Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1984



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1295



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1895








Главная » 2010 » Март » 7 » 1918-1939-yillarda Angliya
14:31
1918-1939-yillarda Angliya
1918-1939-yillarda Angliya
Birinchi jahon urushining Angliya uchun oqibatlari
Birinchi jahon urushining Angliyauchun oqibatlari, avvalo, uning bu urushda g'olib chiqqan davlatlardan biri boiganligi bilan belgilanadi. G'alaba tufayli Angliya ko'p narsalarga erishdi. Chunonchi, Germaniyaning Angliyaga xavfi barham topdi.
Britaniyaning harbiy qudrati va xalqaro maydondagi ta'siri yanada o'sdi hamda u Millatlar Ligasida hukmron mavqega ega bo'lgan davlatga aylandi. Millatlar Ligasi joriy etgan mandat tizimi eng ko'p darajada Buyuk Britaniyaga foyda keltirdi. Chunonchi, magiub Germaniya va Turkiya sobiq mustamlakalarining eng ko'p qismi Buyuk Britaniyaga tegdi. Masalan, Buyuk Britaniya Yaqin Sharqda Falastin, Transiordaniya va Iroqni boshqarish huquqini qoiga kiritdi. Afrikada Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismida ham Buyuk Britaniyaning shunday huquqi qaror topdi. Shuning-dek, Buyuk Britaniya dominionlari ham quruq qolmadi. Millatlar Ligasi, xususan, Janubiy Afrika Ittifoqiga Germaniyaning Janubi-G'arbiy Afrikasini, Avstraliyaga Yangi Gvineyadagi Germaniya mustamlakalarini, Yangi Zelandiyaga esa G'arbiy Samoa orollarini boshqarish huquqini berdi.
Biroq shuni ham alohida ta'kidlash zarurki, urush Buyuk Britaniyaga faqat muvaffaqiyat keltiribgina qolmadi. Urush uning dunyodagi mavqeyiga katta putur yetkazib, jahon bozorida hukmronlik mavqeyini pasaytirdi. Moliyaviy yetakchiligi ham barham topdi. Natijada u qarz beruvchi davlatdan qarz oluvchi davlatga aylanib qoldi. Chunonchi, Buyuk Britaniyaning ichki davlat qarzi 1914-yildagi 650 mln. funt sterlingdan 8 mlrd. funt sterlingga yetgan. AQSHdan esa 5 mlrd. dollardan ortiq miqdorda qarz bo'lib qoldi. Sanoat ishlab chiqarishi keskin darajada pasaydi. Ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligi pasayishi oqibatida mamlakat tashqi savdosi hajmi 2 baravardan ortiq kamaydi.
Buyuk Britaniya shundan so'ng o'zining «dengiz malikasi» maqomini tiklay olmadi. Germaniya harbiy-dengiz floti qudrati sindirilgan boisa-da, endilikda AQSH harbiy-dengiz flotining qudrati shitob bilan o'sib bordi. Natijada 1920-yilga kelib Buyuk Britaniya hukumati ikki davlat harbiy-dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash an'anasidan voz kechishga majbur bo'ldi. Bu omillar va Buyuk Britaniya mustamlakalaridagi milliy-ozodlik kurashi oqibatida Britaniya mustamlakachilik tizimining inqirozi boshlandi.
Mamlakat iqtsodiy hayotidagi o`zgarishlar
Buyuk Britaniya hukmron doiralari butun choralar bilan mavjud ahvolni o'zgartirishga harakat qildi. 1918-yilning oxirida mamlakatda iqtisodiy o'sish boshlandi. Bu 1920-yilning o'rtalarigacha davom etdi. Bunga keng iste'mol tovarlariga aholi talabining o'sishi hamda urush vayronalarini tiklash ehtiyoji hisobiga erishildi.
Bu o'sish tashqi savdo o'sishida yaqqol namoyon bo'ldi. Chunonchi, shu davr oralig'ida eksport 38,1 foiz o'sdi. Biroq bu o'sish uzoqqa cho'zil-madi. 1920-yilning kuzidayoq mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqla-rini qamrab olgan iqtisodiy tanglik boshlandi. 1921-yilda sanoat ishlab chiqarishi uchdan birga qisqardi va u urushdan oldingi darajaning 68 foizini tashkil etdi. Ko'mir qazib chiqarish 30 foiz, tashqi savdo hajmi esa urushdan oldingi darajadan 2 baravarga kamaydi.
Ishlab chiqarishning keskin kamayishi ishsizlar sonining o'sishiga sabab boidi. Masalan, ishsiz sifatida ro'yxatga olinganlar soni 1920-yilda 375 ming nafarni tashkil etgan boisa, 1921-yil o'rtalarida bu ko'rsatkich 2,2 mln. ga yaqin kishini tashkil etdi. 1922— 1923-yil mobaynida mamlakat iqtisodiyotida turg'unlik saqlanib qoldi.
1924—1929-yillar davlatlar iqtisodiyotida qisman barqarorlashuvning qaror topishi davri boidi. Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiyoti amalda bir joyda depsinib turdi. Masalan, 1929-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1913-yil darajasiga arang yetdi. Faqat sanoatning yangi turlari (mashinasozlik, kimyo, samolyotsozlik va avtomobil) hisobigagina bunga erishildi.
1913-yilda rivojlangan davlatlar orasida Buyuk Britaniyaning sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 14,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 1926— 1929-yillarda 9,8 foizga tushib qoldi.
Buyuk Britaniyaning iqtisodiy jihatdan tobora orqada qolayotganligi-ning asosiy sababi kapitalni yangilashga kam mablag' sarflanayotgani, investitsiya ko'proq «dengiz orti davlatlari»ga qo'yilayotgani va sanoatda ishlatilayotgan texnika sifat jihatidan raqobatbardosh emasligi edi. Angliya hukmron doiralari bu omillar ahamiyatini o'z vaqtida va to'g'ri anglay olmadilar. Texnika jihatidan qoloqligi tufayli Buyuk Britaniya jahon bozorida birin-ketin o'z mavqeyini boy bera boshladi. Eksport tobora qisqara bordi. Tashqi savdo hajmi urushdan oldingi darajaning 87 foizini tashkil etdi, xolos. Importning hissasi tobora ortib bordi. Bu holat oddiy xalqning turmush darajasiga ta'sir etmay qolmadi. Xalq turmush darajasi ancha pasaydi va real ish haqi kamaydi.
Mamlakatning siyosiy hayoti
Bu davrda mamlakat hayotini uchta partiya — Liberallar, Konservativ va Leyboristlar partiyalari o'rtasidagi kurash belgilar edi. Birinchi jahon urushi yillarida hokimiyat tepasida turgan Liberal partiya yuqorida qayd etilgan omillar ta'siri ostida tobora o'z mavqeyini yo'qotib bordi. Liberal partiya rahbari, mamlakat bosh vaziri D. Lloyd-Jorj (1863—1945) o'z partiyasining mavqeyini saqlab qolish niyatida 1918-yil dekabr oyida parlament saylovini o'tkazdi. Birinchi jahon urushida erishilgan g'alabaga qo'shgan hissasi tufayli Liberal partiya harbiylar orasida salmoqli mavqega ega bo'ldi. Liberallar va Konservatorlar partiyasi saylovda birgalikda ish-tirok etdilar.
Ular saylovda mamlakatni iqtisodiy va siyosiy qayta qurish shiori bilan ishtirok etdilar. Saylovchilarga yalpi ish o'rni, mehnatni adolatli taqdirlash, arzon uy-joy, tinchlik, chuqur ijtimoiy islohotlarni o'tkazishni va'da qildilar.
Leyboristlar saylovchilarga ishlab chiqarish vositalariga jamoaviy egalik qilishga imkon beruvchi yangi jamiyat qurishni, ishchilar hukumati tuzishni, milliy transport, energiya manbalari va banklarni egalaridan sotib olish yo'li bilan milliylashtirishni va'da qildilar.
Saylovda Liberal-Konservatorlar ittifoqi g'alaba qozondi. Ular parlamentdagi 707 o'rindan 477 tasiga ega bo'ldilar (undan 136 tasi Liberal partiyaga tegishli edi). Leyboristlar 62 o'ringa ega boigan boisalarda, 1910-yildagi saylovga nisbatan 5 baravar ko'p (2,5 mln.) ovoz oldilar. Shu tariqa bu partiya borgan sari Liberal partiyani siyosiy kurash maydonidan siqib chiqara boradi.
Lloyd-Jorj yana bosh vazir lavozimini egalladi va 1922-yilgacha hukumatni boshqardi. Bu davr ichida koalitsion hukumat ham ichki, ham tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Hukumat saylovchilarga bergan va'dasi ustidan chiqa olmadi. Natijada, birinchi navbatda ishchi-larning kuchli zabastovka harakatlari boshlandi. 1919-yilda bu harakatda 2,5 mln. dan ortiq ishchilar qatnashdilar.
Ishchilar 40 soatlik ish haftasi joriy etilishini, ish haqi kamaytirilmasli-gini talab etdilar. Ayniqsa, konchi ishchilar harakati to'4qini kuchli bo'ldi. Ular ish haqini 30 foiz oshirishni, 6 soatlik ish kuni belgilanishini talab eta boshladilar.
Shunday sharoitda hukumat ishchilar harakati to'lqinini yo'qqa chiqarish yo'lini tutdi. 1920-yil oktabr oyida mamlakat parlamenti hukumatga ishchilar harakatini bostirish uchun favqulodda vakolatlar berdi. Konchilar talabini qondirishni istamagan kon egalari 1921-yil 1-aprelda lokaut e'lon qildilar. Hukumat esa favqulodda holat e'lon qildi va ko'mir konlariga armiya qismlarini jo'natdi.
Temir yo'l va transport ishchilari ularga birdamlik ramzi sifatida zabastovka boshladilar. Biroq hukumat ishchilar harakatini bostirishga muvaffaq bo'ldi.
Yuqorida qayd etilgandek, Lloyd-Jorj hukumati tashqi siyosatda ham qator muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Milliy-ozodlik harakati Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasini larzaga sola boshladi. Chunonchi, 1919-yilda Hindistonda mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1919—1921-yillarda Misrda mustamlakachilikka qarshi qo'zg'olon bo'lib o'tdi. 1919-yilda Afg'onistonda Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik urushi boshlandi. Buyuk Britaniya hukmron doiralari mustamlakachi imperiyani halokatdan saqlab qolish uchun qator yon berishlarga majbur bo'ldi. Xususan, 1918-yilda Hindistonda mahalliy kadrlarga davlat ishlarini boshqarishda qatnashish imkonini beruvchi Konstitutsiyaviy islohotlaro'tkazildi. Dominionlarga Parij tinchlik konferensiyasida mustaqil subyekt sifatida qatnashish huquqi berildi. Afg'onistonning mustaqilligini tan olishga majbur bo'lindi. Misr esa nomiga bo'lsada, mustaqil davlat deb tan olindi. Buyuk Britaniya hukumati Irlandiya masalasida juda katta qiyinchiliklarga uchradi.
Buyuk Britaniya hukmron doiralari o'zlarining — «bo'lib tashla, hukmronlik qil», degan an'anaviy shiorlariga bu safar ham sodiq qoldilar. Irlandiya milliy-ozodlik harakatida bo'linish yuz berdi. Uning o'ng qanoti Buyuk Britaniya bilan muzokaralarga kirishdi. 1921-yilda Buyuk Britaniya — Irlandiya shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra Irlandiya ikkiga bo'lindi. Poytaxti Dublin shahri boigan Janubiy Irlandiyaga dominion huquqi berildi. Shimoliy Irlandiya esa Buyuk Britaniya tarkibida qoldi. Shu vaqtdan boshlab mamlakat rasman «Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo'shma qirol-ligi» deb ataladigan bo'ldi.
Buyuk Britaniya hukumatining Sovet Rossiyasiga qarshi kurashi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Buning ustiga u 1921-yilning 16-martida Rossiya bilan savdo shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Bu shartnoma amalda Sovet Rossiyasining tan olinganligini ham anglatar edi.
Bundan tashqari Buyuk Britaniyaning Gretsiya bilan birgalikda Turki-yaga qarshi uyushtirgan agressiyasi mag'lubiyatga uchradi. Vatanparvar kuchlar Kamol Otaturk boshchiligida Turkiya mustaqilligini saqlab qoldilar.
Tashqi siyosatdagi bunday muvaffaqiyatsizlik Konservatorlar partiyasini qattiq larzaga soldi. Endi bu partiya koalitsion hukumat tarkibidan chiqishga qaror qildi. 1922-yil 19-oktabrda Lloyd-Jorj ham bosh vazir lavozimidan iste'fo berishga majbur bo'ldi. Bosh vazir lavozimini oldin konservatorlar partiyasi rahbari boigan B. Lou, birozdan so'ng esa S. Bolduin egalladi. S. Bolduin hukumatining asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotini inqiroz-dan olib chiqish edi. Shundagina jamiyatning asosiy ijtimoiy xastaligi — ishsizlikka barham berish va ayni paytda korxonalar to'la quwat bilan ishlashini ta'minlash mumkin edi.
Shu maqsadda hukumat iqtisodda proteksionizm usulini qo'llashga o'tdi. Biroq bu ko'zlangan natijani bermadi. Aksincha, 1923-yil oxiriga kelib Buyuk Britaniya iqtisodiyoti boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Natijada mamlakatda norozilik uyg'otdi. Ana shu sharoitda, 1923-yili parlamentga saylov o'tkazildi. Unda garchand Konservatorlar partiyasi g'alaba qilgan bo'lsa-da, (258 o'rin), Leyboristlar partiyasi (191 o'rin) ham katta yutuqqa erishdi. Bu partiya saylovchilarga ko'mir sanoatini milliylashtirishga va'da bergan edi. Leyboristlar va Liberallar partiyasi (158 o'rin) birgalikda S. Bolduin hukumatiga ishonchsizlik bildirdi. Natijada hukumat iste'fo berishga majbur boidi.
Endi Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta Leyboristlar partiyasiga hukumat tuzish topshirildi. 1924-yil yanvarda bu partiya rahbari R. Mak-donald (1866—1937) boshchiligida yangi hukumat tuzildi. R. Makdonald hukumati uzoq yashamadi. Bunga bu hukumatning yirik kapital tazyiqi ostida saylovchilarga bergan va'dasini (ko'mir sanoatini milliylashtirish, ishsizlikni bartaraf etish, ishchilar uchun uy-joy qurish va h. k) bajara olmaganligi sabab bo'ldi.
1924-yil 8-oktabrda Konservatorlar partiyasi deputatlari parlamentda ko'pchilikka ega boimagan leyboristlar hukumatiga ishonchsizlik bildirishga muvaffaqbo'ldilar. R. Makdonald iste'fo berishga majbur bo'ldi. 29-oktabrda bo'lib o'tgan yangi parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g'alaba qozondi (415 o'rin). Noyabr oyida S. Bolduin yana bosh vazir lavozimini egalladi.
1926 – yil voqealari
S. Bolduin bosh vazirligi davrida ham (1924— 1929) Buyuk Britaniya iqtisodiyotida jiddiy o'zgarishlarbo'lmadi. Garchand avtomobil, elektrotexnika va kimyo sanoati jadal sur'atda rivojlangan boisada, sanoatning an'anaviy tarmoqlari bo'lgan kemasozlik, ko'mir sanoati hamon turg'unlik holatida edi.
Ingliz sarmoyadorlari o'z kapitalini mamlakat sanoatini zamon ruhida rekonstruksiya qilishga sarflashdan ko'ra xorijga chiqarishni afzal bildi. Buning oqibatida Buyuk Britaniya urushgacha bo'lgan mavqeyini qayta tiklay ololmadi. Dominion va mustamlakalarda o'z milliy sanoatlari taraqqiy etdi. Buyuk Britaniya imperiyasig AQSH kapitalining kirib ke-lishi kuchaydi.
Buyuk Britaniyada bir vaqtlar gullab rivojlangan ko'mir sanoati ayniqsa og'ir ahvolda edi. Urushgacha sanoatning bu tarmog'ida 1 mln. 200 ming ishchi mehnat qilgan va mamlakatda yiliga 290 mln. tonna ko'mir qazib olingan. Urushdan keyin esa ahvol keskin yomonlashib, bu sanoat eng qoloq tarmoqqa aylandi. Bunga kichik-kichik shaxtalarning ko'pligi hamda ular jihozlarining eskirib qolganligi asosiy sabab bo'lgan.
Bundan tashqari, yerlaridan ko'mir koni topilgan yer egalariga to'lanadigan katta toiov ham bu soha rivojining asosiy to'siqlaridan biri edi. Bu omillar, o'z navbatida, Buyuk Britaniya ko'miri tannarxini oshirib yubordi. Natijada ingliz ko'miri arzon nemis va polyak ko'miri bilan raqobat qila olmay qoldi.
Kon egalari o'z foydalari darajasini ishchilarga to'lanadigan ish haqini kamaytirish va ish kunini uzaytirish hisobiga qoplashga urinar, ishchilar esa bunga qattiq qarshilik ko'rsatar edilar. 1925-yilning yozida kon egalari ish haqini kamaytirishga urindilar.
1925-yil 31-iyulda konchilar ish haqi pasaytirilgan taqdirda ish tash-lashni boshlashga qaror qildilar. Transportchilar va temiryo'lchilar konchi-larga o'z birdamliklarini maium qildilar. S. Bolduin hukumati bu umumiy ish tashlashga aylanib ketishining oldini olish maqsadida kon egalariga subsidiya to'lashga qaror qildi. Ammo hukumatning bu subsidiyasi 9 oyga yetdi, xolos.
1926-yil aprelda kon egalari konchi ishchilar oldiga ultimatum qo'ydilar. Unda ishchilardan ish haqining pasaytirilishiga, ish kuni bir soatga oshirilishiga hamda shaxta egalari bilan tred-yunionlar o'rtasida mamlakat miqyosida jamoaviy shartnomalar imzolanishining bekor qilinishiga rozi boiish talab etilgan edi. Ayni paytda, agar ishchilar bu talabni rad etsalar, lokaut e'lon qilinishi bilan dag'dag'a qildilar. Ultimatum mamlakatda kes-kin norozilikka sabab boidi. Shunga qaramay, kon egalari 1926-yilning 1-may kuni ish haqi kamaytirilishini e'lon qildilar.
Bunga javoban 4-may kuni Buyuk Britaniyada ishchilarning umumiy ish tashlashi boshlandi. Unda jami 6 mln. ishchi qatnashdi. Tred-yunionlar umumiy ish tashlash sof iqtisodiy talablar ostida o'tishini istar edi. Biroq ish tashlashlar iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug'ildi.
Chet davlatlar ishchilari Buyuk Britaniya ishchilari bilan birdam ekanliklarini bildirdilar. Ular Buyuk Britaniyaga jo'natilishi mo'ljallangan yuklarni ortishni to'xtatib qo'ydilar. Ish tashlaganlarga moddiy yordam ko'rsatish maqsadida mablag' to'plab, Buyuk Britaniya ishchilariga jo'natdilar.
Leyborsitlarning ikkinchi hukumati
1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo’lib o’tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan boisa-da, g’alaba qozondi (287 o’ringa ega bo’ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o’ringa egabo’ldi). Leyboristlar bu g’alabaga ko’mir sanoatini, transport va banklarni milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927-yilgi tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi. Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi. 1929-yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo’ydi. 1930-yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932-yilda o’z cho’qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929-yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3—3,5 mln. Kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish qisqardi.
Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko’mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo’yicha, sug’urta to’g’risida yangi qonun qabul qilindi. Ishsizlik bo’yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi.
Ishsizlikka qarshi kurash bo’yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish qidirish bo’yicha maxsus qo’mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish, bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko’ndalang bo’lib qoldi. Bu hol Leyboristlar partiyasining bo`linib ketishiga olib keldi.
Yuqorida qayd etilgan masala tarafdori bo’lgan R. Makdonald 1931-yil 25-avgustda «Milliy hukumat» deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-liberallar va konservatorlar partiyasi vakillari kirdi).
Shunday sharoitda, 1931-yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari saylov o’tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi (740 o’rin). Yana milliy hukumat (1931 — 1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald boshqardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi. Ingliz kapitalining chetga ko’plab chiqib ketishidan qo’rqqan hukumat funt sterlingning oltinga nisbatan qiymatini bekor qildi. Binobarin, endilikda funt sterling oltinga almashtirilmaydigan bo’ldi. Ayni paytda AQSH va Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln. Funt sterling miqdorda qarz berdi.
Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm (milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo’lidan bordi. Unga ko’ra, imperiya tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniya-ning imperiya bozorlaridagi mavqeyini mustahkamladi.
Hukumat ko’rgan chora-tadbirlar o’z samarasini berdi. 1932-yil oxiridan boshlab iqtisodiyotda biroz bo’lsada, sogiomlashish boshlandi. 1934-yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1929-yil darajasiga yetdi.
1935-yil oxirida parlamentga bo’lib o’tgan saylovlarda Konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi (385 o’rin). Bu partiya rahbari S. Bolduin ikkinchi milliy hukumatni tuzdi. Hukumat iqtisodiyotni to’la sog’lomlashtirish siyosatini davom ettirdi. Chunonchi, proteksionizm davom ettirildi. Bu siyosat avtomobil, aviatsiya, elektrotexnika va kimyo sanoatiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Funt sterlingni oltinga almashtirish bekor qilinishining davom ettirilishi ham ijobiy samara bermay qolmadi. Bu yo’l ingliz sarmoyasini chetga chiqarishning oldini oldi. Chunki funt sterlingning oltinga almashtirilmasligi sarmoyani chetga chiqarishni foydasiz yoki samarasiz qilib qo’ydi. Endi sarmoyadorlar o’z sarmoyalarini asosan mamlakat ichida joylashtira boshladi. Masalan, 1936-yilda Buyuk Britaniya chetga 61 mln. Funt sterling sarmoya chiqargan bo’lsa, bu ko’rsatkich mamlakat ichkarisida 217 mln. Funt ster¬lingni tashkil etdi. Bu esa sanoatning yanada taraqqiy etishiga olib keldi. Xususiy sarmoyalaming ichki bozorga joylashtirilishiga hukumat olib brogan moliyaviy siyosat ham katta yordam berdi. Xususan, hukumat banklarning tadbirkorlarga eng arzon — 2 foiz miqdorida kredit berishi tartibini joriy etdi. (Avval 10-12 foiz edi).
Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiy inqiroz iskanjasidan to'la qutula olmadi. 1937-yilning kuzidan boshlab ishlab chiqarish yana pasaya boshladi. Chunonchi, 1938-yildasanoat ishlab chiqarishi 1937-yilga nisbatan 12foizga kamaydi. Ishsizlar soni yuqoriligicha qolaverdi. Shu tariqa 30-yillarning oxiriga kelib Buyuk Britaniyaning jahondagi iqtisodiy mavqeyi sezilarli darajada pasaydi. Endilikda nafaqat AQSH, balki Germaniya, Italiya va Yaponiya uning raqiblariga aylangan edi. R. Makdonald realist siyosatchi edi. U o’z siyosiy faoliyatini Buyuk Britaniya qudratli davlat boigan paytdan boshlab, uning bu qudratidan faqat alamli xotira qolgan paytda yakunladi.
1924 – 1939 – yillarda tashqi siyosat.
R. Makdonald realist bo’lganligi uchun ham Buyuk Britaniyaning sobiq buyukligini, qudratini qayta tiklab bo’lmas-ligini yaxshi tushunar edi. Biroq u Buyuk Britaniyani bundan keyin ham jahon siyosatida o’z so’zi bor davlat holatida ko’rishni xohlar va shunga astoydil intilar edi. Garchand u sovetlarga qarshi boisa-da, real voqelikdan kelib chiqib, 1924-yilda Sovet davlatini tan oldi va u bilan iplomatic aloqa o’rnatdi. Buyuk Britaniya 1925-yilda o’tkazilgan Lokarno konferensiyasi tashab-buskorlaridan biri edi. Bu konferensiya Germaniyani G’arb davlatlari bilan yarashtirishga xizmat qildi. Ayni paytda G’arb davlatlari Germaniyaning Yevropa Sharqidagi erkin harakatiga to’siq bo’luvchi kafolatlar tizimini yaratmadi. 1927-yil 24-martda Buyuk Britaniya Xitoyga qarshi harbiy intervensiya uyushtirdi. Uning maqsadi Xitoyda Chan Kayshi hokimiyatini to’la qaror toptirish edi. 18-aprelda Nankinda Chan Kayshi hukumati qaror topdi. 30-yillarda Buyuk Britaniya tashqi siyosati ikki asosiy muammoga duch keldi. Bular, bir tomondan, fashistlar Germaniyasining Yevropadagi agressiv tashqi siyosati, ikkinchi tomondan esa, imperiya mustamlakalarida kuchaygan milliy-ozodlik harakati muammolari edi.
Buyuk Britaniya Fransiyaning Yevropadagi ta’sirini zaiflashtirishda Germaniyadan foydalanishga intildi. Buning natijasi oiaroq, 1935-yil 30-iyunda Buyuk Britaniya — Germaniya dengiz bitimi imzolandi. Bu bitimga muvofiq Germaniya Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining uchdan bir qismiga teng miqdorda dengiz floti tuzish imkoniyatini qo’lga kiritdi. Bu Versal shartnomasining ochiqdan-ochiq buzilishi edi.
Fashistlar Germaniyasi Reyn viloyatiga qo’shin kiritganda ham Buyuk Britaniya jim kuzatuvchiga aylandi. Bu jim kuzatuvchilik amalda Germaniyaga kelgusida ham shunday tajovuzlarni davom ettirishga ruxsat berish bilan barobar edi. 1936-yilda Ispaniyada Franko fashistik diktaturasi o’rnatilishiga Germaniya yordam qo’lini cho’zgan paytda Buyuk Britaniya Ispaniya ishlariga aralashmaslik siyosatini yuritdi. Bu siyosat Ispaniyaning qonuniy hukumatiga qurol-yarog’ eksport qilishni amalda to’xtatib qo’ydi va bu bilan Buyuk Britaniya Ispaniyada fashizmning hokimiyat tepasiga kelishiga ko’maklashdi.
1937-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Konservatorlar partiyasi rahbari N. Chemberlen (1869—1940) o’zining 3 yillik bosh vazirlik faoliyati davomida Gitlerni «tinchlantirish» siyosatining tashabbuskori boiib may-donga chiqdi.
Shuning uchun ham Buyuk Britaniya Germaniyaning Avstriya, Che-xoslovakiyani bosib olishiga amalda yordamlashdi. U bunday «kichik» yon berishlar bilan butun bir avlod uchun tinchlikni saqlab qolmoqdaman, deb qayta-qayta uqtirardi.
Biroq Germaniya birinchi navbatda Sovet davlatiga etnas, G’arb davlatlariga qarshi urush boshlashi to’g’risidagi rejasi haqidagi ma’lumotlar tez orada Buyuk Britaniyaga ma’lum boiib qoldi. Endi Buyuk Britaniya zo’r berib urushga tayyorlana boshladi. Harbiy xarajatlar ikki baravar oshi-rildi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya harbiy doktrinani faqat o’zini emas, balki Fransiyani ham himoya qilishga mo’ljallab qayta tuzdi. 1939-yil 15-aprelda Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. Agar Germaniya Polshaga hujum qilsa, Buyuk Britaniya unga harbiy kuch bilan ham yordam beradigan boidi. Bunday kafolatlar Gretsiya, Ruminiyaga ham berildi.
Biroq N. Chemberlen hanuz Germaniya bilan til topishish umididan voz kechmagan edi. Uning maqsadi Germaniya agressiyasi tig’ini Sovet davlatiga burib yuborish edi. Germaniya armiyasi Pragani egallagach, N. Chemberlen umidlari puchga chiqdi. Endi urush boiishi muqarrar edi. Bu hoi Buyuk Britaniyani Moskva bilan muzokaralar boshlashga majbur etdi. Biroq har ikki tomonning aybi bilan bu muzokaralar natijasiz tugadi. Xususan, Buyuk Britaniya va Fransiyaning maqsadi Sovet davlatiga bir tomonlama majburiyat yuklash, uni Germaniyaga qarshi urushga tortish, o’zlari esa chetda qolish edi.
Moskva esa bu orada Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan dunyoni o'z ta'sir doiralariga bo'lib olish to'g'risida yashirin muzokaralar olib borayotganligi haqidagi ma'lumotlarni qo'lga kiritdi. Natijada Sovet hukumati bunga javoban Germaniya bilan yaqinlashish yo’lini tutdi. Va 1939-yil 23-avgustda Germaniya bilan Sovet davlati o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma tuzildi. Sharqda o’z mavqeyini mustahkamlab olgan Germaniya 1939-yil sentabrda Polshaga hujum qildi. 2—3-sentabr kunlari esa Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildilar. Shu tariqa ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Endi Buyuk Britaniya doiralari N. Chemberlenning «tinchlantirish» siyosatining meva-sini tatib ko’rishga majbur bo’ldilar.








Mustamlaka va dominionlardagi ahvol.
Buyuk Britaniyaning mustamlakalarida milliy-ozodlik kurashi hech vaqt to'xtagan emas. Dominionlar esa o'z huquqlarining yanada ken-gaytirilishi uchun kurashganlar. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya mustamlaka va dominionlarda juda katta qo'shin saqlashga majbur bo'ldi. 1930-yil aprel oyida Hindiston Milliy Kongressi hind xalqini yana fuqaroviy bo'ysunmaslikka chaqirdi. (Birinchi bosqich 1919—1922-yillar). Bu narsa kuchli ommaviy namoyishni keltirib chi-qardi. Ingliz ma'murlari bu namoyish rahbarlarini juda og'ir jazolarga mubtalo etdi.
1931 -yilda Buyuk Britaniya o'z dominionlarining huquqlaridagi cheklashlarni bekor qilish haqidagi hujjatni joriy etishga majbur bo'ldi. Bu hujjat Buyuk Britaniya tarixiga «Vestminster nizomi» nomi bilan kirgan. Hujjat dominionlarining ichki va tashqi siyosatda toia mustaqilligini e'lon qildi.
Endi dominionlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya) qabul qilgan qarorlar Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlanmaydigan bo'ldi. Shu tariqa shu vaqtgacha davom etgan qoida, ya'ni Buyuk Britaniya parlamentining dominionlarda qabul qilingan istalgan qonunni bekor qilish huquqi barham topdi. Biroq Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonga dominion huquqi berishga shoshilmadi. Ayni paytda hukumat dominionlarni mumkin qadar o'z ta'sir doirasida saqlashga harakat qildi.
Westminster nizomi»ga ko'ra, dominionlar Buyuk Britaniya bilan birgalikda «Britaniya Millatlar Hamdo'stligi»gabirlashdilar. (Bu hamdo'stlik hozirgi kunda ham mavjud. Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi sobiq dominionlarda hamon davlat boshlig'i Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadi.) 30-yillarda Irlandiya masalasi yana keskinlashdi. 1937-yilda Janubiy Irlandiya Mustaqil davlat deb e'lon qilindi. Shimoliy Irlandiya esa imperiya tarkibida qolaverdi.


Просмотров: 8700 | Добавил: aza | Рейтинг: 3.0/6
Всего комментариев: 1
1 teris  
0
yaxshi yaxshi yaxshi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

0
Arxiv

nwEnt16


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat