Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1984



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1295



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1895








Главная » Статьи » Мои статьи

Arab xalifaligi
Arab xalifaligining tashkil topishi va uning
harbiy yurishlari

1. Arab xalifaligi

Qadimda Arabiston yarim orolida yashab kelayotgan arablar Somoniy qavmiga mansubdirlar.
Arablarda VII asr boshlarida siyosiy tarqoqlik nihoyatda kuchaydi. Arabistonda sodir bo`lgan bunday ijtomoiy va siyosiy vaziyat, mamlakatning birlashuviga olib keldi. Bunday harakatlar -ning asosiy tarfdori bo`lib , shaharlarning savdogar va hunarmand aholisi ko`tarildi.
Bu harakat buyuk va birdan-bir haq yo`l – yagona e`tiqodga da`vat qilishdan boshlandi.Bu yakkaxudolik dini bo`lib, tarixda u "itoat” , "tabelik” va "bo`yin egish ” m`nolarini anglatuvchi "islom” nomi bilan shuhrat topadi.Buyuk va yagona tangri – Ollohning Yerdagi rasuli sifatida Arabistonning yirik markazi Makka shahrida duntoga kelgan Muhammad binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari O`zlarini "muslim” (musulmonlar) ning xudo oldida teng ekani , rizq-ro`zni barchaga Yaratguvhining o`zi yetkazib berishi hamda jamiyatda adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ`ib etadilar.
Dastavval o`z ona shahrida muvaffaqiyat qozona olmagan Muhammad 622-yil 16-iyulda Makkadan Madina shahriga hijrat qilishga majbur bo`ladi. Xuddi shu kundan boshlab musulmon Sharqida qabul qilingan hijriy yil hisobi boshlanadi. Shunday qilib, islom bayrig`i ostida Makka shahrida boshlagan tavhidlik dini targ`iboti Madinaga ko`chadi va bu shahar kurashning markaziga aylanadi.
Muhammad vafot etgach , avval Abu Bakr (632-634) , so`ngra Umar (634-644) , Usmon (644-656) va Ali (656-661) lar "xalifa” , ya`ni "o`rinbosar” deb e`lon qilinadi.Ular hukmronlik qilgan davrda Arabiston islom dini to`la g`alaba qozonib , tarixda ilk bor o`ta markazlashgan musulmon davlati – Arab xalifaligi tashkil topadi.
Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron bo`ysundirilib , islom jahon dinlaridan biriga aylandi.
Shu`ni takidlash o`rinliki, arab qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida islom islom aqidalari, e`tiqod talablari, shariat ahkomlari, huquqiy va axloqiy me`yorlarni o`z ichiga qamrab olgan yangi mafkuraviy boy va o`ta nodir manbai – Qur`oni Karimning ahamiyati nihoyatda buyuk bo`ldi.Ko`p mamlakatlar bo`ysundurilib , behisob o`ljalarga ega bo`lgan Arab xalifaligi harbiy yurushlarni G`arb va Sharqqa tomon kengaytishga harakat qiladi.
651-yili arabalar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Bu yerda o`rnashib olgach, arablar Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni bosib olishga tayyorgarlik ko`radilar.

2. Movarounnahrni zabt etishning boshlanishi

Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar Movarounnahr, ya`ni "daryoning narigi tomoni” deb ataganlar. Hozirgi Afg`onistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo`lgan hududlar esa Xuroson deb yuritiladi. Uning markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish uchun maxsus noib tayinlanib, u Marvda turar edi. Movarounnahrga bo`lgan hujumlar Xuroson noibi tomonidan uyushtirilar edi.
Arablar Movarounnahrga datlab uni bosib olish emas, balki harbiy jihatdan tayyorgar ko`rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladi. Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg` va 667-yilda Chag`aniyondan boshlanadi.
Narshaxiyning yozigacha, 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o`tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro sharifini qamalga oladi. Yordamga kelgan turklar va buxoroliklarning birlashgan qo`shinlari jangda arablardan yengiladi, bir lak (yuz ming) dirham hajmda boj to`laydi. Bojdan tashqari arablar to`rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko`p o`ljalar bilan Marvga qaytadilar.
Oaradan uch yil o`tgach, Xuroson noibi Said ibn Usmon boshliq arab qo`shinlari yana Buxoroga bostirib kiradilar. Sug`d, Kesh va Nasaf viloyatlaridan yordamga kelgan bir yuz yigirma mingli harbiy kuchga suyanib Buxoro malikasi dushman bilan jang qilish uchun o`z qo`shinini safga tortadi. Biroq, sug`dliklar vahimaga tushib Buxoroni o`z taqdiriga tashlab, jang maydonidan chiqib ketadilar. Natijada malika katta boj to`lab, malikazoda va dehqon aslzodalardan 80 nafarini garovga berib, yana sulh tuzishga majbur bo`ladi. Said ibn Usmon Buxorodan Samarqand sari qo`shin tortadi. Bir oydan oshiqroq davom etgan jangda sug`dliklar qahramonona qarshilik ko`rsatadilar. Said ular bilan sulh tuzib, kelishishga majbur bo`ladi. Samarqanddan u o`ljalar bilan bir qatorda 30 ming nafar asir olib qaytadi. Yo`l-yo`lakay u Termiz shahrini egallaydi.
Shunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon qilgan dastlabki yurishlari aslida ayrim sarkardalarning boylik orttirish maqsadida o`zboshimchalik bilan amalga oshirgan talonchigidan iborat edi. Natijada, Movarounnahrning bir qator viloyatlari talanib , vayron etiladi.
Shubhasiz, arablarning talonchilik yurishlariga qarshi kurashish maqsadida Movarounnahrning mahalliy hukmdori o`rtasida harbiy ittifoq tuzish uchun urinishlar bo`lgan. VII asrning 80-yillari boshlarida ular hatto Sirdaryo etagida Xorazm yaqinidagi shaharlardan birida bir necha bor to`planadi. Biroq, o`zaro siyosiy nizolarni to`xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashish to`g`risidagi ularning sa`yi harakatlari amalgam oshmadi. Chunki Movarounnahrning siyosiy tarqoqligi hamda mahalliy hokimlar o`rtasida nizolar bunga halaqit beradi.Bunday vaziyatdan esa arab lashkarboshlari ustalik bilan foydalanadilar.




3. Movarounnahrning zabt etilishi

VII asr oxirlarida butun xalifaliklarda tartib o`rnatilgach, arablar Movarounnahrni uzul-kesil bosib olishga kirihadilar. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib qilib tayinlanadi. Unga Movarounnahrdan to Xitoy hududlarigacha bo`lgan viloyatlarni xalifalikka bo`ysundirish vazifasi yuklandi. Bu, shubhasiz, jiddiy va nihoyatda og`ir vazifa edi. Harbiy yurishni Qutayba 705-yilda Balx viloyati atrofini zabt etishdan boshlaydi. Tez orada Chag`niyon hokimi jangsiz taslim bo`ladi. Shunday qilib, arablarning Movarounnahrga tomon yurishlarining ikkinchi davri boshlanadi.
707-yilda Qutayba katta qo`shin bilan Amudaryodan o`tib, Buxoro vohasiga kiradi. Uning bu yurishida sotqin Balx dehqoni va chag`on-xodotlarning harbiy kuchlari ishtirok etadi. Poykandni qamalga oladi. Sug`d va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar qattiq turib, arablarga qarshilik ko`rsatadilar. Qamal ellik kun davom etadi. Arablar shahar devoir ostidan lahim qazib, unga ruhna uradilar va ichkariga bostirib kiradilar. Poykand egallanib qo`lida qurol tutishga qodir barcha erkak zoti qirib tashlanadi. Xotin-xalaj va yosh bolalar asirga olinib, shahar vayron etiladi. Poykand uzoq yillar davomida xarobazor bo`lib yotadi.
Poykand fojiasidan keyin beshafqat Qutayba boshliq bu havfli dushmanga zarba berib, uni dafn qilish maqsadida Sug`d podshosi Tarxun , Buxoro hukmdori Xunukxudot va Shopurkom hokimi Vardonxudot boshliq katta harbiy kuch hamda iqrq ming lashkar bilan yordamga kelgan turklar Tarob va Romitan oralig`ida to`planadilar. Ittifoqchilar Qutayba qo`shinini qurshovga oladilar. Uning ahvoli nihoyatda tanglashadi. Undan halos bo`lish uchun Qutayba o`ta makkorliok bilan hiyla ishlatib, Movarounnahrning viloyat hokimlari ustidan birin-ketin g`alaba qozona boshlaydi.
707 – 709-yillar mobaynida u Buxoro va uning atroflariga bir necha hujumlar qiladi, ko`pdan-ko`p qal`alar va obobd yerlarni bosib oladi. Buxoro viloyatiga hokim qilib u buxorxudot Tug`shadani va unga amir qilib o`z yaqinlaridan birini tayin etadi. Amir buxurxudot ustidan nazorat qilib turish, Buxoroda qoldirilgan harbiy qismga askarboshi, aholiadn soliq undirish va uni o`z vaqtida xalifalikka yetkazib berish kabi vazifalarni bajarar edi. Sulh shartnomasiga binoan buxoroliklar har yili xalifalikka ma`lum miqdorda boj to`lash, uylarning yarmini arablarga bo`shatib berishga majbur edilar. Qutayba Buxoro shahrining ibodatxonasini jome masjidga aylantirib, sug`diy tili va xadita bitilgan "otashparastlikka” oid asarlarni yoqotadi. Ibodat qilish uchun masjidga qatnagan mahalliy aholining har biriga ikki dirhamdam pul hadya qilib, ularni islom diniga tortishga harakat qildi. Manbalarda ta`kidlanishicha, ikki dirham olish uchun ko`proq kambag`allargina qiziqar edilar. Ammo boylar pulga ham qiziqmas va masjidga ham bormasdilar.
710-yilda Qutayba Shuman, Nasaf va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko`rardi. Biroq, Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelagan qulay fursat Qutaybani Sug`d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo`shin tortishga jalb etadi. Xorazm shohi Chag`on va Hurzod boshliq xalq qo`zg`alonidan qo`rqib, 711-yilda yordam sorab Qutaybaga murojaat qiladi. Garchi dushman qo`li bilan Hurzod tor-mor qilinib, o`ldirilsa-da, ammo Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o`z mustaqillgini yo`qotib, xalifalikni bojdoriga aylanadi. Uning qo`shini esa Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur edilar.

4. Sug`d yurishi

712-yilda Qutayba arablardan tashqari Buxoro va Xorazm qo`shinlari bilan Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ishxid Tarxun taxtdan tushirilib, unung o`rniga Gurak (709-738) Sug`dga podsho qilib ko`rsatilgan edi. Bu, shubhasiz sug`diylarning arablarga qarshi olib borgan kurashi tarixida muhim voqea bo`ldi. Chunki u zamonasining vatanparvar siyosatdon arbobi bo`lib, hukmronligi davrida imkoni boricha, arablarga qarshi g`ayrat bilan kurash olib bordi. Guzak Qutaybaga qarshi chiqadi. Kattqo`rg`on bilan Karmana oralig`ida Arbinjon mavzeida shiddatli jang bo`ladi. Ammo Gurakning kuchi ojizlik qilib, Samarqandga chekinishga majbur bo`ladi. Sug`diylar Shosh podshohi, turklar hoqoni va Fag`ona ixshidiga (hokimiga) elchilar yuborib, yordam so`raydilar. Turk xoqoni saralangan qo`shin yuboradi. Ammo Qutayba yordamga kelayotgan kuchlarni birlashmaslikka harakat qiladi. Ularning yo`lini tosib, qo`qqisdan hujum qiladi va tor-mor keltiradi. Bu g`alabadan so`ng Qutayba Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Samarqand qamalga olinadi. Arablar shahar devori qarshisiga 300 manjaniqlar (tosh otish moslamasi) o`rnatib, unga rahna urish uchun kecha-yu kunduz devorni teshishga kirishadilar. Sug`diylar bir oy davomida shaharni qahramonona mudofaa qiladilar. Kamonda o`q uzib, tashqariga chiqib, shiddatli janglar qilib dushmanga katta talofat yetkazadilar. Shunday bo`lsa-da, Samarqand taslim bo`ladi. Gurak bilan Qutayba o`rtasida sulh tuziladi.Sulh shartnomasiga muvofiq Gurakning arablarga bir yo`la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida bij to`lash, 30 ming nafar odam berish, shaharda birorta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni bo`shatib, unda minbari bilan masjid bino qilish, otashparastlik ibodatxonasini buzib, butlarini topshirish kabi shartlarni bajarishi lozim bo`ladi. Bularning evaziga Qutayba Gurakni Samarqand, Kesh va Naqshabga hokim qilib tayin etadi. Shunday qilib, u arablarga mute noib bo`lib qoladi. Garchi Samarqand bosib olinsa-da, ammo Sug`dning katta qismi arablarga bo`ysunmaydi. Sug`dliklar esa o`zlarini mag`lub his etmaydilar. Shuning uchun ulardan hayiqqan Qutayba Samarqandda ma`lum miqdorda harbiy kuch qoldirib, o`zi yurishni davo, ettiradi.

5. Choch, Farg`ona va Xo`jandning arablar tomonidan zabt etilishi

Mug` tog`idan topilgan hujjatlardan ma`lum bo`lishicha, Qutayba o`zining keyingi yurishlarida Choch, Farg`ona va Turk xoqonligidan iborat yana bir harbiy ittifoqning qarshiligiga duch keladi.
Tabariyning yozishicha, 713-yilda Qutayba qo`shin saflarini butlash maqsadida Buxoro, Kesh,Nasaf va Xorazm aholisidan 20 ming askar to`plab berishni talab qiladi. Yig`ilgan katta qo`shin ikkiga ajraladi. Uning Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazm qo`shinlarining birlashmasidan iborat birinchi safi Choch viloyatiga, o`zi boshliq asosiy kuch esa Ustrushona va Xo`jand oralig`i Farg`ona vodiysi tomon yo`l oladi. Choch vohasi bosib olinib, Chochning poytaxti Madinat as-Shosh, juda ko`plab qal`a va qo`rg`onlar hamda qishlog`larga o`t qo`yilib, vayron etiladi. Qutayba Usturshona va uning soylik va adirlarida janglar qilib, Xo`jand va Kosonni zabt etadi. 714-yilda u Choch va Turk xoqonligi kuchlarini ajratib, ittifoqchilarning birlashuviga yo`l qo`ymaslik maqsadida Isfijobga yurish qiladi. 715-yilning boshida esa Farg`ona vodiysi uzil-kesil egallb, Qoshqarga kirib boradi. Hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlaydi. Osha yili xalifa Vohid vafot etadi. Uning o`rniga Qutaybaning g`animi Sulaymon xalifalik taxtiga o`tiradi. Bundat qismatdan norozi bo`lgan Qutayba yangi xalifaga qarshi isyon ko`taradi. Lekin u 715-yilda Farg`onada askarlar tomonidan o`ldiriladi.
Shunday qilib, o`n yil davomida muttasil olib borilgan qonli jang-u jadallar oqibatida Movarounnahr Arab xalifaligiga bo`ysundirilgan bo`lsa-da, ammo uning mag`rur aholisi o`zini butkul tobe etilgan deb hisoblamaydi. Shu boisdan bu erksevar mamlakat xalqidan xavfsiragan Qutayba har yili kuzda Jayhundan qayta kechib, Sug`d va Chichdan uzoqda, Xuroson diyorida xotirjam qishlar va bahor kirishi bilan yangi kuch top`lab, yana Movarounnahrga hujum boshlar edi.

6. Movarounnahrni arablar tomonidan osonlik bilan zabt etilishining sabablari

Avvalombor, mamlakatda hukm surgan siyosiy parokandalik va viloyat hukmdorlari o`rtasida o`zaro ziddiyatlar bosqinchilarga juda qo`l kelgan. Bunday vaziyatdan ular ustalik bilan foydalana oladilar. . Movarounnahrga bostirib kirilgan kundayoq arablar viloyat kuchlarini birmashuviga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rdilar va buni uddasidan chiqa oldilar.o`zaro olishayotgan hukmdorlarning biriga ikkinchisini yengishi uchun yordan ko`rsatib, har ikkisini birin-ketin bo`ysundirdilar. So`ngra ular kuchidan boshqa viloyatlarni ishg`ol qilishda foydalandilar. Sug`dni zabt etishda Qutayba arab qo`shini bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning harbiy kuchlaridan foydalangan edi. O`n yil davom etgan jang-u jadallarda saflari siyraklashib qolgan qo`shinga muttasil yangi-yangi harbiy kuchlar xalifalikning ichki viloyatlaridan safarbar etilib turildi. Nihoyat arabistonlik fotihlarga keskin qarshilik ko`ratib, ular bilan shiddatli jangler olib borgan Movarounnahrning mehnatkash xalqi o`z hukmdorlari tomonidan bir necha bor xionona sotqinlikka uchradi. Xalq ommasining mustaqillik yo`lida dushmanga qarshi olib brogan kurashida bosqinchilik qilish o`rniga ularning aksariyat bosqinchilarning tagi puch va`dalariga uchib, arablarga taslim bo`lishni afzal ko`rdilar. Shu sababli ham vatanparvar xalqimizning arabistonlik fotihlarga qarshi qahramonona kurashlariga qaramay, xalifalik Movarounnahrni bosib olishga muvoffaq bo`ldi.




Категория: Мои статьи | Добавил: aza (19.02.2010)
Просмотров: 4440 | Рейтинг: 3.3/7
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim

0
Arxiv

puEnt2


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat