Angliyada sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi - 3 Августа 2010 - Tarixdan testlar tuplami

Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2305






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1532



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1004



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1465








Главная » 2010 » Август » 3 » Angliyada sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi
10:19
Angliyada sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi
Angliyada sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi 1. "Qirollikning eng qimmatbaho mahsuloti". Angliya XVI asrda ham unchalik yirik davlat emasdi. Uning aholisi 3 millionga yaqin bo'lib, bu ko'rsatkich, Ispaniyadan 3, Fransiyadan esa 5 barobar kam bo'lgan. Shu asrda boshlangan ishlab chiqarishning keskin rivojlana borishi uch asrdan so'ng Angliyani dunyo fabrikasiga va eng kuchli mustamlakachi mamlakatga aylantirdi. Qirollikda savdo-sanoat va qishloq xo'jaligining Yevropadagi boshqa davlatlarga nisbatan erta taraqqiy qilishi uning asosiy omili bo'ldi. Angliya bugungi kunda ham o'z an'analarini o'ta qadrlaydigan va ularga sodiq davlat hisoblanadi. Mamlakat o'n asrdan buyon o'z qiroliga va yetti asrdan beri esa parlamentiga ega. Aytishlaricha, ingliz parlamentining yuqori palatasida, qirol taxti yonida qo'y yungi to'Idirilgan qop turadi. Lordlar palatasining raisi, lord-kansler uning ustida o'tiradi. Bu udumning ramziy ma'nosi inglizlarning an'anaviy xo'jaligi qo'ychilik, yung va movut ishlab chiqarishidir. Asrlar davomida Florensiya va Flandriyaga ko'p miqdorda yung chiqargan Angliyada XVI asrdan boshlab movutchilik sanoatiga asos solindi. Asrning o'rtalariga kelib movut ingliz tashqi savdosining 8l,6%ini tashkil qildi. Hunarmandlarnirig kichik ustaxonalari chet 254 mamlakatlarda ingliz movutiga bo'lgan talabni qondira olmay qoldi. Natijada mamlakatda yirik manufakturalar, korxonalar qurishga ehtiyoj paydo bo'ldi. 2. Korxonalarning paydo bo'lishi. Movutchilik Angiiyanirig janubi-g'arbiy va sharqiy rayonlarida, sexlar bo'lrnagan joylarda, ko'pincha qishloqlarda keng tarqaldi. Qishloqda kambag'al dehqonlar xo'jalikdan bo'sh vaqtlarida movutchilik bilan avvaldan shug'ullanib kelishardi. Ichki va tashqi bozorda movutga talab ortishi bu sohaga savdodan tushgan Soyda, kapital mablag' sarflanishiga olib keldi. Movutga bo'lgan talabning kuchayishi, qishloqlarga badavlat movutchi boylarni jalb qildi. Ular aholidan yungni ulgurji sotib olib, qishloqdagi ip yigiruvchilarga berar, ulardan olingan tayyor kalavalar to'quvchilarga topshirilib, undan movut to'qitilardi. Savdogarlar tayyor movutni shaharlardagi do'konlarda sotishardi. Mo-vutning katta qismi kemalarda chet ellarga chiqarilib, Angliyadagiga nisbatan 2,5-3 baravar qimmatroq aotilardi. Movutning asosiy qismi qishloqlarda to'qilardi. O'z uylarida movutchi boylar buyurtrnasi bo'yicha ishlagan kambag'al dehqonlar mehnatlari evaziga juda oz haq olardilar. Ko'pchilik haq to'lab movutchming to'quv dastgohlaridan foydalanardi. Qishloqda yirik movutchiga yuzlab yigiruvchi va to'quvchilar ishlashardi, Savdogardan yigirish uchun yung, dastgohlarni, ish haqini olgan hunarmandlar vaqt o'tishi bilan yollanma ishchilarga aylana bordilar. O'z uyida ishlagan dehqonlarni nazorat qilish mushkulli0dan, movutchilar ishchilarni ma'lum binolarda to'plab manufakturalar tashkil eta boshladilar. Angliya qishloqlarida o'nlab va hatto yuzlab ishchisi bo'lgan sanoat korxonalari shu tariqa paydo bo'ldi. Shaharlarda ham ba'zi boy hunarmandlar, sex qonun-qoidalariga rioya qilmay o'z ustaxonalarini kengaytirdilar. Ular katta binolar qurib dastgohlar o'rnatar va ko'plab xalfalarni ishga yollardilar. Vaqt o'tishi bilan bu turdagi hunarmandchilik ustaxonalari korxonaga aylanib, undagj xalfalar esa yollanma ishchilar bo'lib qolardi. Dastlabki korxonalarda mashinalar yo'q edi. Ularda barcha ish qo'lda qilinardi. Yigiruv charxlari va to'quv dastgohlari ham qo'i bilan harakatga keltirilgan, Shu sababdati korxonalar - manufaktura {lotincha; "manus" qo'l, "factura" buyum, ya'ni qo'lda yasalgan buyum) deb atalardi. 3. Manufakturalarda mehnat taqsimoti. Mahsulot ishlab chiqarishning ko'payishi hunarmandchiliki ustaxonalarida mehnat taqsimotini vujudga keltiradi.j Manufakturada mehnat taqsimotiga ham xuddi shu tarzdaj asos solindi. Manufakturaga birlashtirilgan ishchilar! orasida mehnatni unumli taqsimlash va muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud edi. Jumladan, movutchilikda; ishchilarning bir guruhi yungni qozonlarda qaynatib, so'ng' sovuq suvda yuvar va oftobda quritishardi. Boshqa bir guruh ishchilar yungni taroq va cho'tkalar bilan titardi, Keyingi davrada yigiruvchilar ipni yigirib undan kalava qilardilar. To'quvchilar tayyor ipdan mato to'qisalar, bo'yoqchilar uni turli ranglarga bo'yardilar. Demak, manufakturadagi oddiy mehnat taqsimoti, ishchilarni faqat ma'lum sohada ixtisoslashib borishini ta'minlardi. Ishchilarning bar qaysi guruhi umumiy ishning faqat bir qisminigina bajarardi. Mehnat taqsimoti ish sifatini yaxshilardi. Ishchining doimo bir ishni bajarishi, uning bu boradagi mahoratini oshirardi. Manufaktura ishchilari soni jihatidan o'ziga teng bo'lgan mayda hunarmandlarga nisbatan ancha ko'p movut ishlab chiqarardi. Manufakturalardagi mehnat taqsimoti - mehnat unumdorligini birmuncha oshishiga yordam berdi. 4. Burjuaziya va ishchilar. Yangi vujudga kelgan korxonada hamma narsa; bino, xomashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulot manufaktura egasining mulki edi. O'rta asr hunarmandlaridan farqli o'laroq manufaktura egalari o'zlari ishlamasdilar.. Ular korxonani boshqarardilar,' xolos. Ishlab chiqarilgan movutni, korxona egalari savdogarlarga sotardilar. Manufaktura egalari va savdogarlar ilk sanoat ishlab chiqarish davrida shu tariqa yangi burjuaziya* tabaqasi vakillariga aylandilar. Burjua o'rta asrlardagi feodaldan: puldorligi, korxonalari, mol-tovar egasi bo'lishi bilan farq qilardi. Shahar boylari ko'pincha qishloqdan yer sotib olar va hatto dvoryanlik unvonini ham qiroldan pul evaziga olib hukmron tabaqadan chetlab ketmasdi. Burjua vakillari ishchilar yoki qaram dehqonlarni ishlatishi usullarida ham birmuncha farq bor edi. Yollanma ishchilar shaxsi erkin kishilar edi. Ularda na yer va na o'z xo'jaligi bor edi. Ishchilar o'zi va oila a'zolari ochidan o'lmasligi uchun korxona egalanga yollanib ishlardilar. Erta tongdan shomgacha ishlagan ishchining maoshi yarim och hayot kechirishga yetardi, xolos. Manufaktura egalari va savdogarlar esa ishchilar tayyorlagan buyumlaridan yaxshigina daromad qilardi. Manufakturalar dastlabki (sanoat) korxonalari bo'lib, ular ishchilar mehnatiga asoslangan edi. Manufakturalar movutchilikdan tashqari tog'-konchilikda, metal-lurgiya, qurol-aslaha ishlab chiqarishda, kitob bosishda ham vujudga keldi. Angliya-da 1550-1650-yillarda mis, qo'rg'oshin, qalay chiqarish 6 - 8, toshko'mir qazib chiqarish esa 8 baravar o'sdi. Tabiiyki, bularning bar-chasini manufakturalar- ning xizmati deyish 43-ãàø. Karl Iltasviri mumkm- tushirilgan oltin tanga. Burjuaziya (burjua) - fransuzcha shahar kishisi degani. Shunday qilib, manufakturalar yangi korxona bo'lib ularda hali qo'l mehnatiga asoslangan dastgohlar ishlatilardi. Manufakturalarda mehnat taqsimoti rivojlana bordi. Korxonalarning paydo bo'lishi bilan yangi: burjuaziya va yollanma ishchilar qatlami shakllana boshladi.
Просмотров: 1567 | Добавил: aza | Рейтинг: 2.5/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Август 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

0
Arxiv

nwEnt43


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat