Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1984



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1295



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1895








Главная » Статьи » Мои статьи

Xorazm Maʼmun Akademiyasi

Xorazm Maʼmun Akademiyasi

VIII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi Bagʻdodda ilm-fan rivojlandi. Xalifa Xorun ar-Rashidning oʻlimidan soʻng (813 yil), uning oʻgʻli al-Maʼmun xalifa etib tayinlandi. U xalifa sifatida Bagʻdodga koʻchgach (819 yil), u yerda ilmiy Markaz tashkil etib, unda barcha musulmon oʻlkalardan olimlarni toʻpladi. Bu ilmiy Markaz tarixda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») nomi bilan mashhurdir.

Bu yerda asosan riyoziyot, tibiyot, ilmi-nujum, joʻgʻrofiya, astrologiya, handasa va shunga oʻxshash boshqa fanlar oʻrgatilgan.

Xorazmshoh Maʼmunning oʻgʻli Ali ibn Maʼmun taklifi bilan 1004 yilda Gurganchda (Qoʻhna Urganch) «Dorul hikma va maorif» nomli ilmiy muassasa shakllanadi. Bu yerga ibn Iroq va Beruniyning takliflari bilan har tarafdan olimlar kela boshlaganlar. Bu yerda ilmning barcha sohalari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Yunon tillaridan tarjimalar ham qilingan.

XVIII asr frantsuz entsiklopedistlari al-Maʼmun faoliyatini va Bagʻdoddagi «Bayt ul-hikma»ning faoliyatini oʻrganib chiqib, uni Afinadagi Platon Akademiyasiga juda oʻxshatganlar va «Bayt ul-hikma»ni «al-Maʼmun Akademiyasi» deb ataganlar. Gurganchdagi «Dorul-hikma» esa «Ikkinchi Akademiya» boʻlib qoldi.

Maʼmun Akademiyasining faoliyati 1017 yilda Mahmud Gʻaznaviy bosqini tufayli tugatiladi.

Xorazm Maʼmun Akademiyasini qaytadan tashkil qilish toʻgʻrisida Farmon

Mustaqilligimiz sharofati tufayli Prezidentimizning tashabbusi bilan bu Akademiya qayta tiklandi. Prezidentimizning Xiva shahrining 2500 yillik tantanalarida soʻzlagan nutqlarida Xorazm Maʼmun Akademiyasini qayta tiklash haqidagi taklifi va 1997 yil 11 noyabrdagi Farmoni bilan Xiva shahrida Xorazm Maʼmun Akademiyasi qaytadan tashkil qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm Maʼmun Akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmonidan:

Oʻzbekistonning ilmiy saloxiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi oʻrnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda is’tedodli va fidoiy olimlarni har tomonlama qoʻllab quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy anʼanalarni rivojlantirish, qadimda fan, maʼrifat va madaniyat olamining markazi hisoblangan, odamzot tarixidagi ilk akademiyalardan boʻlmish Xorazm Maʼmun Akademiyasini qaytadan tashkil etish maqsadida:

Xorazm Maʼmun Akademiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi Xiva shahrida tashkil etilsin.
Xorazm Maʼmun Akademiyasining asosiy ilmiy va tashkiliy vazifalari quyidagilar deb belgilansin:

  • ilm-fan sohasidagi qadimgi ulug milliy meros asoslarida yuqori intellektual muhitni yaratishdagi boy anʼanalarni tiklash va rivojlantirish, yosh is’tedodli olimlarni izlab topish, ularni Akademiya faoliyatiga jalb etish va ilmiy ijodlarining samaradorligini yuksaltirish;
  • qadimgi milliy ilm-fan sohasidagi boy merosni har tomonlama oʻrganish va tahlil qilish, tarix, arxeologiya, falsafa, til va adabiyot, biologiya va biotexnologiya sohalarida fundamental izlanishlarni olib borish, zamonaviy ilmiy maktablar yaratish va fan yutuqlarini amaliyotga tabiq etish;
  • mintaqada ilm-fan bilan bogʻliq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish;
  • oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
  • Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirishda faol ishtirok etish, uzluksiz taʼlim tizimi va fan oʻrtasidagi uzviy, oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatish, akademik litseylarda ilmiy pedagogik faoliyatni yuqori saviyada olib borish;
  • xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish…
Toshkent, 1997 yil 11 noyabr.

Xorazm Maʼmun Akademiyasining hozirgi davrdagi faoliyati

Hozirda Xorazm Maʼmun Akademiyasi tarkibida «Arxeologiya, tarix va falsafa», «Biologiya muammolari» va «Til va adabiyot» boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Akademiyaga Urganch Davlat universiteti rektori, akademik Sadullaev Azimboy Sadullaevich rahbarlik qilmoqda. Unga ilmiy ishlar boʻyicha rais muovini, biologiya fanlari doktori, professor Safarov Karimjon Safarovich yordam bermoqda. Akademiyada ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda 31 ilmiy xodim, 5 fan doktori va 9 ta fan nomzodlari qatnashmoqdalar.

«Arxeologiya, tarix va falsafa» boʻlimida uchta mavzu-"Xorazmda qadimgi va oʻrta asrlar oʻzbek davlatchiligi tarixi", «Oʻzbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining oʻrni», «IX-XIII asrlarda Xorazmda ilmiy-madaniy koʻtarilish jarayonida Xorazm Maʼmun Akademiyasining tarixiy xizmati», «Til va adabiyot» boʻlimida esa «IX-XIII asrlarda Movarounnahr va Xorazmdagi adabiy va lisoniy muhit» mavzusi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

«Biologiya muammolari» boʻlimida ham toʻrtta dolzarb mavzu boʻyicha tadqiqot ishlari bajarildi. Bular quyidagilar: «Respublika shimoliy-gʻarbiy mintaqasida qishloq xoʻjaligi ekinlarining istiqbolli navlarini oʻrganish», «Mahalliy qishloq xoʻjalik xom ashyosi asosida vitaminli omuxta yem olish texnologiyasini ishlab chiqish», «Amudaryo quyi oqimida tuproq hosil boʻlishi jarayoni xususiyatlarini oʻrganish», «Xorazm vohasi termitlarining faunasi va ekologik-populyatsion tavsifi». Koʻrinib turibdiki, har uchala boʻlimdagi tadqiqot ishlari oʻta dolzarb va muhimdir. Quvonchlisi shundaki, jamoamiz murakkab jarayonlarni boshidan kechirishga toʻgʻri kelgan boʻlsada, qunt, hafsala, sabr-bardosh bilan ishlab, izlanib, asosiy ilmiy-tadqiqot ishlarini yakunlashga erishdilar.

«Arxeologiya, tarix va falsafa» boʻlimida 21 ta, «Til va adabiyot» boʻlimida 16 ta, «Biologiya muammolari» boʻlimida 15 ta ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar chop etildi. Shuningdek, turli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Olimlarimizning izlanishlari natijasida Xorazm viloyatida amarantning 4 turi va soyaning 2 navi oʻstirildi. Amarant biomassasidan senaj va silos tayyorlash boʻyicha tavsiyalar tayyorlandi. Shuningdek, amarant urugʻlaridan kraxmal olish usuli ishlab chiqildi va patent olish uchun zarur hujjatlar tayyorlandi. Dukkakli don ekinlaridan 11, poliz ekinlaridan 5, moyli ekinlardan 4, yuksak suv oʻsimliklaridan 3, texnik ekinlardan 6 ta navlari viloyatimiz qishloq xoʻjaligida qoʻllanishga tavsiya qilindi.

Xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ham aytib oʻtish joiz: Rossiya Fanlar Akademiyasi va qozogʻistonlik olimlar bilan «Yangi va noanʼaviy oʻsimliklar hamda ulardan foydalanishning istiqbollari», turkmanistonlik olimlar bilan Orolboʻyi hududidagi dehqonchilik muammolari boʻyicha hamkorlik davom etyapti. Biotexnologiya va tabiiy mahsulotlar Xalqaro Akademiyasi bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi. «Markaziy Osiyo xalqlari tarixini oʻrganish» Frantsiya instituti bilan ilmiy aloqalar keng yoʻlga qoʻyilganligi esa ayniqsa quvonchlidir. «Til va adabiyot», «Arxeologiya, tarix va falsafa» boʻlimlarida olib borilgan va yakunlangan ilmiy-tadqiqot ishlari ham shu paytgacha mavjud boʻlgan maʼnaviyat, maʼrifat, madaniyat manbalarini boyitishga xizmat qilishi eʼtirof etildi. Bular, albatta, bizning dastlabki yutuqlarimiz va biz ularni muttasil koʻpaytirib borish zarurligini doimo his qilib turibmiz.

2000 yilning fevral oyidan boshlab bioximiya, oʻsimliklar fiziologiyasi ixtisosliklari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlashga ruxsat qilindi. Yaqin orada boshqa fanlar boʻyicha ham aspiranturaga qabul qilinadi.

Hozirgi kunda K.Xudayberganov, N.Oʻrozboeva, X.Yusupov, A.Rahimov, I.Abdullaev kabi iqtidorli yoshlar nomzodlik dissertatsiyalari ustida ish olib borishyapti.

Akademiyada qadim qadriyatlarimizni ulugʻlovchi, diyorimizda tavallud topgan buyuk siymolarimiz hayoti va faoliyatining yangi qirralarini ochib beradigan, shu bilan birga ilm-fan, xalq xoʻjaligi taraqqiyotiga dahldor, ekologiyani yaxshilashga oid qator anjumanlar koʻplab oʻtkazilmoqda. Bu borada gap ketganda ilk akademiya asoschisi, buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy kengashlar oʻtkazish odat tusiga kirib qolganligi alohida aytib oʻtish lozim deb bilaman. Joriy yilda shu munosabat bilan uchta tadbir oʻtkazildi.

Respublika va xalqaro miqyosda yirik anjumanlar boʻlib oʻtmoqda. «Ekosan»- Ekologiya va salomatlik xalqaro jamgʻarmasi, Xorazm viloyati hokimligi, Maʼmun Akademiyasi va «Ekosan» Toshkent klubi bilan hamkorlikda «Xorazm vohasi ijtimoiy ekologik taraqqiyotidagi muammolar va uning istiqbollari», shuningdek nufuzli tashkilotlar va oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda Xorazmda ilk davlatchilikning vujudga kelishi va bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar, buyuk vatandoshlarimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, Ogahiy tavalludining 190 yilligini, «Avesto» asari yaratilganligining 2700 yilligi, «Jahon madaniyati xalqaro tinchlik uchun» mavzularidagi ilmiy-amaliy anjumanlarni alohida taʼkidlab oʻtishni istardim. Mamlakatimiz taraqqiyotiga, tinchlikni mustahkamlashga oid bunday anjumanlar oʻtkazish bundan buyon ham diqqat markazimizda boʻladi.

Akademiyaning «Nashriyot va matbaa birlashmasi» da olimlarimizning ilmiy izlanishlari, monografiyalar, ilmiy toʻplamlar, aspirantlarning dissertatsiya ishlari, akademiyaning muhim hujjatlari endilikda oʻzida chop etiladi. Shuningdek, oʻn bosma taboqqacha boʻlgan mualliflar asarlarini ham chop qilinishi mumkin. Turli hisob-kitob varaqalari, taklifnomalar, bukletlar tayyorlanadi. Akademiya xodimlarining xalq xoʻjaligini rivojlantirish, turmush farovonligini oshirish, maʼnaviy kamolatga xizmat qiladigan ilmiy ishlari imtiyozli ravishda chop etib berilyapti.

Shu paytgacha 16 ta risola va ilmiy-ommabop ishlar chop etilib, bir yarim million soʻmlik ish bajarildi.

Hozirgi davrdagi muammolar: zarur manbalar, adabiyotlar «Arxeologiya, tarix va falsafa», «Til va adabiyot» boʻlimlari ish samaradorligini oshirish uchun shu fanlarga oid kitoblar, qoʻlyozma manbalarini Rossiya, Angliya, Turkiya, Misr, Eron, Pokiston, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan keltirish masalasini hal qilish zarur. Internet tizimiga ulanib, sohalar boʻyicha yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashni davr taqozo etyapti. Tajriba ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash maqsadida texnika vositalari kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida Xorazm viloyatida qishloq xoʻjaligini keskin rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholi salomatligini tiklash va mustahkamlash oʻta hayotiy, kechiktirib boʻlmas vazifa ekanligini nazarda tutib, Xorazm Maʼmun Akademiyasi tarkibida «Qishloq va suv xoʻjaligi», «Ekologiya va tibbiyot» boʻlimlarini tashkil etish nihoyatda zarur. (Xorazm Maʼmun Akademiyasi raisi muovini, biologiya fanlari doktori, professor K.S.Safarovning jurnalistlarga bergan intervyusidan olindi).

Категория: Мои статьи | Добавил: aza (06.11.2010)
Просмотров: 2857 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 3.8/4
Всего комментариев: 1
1 Nezircan  
0
Oui, je te cmpdrenos bien. Moi aussi j'ai besoin de bosser en equipe ou au moins d'avoir des collegues pour discuter aux pauses cafe!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim

0
Arxiv

puEnt10


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat