Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1984



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1295



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1895








Главная » 2010 » Апрель » 3 » BMT tashkiloti va uning tarixi
13:53
BMT tashkiloti va uning tarixi

BMT tashkiloti va uning tarixi
BMTning O`zbekistondagi Vakolatxonasi Axborot markazi to`g`risida qisqacha ma`lumot
Ushbu Axborot markazi – BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi qoshida 1995 yilda ochilgan edi.
U BMTning 70 dan ortiq mamlakatlardagi axborot markazlari va xizmatlarning butunjahon tarmog`iga kiradi. Uning markaziy mutasaddi tashkiloti – 1946 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "dunyodagi barcha xalqlarning Birlashgan Millatlar to`g`risida imkon qadar to`liqroq ma`lumot olishlari maqsadida" tashkil etilgan Nyu-Yorkdagi BMTning Jamoat axboroti departamentidir. Rezolyutsiyada ta`kidlanganidek, "Birlashgan Millatlar Tashkiloti o`z vazifalarini, faqat dunyo xalqlari uning maqsad va faoliyatidan to`liqroq xabardor qilingandagina yaxshiroq amalga oshirishi mumkin bo`ladi". Xuddi shu vazifa BMT fikrlari ifodachisi bo`lgan va shu bilan birgalikda mahalliy jamoatchilik e`tiborini global ahamiyatga ega muammolarga jalb etishga yordam beradigan Jamoat axborot departamentining joylardagi Axborot markazlariga yuklatilgan.
Toshkentdagi Axborot markazining asosiy vazifasi – BMT maqsad va vazifalarini yanada yaxshiroq tushunib olishga yordamlashish va odamlarni uning O`zbekistondagi faoliyatini qo`llab-quvvatlashga safarbar etishdir. Bunga axborotlar tarqatish va ommaviy axborot vositalari, hukumat va nohukumat tashkilotlar, ta`lim-tarbiya berayotgan muassasalar va boshqa mahallaiy hamkorlar bilan birgalikda tadbirlar o`tkazish yordamida erishiladi. Markaz Jamoat axborot departamentining joylardagi boshqa bo`limlari singari, BMT tizimi uchun O`zbekistonda jamoatchilik bilan aloqa qilish xizmati rolini ham bajaradi.
O`zbekiston rasmiy doiralari bilan muloqot
Axborot markazi O`zbekiston davlat hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari (hokimliklar) va boshqa davlat muassasalari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi. Markaz ularning talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda BMT faoliyati to`g`risida axborotlar taqdim etadi va ularning BMTga taalluqli tashabbus va tadbirlarining amalga oshirish uchun ko`maklashadi. Axborot direktori vazifasini ham bajaruvchi, BMTning O`zbekistondagi Doimiy Vakili tez-tez rasmiy tadbirlarda, bayramlarda va uchrashuvlarda BMT nomidan qatnashib turadi.
Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik
Axborot markazi BMT faoliyati to`g`risida butun dunyoda va mamlakatda axborot materiallari e`lon qilishlari uchun O`zbekistondagi noshirlik va elektron ommaviy axborot vositalariga har tomonlama yordam beradi. Markaz – BMT rasmiy shaxslar va expertlari ishtirokida matbuot konferensiyalari, brifinglar va davra suhbatlari tashkil etadi. Shuningdek, BMT vakili BMTning O`zbekistondagi faoliyati masalalarida, shu singari BMTning global ahamiyatga ega bo`lgan tashabbuslari va loyihalari borasida O`zbekiston televideniesi, radiosi va matbuot organlarida chiqishlar qiladi. Axborot markazi ommaviy axborot vositalariga nashr etilgan, audio va video materiallar taqdim etadi va radio hamda televidenieda BMT to`g`risida muntazam ruknlar, dasturlar tashkil etilishini qo`llab-quvvatlaydi. Markazning matbuot uchun ma`lumotnomalarni tarjima qilishi va Jamoat axborot departamentining matbuot uchun ma`lumotnomalarini va boshqa axborot ma`lumotlarini tarjima qilishi va tarqatishi odatdagi amaliyotga aylanib qolgan, shuningdek, Markazning o`zi ham ro`y berayotgan voqealar hamda Tashkilot loyihalari va uning O`zbekistondagi ixtisoslashtirilgan muassalari to`g`risida matbuot ma`lumotnomalari mustaqil chiqarmoqda. Ommaviy axborot vositalarida BMT faoliyatini yoritishni kengaytirish maqsadida Axborot markazi mahalliy matbuotda BMT mavzui bo`yicha eng yaxshi maqolalar konkursi o`tkazmoqda.
Nohukumat tashkilotlar va o`quv yurtlari bilan hamkorlik
Axborot markazi O`zbekiston nohukumat tashkilotlari va o`quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida Markaz BMT xodimlari va ekspertlarining chiqishlarini tashkil etmoqda, axborot bilan ta`minlashda yordam ko`rsatmoqda, BMT nashr etgan ma`lumotlarni taqdim etmoqda. Shuningdek, Axborot markazi Tashkilotning BMT kuni, Inson huquqlari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni singari nishonlanadigan kunlari to`g`ri kelgan maxsus tadbirlarini o`tkazmoqda, nohukumat tashkilotlariga, ularning BMTga taalluqli o`z tadbirlarini o`tkazishlariga yordamlashmoqda.
Markaz O`zbekiston maktablari va oliy o`quv yurtlari bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqotga kirishishni qo`llab-quvvatlaydi, bu hol viktorinalar, BMT "modeli" kabi hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini beryapti. Bundan tashqari Axborot markazi yoshlar davrasiga mo`ljallangan hujjatlar, matbaa mahsulotlari va videodastarlarni tarqatmoqda.
Ayni paytda Markaz O`zbekiston nohukumat tashkilotlari bilan BMT Jamoat axborot departamenti o`rtasida rasmiy hamkorlik munosabatlarini o`rnatish uchun BMT bosh qarorgohiga ma`lumotalar va tavsiyalar taqdim etadi.
Markaz kutubxonasi
Axborot markazi O`zbekistondagi BMT rasmiy hujjatlari va boshqa axborot materiallari, jumladan, plakatlar rasmlar statistik hisobotlar va audiviuzal materiallarning asosiy manbai hisoblanadi. Markaz kutubxonasi barcha talabgorlar uchun ochiqdir. Kutbxona fondida Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashi, Vasiylik kengashi va Xalqaro sud majlislarining rasmiy protokollari, shuningdek, BMTning xalqaro tinchlik va xavfsizlik, barqaror taraqqiyot, inson huquqlari, atrof muhit muhofazasi, demografiya, ijtimoiy taraqqiyot, jahon iqtisodiyoti, qishloq xo`jaligi va boshqa mavzulardagi nashrlari mavjud. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, Axborot markazi va uning kutubxonasi BMT axborot markazlari butunjahon elektron tarmog`iga ulangan va bu erda BMTning Internetga joylashtirilgan axborot manbaalaridan ham foydalanish imkoniyati mavjud.
Markaz kutubxonasi BMT hujjatlari va nashrlarini O`zbekiston kutubxonalariga, oliy o`quv yurtlariga va boshqa muassasalariga muntazam ravishda taqdim etmoqda. U haftaning payshanba, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari soat 14.00dan 17.00ga qadar har doim keluvchilar uchun ochiq. Muloqot uchun telefonlar: (998-71) 1394835, 1391462.
Axborot markazi televideniega nohukumat tashkilotlarga va o`quv yurtlariga ularning talablariga binoan berishi mumkin bo`lgan BMT videodasturlari kolleksiyasiga ega. Videodasturlar tomoshasi bevosita Markazning o`zida ham tashkil etilishi mumkin. Bu erda shu kabi seminarlar va boshqa tadbirlar ham tez-tez o`tkazilib turiladi.
Noshirlik faoliyati
Axborot markazi faoliyatining muhim yonalishlaridan biri – BMT nashrlarini o`zbek tilida qayta nashr etishdan iboratdir. Keyingi yillarda o`zbek kitobxonlari BMTning "BMTni bilasizmi?", "BMT yurtida" kabi taniqli kitoblarni qo`llariga oldilar. Makaz, shuningdek, Bosh Assambleyaning maxsus sessiyalariga bag`ishlangan, BMTning muhim butunjahon konferensiyalariga to`g`ri keladigan axborot materiallarini o`zbek tiliga tarjima qilmoqda va tarqatmoqda. Bundan tashqari, Axborot markazi BMTning O`zbekistondagi dasturlari va agentliklariga ularning davriy hisobotlari va boshqa nashrlarini tayorlashda ko`maklashyapti.
Yanada batafsil ma`lumotlarni BMTning O`zbekistondagi Vakolatxonasi Axborot markazidan olish mumkin (Murojaat uchun sahifasini o`qing).
BMTni bilasizmi?
Ko`pchiligimiz, albatta, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish yoki insonparvarlik yordami ko`rsatish bilan bog`liq faoliyati borasida eshitganmiz. Biroq uning hayotimizga bevosita ta`sir ko`rsatayotgan boshqa ko`plab faoliyatlari to`g`risida zamondoshlarimiz har doim ham batafsil ma`lumotga ega bo`lolmaydilar. Mazkur kitobchada Birlashgan Millatlar Tashkiloti o`z faoliyati bilan butun jahon xalqlari hayot tarzini yaxshilashga qanday yordamlashayotgani haqida hikoya qilish bilan birga bu tashkilotning qachon tashkil etilgani va qanday ishlar bilan shug`ullanayotgani borasida qisqacha ma`lumot beriladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun insoniyat duch kelayotgan muammolar hal etiladigan markazdir. Mazkur faoliyat Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimini tashkil etuvchi 30 dan ortiq tashkilotning hamkorlikdagi sa`y-harakatlari natijasi o`laroq amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish, turli xavfli kasalliklarga qarshi kurashish, taraqqiyotni barqaror etishga yordamlashish va qashshoqlikka qarshi kurashish borasida kundan kun faolroq ish olib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti muassasalari havo va dengiz orqali xavfsiz va samarali aloqalarni yo`lga qo`yish norma va qoidalarini ishlab chiqadi, tetelekommunikatsiyalarni takomillashtirish va talabgorlar hojatini qondirisha ko`maklashadi, intellektual mulk huquqiga hurmat-e`tibor bilan yondoshish va radioto`lqinlarni tarqatishni tartibga solishga yordamlashadi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi va terrorizmga qarshi kurash xalqaro kompaniyasining ham tashabbuskoridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning muassasalari dunyoning barcha mintaqalarida faoliyat ko`rsatib qochoqlarga yordam qo`lini cho`zadi va Minalardan tozalash dasturini amalga oshiradi, ichimlik suvlarining sifatini yaxshilashga yordamlashadi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi, rivojlanayotgan mamlakatlarga qarz beradi va moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirishga ko`maklashadi.
BMT tarixi
1941 yil 12 iyun - Ittifoqchilar deklaratsiyasi
1941 yil 12 iyunda Londonda imzolangan, ittifoqchilar "Urushda ham, tinchlikda ham, boshqa erkin xalqlar bilan birga ishlash" majburiyatini olgan deklaratsiya - Birlashgan Millatlar Tashkilotini tuzishda ilk qadam bo`ldi.
1941 yil 14 avgust - Atlantika xartiyasi
Qo`shma Shtatlar prezidenti Franklin Delano Ruzvelt va Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Uinston Cherchill 1941 yil 14 avgustda, tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash maqsadida, xalqaro hamkorlik tamoyillari majmuasini taklif qilishdi. "Dengizning qayeridadir" uchrashuv paytida imzolangan ishbu hujjat Atlantika xartiyasi nomi bilan mashhur.
1942 yil 1 yanvar - Birlashgan Millatlar deklaratsiyasi
"O`q" mamlakatlariga qarshi jang qilgan 26 ittifoqchi davlat vakillari 1942 yil 1 yanvarda "Birlashgan Millatlar deklaratsiyasin"ni imzolab, Atlantika xartiyasini qo`llab-quvvatlashlarini e`lon qilishdi. Prezident Ruzvelt tomonidan taklif qilingan "Birlashgan Millatlar" nomi shu hujjatda ilk bor rasman foydalanildi.
1943 yil oktabr-dekabr - Moskva va Tehron konferensiyalari
Sovet Ittifoqi, Birlashgan Qirollik, Qo`shma Shtatlar va Xitoy hukumatlari 1943 yil 30 oktyabrda Moskvada imzolangan deklaratsiyada tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun tezda xalqaro tashkilot tuzishga da`vat etishdi. Ushbu maqsad Qo`shma Shtatlar, SSSR va Birlashgan Qirollik rahbarlarining 1943 yil 1 dekabrda Tehronda bo`lib o`tgan uchrashuvida yana tasdiqlandi.
1944 yilsentabr-oktabr - Dumbarton-Oksdagi konferensiya
BMTning dastlabki shakl-shamoyili Vashingtondagi "Dumbarton- Oks" nomi bilan mashhur bo`lgan dargohda yaratildi. 1944 yil 21 sentabrdan 7 oktabrgacha bo`lib o`tgan ikki turkum majlislarda Qo`shma Shtatlar, Birlashgan Qirollik va Xitoy jahon tashkilotining maqsadlari, tuzilishi va funksiyalari to`g`risida kelishib olishdi.
1945 yil 11 fevral - Yalta konferensiyasi
1945 uil 11 fevralda, Yalta uchrashuvidan so`ng Prezident Ruzvelt, Bosh vazir Cherchill va Premyer Stalin "tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun umumiy xalqaro tashkilot" ta`sis etish to`g`risidagi o`z ahdu qarorlarini bayon qilishdi.
1945 yil 25 iyun - San-Fransiskodagi konferntsiya
1945 yil 25 aprelda 50 mamlakat delegatlari xalqaro tashkilot tuzish to`g`risidagi masala bo`yicha Birlashgan Millatlar konferensiyasiga San-Fransiskoga to`planishdi. Delegatlar 111 moddadan iborat Nizom tayorlashdi, 1945 yil 25 iyunda bu hujjat yakdillik bilan qabul qilindi. Ertasiga delegatlar Urush Faxriylari Memoriali binosida uni imzoladilar.

1945 yil 24 oktabr
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi: uning Nizomi Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a`zosi hamda uni imzolagan davlatlarning ko`pchiligi tomonidan ratifikatsiya qilindi va kuchga kirdi.
1946 yil 10 yanvar
Londonda Vestminster saroyi markaziy zalida birinchi Bosh Assambleya ochildi; unda 51 davlat qatnashdi.
1946 yil 17 yanvar
Londondagi Vestminster saroyida Xavfsizlik Kengashi ilk bor to`plandi; u o`z tartibot-qoyidalarini qabul qildi.
1946 yil 24 yanvar
Bosh Assambleya birinchi rezolyutsiyani qabul qildi. Uning asosiy mavzulari: atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish hamda atom va yalpi qirg`in qurollarining boshqa turlarini tugatishdan iborat edi.
1946 yil 1 fevral
Tryugve Li (Norvegiya) birinchi Bosh kotib bo`ldi.
1947 yil 24 oktabr
Bosh Assambleya o`zining 168 (II) rezolyutsiyasi bilan "Birlashgan Millatlar kuni"ni rasmiy ravishda elon qildi.
1948 yil iyun
Falastinda BMTning birinchi kuzatuvchilar missiyasi - BMTning sulh shartlarining bajarilishini kuzatish bo`yicha organi ta`sis etildi.
1948 yil 10 dekabr
Bosh Assambleya Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasini qabul qildi.
1949 yil 7 yanvar
BMT elchisi Ralf Banch yangi Isroil davlati bilan arab davlatlari o`rtasidagi urush olovini so`ndirishga muvaffaq bo`ldi.
1949 yil 24 oktabr
Nyu-Yorkda BMT Markaziy muassasalari binosiga birinchi g`isht qo`yildi.
1950 yil 27 iyun
Xavfsizlik Kengashi Sovet Ittifoqi vakillari yo`qligida ish yuritib, a`zo davlatlarni Janubiy Koreyaga shimoldan bo`layotgan bosqinchilikni daf etishda yordam berishga da`vat etdi.
1954 yil
BMTning Qochoqlar ishlari bo`yicha Oliy Komissari yevropalik qochoqlar bilan olib borgan ishi uchun ikki Nobel mukofotidan birinchisi bilan taqdirlandi.
1956 yil 7 noyabr
Suvaysh kanali mintaqasidagi masala bo`yicha Bosh Assambleyaning birinchi Favqulodda sessiyasi yig`ildi; unda tinchlikni saqlash bo`yicha BMTning dasltabki kuchlarini - BMTning Favqulodda qurolli kuchlari (BMT FQK)ni ta`sis etishga qaror qilindi.
1960 yil sentabr
Yangi mustaqil 17 davlat, shu jumladan 16 Afrika davlati BMTga a`zo bo`lib kirdi - bu boshqa barcha yillardagidan ko`p edi.
1961 yil 18 sentabr
Bosh kotib Dag Hammarsheld Kongodagi missiyasi paytida aviahalokatda haloq bo`ldi.
1963 yil 7 avgust
Xavfsizlik Kengashi Janubiy Afrikaga qurol etkazib berishga ixtiyotiy embargo joriy etish uchun ovoz berdi.
1964 yil 4 mart
Xavfsizlik Kengashi Kiprda tinchlikni saqlash uchun kuchlarni yuborishga ruxsat (sanktsiya) berdi.
1965 yil
BMT Bolalar Fondi - UNICEFga tinchlik uchun Nobel mukofoti berildi.
1966 yil 27 oktabr
Yalpi Assambleya Janubiy Afrikani janubi-g`arbiy Afrika (Namibiya)ni boshqarish mandatidan mahrum etdi.
1966 yil 16 dekabr
Xavfsizlik Kengashi tomonidan Rodeziya (hozirgi Zimbabve)ga qarshi majburiy sanksiyalar joriy etildi.
1967 yil 22 noyabr
Xavfsizlik Kengashi olti kunlik urushdan so`ng, uzoq olib borilgan muzokaralardan so`ng, 242-rezolyutsiya (1967)ni Yaqin Sharqda tinchlik o`rnatish uchun asos sifatida qabul qildi.
1968 yil 12 iyun
Bosh Assambleya Yadro qurolini tarqatmaslik to`g`risidagi Shartnomani ma`qulladi va uni ratifikatsiya qilishga da`vat etdi.
1969 yil 4 yanvar
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risida xalqaro konvensiya kuchga kirdi.
1969 yil
Xalqaro mehnat tashkilotiga tinchlik uchun Nobel mukofoti berildi.
1971yil 25 oktabr
Bosh Assambleya Xitoy Xalq Respublikasi vakillariga o`rin berdi.
1972 yil iyun
Stokgolmda BMTning atrof muhit bo`yicha birinchi konferensiyasi o`tkazildi; uning natijalari bo`yicha doimiy ish o`rni Nayrobida bo`lgan atrof muhit bo`yicha BMTning Dasturi ta`sis etildi.
1974 yil 13 noyabr
Bosh Assambleya Falastin Ozodlik tashkilotini "falastin xalqining yagona qonuniy vakili" deb e`tirof etdi.
1975 yil iyun-iyul
Xalqaro ayollar yili Mexikoda o`tkazilgan Xotin-qizlarning ahvoli to`g`risida Konferensiya bilan nishonlandi.
1977 yil 4 noyabr
Xavfsizlik Kengashi Janubiy Afrikaga qurol-aslaha yetkazib berishga majburiy embargo joriy etdi.
1978 yil may-iyun
Yalpi Assambleya ilk bor qurolsizlanish masalalariga bag`ishlangan maxsus sessiya chaqirdi.
1979 yil 18 dekabr
Bosh Assambleya ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishlarga barham berish to`g`risida Konventsiya qabul qildi, unda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va fuqarolik qadriyatlari o`z aksini topdi.
1980 yil 8 may
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti chechak bilan kasallanishning so`nggi hodisasi ro`yxatga olinganidan keyin uch yil o`tgach, bu kasallik tag-tomiri bilan tugatilganligini rasman e`lon qildi.
1981 yil
BMTning Qochoqlar ishlari bo`yicha Oliy Komissari osiyolik qochoqlarga yordam uchun Nobel mukofoti bilan takroran taqdirlandi.
1981 yil 25 noyabr
Bosh Assambleya din yoki e`tiqodlar negizidagi toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risida Deklaratsiya qabul qildi.
1982 yil 10 dekabr
BMTning Dengiz huquqi to`g`risidagi yangi Konvensiyasi 117 davlat va ikki tuzilma tomonidan imzolandi; bu hujjatni imzolashning birinchi kunida uning ostiga boshqa har qanday shartnomaga nisbatan ko`proq imzo qo`yildi.
1984 yil dekabr
Bosh kotib Xavier Peres de Kuellyar ochlarga favqulodda yordam ko`rsatish bo`yicha sa`y-harakatlarni muvofiqlashtirishga ko`maklashish uchun BMTning Afrikada favqulodda operatsiyalar bo`yicha byurosini ta`sis etdi.
1984 yil 10 dekabr
Bosh Assambleya qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatini kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiyani qabul qildi.
1985 yil iyul
Nayrobida BMTning ayollar O`n yilligi yakunlanishining belgisi bo`lgan konferensiyaga minglab qatnashchilar yig`ildi.
1987 yil sentabr
BMTning sa`y-harakati bilan hamda ozon qatlamini muhofaza qilish to`g`risida 1985 yilgi Vena konvensiyasiga muvofiq atrof muhitni muhofaza qilish to`g`risida birinchi jahon bitimi - Monreal protokoli sifatida mashhur bo`lgan ozon qatlamini muhofaza qilish to`g`risida Shartnoma imzolandi.
1988 yil
BMTning tinchlikni saqlash bo`yicha operatsiyalariga jahon Nobel mukofoti berildi; o`sha davrda tinchlikni saqlash yoki kuzatish bo`yicha yetti operatsiya o`tkazilgandi.
1989 yil aprel
Janubiy Afrikaning chiqib ketishini nazorat qilish hamda saylovlar o`tkazishda ko`maklashish uchun Namibiyaning butun hududida o`tish davrida ko`maklashish bo`yicha BMT guruhi (UNTAG) joylashtirildi. Saylovlardan so`ng to`rt oy o`tgach, Namibiya mustaqil bo`ldi.
1990 yil 2 sentabr
Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya kuchga kirdi.
1990 yil 29-30 sentabr
UNICEF bolalar manfaatlari yo`lida 71 davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan oliy darajadagi Jahon uchrashuvini chaqirdi; Harakat rejasi qabul qilindi.
1991 yil 31 may
Muzokaralarda Angoladagi 16 yillik fuqarolar urushi olovini so`ndirish to`g`risida bitimga erishildi; so`ng BMTning Angoladagi Nazorat missiyasi (UNCMA II) ushbu bitimga rioya etilishini kuzatdi.
1991 yil 31 dekabr
Bosh kotibning BMT Markaziy muassasalaridagi ezgu xizmatlari tufayli Salvador hukumati bilan Farabundo Marti nomidagi milliy ozodlik fronti o`rtasida bitim tuzildi; ushbu bitim urush olovi to`xtatilishiga va o`n yillik urushdan so`ng tinchlik o`rnatilishiga olib keldi.
1992 yil 31 dekabr
Nyu-Yorkda Xavfsizlik Kengashining tarixda 15 a`zo davlat rahbarlari ishtirokida birinchi oliy darajadagi uchrashuvi o`tkazildi, so`ng Bosh kotib "Tinchlik uchun kun tartibi" ma`ruzasini taqdim etdi.
1992 yil iyun
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida BMTning - oliy darajali "Yer Sayorasi" Uchrashuvi - atrof muhit va rivojlanish bo`yicha konferensiyasi o`tkazildi, unda davlatlar va hukumatlarning 104 rahbari va boshqa liderlar ishtirok etishdi; tarixdagi eng yirik ushbu hukumatlararo yig`ilishda XXI asr kun tartibi - barqaror rivojlanishni ta`minlash bo`yicha harakat rejasi qabul qilindi.
1992 yil 17 iyun
Bosh kotib Butros Butros G`oliy peshgirlik diplomatiyasi, tinchlikparvarlik va tinchlikni jahonni toifasida bunyod etishni qo`llab-quvvatlash masalalari bo`yicha "Tinchlik uchun kun tartibi" ma`ruzasini tarqatdi.
1993 yil 27 aprel
BMT kuzatuvi ostida o`tgan referendum natijalariga ko`ra, 1993 yil 27 aprelda Eritriyaning mustaqilligi e`lon qilindi; referendumda ro`yxatga olingan saylovchilarning 98.5 foizi ishtirok etdi. Keyinchalik Eritriya Birlashgan Millatlar Tashkilotiga hamda Afrika birligi tashkilotiga a`zo qilib olindi.
1993 yil
Kambodjada BMT himoyasida o`tkazilgan saylovlar natijasida yangi konstitutsiya tayorlandi hamda yangi hukumat ta`sis etildi, bu urush ezib kelgan mamlakatda 15 yillik adovat tugaganining alomati bo`ldi.
1993 yil iyun
Venada dunyo tub xalqlari Xalqaro (1993) yili doirasida inson huquqlari bo`yicha Jahon konferensiyasi o`tkazildi.
1994 yil 6 may
Bosh Assambleyaning iltimosiga ko`ra Bosh kotib "Rivojlanish uchun kun tartibi" - kishilar turmush sharoitini yaxshilash bo`yicha ma`ruzasa-harakat rejasini tarqatdi.
1994 yil 23 iyun
Janubiy Afrikada 26-29 aprel kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Janubiy Afrikadagi kuzatuvchilar missiyasining (UNOMSA) mamlakat butun hududi bo`ylab joylashtirilgan 2,527 xodimi kuzatuvi ostida saylovlar o`tkazildi. Xavfsizlik Kengashi 25 mayda Janubiy Afrikaga qarshi joriy etilgan qurol-aslaha etkazib berishga embargoni va boshqa cheklashlarni bekor qildi. 23 iyunda, 24 yildan so`ng Janubiy Afrika o`z joyini Bosh Assambleyada qayta egalladi.
1994 yil 5-15 sentabr
Qohirada nufus va rivojlanish bo`yicha Xalqaro konferensiya o`tkazildi, unda 179 mamlakat vakillari ishtirok etishdi hamda 249 notiq so`zga chiqdi. Konferensiayaning umumiy mavzusi nufus, barqaror iqtisodiy taraqqiyot va barqaror rivojlanish masalalarini o`z ichiga oldi.
1994 yil 27-29 oktabr
Mozambikda 2,300 nafar xalqaro kuzatuvchilar nazorati ostida dastlabki ko`p partiyali saylovlar bo`lib o`tdi.
1995 yil
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ellik yilligini nishonlash bo`yicha tadbirlar va tantanalar dasturi bir yil davom etdi. Yillik mavzusi - "Biz, yaxshiroq dunyo uchun birlashgan, Birlashgan Millatlar xalqlarimiz".
1995 yil mart
Kopengagenda ijtimoiy rivojlanish manfaatlari yo`lida oliy darajadagi Jahon uchrashuvi - jahon liderlarining eng yirik yig`ilishi bo`lib o`tdi; uning ishtirokchilari qashshoqlikka, ishsizlikka va kishilarni ijtimoiy hayotdan bebahra qoldirishga qarshi kurashish bo`yicha o`z majburiyatlarini tasdiqladilar.
1995 yil 26 iyun
Kaliforniyaning San-Frantsisko shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi imzolangan kunning ellik yilligini nishonlashga bag`ishlangan konferensiya o`tkazildi.
1995 yil sentabr
Pekinda xotin-qizlar ahvoli bo`yicha to`rtinchi Jahon konferensiyasi to`plandi; uning diqqat markazida butun jahon ayollari uchun umumiy bo`lgan, saqlanib kelayotgan muammolar turdi.
1995 yil 22-24 oktabr
BMTning Nyu-Yorkdagi Markaziy muassasalarida Bosh Assambleyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti ellik yilligiga bag`ishlangan maxsus xotira majlisi o`tkazildi.
1996 yil 10 sentabr
Bosh Assambleya yadro sinovlarini har taraflama taqiqlash to`g`risida Shartnoma qabul qildi. Bu yadroviy qurolsizlanish va yadro qurolini tarqatmaslikka yo`naltirilgan faoliyatda burilish lahzasi bo`ldi. Shartnoma imzolash uchun 24 sentabrda ochib qo`yildi.
1996 yil 17 dekabr
Bosh Assambleya Kofi Annanni (Gana) akklamatsiya yoli bilan 1997 yil 1 yanvardan boshlanib, 2001 yil 31 dekabrda tugaydigan vakolat muddati bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob bo`yicha yettinchi Bosh kotibi etib tayinladi.


Просмотров: 9282 | Добавил: aza | Рейтинг: 3.3/10
Всего комментариев: 1
1 Ziarre  
0
Good to see a telnat at work. I can't match that.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Апрель 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

0
Arxiv

nwEnt30


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat