Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishi
1. Pyotr I Bekovich – Cherkasskiy ekspeditsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, yangicha yo’l tutib, O’rta Osiyoga qilinadigan keyingi yurishlar xavfsiz bo’lishini ta’minlash uchun istehkomlar tizimini qurib, O’rta Osiyo davlatlari chegarasi tomon asta-sekin siljib borish to’g’risida buyruq beradi. Shunday istehkomlardan dastlabki yettitasi ... A) 1715-yilda Ob daryosi sohilida qurildi B) 1718-yilda Irtish daryosi sohilida qurildi C) 1725-yilda Yoyiq daryosi havzasida barpo etdi D) 1739-yilda Irtish daryosi havzasida barpo etdi
2. Angliya hukumatining O’rta Osiyo davlatlariga birinchi "sayohati” qachon kim tomonidan amalga oshirildi? A) 1820-yilda kapitan A.Konnoli B) 1822-yilda polkovnik Ch.Stoddart C) 1824-yilda M.Murkfort D) 1826-yilda mayor D.Volf
3. Angliya hukumatining 1843-yilning noyabr oyida mayor D.Volfni Buxoroga jo’natishdan maqsadi nima edi? A) Buxoro bilan savdo aloqalarini yaxshilash edi B) 1838-yildan beri Nasrulloxon buyrug’i bilan zindonda yotgan polkovnik Ch.Stoddart va kapitan A.Konnolini ozod qilib, olib ketish lozim edi C) Xiva va Buxoro munosabatlarini aniqlash edi D) Hindistonga boradigan yo’lni aniqlash edi
4. Podsho Rossiyasining O’rta Osiyoni mustamlaka qilib bosib olishi sabablaridan biri …… A) Angliyaning Afg’oniston bilan sulh shartnomasi tuzishi B) Angliyaning O’rta Osiyo xonliklariga suqilib kirishi C) Amerikada shimol va janub o’rtasida boshlangan fuqarolar urishi (1861-1865) Amerika paxtasining Yevropaga keltirilishi to’xtaganligida D) Buxoro va Xiva xonliklaridagi munosabatlarning yomonlashganligida
5. Qachon Sirdaryoning quyilish joyida Raim qa’lasi qurildi? A) 1840-yilda B) 1845-yilda C) 1847-yilda D) 1849-yilda
6. Chor Rossiyasi imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishi necha bosqichga bo’linadi? A) ikki B) uch B) to’rt D) besh
7. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olishining birinchi bosqichi ……. bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. A) 1847-yildan – 1864-yilgacha B) 1852-yildan – 1863-yilgacha C) 1853-yildan – 1862-yilgacha D) 1854-yildan – 1867-yilgacha
8. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining uchinchi bosqichi …….. bo’lib o’tadi, u Xiva xonligini bosib olish va Qo’qon xonligini tugatish bilan yakunlandi. A) 1868-1870-yillar B) 1873-yildan 1879-yilgacha C) 1875-1882-yillar D) 1877-yildan 1890-yilgacha
9.Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishining ikkinchi bosqichi qaysi yillarni o’z ichiga oladi? A) 1862-yilda boshlandi va 1867-yilgacha davom etdi B) 1863-yilda boshlanib 1868-yilda tugadi C) 1865-yilda boshlandi va 1868-yilgacha davom etdi D) 1867-yilda boshlanib 1870-yilda tugadi
10. Qachon Rus podshosi Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olish to’g’risida qaror qabul qildi? A) 1859-yilda B) 1861-yilda C) 1863-yilda D) 1865-yilda
11. Oqmasjidning 400 kishidan iborat qa’la garnizoni 3 mingdan ziyod kishidan iborat muntazam armiya qo’shinlariga qancha vaqt davomida mardonovor qarshilik ko’rsatdi? A) 12 kun B) 16 kun C) 20 kun D) 25 kun
12. Chor Rossiysi ….. O’rta Osiyoni bosib olishining to’rtinchi bosqichini amalga oshirdi. A) 1873-yildan 1880-yilgacha B) 1880-yil oxiridan 1885-yilgacha C) 1882-yildan 1887-yilgacha D) 1885-yil boshidan 1890-yilgacha
13. XIX asr o’rtalarida Toshkent atrofida shahar devori tiklanib, uning nechta darvozasi bor edi? A) 6 darvozasi B) 8 darvozasi C) 10 darvozasi D) 12 darvozasi
14. XIX asr o’rtalarida Toshkent shaharida …….. aholi istiqomat qilar va u O’rta Osiyodagi eng yirik shaharlardan biri hisoblanar edi. A) 80 mingdan 100 ming nafargacha B) 100 mingdan 150 ming nafargacha C) 120 mingdan 170 ming nafargacha D) 150 mingdan 200 ming nafargacha
15. 1864-yilda N.Veryovkin bilan M.Chernyayevning umumiy soni uch mingdan ziyod bo’lgan ikki qo’shini qayerdan Toshkentni zabt etish uchun yo’ldan chiqdi? A) biri Perovskiy fortidan (Orenburg tomondan), boshqasi esa Verniy (Almati) shahridan B) biri Oqmasjid (Qizil O’rda) dan, ikkinchisi Perovskiy bortidan C) birinchisi Pishkak (Bishkak) dan, boshqasi Raim qo’rg’onidan D) birinchisi Avliyoota (Jambil) dan, ikkinchisi Verniy (Almati) shahridan
16. Qachon M.Chernyayev qo’shinlari Verniydan Toshkentga kelish yo’lida Talas daryosining so’l sohilida joylashgan istehkom – Avliyoota (Jambil) ni bosib oldi? A) 1862-yil 24-mayda B) 1864-yil 4-iyulda C) 1858-yil 12-aprelda D) 1867-yil 3-mayda
17. Qachon Sirdaryo va Yangi Qo’qon chizig’i orasida Turkiston viloyati tuzildi? A) 1864-yil oxirida B) 1865-yil boshida C) 1865-yil oxirida D) 1866-yil oxirida
18. 1865-yil aprel oyi oxirida …….. A) Sirdaryo va Yangi Qo’qon chizig’ida Turkiston viloyati tuzildi B) M.Chernyayev qo’shinlari Avliyoota (Jambil) ni bosib oldi C) podsho qo’shinlari Toshkent yaqinida jamlandi D) N.Veryovkin qo’shinlari Chimkent shahrini egalladi 19. Qachon Chernyayev to’rtala – Beshyog’och, Ko’kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini o’z huzuriga chaqirib kelishlarini buyurdi? A) 1865-yil 8-mayda B) 1865-yil 17-iyunda C) 1865-yil 24-sentabrda D) 1865-yil 22 noyabrda
20. Chor Rossiyasi qo’shilari bilan Amir Muzaffar qo’shinlarining birinchi jangi qachon, qayerda bo’lib o’tdi? A) 1865-yil 8-mayda Toshkentda B) 1865-yil 16-sentabrda Xo’jandda C) 1866-yil 8-mayda Erjar shahri yaqinida D) 1866-yil 1-oktabrda Jizzax shahri yaqinida
21. Qachon Rossiya qo’shinlari tomonidanXo’jand qa’lasi qamal qilindi va jang boshlanib ketdi? A) 1866-yil 8-mayda B) 1866-yil 17-mayda C) 1866-yil 24-mayda D) 1866-yil 18-iyunda
22. 1866-yil kuzida Rossiya ning 6 ming piyoda askar, 500 kazak, 28 ta to’p va 600 aravadan iborat karvon (oboz) va 800 tuyadan iborat harbiy otryadi ….. tomon yo’l oldi. A) Xo’jand B) Erar C) O’ratepa D) Jizzax
23. Orenburg general-gubernatori Buxoro amiridan …… talab qildi. A) 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon (kontributsiya) to’lashni B) qo’shinlarini tarqatib yuborishni C) O’ratepadan qo’shinlarini olib chiqib ketishini D) Ziyovuddin hududigacha bo’lgan yerlarni berishni
24. Chor Rossiyasining 1866-yil harbiy kompaniyasi …… A) Erjar shahrini egallash bilan tugadi B) Jizzaxni egallash bian tugadi C)Xo’jandga bosqini bilan yakun topdi D) Samarqandni qamal qilish bilan tugadi
25. Qaysi yillarda bosib olingan hududlarda Chor Rossiyasi Sirdaryo viloyatini tuzdi? A) 1864-1866-yillarda B) 1866-1870-yillarda C) 1860-1864-yillarda D) 1867-1872-yillarda
26. Qachon Chor Rossiyasi bosib olingan hududlarda markazi Toshkent bo’lgan Turkiston general-gubernatorligini tuzdi? A) 1865-yilda B) 1866-yilda C) 1867-yilda D) 1868-yilda
27. 1867-yil 7-noyabr farmoniga ko’ra General-adyudant fon Kaufman.K.P Turkiston o’lkasi general-gubernatori etib tayinlanib …… Rossiyaning O’rta Osiyodagi yerlarini kengaytirish to’g’ri-sidagi ko’rsatmalarni amalga oshirdi. A) 1878-yilgacha B) 1881-yilgacha C) 1883-yilgacha D) 1885-yilgacha
28. Qachon Rossiya qo’shinlari Samarqandga kirib keldi? A) 1867-yil 30-aprelda B) 1867-yil 1-mayda C) 1868-yil 29-aprelda D) 1868-yil 2-mayda
29. Qachon general Kaufmanning Samarqanddagi qarorgohida amir Muzaffar Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirilgan shartnomani imzoladi? A) 1868-yil 10-mayda B) 1868-yil 26-mayda C) 1868-yil 28-iyunda D) 1868-yil 3-iyulda
30. Uzunligi qancha bo’lgan Zarafshon vodiysi Rossiya imperiyasi nazorati ostiga tushib qolgan edi? A) 768 km B) 786 km C) 843 km D) 877 km
31. Zarafshon daryosi Buxoroning va butun davlatning g’alla koni bo’lgan ……. hududni sug’orib turgan asosiy suv yo’li edi. A) 6 ming km B) 8 ming km C) 10 ming km D) 12 ming km
32. Qachon Buxoroda podsho hukumatining Buxoroga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi shart bilan to’ldirilgan yangi shartnoma imzolandi? A) 1870-yilda B) 1873-yilda C) 1875-yilda D) 1877-yilda
33. Podsho hukumatining Buxoroga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnoma imzolangach, kim birinchi diplomatik vakil etib tayinlangandi? A) A.K.Abramov B) N.G.Mallitskiy C) P.M.Lessar D) L.Kun
34. Qachondan boshlab Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta Osiyodagi rus yerlari o’rtasidagi chegara o’tkazish to’g’risida muzokaralar olib bordi? A) 1867-yildan B) 1869-yildan C) 1871-yildan D) 1873-yildan
35. Qachon Turkmanistonni Erondan ajratib turuvchi chegara qismi to’g’risi-dagi maxfiy shartnoma imzolandi? A) 1878-yil 10-mayda B) 1879-yil 16-aprelda C) 1880-yil 5-avgustda D) 1881-yil 10-dekabrda 36. Qaysi yilgi muzokaralar natijasida chegaralarni belgilash boyicha ingliz-rus komissiyasi Rossiyaning O’rta Osiyodagi (Buxoro) yerlari bilan Afg’oniston o’rtasidagi chegara chizig’ini belgiladilar? A) 1880-1885-yillardagi B) 1882-1884-yillardagi C) 1885-1887-yillardagi D) 1887-1889-yillardagi
37. Chor Rossiyasining ulkan lashkari ……. o’zining Toshkent,Kazalinsk, Orenburg, Mang’iqishloq va Krasnavodskdagi barcha bazalaridan deyarli bir mahalda yo’lga chiqdi. A) 1872-yil dekabrida B) 1873-yil fevralida C) 1873-yil avgustida D) 1874-yil martida
38. Chor Rossiyasining Xiva xonligini bosib olish uchun yo’lga chiqqan 13 ming kishidan …… nafarigina Xivagacha yetib bordi, xolos. A) 9 ming B) 8 ming C) 7,5 ming D) 5 ming
39. Qachon Turkiston, Orenburg qo’shinlari Xiva xonligi chegaralariga yaqin kelishdi? A) 1872-yil noyabr oyida B) 1872-yil dekabr oyida C) 1873-yil may oyida D) 1873-yil sentabr oyida
40. 1873-yil 12-avgustda Xiva bilan Rossiya o’rtasida Gandimiyon shartnomasi tuzilib, Xiva xonligi zimmasiga 2,2 million rubl miqdorida mashaqqatli tovon (kontributsiya) to’lash yuklanib, uni …… davomida to’lash rejalashtirildi. A) 6 oy B) 10 yil C) 15 yil D) 20 yil
41. Abdurahmon Oftobachi boshchiligidagi qipchoqlar qachon qo’zg’olon boshladilar va qo’zg’olon Qo’qon xonligining asosiy shaharlariga yoyildi? A) 1873-yilning mayida B) 1874-yilning aprelida C) 1875-yilning iyunida D) 1876-yilning noyabrida
42. Qo’zg’olonchilar qo’shini qo’mondoni vazifasini o’z zimmasiga olgan Abdurahmon Oftobachi Xo’janddan 50 km masofada joylashgan ……. egalladi. A) Baliqchi qa’lasini B) Mahram qa’lasini C) Andijon shahrini D) Marg’ilon shahrini
43. Qachon Nasriddinbek Marg’ilonda Kaufmon bilan shartnoma imzoladi? A) 1874-yil 26-noyabrda B) 1874-yil 14-dekabrda C) 1875-yil 5-avgustda D) 1875-yil 22-sentabrda
44. ……... uchun janglar Rossiyaning O’rta Osiyoga bosqinchilik yurishlari tarixida eng shiddatlisi bo’ldi. A) Namangan B) Qo’qon C) Andijon D) Mahram
45. Farg’ona vodiysining bosib olingan yerlarida I.Skobelev boshchiligida Turkiston general-gubernatorligining ……. tuzildi va Andijonga yo’l ochildi. A) Namangan bo’linmasi B) Qo’qon bo’linmasi C) Sirdaryo bo’linmasi D) Andijon bo’linmasi
46. Qachon Qo’qon xonligini o’z ichiga ol-gan Farg’ona viloyati tuzildi, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi? A) 1875-yil 18-oktabrda B) 1875-yil 23-dekabrda C) 1876-yil 19-fevralda D) 1876-yil 14-aprelda
47. Qachonga kelib turkman qabilalari podsho qo’shinlari tomonidan zabt etildi? A) 1880-yilda B) 1882-yilda C) 1883-yilda D) 1885-yilda
48. Qachon Angliya Afg’oniston hududi-ning bir qismini bosib oldi, natijada ing-lizlar uchun O’rta Osiyoga yo’l ochildi? A) 1878-yilda B) 1879-yilda C) 1880-yilda D) 1881-yilda
Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi
Boks
Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]
Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.
Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.