda qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo’lgan erkin ziroatchilar tabaqasi … deb atalardi.
A) iqtodorlar B) chokarzodalar
C) kashivarzlar D) barzikorlar
6. Ilk o’rta asrlarda dehqonning hayotini va mol-mulkini qo’riqlovchi, harbiy posbonlar qanday atalgan?
A) navkar B) yasovul
C) sarbon D) chokar
7. Zaiflashib borayotgan Qang’ davlatidan birinchi bo’lib qayer ajralib chiqdi?
A) Xorazm B) So’g’d
C) Parkana D) Choch
8. Qaysi davrga kelib, garchi ekin yerlarining bir qismi mulkdor dehqonlar qo’l ostidagi mulklardan iborat bo’lsa ham, ammo ziraotkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi?
A) milodiy IV asr boshlarida
B) milodiy IV asrning o’rtalarida
C) milodiy V asrning o’rtalarida
D) milodiy VI asr boshlarida
9. Qang’ davlatidan ajralib chiqqan Xorazmni qaysi sulolaga mansub bo’lgan xorazmshohlar idora qila boshlaydi?
A) xioniylar B) afrig’iylar
C) kidariylar D) qo’ng’irotlar
10. Milodiy III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti …… .
A) hozirgi Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Oybuyur qal’a bo’lgan
B) hozirgi Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o’rnida bo’lgan
C) hozirgi Toshovuz viloyatining Tozabog’yob hududida edi
D) hozirgi Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi Dingilja edi
11. Tuproqqal’a shahrining umumiy maydoni …… tashkil etgan.
A) 17 gektarni B) 22 gektarni
C) 26 gektarni D) 32 gektarni
12. Qachon xorazmshoh Afrig’ o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko’chirdi?
A) milodiy 295-yilda
B) milodiy 305-yilda
C) milodiy 353-yilda
D) milodiy 377-yilda
13. Qaysi sulola vakillari ilk o’rta asrlarda betiga shoh va orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo mu-nosabatlarida mustaqil bo’lib oladilar?
A)afrig’iy shohlari
B) xioniy shohlari
C) kidariy hukmdorlari
D) eftaliy hukmdorlari
14. Tuproqqal’a shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning …… esa balandligi 25 metr bo’lgan uch minorali xorazmshohlar qasri qad ko’targan.
A) janubiy qismida
B) sharqiy tomonida
C) g’arbiy burchak qismida
D) shimoli-g’arbiy burchak qismida
15. IV asrning o’rtalarida O’rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan qaysi qabilalarning hujumi boshlandi?
A) xion B) toxar
C) eftaliy D) afrig’iy
16. Grumbat boshchiligida xioniylar qachon So’g’dga bostirb kirdilar?
A) milodiy 305-yilda
B) milodiy 353-yilda
C) milodiy 374-yilda
D) milodiy 484-yilda
17. Qaysi davrga kelib xioniylar O’rta Osiyoda hukmronliklarini o’rnatdi?
A) 355-yillarda
B) 270-yillarda
C) IV asrning 70-yillarida
D) V asrning boshlarida
18. Sirdaryo bo’ylaridan to Amudaryo havzasigacha cho’zilgan maydonda xioniylar qancha vaqt hukmronlik qildi?
A) 80 yilga yaqin
B) 100 yildan ziyod
C) 60 yildan ko’proq
D) 120 yildan oshiqroq
19. V asrning 20-yillarida Sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko’chmanchi chorvador aholi ….. kirib keladi.
A) xioniylar B) toxarlar
C) nushibilar D) eftaliylar
20. Qaysi davrlarda kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyat tobora kuchayib, ular bir-biriga dushman bo’lib qolgan?
A) IV asrning 30-40-yillarida
B) IV asrning 60-70-yillarida
C) V asrning 20-yillarida
D) V asrning 30-50-yillarida

21. Kidariylar O’rta Osiyoni tark etib, janubga-Shimoliy Hindistonga chekinar ekan, u yerlarda necha yil hukmronlik qildilar?
A) 30 yil B) 45 yil
C) 75 yil D) 100 yil
22. Qachon kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida navbatdagi to’qnashuv bo’lib o’tadi bunda qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar o’zini qayta o’nglab ololmaydi?
A) 353-yilda B) 420-yilda
C) 456-yilda D) 484-yilda
23. Qaysi manbalarda "Eftal” degan nom ilk bor "xeptal” shaklida uchraydi?
A) V asr arman manbalarida
B) II asr yunon manbalarida
C) IV asr xitoy salnomalarida
D) VIII asr arab manbalarida
24. Eftallar qisqa vaqt ichida ….. hududlarini bo’ysindirdilar.
A) Farg’ona, Toshkent va Xorazm
B) Toxariston, Zarafshon va Choch
C) Chag’oniyon, Toxariston va Badaxshon
D) Iloq, Shosh va Farg’ona
25. Eftalitlar o’zaro aloqa o’rnatish maqsadida …… Xitoyga elchi yuboradilar.
A) 453-yilda B) 456-yilda
C) 484-yilda D) 496-yilda
26. Sosoniy shohi Pero’z qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 459-484-yillarda
B) 453-474-yillarda
C) 488-531-yillarda
D) 531-579-yillarda
27. Sosoniylar shohi eftaliylarga qarshi necha marta yurish qiladi?
A) ikki marta B) uch marta
C) to’rt marta D) olti marta
28. Sosoniylar shohi Pero’z dastlabki jangda yengilib eftaliylarga asir tushgach u qanday qilib ozod etiladi?
A) Sosoniylar tomonidan yuborilgan o’lpon evaziga
B) Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o’lpon evaziga
C) Sosoniy shohi Pero’z o’z o’g’li Kubodni garovga berish evaziga
D) Vizantiya va Xitoy imperatorlarini aralashuvi bilan
29. Pero’z tutqinlikdan ozod etilgach …… davomida eftalitlarga katta o’lpon to’lab turiladi.
A) ikki yil B) uch yil
C) to’rt yil D) besh yil
30. Sosoniylar shohi Pero’z qachon eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi?
A) 474-yilda B) 478-yilda
C) 481-yilda C) 484-yilda
31. Pero’zning vorisi Kubod qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 456-484-yillarda B) 468-502-yillarda
C) 488-531-yillarda D) 492-536-yillarda
32. Keyinchalik eftaliylar ….. shaharlarini ham o’z tasarrufiga kiritadilar.
A) Kobul, Panjob, Urumchi, Yorkent, Xo’tan, Kashmir
B) Kobul, Panjob, Urumchi, Qorashar, Xo’tan, Qashg’ar
C) Balx, Hirot, Panjob, Xo’tan, Kashg’ar, Yorkent
D) Qarashar, Xo’tan, Urumchi, Yorkent, Jankent
33. V asrning ikkinchi yarmida va VI asrning boshlarida qayerlarni birlashtirgan, ilk o’rta asrlarni yangi qudratli davlati hisoblangan Eftaliylar davlati tashkil topadi?
A) O’rta Osiyo, Kashmir, Panjob va Urumchi
B) Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston
C) O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston
D) O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Panjob va Kashmir
34. Ilk o’rta asrlarda ….. rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilik markazi hisoblanadi.
A) Farg’ona va Kesh
B) Toxariston va So’g’d
C) Qashqadaryo va Zarafshon
D) Chog’aniyon va Naxshab
35. Qaysi manbalarda qayd etilishicha,
V-VI asrlarda Sharqiy Turkistonda va O’rta-Osiyo yerlarida paxta ekilar edi?
A) Xitoy B) Hindiston
C) Vizantiya D) Eron
36. Ilk o’rta asrlarda Toshkent vohasi va Janubiy Qozag’iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan qan-day suv inshootlari barpo etilgan edi?
A) Zog’ariq va Solor
B) Kaykovus va Anhor
C) Zaxariq va Chirchiq
D) Zog’ariq va Bo’zsuv
37. V asrda barpo etilgan qaysi suv inshooti Samarqand viloyati janubiy tumanlarini suv bilan ta’minlovchi eng yirik sug’orish tarmog’i hisoblanadi?
A) Jo’yi Xurmo B) Mirza ariq
C) Poyariq D) Darg’om kanali
38. Ilk o’rta asrlarda qaysi hududlarning mahalliy hokimlari tomonidan chiqaril-gan chaqa tangalar mamlakatning ichki savdosida keng muomilada bo’lgan?
A) Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda
B) Samarqand, Ishtixon, Dobusiya, Varaxsha, Naxshabda
C) Vardona, Buxoro, Samarqand, Kesh, Toxariston
D) Toxariston, Balx, Shosh, Eloq va Parkana
39.Ilk o’rta asrlarda …… xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg’ona orqali Sharqiy Turkistonga kirib, Xitoy hududlarigacha yetib boradi.
A) turk tili B) sug’d tili
C) xitoy tili D) arab tili
40. Milodiy V-VI asrlarda qaysi yozuvlar O’rta Osiyoda keng tarqalgan edi?
A) Sug’d yozuvi, eftaliy va Kushon yozuvlari
B) Xorazm, Baqtriya va arab yozuvlari
C) Krill, Xitoy va Sug’d yozuvlari
D) Sug’d yozuvi, Xorazm va eftaliy yozuvlari
41. Eftaliylar yozuvi necha harfdan iborat bo’lgan?
A) 22 harfdan B) 25 harfdan
C) 28 harfdan D) 32 harfdan
42. V asrda O’rta Osiyolik shishasozlar qayerlik hunarmandlarga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni o’rgatadilar?
A) Hindiston B) Vizantiya
C) Xitoy D) Rim
43. Turk xoqonligining asoschisi Bumun qachon "xoqon” deb e’lon qilindi?
A) 550-yilda B) 552-yilda
C) 555-yilda D) 558-yilda
44. Turklar 558-yilga kelib qaysi teritoriyalarni zabt etdi?
A) Sharqiy Turkistonni
B) Vizantiyani
C) Yoyiq va Itil bo’ylarini
D) Toxariston va Zubilistonni
45. Eron askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar …… Eftaliylar davlati yerlariga bostirib kiradilar.
A) 484-yilda B) 520-yilda
C) 563-yilda D) 578-yilda
46. Turklar 575-576-yillarda ….. kirib boradilar.
A) Sharqiy Turkiston yerlariga
B) Shimoliy Eron va Hindistonning sharqiy hududlariga
C) Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylariga
D) Shimoliy Kavkazning bepayon yerlarini egallab, Qrim yarim oroliga
47. Qachon Turk xoqonligidan zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so’ng tomomila barbod bo’ladi.
A) 575-580-yillarda B) 585-590-yillarda
C) 563-567-yillarda D) 570-575-yillarda
48. Eftaliylar davlati qulagach ….. Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yo’li ustida haqiqiy sarbon bo’lib oldi.
A) Turk xoqonligi B) Eron
C) Vizantiya D) Xitoy
49. Enasoyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo’ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy (Qora dengiz) Bosforgacha cho’zilgan ulkan maydonda ko’chmanchi chorvadorlarning Turk xoqonligi qachon tashkil topdi?
A) V asrning 50-60-yillarida
B) VI asrning 40-50-yillarida
C) VI asrning 70-80- yillarida
D) VII asrning boshlarida
50. Turk xoqonligida ko’chmanchi chorvador aholi qanday nomlar bilan yuritilgan?
A) "yabg’u” yoki "jabg’u”
B) "budun” yoki "qora budun”
C) "o’n o’q el” yoki "shod”
D) "qoon” yoki "qog’on”
51. O’n o’q el sardori bir tuman (ya’ni o’n ming) suvoriyni safga tortgan harbiy bo’linmaning tuman boshisi …. deb yuritilgan.
A) "yabg’u xoqon” B) "hojib”
C) "shod” D) "budun”

52. Necha kun davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo’shini yengiladi?
A) olti kun B) sakkiz kun
C) o’n besh kun D) bir oy
53. Sosoniylar shohi Xisrav I Anushervon turklar bilan qanday tarzda ittifoqchiligini yanada mustahkamlaydi?
A) 300 nafar harbiy maslahatchi berish yo’li bilan
B) 30 qop kumush dirham o’lpon to’lash bilan
C) Eron shohining Istemiga kuyov bo’lishi orqali
D) Turklarning Eftaliylarning katta hudu-dini egallashga rozilik berishi tufayli
54. Turklar 563-yilda Eftaliylar davlati yerlariga bostirib kirishi natijasida yana ….. ishg’ol qiladilar.
A) Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahrini
B) Eloq (Ohangaron) vodiysi va uning markazi Tunkat shahrini
C) Zarafshon vohasining markazi Afrosiyob shahrini
D) Qashqadaryo vohasining markazi Nasaf shahrini
55. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida qancha mayda hokimliklar mavjud edi?
A) sakkizga yaqin
B) o’ndan ortiq
C) o’n beshga yaqin
D) yigirmadan ziyod
56. Mayda hokimliklarning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi yerli sulola hukmdorlari qo’lida qoldirilib, turklar ulardan ….. undirib olish bilan cheklanardilar.
A) xiroj va zakot
B) qopchur va shulen
C) boj va yasoq
D) kalon va zakot
57. Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat qachon Turk xoqonligini ikkiga – Sharqiy turk xoqonlgi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketishiga sabab bo’ldi?
A) VI asrning 50-yillari boshida
B) VI asrning 80-yillari oxirlarida
C) VII asrning 30-yillarida
D) VII asrning 60-yillari oxirlarida
58. Turk xoqonligining mustaqil hokimliklari ustidan nazorat qilish uchun qo’yilgan noiblari …. edi.
A) "budun”lar B) "jabg’u”lar
C) "shod”lar D) "tudun”lar
59. VII asrning birinchi choragida G’arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchayadi, uning sharqiy chegarasi … borib taqaladi.
A) Ural daryosigacha
B) Oltoygacha
C) Himolay tog’larigacha
D) Sharqiy Turkiston hududlarigacha
60. Qaysi xoqon hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilindi?
A) Bumin B) Istami
C) To’nyabg’u D) Asonshod
61. Ilk o’rta asrlarda qaysi davlat Xitoyga to’qqiz marotaba savdo elchilari yuboradi?
A) Xorazm davlati
B) Eftaliylar
C) Kidariylar
D) G’arbiy Turk xoqonligi
62. Boshqaruv tartiblarini isloh qilgan Turk xoqoni To’nyabg’u qaysi davrlarda hukmronlik qilgan?
A) 603-613-yillarda
B) 608-618-yillarda
C) 618-630-yillarda
D) 632-644-yillarda
63. Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon ….. Abruy boshchiligida bo’lib o’tdi.
A) 556-558-yillarda
B) 558-586-yillarda
C) 562-563-yillarda
D) 594-596-yillarda
64. Qo’zg’olon natijasida Abruydan jabrlangan mulkdorlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib …. atrofiga borib o’rnashadilar.
A) Yettisuv va Talos
B) Xo’jand va Siyob
C) Turkiston va Taroz
D) Jand va Shosh
65. V-VII asrdayoq O’rta Osiyoning ayrim viloyat va vohalarida uning yirik shaharlariga tayangan ….. mustaqil hokimliklar tashkil topadi.
A) 10 dan ortiq B) 12 dan ortiq
C) 15 dan ortiq D) 20 dan ortiq
66. Qaysi davrlarda G’arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida iqtisodiy aloqalar ayniqsa kuchaydi?
A) VI asrning birinchi yarmida
B) VI asrning ikkinchi yarmida
C) VII asrning birinchi yarmida
D) VII asrning ikkinchi yarmida

67. Qaysi yili Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushona (Jizzax va O’ratepa viloyatlari) dan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi?
A) 618-yilda B) 627-yilda
C) 630-yilda D) 636-yilda
68. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda mustaqil hokimliklar orasida qaysisi eng yirigi edi?
A) Sug’d ixshidlari
B) Farg’ona ixshidlari
C) Toxariston dehqonlari
D) Choch dehqonlari
69. V-VII asrlarda O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan mahalliy davlatlarning qaysilarida hukmdorlar "ixshid” deb atalgan?
A) Choch va Farg’onada
B) Iloq va Xorazmda
C) Toxariston va Chochda
D) Sug’d va Farg’onada

70. O’rta asrlarda Sug’ddan qayerlarga qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan zeb-ziynatlardan tortib, turli-tuman matolar va dorivorlargacha olib chiqilardi?
A)Sharqiy Osiyo va Xitoyga
B) Hindiston va Kichik Osiyoga
C) Eron va Vizantiyaga
D) Kavkaz orti va Misrga
71. Ilk o’rta asrlarda mustaqil hokimliklarning bir nechtasini birlashtirgan Toxariston davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan?
A) Termiz B) Hiriy
C) Dalvarzin D) Balx
72. Toxariston aholisining nechta harfli yozuvi bo’lgan?
A) 22 harfli B) 25 harfli
C) 38 harfli D) 40 harfli
73. Farg’onadan ilk o’rta asrlarda qo’shni mamlakatlarga …….
A) Buyuk Ipak yo’lining janubiy tarmoqlari o’tgan
B) nasldor otlar chiqarilgan
C) bo’yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan
D) zeb-ziynatlar, turli xil shisha buyumlar chiqarilgan
74. Farg’ona vodiysining qaysi hududlarida qadimdan yilqichilik bilan shug’ullangan?
A) Qurama va Qoramozor tog’lari yonbag’irlarida
B) Chotqol va Qurama tog’larida
C) Pomir va Oloy tog’lari yonbag’irlarida
D) Koson va Qoramozor tog’ yonbag’irlarida
75. Chochning markazi Choch shahri bo’lib, hukmdori ….. deb yuritilgan.
A) "tudun” B) "budun”
C) "dehqon” D) "ixshid”
76. Iloqning markazi qaysi shahar bo’lib, hokimlari qanday atalgan?
A) Choch, "tudun”
B) Tunkat, "dehqon”
C) Parkana, "ixshid”
D) Shosh, "budun”
77. Choch tudunlari zarb qildirgan chaqa tangalarda nimalar tasvirlangan?
A) old tomoniga suvoriy, orqasiga sherning tasviri tushirilgan
B) old tomoniga malika, orqasiga oyning tasviri aks ettirilgan
C) old tomoniga mulkdorning surati, orqasiga gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg’a tushirilgan
D) old tomoniga quyosh,orqasiga qoplon tasviri tushirilgan
78. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hokimliklarida boshqariv ma’muriyatining asosiy vazifasi nimalardan iborat bo’lgan?
A) fuqorolardan boj, soliq va yasoqlarni o’z vaqtida yig’ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo’lgan
B) fuqarolarni qo’shinga jalb etish, boj va yasoqlarni undirishdan iborat bo’lgan
C) aholini suv inshootlarini tuzatish ishlariga safarbar etishdan iborat bo’lgan
D) hashar ishlariga bosh qosh bo’lishdan, boj va yasoqlarni yig’ishtirib olish bilan shug’ullangan
79. Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda shaharlar qanday qismlardan iborat bo’lgan?
A) "ko’shk”, "qasr”, "ark”
B) "ark”, "shahriston”, "rabod”
C) "qasr”, "shahriston”, "qo’rg’on”
D) "rabot”, "qasr”, "shahriston”
80. O’rta asrlarda shaharning hokim qasri joylashgan qismi qanday atalgan?
A) "ark” B) "rabod”
C) "qasr” D) "shahriston”
81. O’rta asrlarda shaharning tashqi mavzesi qanday nomlangan?
A) "shahriston” B) "rabod”
C) " qasr” D) "qo’rg’on”
82. Qadimiy qaysi yozuv asosida sug’d va xorazm yozuvlari maydonga kelgan edi?
A) Baqtriya B) Shumer
C) Oromiy D) Finikiya
83. Toxar yozuvi qaysi yozuv asosida vujudga kelgan?
A) oromiy yozuvi B) sug’d yozuvi
C) finikiya yozuvi D) baxtar yozuvi
84. Sug’d yozuvlari quyidagi qaysi hududlardan topib o’rganilgan?
A) Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobdan va Mo’minobod yodgorligidan
B) Panjikent yaqinidagi Qa’lai Mug’dan va Sazag’an madaniy yodgorligidan
C) Panjikent yaqinidagi Qal’ai Mug’dan, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobdan
D) Sharqiy Turkistondagi Turfon shahri yaqinidan va Omonqo’ton madaniy yodgorligidan
85. Sug’dda o’g’il bolalar ….. to’lgach, yozuv va hisobga o’rgatilar edi.
A) besh yoshga B) olti yoshga
C) yetti yoshga D) sakkiz yoshga
86. Sug’dda o’g’il bolalar necha yoshga to’lganda savdo ishlarini o’rganish uchun o’zga mamlakatlarga jo’natilar edi?
A) 16 yoshga B) 17 yoshga
C) 20 yoshga D) 25 yoshga
87. Sug’d xati asosida qaysi xalqlar yozuvlari shakllangan?
A) uyg’ur va turk yozuvlari
B) turk va mo’g’il yozuvlari
C) mog’il va manjur yozuvlari
D) turk va avar yozuvlari
88. Qaysi yozuvdan o’z navbatida mo’g’il va manjur xatlari paydo bo’lgan?
A) turk B) uyg’ur
C) sug’d D) xitoy
89. Tarixdan ma’lumki sug’diylarning kattagina guruhi doimo turk xoqonlarining qarorgohida yashagan, ular u yerda qanday vazifalarni bajarganlar?
A) elchi, xat va savdoga o’rgatuvchi ustoz
B) vazir, harbiy qo’mondon va xat o’rgatuvchi
C) savdo va tijorat ishlari bo’yicha ish yurituvchi
D) turk xoqonlarining farzandlarini tarbiyachisi
90. Ko’k turk xati biri ikkinchisiga tutashib ketadigan …. iborat edi.
A) 22-25 harfdan B) 25-28 harfdan
C) 28-32 harfdan D) 38-40 harfdan
91. Qadimgi ko’k turk bitiklari (Kultegin va Bilga xoqon bitiklari) qayerlardan topib o’rganilgan?
A) Oltoy va Sharqiy Turkistindan tashqari, Yettisuv, Farg’ona va Zarafshon vodiylaridan topib o’rganilgan
B) Oltoy va Mo’g’iliston, Yettisuv va Farg’onadan topib o’rganilgan
C) Farg’ona, Zarafshon va Panjikent hududlaridan topib o’rganilgan
D) Zarafshon vohasi va Qashqadaryo vohasi hamda Sharqiy Turkiston hududlaridan topib o’rganilgan




92.VI-VII asrlarda O’rta Osiyoda …. kabi bir nechta mahalliy dinlar mavjud bo’lgan.
A) zardushtiylik, xristianlik, moniylik va islom
B) islom, iudizm, sionizm, moniylik va qam
C) zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, moniylik va qam
D) buddaviylik, islom, xristianlik, iudizm, moniy va qam
93. Qadimda turklar o’z dinini ….. deb yuritganlar.
A) "qam” B) "moniy”
C) "nasoro” D) "islom”

94. Chorvador ko’chmanchi aholi Ko’k Tangri sharafiga qurbonlik uchun…. so’yishgan.
A) xo’roz
B) ko’k qo’chqor
C) qora qashqa ot
D) peshonasi oq ho’kiz

95. Surxon vohasidagi qaysi yodgorlikdan topib o’rganilgan devoriy suratlar, haykallar va ganchkori naqshlar o’rta asrlar zamonining yuksak san’at asarlaridan hisoblanadi?
A) Sopollitepa B) Qiziltepa
C) Bandixin D) Bolaliktepa

96. Qaysi yodgorlikdan topilgan budda haykalining bo’yi 12 metrga boradi?
A) Farg’ona vodiysida Quvadan topilgan
B) Qo’rg’ontepa yaqinida Ajinatepadan
C) Panjikentdan Qalayi Mug’dan
D) Sharqiy Turkistondagi Turfon shahridan

97. VI-VII asrlarda …. naychilari bilan mashhur bo’lgan.
A) Kucha B) Buxoro
C) Samarqand D) Toshkent
98. Qaysi shaharning usta hunarmandlari tomonidan o’n turdagi cholg’u asboblari yasalgan?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Kucha D) Toshkent

99. Ilk o’rta asrlarda ganchkorlik san’atining nodir yodgorligi namunalari …. orqali tatqiq etildi.
A) Ajinatepa topilmalari
B) Quva topilmalari
C) Turfon shahri topilmalari
D) Varaxsha topilmalari

100. Ilk o’rta asrlarda qayer o’zining qiziqchilari bilan shuhrat topgan?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Toshkent D) Kucha

101. Choch o’yinchi yigitlari ijro etgan mashhur "Choch raqsi” yoki doira chertmasiga imo bilan yelka tushadigan o’ynoqi "Doira raqsi” qayerni ayonlarini maftun etib, ularni hayratga solgan edi?
A) Hindiston B) Vizantiya
C) Xitoy D) Rim

102. Ilk o’rta asrlarda dindagi eng muhim vazifalardan biri qanday nomlangan?
A) mufti B) shayxulislom
C) shomon D) arkon

103. Ko’chmanchi chorvador aholining Ko’k Tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini qanday nomlangan?
A) moniy B) qam-shomon
C) nasroniylik D) zardushtiylik

Просмотров: 8603 | Добавил: aza | Рейтинг: 3.5/4
Всего комментариев: 1
1 Brandilyn  
0
I'm impressed you shulod think of something like that

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Февраль 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728

0
Arxiv

nwEnt12


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat