8-SINF JAHON TARIXI - 10 Марта 2010 - Tarixdan testlar tuplami

Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2305






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1532



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1004



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1465








Главная » 2010 » Март » 10 » 8-SINF JAHON TARIXI
13:57
8-SINF JAHON TARIXI
Yevropa, Amerika va Osiyo davlatlari.

1. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari qaysi davlatlarning sayyohlari bo’lishgan?
A) Angliya va Italiya
B) Portugaliya va Ispaniya
C) AQSH va Fransiya
D) Belgiya va Germaniya

2. Dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb o’z oldiga nimani maqsad qilib qo’ygan edi?
A) Yangi yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismiga egalik qilishni
B) 3 ta kemada 90 kishilik dengizchi bilan birinchi ekspeditsiyasini boshlashni
C) Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo’l ochishni
D) Ispaniya va Hindiston o’rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishni

3. Kim yerning dumaloqligi haqidagi talimotdan kelib chiqib, dunyo xaritasini yaratganligi katta ahamiyatga ega bo’ldi?
A) Xristofor Kolumb B) M.Valzemyuller
C) A.de Lomartin D) P.Toskanelli


4. Qachon X.Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo’li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishga muvaffaq bo’ldi?
A) 1484-yilda B) 1487-yilda
C) 1789-yilda D) 1492-yilda

5. Ispaniya qiroli bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra X. Kolumb……
A) yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli etib tayinlanadigan bo’ldi
B) yangi ochiladigan yerlardan olinadigan daromadning teng yarmiga ega bo’ladigan bo’ldi
C) yangi yerlar bilan olib boriladigan savdodan tushadigan daromadning 3/5 qismiga ham egalik qilar edi
D) yangi ochiladigan yerlarda umrbod yashashi mumkin edi

6. Qachon X. Kolumb birinchi ekspeditsiyasini boshladi?
A) 1486-yilning 5-martida
B) 1488-yilning 10-iyunida
C) 1492-yilning 12-oktabrida
D) 1494-yilning 17-noyabrida

7. X.Kolumbning Hindistonga olib boradigan suv yo’li ochish maqsadida uyishtirgan ekspeditsiyasi…....
A) Amerikaning kashf etilishiga olib keldi
B) yangi savdo yo’lining ochilishiga sabab bo’ldi
C) Ispaniya davlatining dengizdagi hukmronligini kengaytirdi
D) Yevropa aholisining Amerikaga ko’chishini boshlab berdi

8. Italiyalik olim P.Toskanelli yerning ekvator bo’ylab uzunligini aniqlashda … adashgan edi.
A) 8 ming milga
B) 10 ming chaqirimga
C) 12 ming kilometrga
D) 14 ming kilometrga

9. Amerika qit’asining rasman kashf etilgan kuni .….. hisoblanadi.
A) 1487-yil 6- may B) 1489- yil 12-iyun
C) 1490-yil 16- mart D) 1492-yil 12-oktabr

10. X.Kolumb Hindistonga (aslida Amerika-ga) necha marotaba ekspeditsiya uyushtirgan edi?
A) 2 marta B) 3 marta
C) 4 marta D) 6 marta

11. Yangi qit’aning Kolumbiya deb emas, Amerika deb atalishi kimning nomi bilan bog’liq?
A) admiral X.Kolumb
B) Italiya dengizchisi va astronomi Amerigo Vespuchchi
C) F.Magellan
D) Vasko da Gagama

12. Qaysi yillarda Amerigo Vespuchchi Portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etadi?
A) 1499-1500-yillarda
B) 1497-1503-yillarda
C) 1500-1503-yillarda
D) 1503-1506-yillarda

13. Amerigo Vespuchchi keyinchalik o’zi-ning nomi bilan atalgan qit’aga … deb nom berdi.
A) "Yangi qit’a” B) "Yangi Dunyo”
C) "AQSH” D) "Lotin Amerikasi”

14. Qaysi olim Kolumb kashf etgan yangi qit’ani Amerigo Vespuchchi sharafiga "Amerika” deb atashni taklif etgan?
A) P.Toskanelli B) A.de Lomartin
C) N.M.Koramzin D) M.Valdzemyuller

15. 1515-yilda Yangi Dunyo "Amerika” deb atalgan birinchi globus …. yaratildi.
A) AQSHda B) Fransiyada
C) Germaniyada D) Angliyada

16. Qaysi yildan boshlab boshqa xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar "Amerika” deb yoziladigan bo’ldi?
A) 1536-yildan B) 1547-yildan
C) 1558-yildan D) 1569-yildan

17. 1498-yilda……....
A) Ispaniya Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etdi
B) Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’li kashf etildi
C) Portugallar dengizda o’z hukmronligini o’rnatdilar
D) Angliya va Ispaniya o’rtasida dengiz hukmronligi uchun kurash boshlandi

18. 1519-yilda kim "Amerika” qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi?
A) L.V.Torres B) Xristofor Kolumb
C) F.Magellan D) Amerigo Vispuchchi

19. Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo’lini qaysi dengizchi kashf etdi?
A) Amerigo Vispuchchi
B) Vasko da Gama
C) Xristofor Kolumb
D) F.Magellan

20. Qaysi yili dunyoni aylanib suzish nihoyasiga yetkazildi va bu ekspeditsiya yerning dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi?
A) 1515-yildagi B) 1519-yildagi
C) 1522-yildagi D) 1536-yildagi
21. L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya 1605-yilda….
A) Avstraliyani kashf etdi
B) Tinch okeanini suzib o’tdi
C) Kuba orolini kashf etdi
D) Bagomma oroli qirg’oqlarini tadqiq etdi

22. Qaysi olim o’z asarida bunday deb yozib qoldirgan, "Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani G’arb va Sharq tomondan muhit okeani (Atlantika va Tinch okeanlari) o’rab turibdi. Bu muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo’lishi mumkin bo’lgan quruqlik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (G’arb va Sharqdan) ajratib turadi”.
A) M.Valdzemyuller
B) Abu Rayhon Beruniy
C) P.Toskanelli
D) Muso al Xorazmiy

23. Tarixiy atama "Admiral” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) dengiz hukmdori, hokimi
B) dengiz yo’lini izlab topuvchi
C) katta flot homiysi
D) suvlikdagi qo’shin qo’mondoni

24. XVII asrgacha xizmat qilgan, joyning geografik koordinatalarini, vaqtini, yulduzlarning chiqish va botish paytini aniqlovchi astranomik asbob qanday nomlangan?
A) kompas B) astrolyabiya
C) pandus D) teleskopiya

25. Ispaniya qiroli .…. mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab qo’yuvchi qonun chiqargan bo’lsada, u mahalliy aholini shafqatsiz ekspluatatsiya qilishga xalaqit bermagan.
A) 1508-yilda B) 1510-yilda
C) 1512-yilda D)1515-yilda



26. Qachondan boshlab mustamlakachilar Afrikada yashovchi aholini qullarga aylantirib, Amerikaga olib kela boshlaganlar?
A) XVI asr boshlaridan
B) XVI asr o’rtalaridan boshlab
C) XVII asr boshlaridan
D) XVII asr oxirlaridan boshlab

27. Tekin ishchi kuchiga ega bo’lgan mustamlakachilar 1510-yildan boshlab … siyosatini yurita boshladilar.
A) monopoliya B) edikt
C) konkista D) veto

28. XVI asrning dastlabki ….. Ispaniya mustamlakalarida aholi soni 4,5 mln dan 1 mlnga tushib qoldi.
A) 30 yili davomida B) 40 yili ichida
C) 20 yili davomida D) 50 yili ichida

29. 1679-yilgacha bo’lgan davr oralig’ida Ispaniya Amerika sivilizatsiyasining markazi bo’lgan….. hududlarini to’la bo’ysundirdi.
A) Mayya davlati-(bugungi Meksika)
B) Atseklar davlati
C) Inklar davlati-(bugungi Braziliya)
D) hozirgi Venesuela

30. XVI asrning 20-40-yillari oralig’ida …. hududlari zabt etildi.
A) Kolumbiya, Venesuela, Brazilya va Meksika
B) Ekvador, Kolumbiya, Peru va Boliviya
C) Markaziy Amerika va Karib dengizi
D) Filippin oroli va Braziliya

31. 1503-yildan 1565-yilgacha Amerikadan Ispaniyaga …... tashib ketildi.
A) 120 ming tonna bug’doy
B) 50 ming tonna po’lat va 100 ming tonna cho’yan
C) 181 tonna oltin va salkam 1700 tonna kumush
D) 4 ming tonna mis va 15 ming tonna platina
32. Ispaniya hukumati bosib olingan mustamlakalarni boshqarish uchun …. tashkil etdi.
A) ikkita vitse-qirollik
B) general gubernatorlik
C) dominion hukumat
D) "mustamlakalar kengashi”

33. Ispaniya hukumati qachon Filippin orollari ustidan ham o’z hokimiyatini o’rnatdi?
A) 1503-yilda B) 1520-yilda
C) 1529-yilda D) 1565-yilda

34. Yangi Ispaniya vitse-qirolligi qaysi hududlarni o’z ichiga olgan?
A) Meksika, Markaziy Amerika, Venesuela va Karib dengizi orollarini
B) Braziliya va Filippin orollarini
C) Ekvador, Peru va Boliviyani
D) Karib dengizi orollari va Argentinani

35. Bosib olingan mustamlakalarni boshqaradigan vitse-qirollar ispan jamiyatining oliy tabaqasidan …. muddatga tayinlangan.
A) 3 yil B) 4 yil C) 5 yil D) 7 yil

36. Vitse-qirollar faoliyati Ispaniyaning o’zida faoliyat ko’rsatuvchi qanday tashkilot tomonidan nazorat qilingan?
A) "Mustamlakalar boshqaruv kengashi”
B) "Hindiston kengashi”
C) "Seviliya savdo palatasi”
D) "Yengilmas armada”

37. Mustamlakalar bilan olib boriladigan Ispaniyaning savdosi …. tomonidan nazorat qilingan.
A) "Ost-Indiya” kompaniyasi
B) "Vest-Indiya” kompaniyasi
C) "Seviliya savdo palatasi”
D) "Hindiston kengashi”

38. Peru vitse-qirolligiga ….. kirar edi.
A) Braziliyadan tashqari, deyarli butun Janubiy Amerika hududlari
B) Falastin hududi va Filippin orollari
C) Markaziy Amerika va Chili hududlari
D) Kolumbiya, Braziliya va Meksika

39. Ispaniya hukumati vitse-qirollarga nimalarni taqiqlagan?
A) Hukumatning ruxsatisiz harbiy janglar olib bormaslikni
B) Boshqa davlatlar bilan ruxsatsiz aloqa o’rnatmaslikni
C) o’zlari bilan oila a’zolarini olib ketish, u yerda ko’chmas mulk sotib olish va tadbirkorlik bilan shug’ullanishni taqiqlagan
D) boshqarayotgan hududida hovli joy qurmaslik, mahalliy xalqga ozor bermaslik, mahalliy xalq tilida gaplashishni taqiqlagan

40. 1500-yilda Braziliya kim tomonidan kashf etildi?
A) Portugaliya dengiz sayyohi Kabral
B) admiral X.Kolumb
C) Italiya dengizchisi Amerigo Vispuchchi
D) Portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama

41. 1583-yilda Braziliyada yashovchi oq tanli ko’chmanchilar soni …. tashkil etdi.
A) 15000 nafarni B) 25000 nafarni
C) 32000 nafarni D) 48000 nafarni

42. Qachon Angliya-Ispaniya davlatlarining harbiy-dengiz flotlari o’rtasida hal qiluvchi jang bo’lib o’tdi?
A) 1578-yilda B) 1583-yilda
C) 1588-yilda D) 1596-yilda

43. Anglyaning Shimoliy Amerikadagi birinchi mustamlakasiga qachon qayerda asos solindi?
A) XVI asrning o’rtalarida Texasda
B) XVI asrnong oxirlarida Ogoyoda
C) XVII asrning boshlarida Virginiyada
D) XVII asrning oxirlarida Meksikada


44. 1600-yilda tuzilgan "Ost-Indiya” kompaniyasiga …..bilan savdo qilish huquqi berildi?
A) Hind va Tinch okeanlari sohilida joylashgan mamlakatlar
B) Boltiq va Qora dengiz bo’ylarida joylashgan mamlakatlar
C) Janubiy va Shimoliy Amerika hududi mamlakatlari
D) Osiyo va Afrika qit’asi mamlakatlari

45. "Ekspluatatsiya” so’zining ma’nosi nima?
A) zabt etish, bosib olish
B) rivojlangan davlatlar tomonidan bosib olinib hukmronlik qilish
C) ishlab chiqarish vositalari egasining boshqalar mehnati mahsulini o’ziniki qilib olishi
D) xususiy va ijaraga olingan yerlarda ishlovchilar

46. XVI-XVII asrlarda G’arbiy Yevropada butun aholining necha foizini dehqonlar tashkil etardi?
A) 60 foizini B) 67 foizini
C) 77 foizini D) 88 foizini

47. Yevropa aholisi 1650-yilga kelganda qancha kishini tashkil etdi?
A) 80 mln kishini B) 100 mln kishini
C)130 mln kishini D) 170 mln kishini

48. Qachonga kelib Yevropada usti yopiq bozorlar qurilishi boshlandi?
A) XVI asr boshlarida
B) XVI asr o’rtalarida
C) XVII asrdan boshlab
D) XVII asrdan boshlab

49. Qachonga kelib o’rta asr yarmarkalari o’z ahamyatini yo’qotdi?
A) XVI asr oxiriga kelib
B) XVII asrga kelib
C) XVIII asr boshida
D) XVIII asr oxiriga kelib

50. Anglyaga chetdan qalampir olib kelish huquqi faqat …..kompaniyasiga berilgan.
A) "Ost-Indiya” B) "Vest-Indiya”
C)”Moskva” D) "London savdo”

51. Angliyaga paxta olib kelish huquqi qaysi kompaniyaga berilgan?
A) "Moskva ” B)”Levantiy”
C) "Ost-Indiya” D)”Vest-Indiya”

52. Ost-Indiya kompaniyasi 1607-yilga kelganda o’z aksiyadorlariga qancha miqdorda dividend to’lagan?
A) 300 foiz B) 450 foiz
C) 500 foiz D) 600 foiz

53. Anglyaning qaysi savdo kompaniyasi O’rta Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish huquqini ham qo’lga kiritgan?
A) "Vest-Indiya” B) "Moskva”
C) "Ost-Indiya” D) "Levantiy”

54. XVII asr boshlarida ingliz savdo kompaniyalari …. bo’lgan juda katta hududni o’z ta’sirlarida tutgan.
A) Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hindistongacha
B) O’rta Yer dengizidan Qora dengizgacha
C) Bosfor qo’ltig’idan Shimoliy Hindistongacha
D) Marmar dengizidan Afg’onistongacha

55. XVII asrga kelib manufaktura ishlab chiqarishi qaysi davlatlar xo’jaligining asosiy shakliga aylandi?
A) Fransiya va Prussiya
B) Angliya va Gollandiya
C) Belgiya va Ispaniya
D) Fransiya va Angliya

56. XVII asrda ….. sohasida muhim ixtirolar amalga oshirildi.
A) mashinasozlik B) dengizchilik
C) qurilish D) artilleriya (to’pchilik)


57. XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi boshlanib, bunday bozorlarning eng yirigi qaysi shaharlarda qurilgan?
A) Parij va Londonda
B) London va Bryuggeda
C) Moskva va Berlinda
D) Antverpen va Parijda

58. Qachonga kelib, qo’lda o’q otadigan qurollar ixtiro qilishda ham katta yutiqlarga erishildi?
A) XVI asr o’rtalarida
B) XVII asr boshlarida
C) XVII asrning ikkinchi yarmida
D) XVIII asr boshlarida

59. XVII asr o’rtalariga kelganda savdogar-negosiant va bankirlar burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandi. "Negosiant” so’zining ma’nosi nima?
A) ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi savdogar. Bu atama ko’pincha chet ellar bilan savdo qiladigan savdogarlarga nisbatan ishlatilgan
B) yakka tartibda savdo bilan shug’ullanuvchi savdogar. Faqat o’z manfaatini ko’zlaydigan savdogarlarga ishlatilgan
C) faqat oziq-ovqat mollari bilan savdo qiluvchi savdogarlarga nisbatan ishlatilgan
D) dengizda savdo olib boruvchi savdogarlarga nisbatan ishlatilgan
60. XVI asr boshlarida hamma-oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o’z daromadining qanchasini cherkovga tortiq qilardi?
A) 50 foizini B) 1/5 qismini
C) 60 foizini D) 1/10 qismini

61. Quyidagi qaysi davlatlarning hukmdorlari mutlaq hokimiyatga ega bo’lib oldilar?
A) Ispaniya va Belgiya
B) Angliya va Fransiya
C ) Italiya va Portugaliya
D) Gollandiya va Prussiya
62. Germaniya imperatorini saylab qo’yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning … arxiyepiskoplar edi.
A) 3 nafari B) 4 nafari
C) 2 nafari D) 5 nafari

63. Reformatsiya…..Germaniya aholisining katolik cherkovini isloh (reforma) qilishni talab qilib, chiqishdan boshlandi.
A) 1513-yilda B) 1515-yilda
C) 1517-yilda D) 1519-yilda

64. Reformatsiya to’lqinining kuchayishiga Vittenberg universitetida ilohiyotidan dars beruvchi…… ta’limoti katta tasir ko’rsatdi
A) Martin Lyuter B) Tomas Myunser
C) Yan Kamenskiy D) Yan Gus

65. Qachon Marten Lyuter imperatorlik sudiga chaqirildi?
A) 1517-yilda B) 1519-yilda
C) 1521-yilda D) 1523-yilda

66. 1524-yildagi dehqonlarning krepostnoylik zulmiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonning yetakchisi kim edi?
A) Yan Gus B) Uot Tayler
C) Jon Braun D) Tomas Myunser

67. Qachon Germaniya reyxstagi Lyuterchi-knyazlar talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinini tanlash huquqiga ega ekanligi haqida qaror qabul qildi?
A) 1517-yilda B) 1524-yilda
C) 1526-yilda D) 1527-yilda

68. Qachon protestant knyazlar Rim Papasi bilan bitim tuzishga muvaffaq bo’ldi?
A) 1526-yilda B) 1529-yilda
C) 1537-yilda D) 1555-yilda

69. 1529-yilda reyxstag 1526-yildagi qarorini bekor qilishiga qarshi imperiyaning nechta knyazi protest (norozilik) bildirishgan?
A) 3 knyazi B) 4 knyazi
C) 5 knyazi D) 7 knyazi
70. Butun Anglyani yagona markaz-Londonga birlashtirgan qirol Genrix VIII Tyudor qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 1498-1533-yillarda
B) 1509-1547-yillarda
C) 1500-1546-yillarda
D) 1511-1552-yillarda

71. Ingliz qirollari veto huquqiga ega edilar, bu huquq ularga …. imkonini berar edi.
A) yangi soliqlar solish
B) shoshilinch qaror qabul qilish
C) parlamentning har qanday qarorini taqiqlay olish
D) parlamentning roziligisiz qo’shin to’plash

72. XVI asrlarda Anglya ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishini ……belgilar edi.
A) qirolning o’zi
B) oqsoqollar kengashi
C) parlament a’zolari
D) parlament emas, tarkibini qirol tuzadigan Maxfiy Kengash

73. XVI asr Anglya tarixida chuqur iz qoldirgan uchta yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turadi. Bular - ….
A) reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi va dengizda Angliya hukmronligining o’rnatilishi edi
B) dengizda Angliyaning hukmronligini o’rnatilishi, parlament boshqaruvining joriy etilishi, g’ov tutishning tugashi
C) mutlaq monarxiyaning kuchayishi, reformatsiya, parlamentning o’z ahamiyatini yo’qotishi
D) cherkov yerlarini sotib yuborilishi, reformatsiya, yuz yillik urushning tugashi

74. Genrix VIII qirol hokimyatini yanada mustahkamlash uchun cherkovni yerdan va boshqa mol-mulklardan mahrum etish to’g’risida farmon chiqardi. Bunga ko’ra ularga qarashli bo’lgan yerlarning ….. sotib yuborildi.
A) 50 foizi B) 60 foizi
C) 2/3 qismi D) 1/5 qismi

75. Qachon qirolicha Mariya parlamentning Anglyada Rim Papasi hokimyatini qayta tiklash haqidagi qarorini chiqarilishiga erishdi?
A) 1543-yilda B) 1547-yilda
C) 1550-yilda D) 1554-yilda

76. Ajoyib shaxsiy sifatlarga, kuchli irodaga va qobilyatga ega bo’lgan Anglya qirolichasi Yelizaveta I qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 1553-1558-yillarda
B) 1564-1584-yillarda
C) 1558-1603-yillarda
D) 1560-1607-yillarda

77. Anglya qirolichasi Yelizaveta I qanday unvonni olgan edi?
A) "Cherkov va dunyoviy ishlarning oliy hukmdori”
B) "Buyuk Britaniyaning mutlaq hukmdori”
C) "Angliya birlashgan qirolliklari aholisining onasi”
D) "Adolatpesha”, "Sahovatli hukmdor”

78. Qachon Anglya va Ispaniya o’rtasida urush kelib chiqdi?
A) 1554-yilda B) 1562-yilda
C) 1576-yilda D) 1588-yilda

79. Yelizaveta I vafotidan keyin Angliya taxtiga ….
A) Tyudorlar sulolasiga qarindosh bo’lgan Uesseks knyazi Eduard o’tqazildi
B) Tyudorlar sulolasiga qarindosh Shotlandiya qiroli Yakov VI Styuart o’tqazildi
C) Normandiya gersogi Vilgelm Oranskiy o’tqazildi
D) Daniya qiroli Genrix III o’tqazildi


80. Fransiyada General shtatlar …. boshlab butun XVII asr davomida biror marta ham chaqirilmadi.
A) 1610-yildan B) 1612-yildan
C) 1614-yildan D) 1617-yildan


Просмотров: 7121 | Добавил: aza | Рейтинг: 3.2/40
Всего комментариев: 9
9  
menga 8-sinf jahon tarixidan test yozila 2013-yildan bo'lsin

8  
kalitlarini qattan topsa bo`ladi etvorila iltimooooos juuudayam kere.

7  
test uchun rahmat yana kopro qowsalaring xursand bolardik

6  
Raxmat ! Sayt Zo`r yana testlarni ko`paytirsangiz juda ham yaxshi bo`lardi!

5  
super

4  
saytdagi testlar uchun rahmat

3  
Savollar juda zo'r.yanada ko'p bo'lsa yaxshibo'lardi

2  
Azamatjon Saytga gap bo'lishi mumkin emas! Uni ko'proq testlar bilan to'ldiring!

1  
qiyinroq ekab

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

0
Arxiv

nwEnt26


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat