Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1983



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1293



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1893








Главная » 2010 » Февраль » 8 » Buyuk Ipak yo"li
21:13
Buyuk Ipak yo"li
Buyuk Ipak Yo`li
Buyuk Ipak yo’li — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o’ziga xos bo’lgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: «O’tirgan — bo’yra, yurgan - daryo». Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan edi.Insoniyat tarixida eng ulkan bo’lgan ushbu qit’alararo savdo yo’li Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog’lab, o’tmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha cho’zilgan edi. Albatta, sharq va G’arb o’rtasidagi savdo o’tmish qa’riga cho’kkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yo’lning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil bo’lishiga Markaziy Osiyo tog’larida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish ko’p jihatdan ko’maklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan «lazurit yo’li» mavjud edi. U bilan bir paytda «nefrit yo’li» ham tarkib topgan, bu yo’l Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bog’lar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga So’g’diyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yo’nalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yo’liga kirib mujassamlashgan.Markaziy Osiyodan G’arbga va Janubga o’tkazilgan karvon yo’llarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yo’llarni o’zaro bog’lab bergan buyuk yo’lning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning o’rtalarida, deb hisoblaydilar, o’sha davrda xitoyliklar uchun ilk bora G’arb o’lkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.Shuni aytib o’tish lozimki, bu yo’l hech qachon yagona bir yo’l bo’lmasdan, balki azim bir daraxtning sadasiga o’xshash tarzda shoxlanib ketgan turli-tuman yo’nalishlarni o’z ichiga olgan edi. Masalan, Osiyoni sharqdan g’arbga qarab kesib o’tuvchi asosiy yo’llardan biri qadimiy Xitoyning poytaxti Chanan shahrida boshlanib, uning shimoli-g’arbiy chegaralarigacha Gobi sahrosining cheti bo’ylab ketgan, keyin sharqiy Turkiston orqali o’tgan. Tyan-Shan tizmasi dovonidan oshib o’tgan karvonlarinng bir qismi Farg’ona vodiysi va Toshkent vohasi orqali So’g’diyonaning poytaxti Samarqandga, Buxoroga, Xorazmga olib borgan, keyin esa Kaspiy dengizi qirg’oqlariga yetib kelar edi. Karvonlarni gbir qismi Samarqanddan chiqib, Baqtriyaga borar va Qashqadaryo vodiysi dan o’tib Termiz shahriga kelar edi, u yerdan Amudaryodan kechib o’tib, Janubga, Baqtralar va Hindistonga qarab ketar edi.
Yo’lning yana bir yo’nalishi Tarim shahridan chiqib, Takla-Makon sahrosini janub tarafidan aylanib o’tib, Xotan va Yorkent shaharlari orqali Baqtraga (shimoliy Afg’oniston) va Marvga kelar edi, bu yerdan karvonlar Eron, Suriya davlatlari orqali o’tib, O’rta Yer dengizi bo’yiga yetib kelar edi, mahsulotlarning bir qismi dengiz yo’li bilan Rim va Yunonistonga kelib tushar edi.Nomidan ham ma’lum bo’lishicha, karvon yo’llaridagi savdoning asosiy buyumi butun jahonda juda qimmatbaho bo’lgan ipak mahsulotlari edi. Masalan, o’rta asrlarning dastlabki davrida ipak eng qadrli hisob-kitob birligi bo’lib, hatto tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. Masalan, So’g’diyonada bir otning narxi o’nta ipak kiyimliklariga tenglashtirilgan. Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni yollash uchun to’lov qilinar, ipak bilan hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun to’lash mumkin edi.
Ushbu karvon yo’llarini birinchi bo’lib venetsiyalik savdogar Marko Polo «ipak yo’li» deb nomlagan edi, u yevropaliklardan birinchi bo’lib Xitoy imperiyasining chegaralariga yetgan. «Buyuk Ipak yo’li» atamasini esa nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen 1877 yilda o’zining «Xitoy» nomli fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda kiritgan. Ipak qit’alararo yo’l orqali tashib o’tiladigan asosiy mol bo’lsa ham, lekin yagona emas edi. Markaziy Osiyodan Xitoyda juda qadrlanadigan otlar, tuyalar, harbiy anjomlar va qurol-yarog’lar, oltin va kumush, yarim qimmatbaho toshlar va shisha buyumlar, teri va jun-mo’ynalar, gilamlar-u ip-gazlama matolar, zar tikilgan matolar, o’ziga xos antiqa mevalar — tarvuzlar, qovunlar va shaftolilar, yirik dumbali qo’ylar va ovchi itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va metall idishlarni, laklangan buyumlar va pardoz-upalarni, choy va guruchni olib kelishar edi. Savdogarlarning yo’l to’rvalarida turli-ituman noyob buyumlar, fil qoziq tishlari, karkidon shoxlari, toshbaqa toshlari, ziravorlar va ko’pgina boshqa xil mollar topilar edi.Buyuk ipak yo’li orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, ma’naviy qadriyatlari, diniy g’oyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan bo’lib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqo’l harbiy navkarlari VII asrda islom ta’limotini olib kelganlar. Savdogarlar va targ’ibotchilarning o’tkazgan yo’llari bo’ylab mo’g’ula sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingisxon sahroyi bosqinchilari quyundek o’tgan. Buyuk Ipak yo’lining qoq yuragi bo’lgan Samarqand shahridan o’rta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Temur o’z yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yo’llaridan asrlar bo’yi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi — savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yo’lda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yo’li bo’ylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va an’analarini bilib oldik. Sharq va G’arbni o’zaro bog’lagan bu beqiyos buyuk yo’lni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy O’zbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari bo’lib, ularning me’morchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yo’lining ko’p asrlik tarixini o’zida mujassam etadi.




Просмотров: 5958 | Добавил: aza | Рейтинг: 2.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Февраль 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728

0
Arxiv

nwEnt6


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat