Jaloliddin Manguberdi-to'liq oti — Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (?-1231) — Xorazmshohlar imperiyasining so'nggi imperatori ( 1220 yildan), Alovuddin Muhammad II ning to'ng'ich o'g'li. Jaloliddin Xorazmshohlar imperiyasining taxtiga otasi Muhammad II ning o'limidan so'ng o'tiradi. Otasi Chingizxon tomonidan 1220 yili mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, Xorazmning mo'g'illar bosqiniga qarshi kurashiga boshchilik qiladi. Xurasonda u o'n ming atrofida askar to'playdi va Parvon yonida mo'g'illarni mag'lub etadi. Lekin, 1221 yili Hind daryosi yonida bo'lib o'tgan jangda Chingizxon Jaloliddinni mag'lub etadi. Shu bilan birga, uning oilasi qatl etiladi. U esa o'zining omon qolgan to'rt mingta askari bilan Hinda daryosining narigi qirg'og'iga o'tishga erishadi va Hindistonga qochadi
Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi
Boks
Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]
Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.
Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.