Alisher Navoiy - 8 Февраля 2010 - Tarixdan testlar tuplami

Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2305






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1532



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1004



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1465








Главная » 2010 » Февраль » 8 » Alisher Navoiy
22:16
Alisher Navoiy
Alisher Navoiy
Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, G`iyosiddin Kichkina xonadonida dunyoga kelgan. Uning otasi Temuriylar saroyida e`tiborli shaxslardan bo`lgan. Onasi esa amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo`lgan. Alisher saroy muhitida yashagani uchun alohida tarbiya va nazorat ostida o`sdi. Kichkinaligidanoq she`r va musiqaga ishqi tushgan. Olim-u fozillar davrasida ulg`aydi. 1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, taxt uchun kurashlar boshlanib ketadi. Alisherlar oilasi esa bu davrda Iroqqa yo`l oladi. Yo`lda, Taft shahrida Navoiy o`z davrining mashhur tarixchish Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. 1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o`tiradi va notinchliklar ham bosiladi. Alisherning otasi G`iyosiddin Muhammad esa Sabzavorga hokim etib tayinlanadi. Alisher o`qishni davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she`riyat bilan oshno qilib qo`yadi. U Sa`diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo`ston», Farididdin Attorning «Mantiqu-t-tayr» asarlarini kuchli ishtiyoq bilan o`qib chiqadi. «Mantiqu-t-tayr» asari Navoiyga bir umrlik hamroh bo`lib qoladi. Keyinchalik u «Lisonu-t-tayr» nomli asarini yozdi.
1453-yilda G`iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, keyin Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do`st - Husayn va Alisher yana birga bo`ldilar. Bu yillar ham Navoiy uchun ilm olish bilan o`tdi. U shu munosabat bilan 50 ming bayt, 100 ming misrani yod olganini aytib o`tgan. She`rga mehr Alisherni ijodga undadi. U turkiy va forsiyda she`rlar bita boshladi. U turkiydagi she`rlariga «Navoiy», forsiydagi she`rlariga esa «Foniy» taxallusini qo`llardi. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Xuroson taxtiga Abusaid Mirzo o`tirdi. Husayn Boyqaro esa taxt uchun kurashlarga kirishib ketdi. Bu paytda Navoiy Mashhad madrasalarida bilimini oshirish bilan band edi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Lekin bi yerda uni qiyinchiliklar kutib turar edi. Sababi, Abusaid Mirzo Abulqosim Bobur yaqinlaridan hisoblangan Alisherning tog`alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G`aribiylarni qatl etgan bo`lib, Alisherning mol-mulki ham davlat hisobiga musodara etilgan edi. Shuning uchun u shaharda uzoq qola olmadi. Bu davrda Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasher kabi do`stlarining ko`magiga tayanadi. Abdurahmon Jomiyni Navoiy «Nuran Maxdum» deb e`zozlagan. U kishi o`zini siyosatdan uzoq tutar edi. Hatto shahar tashqarisida Sa`diddin Qoshg`ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy olib, o`sha yerda yashar edi.
Alisher do`stlari Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasherlar haqida kitob ham yozgan. U Pahlavon Muhammadni «shamsu-l--millat» (millat quyoshi) deb atagan bo`lsa, Sayyid Hasan Ardasherni esa «bu faqir turk va sart orasida ondin tamomroq (mukammalroq) kishini ko`rmaydurmen» deb ta`riflagan.
Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning Samarqandga kelishi to`g`risida ham turlicha qarashlar mavjud. Tarixchi Xondamir uni o`qish maqsadida kelgan deb aytadi. To`g`ri, u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazlulloh Abullays qo`lida o`qidi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa uning Samarqandga kelishi sababini Abusaid surgun gilishi bilan bog`laydi. Chunki Abusaidning Alisherga nisbatan munosabati yomon edi.
Alisher Samarqandda dastlab moliyaviy qiyinchiliklar ichida yashadi. Keyinchalik shahar hokimi Ahmad Hojibek unga rag`bat va homiylik qila boshladi.
Navoiy shu yillarda shoir sifatida shuhrat topa boshladi. 1465-1466-yillarda uning muxlislari she`rlarini to`plab, «Devon» tuzdilar. Bu kitob bugungi kunda «Ilk devon» nomi bilan mashhurdir.
1468-yilda Abusaid Mirzo Eronni egallash uchun bo`lgan jangda halok bo`ladi va taxtga Husayn Boyqaro o`tiradi. U do`stiga maktub yo`llab, uni Hirotga chaqiradi. Alisher Hirotga qaytib, Ramazon hayiti kunlarida do`stiga «Hiloliya» qasidasini taqdim etadi.
Husayn Boyqaro Alisherni davlat ishlariga jalb etib, unga muhrdorlik vazifasini topshiradi. Alisher 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472--1476-yillarda esa vazir bo`lib ishladi. 1487-1488-yillarda esa Astrobod hokimi bo`lgan. Alisher vazir bo`lib ishlagan kezlarida «amiri kabir» («ulug` amir»), «amiru-l-muqarrab» (podshohga eng yaqin amir) kabi unvonlarga ega bo`ldi. 1480-1500-yillar mobaynida o`z mablag`lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo`lovchilar to`xtab o`tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko`prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga "muqarrabi hazrati sultoniy” ("sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga ko`ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.Alisher Navoiy tarjimayi holi o`z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.
Lirik merosi.Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she`rlarini yig`ib, "Ilk devon” (1464-1465) tuzgan edilar, birinchi devoni "Badoye`u-l-bidoya” ("Go`zallikning boshlanishi”) asarini shohning taklifiga ko`ra 1472-1476-yillarda kitob qildi. Ikkinchi devoni "Navodiru-n-nihoya” ("Nodirliklar nihoyasi”)ni 1476-1483-yillarda yozib tugatgan. 1481-1482-yillarda «Vaqfiya» asarini yozadi. Bu asari bilan u vaqf qonun-qoidalarini tartibga solishni ko`zlagan edi.
1483-1485-yillar mobaynida esa beshta dostondan iborat «Xamsa»ni yozib tugatdi. U ish kunlari hisobida 54 ming misradan iborat asarni olti oy ichida yozgan edi. Bu asar turkiy tildagi birinchi «Xamsa»dir. Navoiyni «Xamsa» yozishga undagan va unga bu ishda oq fotiha bergan ustozi va do`sti Abdurahmon Jomiy shunday yozadi: «Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin. Bu qalam forsiy til egalariga, forscha nazm durlarini terguvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganida, boshqalarda so`z aytishga majol qolmasdi. Uning mo`jizali she`ri oldida Nizomiy kim-u, Xisrav kim bo`lardi?!» 1480-1490-yillar Navoiy ijodi uchun nihoyatda samarali keladi. U shu yillar davomida ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. 1488-yilda yaratilgan «Tarixi mulki Ajam» («Ajam shohlari tarixi») shulardan biri edi. Bu asar «Muhokamatu-l-lug`atayn» asarida «Zubdatu-t-tavotix» (Tarixlar qaymog`i) deb ham ataladi.
Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» (Anbiyolar va hokimlar tarixi), «Siroju-l-muslimin» (Musulmonlik nuri) asarlari ibrat va pand mazmunida yozilgandir.
Navoiyning yaqin do`stlari va ustozlari Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492) va Pahlavon Muhammad (1493) birin-ketin vafot etishadi. Navoiy ularga bag`ishlab «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsatu-l-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo`lib, ular shoirning ulug` zamondoshlari haqidagi memuar-xotiralaridan tashkil topgandir.
1491-yilda shoir muammo janrida yozilgan «Risolayi muammo» (ikkinchi nomi «Mufradot») asarini yozadi. Bu asar bilan Navoiy o`zbek tilida muammo janrida yozgan ilk shoir bo`ldi.
«Xazoyinu-l-maoniy»ga uning 52 muammosi kiritilgan. Forsiyda yozilgan muammolarini esa 500 ta chamalaydilar. Shoir muammoni tuzish va yechish qoidalarini o`z ichiga olgan ushbu asarini forsiyda yozgan.
Hadislar asosidagi 40 ruboiyni o`z ichiga olgan «Arbain», mashhur hazrat Alining «Nasru-l-laoliy» asarining she`riy tarjimasi, 266 ta ruboiydan tashkil topgan «Nazmu-l-javohir» asarlari ham shu yillarda yaratilgan.
Navoiyning 1490-yillardagi eng katta asari, shubhasiz, «Xazoyinu-l-maoniy»dir. 1492-1498-yillarda tartib qilingan bu asar to`rt qismli devondir. Bu devonga shoirning turkiyda yozilgan deyarli barcha lirik she`rlari kiritilgandir. U devonni tabiat fasllariga qarab to`rtga bo`ldi va har biriga shunga ko`ra nom berdi. Uning birinchi qismi «G`aroyibu-s-sig`ar» (Yoshlik g`aroyibotlari), ikkinchi qismi «Navodiru-sh-shabob» (Yigitlik nodirliklari), uchinchi qismi «Badoye`u-l-vasat» (O`rta yosh badialari) va nihoyat to`rtinchi qismi «Favoyidu-l-kibar» (Keksalik foydalari) deb nomlanadi.
Navoiy forsiy va arab tillarini ham mukammal bilgan. Va bu tillarda ham she`r yozish qobiliyatiga ega edi. Uning fors tilida bitilgan «Devoni Foniy» asarida uchrab turadigan arabiy matnlar bunga isbot bo`la oladi.
Navoiy turli sohalardan xabardor kishi edi. U o`q otish haqida «Risolayi tir andoxtan», lug`atshunoslik borasida esa «Sab`atu abhur» (Yetti dengiz) asarlarini yozib qoldirgan. Navoiy adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasi borasida ham asarlar yozgan. Bular jumlasiga «Risolayi muammo» asarini keltirish mumkin. 1490-yillarda yaratilgan «Majolisu-n-nafois» (Nafis majlislar) asari esa o`zbek tazkirachiligining ilk namunasidir. «Mezonu-l-avzon» (Vaznlar o`lchovi) asarini yozib, o`zbek aruz she`rining bir necha asrlik tajribasini umumlashtirdi.
Navoiy she`riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko`lami (16) xilma-xil. G`azallari "oshiqona, orifona, rindona” (Shayxzoda) sifatlar bilan o`rganiladi. G`azallarida insoniy muhabbat ilohiy ishq bilan uyg`un holda ulug`lanib, "majoz - haqiqat ko`prigi” aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she`riyatidagi zohiriy ma`no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o`rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida Navoiy qalamiga mansub 24 asarning 254 qo`lyozmasi saqlanadi, undan ko`pchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yig`ilib, tasnif etilgan. "Ilk devon” Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. "Navodiru-n-nihoya” O`R FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir bo`lib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan ko`chirilgan.
Navoiy asarlari haqida
« Xamsa»
Alisher Navoiy ijodining yuksak cho`qqisi "Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo`lib, turkiy tilda to`liq "Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko`lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.

"Xamsa” tarkibiga "Hayratu-l-abror”, "Farhod va Shirin”, "Layli va Majnun”, "Sab`ai sayyor”, "Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi.

"Hayratu-l-abror”da hamd, munojot, na`t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo`lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma`rifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtayi nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo`lida ulusdan o`ta olmaganini anglatish bilan o`zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.

"Farhod va Shirin”da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o`sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqtiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o`zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an`analari yangilangan bo`lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining o`zak muammolarini hal etishda asosiy o`rin tutdi va bu yo`nalishda Ahmad Rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.

"Layli va Majnun” dostonida arab ertaklari orqali ma`lum syujet o`zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma`naviy zamin bo`ldi. "Xamsa” tarkibidagi "Sab`ai sayyor” va "Saddi Iskandariy”da shohlik bilan bog`liq masalalarni birinchi o`ringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an`anasida o`zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. "Xamsa”ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414-1492) yuqori baho berdi.

O`R FA ShI qo`lyozmalar fondida 15-20 asrlarda ko`chirilgan 166 qo`lyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.

Navoiy devonidan sahifa
Tasavvufiy asarlari
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo`lsa-da, maxsus "Lisonu-t-tayr” dostoni (1499)da, "Nasoyimu-l-muhabbat” manqabasi” (1495-96)da, "Tarixi anbiyo va hukamo”(1485-88), "Arbain”, "Munojot” singari asarlarida aks etgan.

"Lisonu-t-tayr”da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.

O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng Navoiy asarlarini diniy va so`fiylik jihatidan o`rganish kengaydi, ular obyektiv va ilmiy bahosini olmoqda. "Arbain”, "Munojot” kabi asarlari chop etildi. Jomiyning "Nafahotu-l-uns min hazaroti-l-quds” tazkirasini tarjima qilib va to`ldirib, so`z yuritilgan 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.

Nasriy asarlari
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta`limiy va ilmiy-falsafiy yo`nalishdadir.

"Mahbubu-l-qulub” (1500-01) Navoiyning so`nggi yirik asari bo`lib, unda ulug` mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to`plagan boy tajribasi o`z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda "Soriun-nosning af`ol va ahvolining kayfiyati” (1), axloqiy muammolar (2), "mutafarriqa favoyid va amsol surati” (3) masalalari ifodalangan.

"Xamsatu-l-mutahayyirin” ("Besh hayrat”, 1494) asarida ustozi va do`sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.

"Holoti Sayyid Hasan Ardasher” (1488-89), "Holoti Rahlavon Muhammad” (1493) asarlari manoqib-holot yo`nalishida bo`lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.

"Munshaot” (1498-99) Navoiyning maktublari to`plami (jami 88 ta xat) bo`lib, ular sog`inchlik xatlari, navro`z tabriklari, ta`ziyanomalar, siyosiy o`gitlar, sulhnomalar va boshqa yo`nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.

Ilmiy-filologik merosi
"Majolisu-n-nafois” (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo`lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma`lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo`lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to`rtinchi, beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma`lumotlar jamlangan. Asar Faxriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy (1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.

Navoiy "Muhokamatu-l-lug`atayn” asarini o`z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususiyatlari bilan qiyoslashga bag`ishladi. Jonli xalq tilida qo`llanilgan ko`plab so`zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo`llanilishiga sababchi bo`ldi. O`zigacha ishlatilgan so`zlarning yangi ma`no qatlamlarini ochdi. O`zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg`ariydan so`ng ilmiy asosga soldi. O`zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo`ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e`tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.

Aruz nazariyasiga bag`ishlangan "Mezonu-l-avzon” (1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og`zaki she`riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o`rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she`riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To`qqizta yangi vazn va she`riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.

Tarix va iqtisodga oid asarlari
"Tarixi mulki Ajam” ("Ajam shohlari tarixi”, 1488) qisqa tarix bo`lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan "Tarixi Tabariy”, "Shohnoma” asarlarini mantiqan to`ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so`nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo`lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.

"Tarixi anbiyo va hukamo” ("Payg`ambarlar va hakimlar tarixi”, 1485-1498) asarining birinchi bo`limida "Qissasu-l-anbiyo”lar an`analarini davom ettirib, Odam alayhissalomdan Nuh, Iso, Muso, Ya`qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg`ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni Hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning "Hukamo zikrida” deb nomlangan ikkinchi bo`limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog`urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.

"Vaqfiya” (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag`i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo`nalishda madrasa va xonaqohlarda o`rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o`z ixtiyoridagi mablag`lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog`larni sanab o`tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o`rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.

Arab va fors tillaridagi asarlari
Alisher Navoiy fors tilida yozgan she`rlari asosida "Devoni Foniy” tuzilgan bo`lib, uning muqaddimasida "Sittai zaruriya” ("Olti zarurat”) va "Fusuli arbaa” ("To`rt fasl”) forsiy qasidalari majmualari berilgan.
"Sittai zaruriya” to`plamidagi qasidalar "Ruhul-quds” ("Muqaddas ruh”), "Aynu-l-hayot” ("Hayot chashmasi”), "Tuhfatu-l-afkor” ("Fikrlar tuhfasi”), "Qutu-l-qulub” ("Qalbdar g`izosi”), "Minhoju-n-najot” ("Qutulish yo`li”), "Nasimu-l-xuld” ("Jannat nasimi”) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan.
"Fusuli arbaa”da Sulton Husayn Boyqaro madhidan so`ng "Bahor”, "Saraton”, "Xazon” ("Kuz”) va "Day” ("Qish”) vasflari keladi.
Muammo janri qoidalariga bag`ishlangan "Mufradot” (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she`riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uning boshqa janrlar - ruboiy, qit`a, tuyuq, ayrim hollarda, g`azal bilan munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o`rgatish barobarida 121 ta misol keltirdi.
Navoiyning arab tilida "Sab`atu-l-abhur” ("Yetti dengiz”) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug`at xarakteridagi asar yozgani ma`lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada o`rganilmagan.

Просмотров: 3807 | Добавил: aza | Рейтинг: 4.8/4
Всего комментариев: 1
1  
a.Navoiy hayoti va ijodiga oid test savollari yo'qmi?

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Февраль 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728

0
Arxiv

nwEnt9


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat