Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1983



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1294



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1894








Главная » Статьи » Мои статьи

O’rta Osiyoda bronza davri madaniyatlari.

O’rta Osiyoda tabiiy sharoitning hozirgi holatga kelish imkoniyatining huruj hududlari ko’chib, yangi sug’oriladigan dexqonchilik vohalarining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Misdan qadimgi mehnat qurollari tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat maxsulotlari yil sayin aholi sonining oshib borishi natijasida aholining iqtisodiy ehtiyojini qondira olmadi. Insoniyat endi misga qaraganda mehnat unumdorligi miqdorini oshiradigan ashyoni izlashgatushdi, uni ixtiro qildi, eritib xilma-xil mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlarining yasashni boshlab yubordilar.

Mil.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo jamiyatida tarixiy jarayon, ijtimoiy-iqyisodiy va etnomadaniy sohadagi yuz bergan o’zgarishlarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

1.Tarixiy taraqqiyot, ishlab chiqarish yanada taraqqiy etib bordi;

2 Insoniyat tomonidan yangi hududlar o’zlashtirilishi davom etdi;

3.Xo’jalikda mis va toshdan qilingan qurollarishlatildi;

4.Sug’orish inshootlari qurildi;

5.Shu asosda dexqonchilik maxsulotlari insonlar ehtiyojini qondira boshladi;

6.Aholi soni oshib bordi;

7.Loy me’morchiligi va qurilish tehnikasi bilimlari o’sib bordi;

8.Me’morchilik,rejalashtirish va qurilish bilimlari jamiyatda mustahkam o’rin olishi;

9.Shu bilimlar asosida ibtidoiy mudofa inshootlari vujudga keldi;

10.Mudofa inshootlar, uy qurilishidato’g’riburchakli xom g’isht ishlatildi;

11.Qabilalar o’rtasidagi to’qnashuvlar vujudga keldi;

12.O’rta Osiyo hududida notekis darajada taraqqiy etygan ikki xo’jalik usuli mavjud edi;

13.Qo’shni qabilalar bilan iqtisodiy va madaniy sohada o’zaro munosabatlar vujudga keldi;

14.Markaziy Osiyo mudofa maktabi shakllandi.

       Tarixiy taraqqiyotning to’xtovsiz rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining markazlashish jarayoni yanada rivoj topdi. Xo’jalik sohasidagi bilimlarning ixtisoslashishi yuz berdi. Insoniyat tomonidan xo’jalik sohasidagi faoliyati davom etdi, sifat jihatidan muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Sug’orilish madaniyatining o’sishi, mehnat qurollarining xilma-xilligi, aholi sonining to’xtovsiz o’sib borishi, qaqbilalar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi, chorvador qabilalarning vujudga kelishi, tarixiy vaziyatning notinchligi, yanada mukammal bilimlarning paydo bo’lishiga olib keldi.Er.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo hududlarida shaharsozlikmadaniyati shakllandi. Mil.avv. III ming yillikda insoniyat bronzani o’zlashtirib olib, undan mehnat qurollari tayyorlagan va xo’jalikda keng foydalangan. Bu davrda dexqonchilik va chorvachilik xo’jaligi taraqqiy etdi. Bu davrdan boshlab xo’jalikning turli sohasidagi bilimlar vujudga keldi, manzillar hajmui yanada kengaydi, aholi soni oshib bordi (5 – 10 ming kishi).

Xullas, metall ishlatishga otilishi qadimgi davrning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirdi. Natijada Orta Osiyo dasht va togoldi hududlariga chorvaga ega bolgan otroq aholining bir qismi kochib borib joylashdi. Bu tarixiy jarayon jamiyat taraqqiyotida dastlabki yirik mehnat taqsimoti bolib, ilk shaharlar paydo bolishi va rivojlanishiga zamin boldi.

Bronza davriga kelib Orta Osiyoning janubiy hududlarida ilk dexqonchilik xojaligi tabiiy sugroma dexqonchilik madaniyati qaror topdi. Bronza davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etno madaniy rivojlanishining manbasi mil.avv. IV ming yillikda paydo bolgan edi. Orta Osiyo qadimgi tarixining bronza davri mil.avv. IIIII ming yilliklarni qamrab olib, shaharsozlik madaniyati shakllandi. Budavrga oid dastlabki yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi Anovning pastki qatlamlari, Nomozgohtepa yodgorliklarida organildi. Bronza davri yodgorliklari Orta Osiyoning boshqa hududlarida tadqiq etildi. Bronza davri Orta Osiyoning keng dasht hududlarida ovchilik chorvachilik xojaligi nisbatan ustun bolgan dasht qabilalarining joylashishi, uning janubiy hidudlarida yuqori darajada rivojlangan koptarmoqli hunarmandchilikka ega bolgan otroq dexqonchilik qabilalarining yoyilishi bilan izohlanadi.

Tadqiqotchilarning fikricha, ibtidoiy dexqonchilik bronza davrining boshlarida o’zining birinchi bosqichini bosib o’tdi. Motiganing ishlatilishi va ibtidoiy omochning paydo bo’lishi O’rta Osiyoning tabiiy sharoiti qulay bo’lgan tog’ oldi hamda daryo vohalari hududlarida dexqonchilik jadallik bilan rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

O’troq sug’orma dexqonchilik hududlarida bronza davri o’z rivojlanishining ikkita davrini boshdan kechiradi. Birinchi davr – mahalliy o’troq dexqonchilik madaniyatining rivojlanishi va uning ravnaqi, ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanish davri. Ammo Qadimgi Sharqning keng hududlarida bo’lgani kabi O’rta Osiyo ilk dexqonchilik jamoalari rivojlanishining birinchi davrida o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqa olmadi. Aksincha, to’satdan tushkunlikka o’tib inqirozga yuz tutdi. Inqiroz holatining asta – sekinlik bilan bartaraf etilishi esa ikkinchi davr uchun xos xususiyatdir. O’rta Osiyoning janubi – g’arbidagi bronza davri yodgorliklari tadqiqotchilar o’rtasida munozaralarga olib keldi. To’rtta – Anov I – IV majmualari tadqiqotchilar tomonidan ko’plab munozaralarga sabab bo’lishiga qaramay o’tgan 1949 -1950 yillarda B.A.Litvinskiyning Nomozgohtepadagi qazishlari tufayli ushbu bronza davriga oid yodgorliklarida qazish ishlari olib borildi. 1952 yilda B.A.Kuftin Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridagi yodgorliklar xronologik tabiatini tuzish uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu hududlardagi yirik, madaniy qatlami 34 metr bo’lgan Nomozgohtepada olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi ketma – ket keluvchi oltita majmuani – Nomozgoh I – IV ni aniqladi. Uning fikricha, Anov I va Nomozgoh I ilk eneolit, Nomozgoh II o’rta eneolit, Nomozgoh III so’nggi eneolitga, Nomozgoh IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va so’nggi bronza davrlariga oiddir.

1956 yilda V.M.Masson ushbu majmualar topilmalarini qo’shni Erondagi topilmalar bilan qiyosiy tahlil asosida quyidagi xronologiyani taklif etdi:

Joytun va Anov I – mil. avv. V ming yillik, Nomozgoh I, II – mil. avv. IV ming yillik, Nomozgoh III, IV – mil. avv. III ming yillik, Nomozgoh V – mil. avv. II ming yillikning birinchi yarmi, Nomozgoh VI – mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmiga oiddir.

Shuningdek, V.M.Massonning fikricha, Janubiy Turkmanistondagi ilk eneolit majmui Anov I ning paydo bo’lishi Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridan turli qabilalar guruhlarining kirib kelishi bilan bog’lanadi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqarar ekanmiz, Janubiy Turkmaniston jamiyatida bu davrdagi yangilik shundan iborat ediki, aholi turmush tarzida mis va xom g’isht paydo bo’lib manzilgohlar aniq rejaviy tuzilishga ga bo’ladi, sopol idishlarning sifati yaxshilanib naqshlarida yangi usliblar shqkllanadi hamda to’qimachilik paydo bo’ladi.

Ushbu hududlarning asosiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti ko’p hollarda o’troq sug’orma dexqonchilik bo’lib xo’jalik hayotida chorvachilik ham yetakchi axamiyatga ega edi. Tarixiy – madaniy taraqqiyot natijasida mil. avv. IV – III ming yilliklarga kelib alohida manzilgohlarda yashovchi aholining unchalik murakkab bo’lmagan sug’orish tartibi paydo bo’ladiki, bu holat sun’iy sug’orishning rivojlanishiga asos bo’ldi.

Janubiy Turkmaniston eneolit davri aholisi madaniyati shu davrga oid qazishmalar boshlangan yodgorlik nomi bilan Anov madaniyati deb yuritiladi. Mil. avv. IV ming yillikdayoq ushbu madaniyat sohiblari Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridagi kattagina yerlarni o’zlashtira boshlaydilar. Mil. avv. IV ming yillikda Tajan daryosi etaklarida markaziy manzilgohi Geoksyur I bo’lgan alohida voha shakllandi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo’lsak, bir tomondan manzilgohlarning mavjudligiga va joylashuvi dalalarni sug’orish uchun foydalanadigan suv manbalari tartibiga bog’liq edi.Shuning uchun ham dastavval tog’ oldi hududlarida asos solingan manzilgohlar sharoiti nisbatan yaxshi edi.

Ikkinchi tomondan, sug’orish tartibining murakkablashuvi va mana shunday tartib ichida ishlab chiqarish faoliyatini barqarorlashtirish zaruriyati aholining ma’lum hududlarda zich joylashuvini talab etar edi. Bu holat esa ayrim vohalarda nisbatan yirik markazlar hamda ularga qarashli bo’lgan kichik manzilgohlarning paydo bo’lishiga olib keldi.

Bu davrda Kopetdog’ tog’ oldi tekisligining eng yirik manzilgohi Nomozgohtepa ( 50 gektardan ziyod ) va Oltintepa ( 25 gektar ) edi. Tadqiqotchilarning tahminicha, asosiy xususiyatlariga ko’ra ular so’nggi eneolit davrida shakllanib bo’lgan edi.  Shuningdek Ulug’tepa ( 20 gektar ), Qoratepa ( 15 gektar ), Geoksyur ( 12 gektar ) kabi yirik markazlar ham mavjud edi. Eneolit davrining oxirlariga kelib manzilgohlarning ba’zilarida hayot to’xtaydiki, bu holat ekologik sabablar hamda alohida yirik markazlarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.

Eneolit davrida Janubiy Turkmaniston hududlarida manzilgohlar qurilishi evolyutsiyasi kuzatiladi. Ya’ni, bir xonadan iborat bo’lib, tartibsiz joylashgan uylardan, ko’chalarga bo’lingan mahallalarni birlashtiruvchi ko’p xonali uylar, ayrim hollarda manzilgoh, markazida markaziy maydon paydo bo’lsa, o’rta eneolit davridan boshlab sodda holatdagi himoya inshootlaripaydo bo’lganligi aniqlangan. Undan tashqari katta oilali jamoalarning maxsus o’choqlari bo’lgan o’ziga xos diniy markazlarning izlari ham topilgan. So’nggi eneolit davriga kelib ayrim manzilgohlarda markazlashgan diniy markazlar paydo bo’ldi.

Bronza davri jamiyatining ravnaqi dexqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning jadalliki bilan rivojlanishi orqali izohlanadi. Shuningdek, bu davrda jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari ham rivojlandi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, ushbu tarixiy davr ilk, rivojlangan hamda songgi bronza davrlariga bo’linadi. Ushbu davrlar moddiy madaniyat taraqqiyot darajasining o’ziga xosligi va rivojlanish bosqichlari bilan bir – biridan farqlanadi. Bu tarixiy davr aholisi turli metallar aralashmasi natijasida hosil bo’ladigan bronzani kashf etdilar. Bronza – kimyoviy xususiyatlari jihatidan mustahkam va qattiq metall bo’lib, u qadimgi xo’jaliklar taraqqiyoti uchun yuksak ahamiyatga ega bo’ldi.

Janubiy Turkmaniston yodgorliklaridan topilgan ko’p marta ishlatiladigan mis erituvchi xumdonlar, ma’danlarni maydalaydigan ko’p sonli tosh qurollar hamda metall buyumlarni bog’laydigan qurollarning topilishi ilk bronza davridayoq metalchilik ishlab chiqarishning alohida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Budavrda ilk shaharlar paydo bo’lishida muhim omil hisoblangan hunarmandchilikda kulolchilik charxining paydo bo’lishi juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ilk bronzaning oxirlariga kelib barcha sopollar kulolchilik charxida tayyorlana boshlanib, sopollardagi naqshlar yo’qola boshlaydi. Rivojlangan va so’nggi bronza davriga kelib Kopetdog’ tog’ oldi tekisliklaridagi hunarmandchilik ishlab chiqarishida kulolchilik sohasi gullab yashnaydi va sopollar butunlay kulolchilik charxida hech qanday naqshlarsiz ishlab chiqariladi. Ko’pchilik manzilgohlarda kulollar yashab faoliyat ko’rsatganligi aniqlangan.

Panjikent shahridan 15 km g’arbda o’troq dexqonchilik manzilgohi xarobalari bo’lgan Sarazm yodgorligi joylashgan. O’tgan asrning 70 – yillaridan boshlab ushbu yodgorlikda tadqiqotlar olib borilishi natijasida nafaqat yuqori Zarafshon, balki, butun O’rta Osiyo hududlarida eneolit – bronza davrida bo’lib o’tgan tarixiy – madaniy jarayonlar, iqtisodiy va madaniy aloqalar masalalariga davrlashtirish va xronologiya muammolariga ko’pgina aniqliklar kiritildi.

Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, Sarazm paydo bo’lgan davrdan boshlaboq Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlari bilan uzviy aloqada bo’lgan. Dastlabki bosqichda, ya’ni, Sarazm madaniyati paydo bo’lib shakllanayotgan davrda Janubiy Turkmaniston yodgorliklari hal qiluvchi rol o’ynadi. Sarazm manzilgohining ikkita pastki qatlamlaridan topilgan Nomozgoh III va Geksyur I ko’rinishidagi eneoliy sopollari va boshqa moddiy madaniyat buyumlari ushbu jarayonni tasdiqlaydi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Farg’ona vodiysidan to Janubiy Turkmanistongacha bo’lgan ( janubi – sharqiy va janubi – g’arbiy O’rta Osiyo ) oralig’idagi hududlardan juda ko’p sonli eneolit va bronza davriga oid yodgorliklar topib o’rganilgan. Tarixiy – madaniy rivojlanish bosqichlariga qarab ushbu yodgorliklar ikki guruhga bo’linadi:

1.     O’troq dexqonchilik madaniyati yodgorliklari ( Janubiy Turkmaniston, Janubiy O’zbekiston, Zarafshon va Farg’ona vodiylari ).

2.     Bronza davri dasht madaniyati yodgorliklari ( Tozabog’yop, Zamonbobo, Mo’minobod, Oqtanga, Qayroqqum ).

Ushbu madaniyatlar o’rtasida uzviy aloqalar mavjud ediki, bu haqda mahsus bobda to’xtalib o’tamiz.

Mil. avv. II ming yillikka kelib Murg’ob daryosi havzasi hamda Amudaryoning o’rta oqimi hududlarida yuqori darajada rivojlangan o’troq dexqonchilik madaniyatlari shakllandi. Keyinchalik qadimga Baqtriya va Marg’iyona tarkibiga kirgan bu hududlardan hozirgi kunga qadar 200 dan ziyod bronza davri yodgorliklari topib o’rganilgan. Ular orasida nisbatan yaxshi o’rganilganlari Gonur, Dashli, Kelleli, Sopollitepa, Jarqo’ton, To’g’aloq, Molali kabilar bo’lib, ko’pchilik tadqiqotchilar Baqtriya va Marg’iyona ushbu davr manzilgohlarini ikkita asosiy guruhga: istehkomli manzilgohlar va istehkomsiz manzilgohlar guruhlariga ajratadilar.

Ushbu hududlarda ilk shaharlarning asosi hasoblanganmustahkamlangan qal’alarning paydo bo’lishi harbiy havf – xatar tig’ilgan paytda boshpana vazifasini bajarish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shuningdek, qal’alar qadimgi dexqonlar jamiyatida chuqurlashib borayotgan ijtimoiy tabaqalashuv jarayonlarini o’zida aks ettirgan. Qal’alarning ichki hududlari turli uslublarda bunyod etilgan. Misol uchun, Gonur I ning shimoliy qal’asida yakka reja asosida qurilgan katta zal va bir – biriga o’tiladigan qator uylar ( anfilada ) ochilgan. Qal’aning aylanma yo’lagida, qal’a devorining ichki qismida bir – biridan aniq masofada joylashgan to’rtburchak shaklidagi bir tomoni devordan chiqib turgan ustun ( pilyastra ) joylashgan. V.I.Sarianidining fikricha, ushbu qal’ada mahalliy hokimning saroyi joylashgan. Ayrim qal’alar, masalan, To’g’oloq 21 ibodatxona vazifasini bajargan bo’lib, diniy bayramlar kunlarida butun Marg’iyona kohinlari shu yerga to’planganlar

Категория: Мои статьи | Добавил: aza (19.05.2010)
Просмотров: 15126 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2.4/12
Всего комментариев: 1
1 Antonino  
0
Absolut mi-nu-nat! Nu m-as fi gnaidt la o asemenea varianta! Superb. O intrebare am: legumele se fierb cu capac sau fara? Nu se prind de fundul oalei? Crema se poate si deshidrata, nu? Pup!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim

0
Arxiv

puEnt4


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat