Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1983



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1294



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1894








Главная » Файлы » Мои файлы

Tarix
26.01.2010, 20:47
Yugoslaviyada mustaqil davlatlarning barpo etilishi

Bolqon yarim oroli Birinchi jahon urushining detonatori bo’ldi 1914-yii 28-iyunda Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevod yangragan o'q ovozlari amalda Birinchi jahon urushining muqaddimasiga aylandi. Bu hudud turli manfaatlar — davlatlarning ta'siri doirasi uchun kurashi, milliy-ozodlik harakati, Bolqon yarim orolida yashovchi har xil millatlaming o'zaro kurashi to'qnashgan chorraha edi. Avstriya-Rossiya qarama-qarshiliklari uzoq vaqt mobaynida Bolqondagi siyosiy kurashning o'zagi bo'lib keldi.
Avstriya Xorvatiya va Sloveniyani bosib olib, o'z kapi-talini zo'r berib joriy etgan holda uzoq davr davomida bu yerlar aholisini nemislashtirishni olib bordi. Avstriya 1878-yili Bosniya-Gersegovinani, Serbiyadan tashqarida joylash-gan eng katta serb yerlarini zabt etdi va bu bilan serblarning butun serb yerlarini birlashtirish hamda dengizga chiqish umidlarini yo'q qildi. Avstriya 1908-yilda bu hududlarni bosib oldi. Germaniya va Avstro-Vengriyaning rejalari bo'yicha Bolqon «Buyuk nemis makoni»ga aylanishi shart edi hamda Germaniya shu orqali Shimoliy dengizdan Fors qo'ltig'igacha bo'lgan yo'lni o'ziga ta'minlashi mumkin bo'lardi.
Rossiya Bolqonda Germaniya va Avstro-Vengriyaga qarshi turardi. U rus-turk urushlarida uch marta g'alaba qozonib, Bolqonning turk istibdodidan xalos bo'lishida asosiy rol o'ynadi hamda bu hududda ulkan ommaviy shuhrat qozongandi. Ayniqsa, Rossiyaning Serbiya bilan bog'liqligi kuchli edi. Umumiy din pravoslavlik do'stona aloqalarai mustahkamlab, ularni birodarlarcha munosabat-lar darajasiga ko'tarardi.
Serbiyada hukmron yuqori doiralar guruhlari — Rossiyaga ergashish larafdorlari — Karageorgievichlar hamda Avstro-Germaniyaga ergashish tarafdorlari— Obrenovichlar o'rtasidagi shafqatsiz kurash deyarli yuz yil davom etdi. 1903-yil 11-iyundagi saroy to'ntarishi jj^tijasida Obrenovichlar ag'darib tashlandi va ularning butun nasl-nasabi yo'q qilindi. Kara-Georgiyning :varasi - Pyotr Serbiya qiroli bo'ldi. Shu vaqtdan boshlab Serbiya butun Bolqon xalqlarining chet el hukmronligiga qarshi milliy-ozodlik uchun kurashi yo'lboshchisiga aylandi.
1912-yili Rossiya tarkibiga Serbiya, Bolgariya, Gretsiya va Chernogoriya kirgan Bolqon ittifoqini tuzishga muvaffaq bo'ladi. Xuddi shu yili ittifoqning birlashgan qo'shinlari Turkiyani qaqshatqich mag'lubiyatga uchratishdi. Natijada Turkiya Bolqon yarimorolidan quvib chiqarildi va Konstantinopol (Istambul) joylashgan kichik hududnigina saqlab qoldi.
Urush natijasida Serbiya o'z hududini kengaytirib, Bolqon yarim orolidagi eng yirik davlatga aylandi. 1913-yili Avstro-Vengriya Bolgariyaning Serbiyaga hujuni qilishini qo'zg'ashga erishdi. Serblar g'alaba qozonishdi va Buxarest shartnomasiga ko'ra (1913-yil 10-avgust) Makedoniyaning katta qismi Serbiyaga o'tdi. Germaniya va Avstro-Vengriya javob zarbasi berishga hamda Serbiyani erishilgan yutuqla-ridan mahrum etishga qaror qilishdi. Serblar qahramonlar-cha qarshilik ko'rsatishdi va 1915-yili Bolgariya Germaniyaga qo'shilgandan keyingina Serbiya bosib olindi. Serb armiyasining bir qismi rus qo'shinlariga qo'shilib, urushni g'alabali yakungacha davom ettirishdi.

Korfu pakti

XIX asr oxirida Serb milliy-ozodlik harakatining ko'p sonli guruhlari orasida muhandis Nikolo Pashich (1845—1926) boshchiligidagi radikallar partiyasi ajralib turardi. Pashich Avstro-Vengriyaning murosasiz dushmani edi.
Serbiya Avstriya qo'shinlari tomonidan bosib olin-ganidan so'ng grek hukumati N. Pashichga (bu paytda u hukuniatga boshchilik qilardi) va butun serb hukumatiga Korfu orolida siyosiy boshpana berdi. Bu yerga barcha janubiy slavyanlarning vakillari slavyan xalqlarining yagona fronti uchun kurashda qatnashish maqsadida yig'ila bosh-lashdi. 1917-yil 30-iyul kuni N. Pashich va xorvatlar yo'lboshchisi Ante Trumbich (1868-1938) pakt («Korfu pakti») imzolashdi. Bu paktda serblar, xorvatlar, slavenlar, chernogoriyaliklar birlashishi lozim bo'lgan Janubiy slovyanlar qirolligi tashkil etilganligi e'lon qilindi. Karageorgievichlar sulolasi vakili qirol bo'lishi, lekin qirol-lik demokratik konstitutsiyaga ega bo'lishi, xalqlar esa mahalliy muxtoriyat olishj shart edi. 1917-yil 11-avgustda paktga Chernogoriya vakillari qo'shilishdi, 1918-yil 1-dekabrda esa barcha yirik janubiy slavyan xalqlari vakillari Belgradda «Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi» tashkil etilganligi haqida e'lon qilishdi (Serbiya va Chernogoriya 1918-yil 24-noyabrda bitta davlatga birlashdi va yagona delegatsiya bo'lib qatnashdi). Karageorgievichlar vakili Aleksandr qirol etib saylandi.
Fransiya va Angliya yangi janubiy slavyanlar davlati g'oyasini qo'llab-quwatladi. Fransiya bo'lg'usi davlatni Kichik Antanta tuzishga jalb etishni va o'zining Yevropada gegemonlik roliga da'volarida ittifoqchi qilib olishni mo'ljallardi. Angliya esa Yugoslaviyani o'zining Bolqonda siyosatini o'tkazish vositasiga aylantirish va uning yordami-da Hindistonga boruvchi yo'llarining ishonchli soqchilari bo'la oladigan davlatlar zanjirini yaratish niyatida edi. Angliya Kiprni egallab olgan, bu yerda qudratli harbiy-den-giz va harbiy-havo bazasi joylashgandi. Bu Bolqonda hal qiluvchi rolni o'ynashga imkon berardi. Gretsiya ham Angliyaning ittifoqchisi edi va Angliya kelgusida Bolqonda uch hudud -- Kipr — Gretsiya -- Yugoslaviyadan iborat strategik tizimni bunyod etib, o'zining Sharqiy O'rta Yer dengizidagi hukmronligini ta'minlashni mo'ljallardi.

Millatlararo ziddiyatlar

Yugoslaviyani barpo etish g'oyasi hech kimda qarshilik uyg'otmasdi va Versaldagi tinchlik sulhlari bo'yicha qirollikning chegaralari belgilandi. Uning maydoni 248 ming km. ni, aholisi 15 mln. kishini (1921-yilgi ma'lumotlar bo'yicha) tashkil etardi. Yangi davlat aholisining 40 foizi serblardan iborat bo'ldi.
Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi janubiy slavyan xalqlari — serblar, xorvatlar, slovenlar, makedoniyalildar, chernogoriyaliklar birlashgan ko'p millatli davlat edi. Bu xalqlar til bo'yicha juda yaqin va bir-birini oson tushunadi. Lekin awal turli davlatlar bo'lgani bois har xil sharoitlarda rivojlanishgan. Ularning har birida o'z odatlari, adabiyoti va san'ati shakllandi. Ular diniy e'tiqodi bo'yicha ham farqlanardi: aholining 49 foizi pravoslavlar (serblar, chernogoriyalik va makedoniyaliklar), 37 foizi — katoliklar (xorvatlar va ko'pchilik slovenlar), 11 foizi — musulmonlar (Bosniya va Gersegovinada yashovchi serblar), 1,6 foizi -protestantlar (slovenlar) edi.
Davlat mavjudligi boshlanishidanoq murosasiz qarama - qarshiligi borligi namoyon bo'lib, siyosiy, ijtimoiy va millatlararo zaminda keskin ziddiyatlar boshlandi. Serbiya gegemoniyasini o'rnatishga intilib, kuchli markazlashgan davlat hokimiyati uchun kurashardilar. Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi ularning nazarida. Serbiyaning kengaytirilgan ko'rinishi edi. Serb zobitlarining «Oq qo'l» yashirin tashkilotiga tayangan holda serblar qirolning yordami bilan davlatdagi barcha mas'uliyatli vazifalarga o'z vakillari qo'yilishiga erishib, serb bo'lmagan xalqlar o'rtasida o'z hukmronliklarini ta'minlashdi. Bu beboshlik boshqa barcha xalqlarda javob reaksiyasini uyg'otdi.
Javob tariqasida barcha milliy o'Ikalarda millatlararo ziddiyatlar boshlandi. Kurash davlat tuzumining haddan ziyod markazlashtirilishiga, serb yo'lboshchilarining suiiste'molchiligiga qarshi olib borildi. Xorvatlar, chernogoriyaliklar va slovenlar avtonom huquqlar berilishi hamda markaziy hukumat huquqlari cheklanishi uchun kurashdi. Qirol va Nikolo Pashich hukumati o'z va'dalaridan birontasini ham bajarmadi. Shu tufayli 1918-yil dekabridayoq Xorvatiya, Chernogoriya, Voevodina va boshqa joylarda qonli to'qnashuvlar yuz berdi. 1919-yil bahorida temiryo'lchilar, shaxtyorlar va boshqa sanoat tannoqlari ishchilarining qudratli ish tashlash harakati avj oldi. Qishloqlarda yerning xususiy mulk sifatida berilishi asosiy talabi bo'lgan dehqonlar harakati qizg'in rivojlandi. Bu zid¬diyatlar qirollikdagi vaziyatni beqarorlashtirib, siyosiy inqirozlarga olib keldi va hukumat almashuvlarini keltirib chiqardi. Davlat mavjudligining birinchi 10 yili davomida 27 ta hukumat almashdi.
Harbiy diktatura tartibotining
o'rnatilishi
Hukumat mamlakatdagi bar¬cha xalqlarning serb millatchilari zo' ravonligiga qarshi umumdavlat ozodlik kurashigaaylanib ketishi xavfi bo'lgan, tobora kuchayib borayotgan siyosiy harakatni kuch ishlatish orqali to'xtatishga qaror qildi. Harakat qatnashchilariga nisbatan shafqatsiz jazo choralari ko'rildi. Ayniqsa, Xorvatiya avtonom respublikasi tashkil etilishini talab qilayotgan Xorvatiya dehqonlar par-tiyasi qattiq ta'qiblarga duchor qilindi. Vaziyat 1921-yiI 28-iyundan so'ng, mamlakatning markazlashgan tizimini nius-tahkamlovchi konstitutsiya qabul qilingandan keyin yanada keskinlashdi. Xorvatlar va boshqa xalqlar Korfuda qabul qilingan deklaratsiya bajarilishini hamda ularga tenghuquqlilik berilishini talab qilishdi. Serb burjuaziyasi esa hokimiyatni qo'ldan chiqarishnr istamasdi.Serb yo'lboshchilari so'nggi choralarni qo'llay bosh-lashdi. 1928-yili Skupshina yig'ilishida Xorvatiya dehqonlar partiyasi yetakchisi Radich o'ldirildi. Mamlakatni qudratli norozilik harakati qamrab oldi. Harakat serblar bilan boshqa butun mamlakatning qarama-qarshi chiqishiga aylandi. Parlament inqirozi davlat inqiroziga aylandi. Qirol Aleksandr oldinroq zarba berishga qaror qilib, harbiy to'ntarishni amalga oshirdi. U 1929-yil 6-yanvarda Skupshinani tarqatib, konstitutsiya amal qilishini to'xtatdi va barcha siyosiy partiyalarni ta'qiqladi. General P. Jivkovtch boshchiligida tuzilgan hukumat harbiy diktatura tartibotini o'rnatdi.Mamlakatda davlat hokimiyatini markazlashtirish kuchaydi. Qirol majburiy choralar bilan ayrim xalqlar va viloyatlarning milliy hamda tarixiy xususiyatlarini yo'q qi-lishga harakat qildi. Uning dekreti bilan serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi Yugoslaviya deb qayta nomlandi (1929-yil 3-oktabr). Bu aslida buyuk serbchilik siyosatini kuchaytirish uchun niqob edi. Mamlakat tarixiy shakllan-gan milliy chegaralarini hisobga olmagan holda hududiy tamoyil bo'yicha bo'lingan edi.
Qirol yangi tartibotga qonuniylik baxsh etish uchun 1931-yil sentabrida Yugoslaviyani konstitutsiyaviy mam-lakat deb e'lon qildi va 1931-yil 3-oktabrda yangi konsti¬tutsiya kuchga kiritildi. Yangi konstitutsiya bo'yicha qirol davlat byudjetini belgilar, qonunlar chiqarar, konstitutsiyani o'zganirishi mumkin edi. Hukumat xalq oldida emas, qirol oldida javobgar edi, zero, hukumatni qirol tayinlardi. Parlamentga saylovlar ochiq ovoz berish orqali o'tkazilardi.
Mamlakatda vaziyatning keskinlashuvi sabablari
1931-yil 8-noyabrda yangi konstitutsiyaga muvofiq Skupshinaga saylovlar bo'lib o'tdi. Unda faqat deputatlikka nomzodlarning hukumat ro'yxati taqdim etilgandi. Boshqa bar¬cha partiyalar ovoz berishda qatnashishdan bosh tortib, saylovlarni boykot qilishdi. Saylangan yangi «hukumat» deputatlari keyinroq Yugoslav milliy partiyasi nomini olgan Partiyani tuzishdi.Diktaturaning siyosiy manevrlari muxoh'fatning kuchayishini bartaraf etolmadi. Ayrim partiyalar diktaturani qora-lab chiqishdi, demokratiya tiklanishini, mamlakat federativ asoslarda qayta qurilishini talab qilishdi. Repressiyalar, qamoqqa olishlar va siyosiy terrorning yangi to'lqini yuz berdi, lekin bu mainlakatdagi ahvolni barqarorlashtirmadi. Aksincha, ish qizg'in namoyishlargacha borib yetdi. Bu ayniqsa talabalar orasida avj oldi. Dehqonlar kurashi 1932-yilda hukumat va jandarmeriya bilan ochiq qurolH to'qnashuvlarga, 1932-yil kuzida esa Xorvatiyada partizan-lar urushiga aylandi. Ommaviy chiqishlar diktatura rejimiga qarshi umummilliy harakatga aylandi.
Yugoslaviyada vaziyat keskinlashganidan qo'shni mamlakatlar — Italiya, Vengriya va Avstriya foydalandi. Ularning hududida millatchi-separatchilarning - - Ant Pavelich (1889—1959) boshchiligidagi ustashlarning (xor-vat fashistlari) qurolli bo'linmalari tashkil etildi. Bu tashkilot, shuningdek «Ichki makedon inqilobiy tashkiloti» Yugoslaviya hududida terrorchilik kurashini olib borishdi.
Yugoslaviyaning tashqi siyosati
Yugoslaviya tashqi siyosatda Fransiyaga tayanishga intildi. 1920-yili Chexoslovakiya bilan Vengriyaga qarshi yo'naltirilgan shartnoma tuzildi. Xuddi shunday shartnomalar Vengriya va Bolgariyaga qarshi Ruminiya bilan ham tuzildi. Shu asosda Kichik Antanta tarkib topib, Fransiya bilan shartnoma imzolanishidan so'ng uzul-kesil rasmiylashtirildi.1934-yil fevralda Italiya, Vengriya va ularga qo'shilgan Bolgariya tomonidan dushmanlik harakatlari kuchayganligi tufayli Yugoslaviya, Ruminiya, Turkiya va Gretsiya qo'shil¬gan Bolqon pakti tuzilishiga erishdi. Yugoslaviya fashistlar ekspansiyasi xavfi tufayli Fransiya bilan o'z munosabatlari-ni mustahkamlashga intildi. Qirol Aleksandr xuddi shu maqsadda 1934-yil 9-oktabrda rasmiy tashrif bilari Marselga keldi. Tashrif chog'ida unga suiqasd uyushtirildi va qirol halok bo'ldi. Bu terrorchilik ishi «Tevton qilichi» operatsiyasi nomini olgan edi.
Qirol Aleksandr o'ldirilganidan so'ng Yugoslaviya taxtini uning Pyotr II sifatida toj kiydirilgan 11 yoshli o'g'Ii egalladi. Shahzoda Pavel regenti etib tayinlangan yangi qirol hokimiyat tepasiga kelgach, Yugoslaviyaning ichki va tashqi siyosat yo'nahshi jiddiy o'zgardi. Ichkisiyosatda xorvat muxolifatiga birmuncha yon berishlar amalga oshirildi. Tashqi siyosatda esa Germaniya va Italiya bilan asta-sekin yaqinlashish yo'li qabul qilindi. Ayni paytda avtoritar shaxsiy hokimiyatni mustahkam-lash uchun «Yoshlar vatanparvarlik jamg'armasi» ter-rorchi-fashistik tashkilot tuzildi.Buyuk serbchi unsurlar ham faollashdi. «Oq qo'l» zobit-lar tashkilotiga mansub reaksion guruhlar fitnachilik va ter¬rorchilik faoliyatini kuchaytirdi. Qirol hokimiyatining va buyuk serbchilik g'oyalarining mutaassib tarafdori Draje Mixaylovich (1893— 1946) boshchiligida buyuk serbchi tashkilot bo'linmalari — chetniktar tashkil etildi. Chetniklar serblar yashamaydigan viloyatlar, birinchi navbatda Xorvatiya va Makedoniya aholisini terror qilgan serb mil-latchilarining hujumkor bo'linmalari bo'lib qoldi.
1935-yil 5-maydagi Skupshinaga saylovlar vaziyatning keskinlashuviga kuchh turtki berdi. Ovozlarning 60 foizini hukumat ro'yxati, 34 foizini muxolifat oldi. Lekin bu ko'pchilikka tayangan hukumat beqaror edi. Uni asosan o'ta o'ng reaksion unsurlar qo'llab-quwatlardi.Mamlakat ichida har qanday tayanchdan mahrum bo'lgan qirol hokimiyati tashqi tayanchni fashistik Germaniyadan topishga qaror qildi. 1934-yili Germaniya bilan savdo konvensiyasi tuzildi va bu tashqi savdo aylan-masining deyarli chorak qismi Germaniya hissasiga tegishli bo'lishiga olib keldi. German kapitali Yugoslaviyaga faol kirib borib, xom ashyo manbalari va sanoat tarmoqlarini egallab ola boshladi. Belgradda tabiiy boyliklar ishlanishini mablag' bilan ta'minlash uchun maxsus german banki ochildi.Yugoslaviya 1937-yili Italiya bilan savdo bithnini, 1937-yil yanvarida «abadiy do'stlik» haqidagi shartnomani imzo-ladi. Bu shartnomalar Kichik Antantaning ahamiyatiga putur yetkazib, Yugoslaviya bilan Fransiya va Angliya o'rtasida uzoqlashuvga olib keldi. Avstriya (1938) va Chexoslovakiya (1939) bosib olinganidan so'ng Germaniyaning Yugoslaviyaga ta'siri yanada kuchaydi. Yugoslaviya sanoatiga sarflangan mablag'laming katta qis-ftiini tashkil etuvchi Avstriya kapitallari endi Germaniyaga o'tdi. Germaniya Avstriyani bosib olish bilan yugoslav tashqi savdosining yirik bozorini ham egalladi. Germaniya uchun muhim strategik ahamiyatli Vena - - Belgrad -Istarnbul yo'lining qurilishi qizg'in olib borildi.
1939-yil sentyabrida boshlangan Ikkinchi jahon urushi Yugoslaviyaning hukmron doiralari oldiga Germaniyaga munosabat haqidagi murakkab masalani qo'ydi. Yugoslaviya Gennaniya uchun nafaqat xom ashyo va oziq-ovqat manbai, balki Yaqin Sharqdagi, Sovet Ittifoqi va Afrikadagi bo'lg'usi bosqinchilik rejalarining platsdarmi sifatida ham ulkan strategik ahamiyatga ega edi. Germaniya Yugoslaviyaga Gretsiya hisobidan Egey dengiziga chiqish, Saloniki porti va Vardar vodiysini berishni va'da qilib, uni urushga jalb etish umidida edi.
Qisqacha bayoni
Bolqon yarim oroli — turli mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy manfaatlarining to'qnashuv joyi;
1878 yildan — Avstriya tomondan Xorvatiya, Sloveniya, Bosniya-Gersegovinaning bosib olinishi;
Germaniya va Avstriya rejalari -- Bolqonda «buyuk nemis makoni»ni barpo etish;
1912-yil -- Bolqon ittifoqining (Serbiya, Bolgariya, Gretsiya va Chernogoriya) tuzilishi. Bolqon oroli Turkiyadan ozod qilindi;
1915-yil — Serbiyaning Bolgariya tomonidan bosib olinishi;
1917-yil — «Korfu pakti» — Yugoslav qirolligi tuzilganli-gi haqida e'lon qilindi;
1918-yil dekabr — Serb\ar, xorvatlar va slovenlar qirol¬ligi e'lon qilindi;
tuzilgan davlatda Serbiyaning gegemonlik uchun kurashi. Millatlararo zamindagi ziddiyatlar; hukumatdagi inqiroz (10 yilda 27 ta hukumat almash-di);
1921-yil — Serbiya boshchiligida markazlashgan boshqaruvni mustahkamlovchi konstitutsiya qabul qilindi;
1921— 7929-y/V/ar — tenghuquqlilik uchun kurash; 1929-yil 6-yanvar — harbiy to'ntarish, harbiy diktatura tartiboti o'rnatildi. Mamlakat Yugoslaviya nomini oldi; 1931-yil 3-oktabr -- mamlakatning yangi konstitut-siyasi;
muxolifatning federatsiya e'lon qilinishini talab etishi. Repressiyalar;
• 1934-yil — qirol Aleksandrning o'ldirilishi, tashqi siyosiy yo'nalishning o'zgarishi — Germaniya va Italiya bilan ittifoqqa intilish;
• 1937-yil — Germaniya bilan «abadiy do'stlik» haqida shartnomaning imzolanishi.
1. Kartadan Yugoslaviya davlatining hududiy tuzilishini qarab chiqing.
2. Korfu rejasiga muvofiq "Yugoslav qirolligi" deb nom-langan davlatga qaysi xalqlar birlashdi?
3. Yugoslaviya federativ davlatiga qaysi davlatlar kirdi? Bunda qanday qarama-qarshiliklar yuzaga keldi?
4. Qanday maqsad bilan P. Jivkovich mamlakatda harbiy diktatura tartibotini o'rnatdi?
5. Yugoslaviyada 1931-yilgi konstitutsiyaga muvofiq kon-stitutsiyaviy boshqaruv joriy etilmay, davlat boshlig'ining yakkahokimiyatchiligi mustahkamlan-ganini isbotlang.
6. Yugoslaviya hukumati tashqi siyosatining 30-yillardagi xususiyatlarini sanab o'ting,


27-§. 1918-1939-YIILARDA BOLGARIYA

Reja
1.Birinchi jahon urushining mamlakat uchun yakunlari
2.Bolgariyada Fashistik hukumatning hokimiyat tepasiga kelishi
Birinchi jahon urushida Bolgariya Germaniyaning itti-foqchisi bo'lgan edi. Shoh Ferdinand (1861-1948, 1887-yildan 1918-yilga qadar hukmsurgan) avstriyalik Koburgskiylar xonadoni vakili bo'lgani holda mamlakatni ushbu umidsiz urushga tortdi. 1918-yil sentabrida birlashgan ingliz-fransuz-serb qo'shinlari Makedoniyada bolgar-nemis qo'shinlarini tor-mor qildi va 1918-yil 29-sentabrda bolgar hukumati sulh haqidagi huj-jatni imzolab, taslim bo'ldi. Bolgariya urushdan chiqdi. Shoh Ferdinand o'z o'g'li Boris foydasiga taxtdan voz kechdi va Boris 1918-yildan 1943-yilgacha hukmronlik qildi,1919-yil 27-noyabrda Parij yonidagi Neyi shaharchasi-da g'olib davlatlar bilan shartnoma imzolandi. Bu shartno-ma bo'yicha Bolgariya awal Egey dengiziga chiqish imkonini bergan hududlaridan mahrum bo'ldi. Janubiy Dobrudja Ruminiyaga, hududning bir qismi Yugoslaviyaga o'tdi. Bolgariyaga faqat 20 ming kishilik armiya saqlashga ruxsat berildi, havo flotiga ega bo'lish man etildi. Bolgariyaga 2,5 mlrd. frank reparatsiyalar to'lash majburi-yati yuklatildi. Shu sababli marnlakatning butun rnoliyaviy-xo'jalik faoliyati xalqaro reparatsion komissiya nazoratiga bo'ysundirilgan edi.
Hokimiyat tepasiga Aleksandr Sankovning (1879—1959) fashistparast hukumati keldi.
BZXJning hokimiyatni egallashi
Shoh Ferdinand Bolgar ziroatchilik xalq ittifoqi (BZXI) yo'lboshchisi Alek¬sandr Stamboliyskiyni qamoqdan chiqarishga va unga nukumatm topshirishga majbur bo'ldi. BZXI uch yil davo-nnda hokimiyatni egallab turdi.1923-yil 22-mayda xalq kengashiga saylovlar bo'lib, kompartiya va BZXI birgalikda barcha ovozlarning 75 loizmi ohshdi. Bu teran iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o'zga-nshlarga imkon beruvchi yangi siyosatni shakllantirish lun yetarh edi. Biroq yirik moliya burjuaziyasi saylovlar natijasidan cho'chigan holda davlat to'ntarishini amalga oshinshga qaror qildi. 1923-yil 9-iyunda A. Stambohyskiy hukumati ag'darildi, Stamboliyskiyning o'zi o'ldirildi, kasa-ba uyushmalari va ishchi tashkilotlari tarqatib yuborildi.
Fashistparast hukumatning hokimiyatni egallashi
1923-yil sentabrida ishchi-dehqonlarning sentyabr qo'z-g'olonini tor-mor etgan A. Sankov hukumati mam-lakatdagi barcha demokratik va vatanparvar kuchlarga shafqatsiz repressiyalar yog'dirdi. Sankov o'z terrorini haddan ziyod oshirib yubordi va shoh Boris uni boshqa vakilga — A. Lapchevga almashtirishga majbur bo'ldi. Yangi hukumat umumiy avf e'lon qilib, qator siyosiy partiyalar ishini tiklashga va parlamentda muxolifat tuzishga ruxsat etib, mamlakatdagi vaziyatni bir-muncha yumshatdi.Natijalar siyosiy hayotda o'z aksini topdi. 1931-yilgi saylovlarda Xalq blokiga birfashgan muxolifatchi partiyalar ishonchli g'alabaga erishdilar. Mamlakatda keng ishchilar harakati boshlandi. Ish tashlashlar oqimi o'tkazildi, ular-ning ba'zilari siyosiy mazmun kasb etdi. Harakatga askarlar ham jalb qilindi. Reaksion kuchlar 1934-yiI 19-mayda yana davlat to'ntarishini amalga oshirishdi. Bolgariyada harbiy diktatura o'rnatilib, unga general K. Georgiev boshchilik qildi. Yangi hukumat barcha siyosiy partiyalarni ta'qiqlab, kasaba uyushmalarini qonundan tashqari deb e'lon qildi. Georgievdan keying! hukumatlar uzoq faoliyat ko'rsatmadi va siyosatga o'zgarishlar kiritishmadi.30-yillar oxirida Bolgariya tashqi siyosatda fashistik Germaniya va uning ittifoqchilari bilan tezda yaqinlashdi. German kapitali mamlakat iqtisodiyotiga faol kiritila bosh¬landi. 1939-yili Bolgariya importining 65% i Germaniya hissasiga to'g'ri keldi. Holbuki, Angliyaning hissasi 1,2% dan iborat edi.
• Birinchi jahon urushida Bolgariya — Germaniya ittifo-qchichisi;
• 1918-yil 29-sentabr — Bolgariyaning taslim bo'lishi va urushdan chiqishi;
• Reparatsiyalar to'lash zaruriyati, hududlarning, Egey dengiziga chiqishning yo'qotiltshi;
• 1919-yil — A. Stamboliyskiy boshchiligicfa BZXIning hokimiyat tepasiga kelishi;
• 1923-yil — davlat to'ntarishi, hokimiyatni fashistparast hukumat egallashi. Hukumatga qarshi qo'zg'olonning tor-mor etilishi, repressiyalar;
• 1931-yil — saylovlarda demokratik kuchlar g'alabasi;
• 1934-yil — davlat to'ntarishi, mamlakatda harbiy dik-tatura o'rnatilishi;
• tashqi siyosatda — Germaniyaga yaqinlashish.
Savollar.
; 1. A. Stamboliyskiy hukumati ag'darilishining asosiy sa-bablarini aytib bering.
2. A. Sankov hukumati nima uchun hokimiyat tepasida qola olmadi?
3. 1934-yil 19-may kuni mamlakatda qanday voqea yuz berdi? Shundan so'ng mamlakatda qanday o'zgarish-lar qilindi?

28-§. 1918-1939-YILLARDA RUMINIYA

Reja:
1.Ruminiyaning Birinchi jahon urushidagi ishtiroki
2.Mamlakatdagi agrar islohotlar
3.Qirol shaxsiy hokimiyatining o’rnatilishi

Ruminiya Birinchi jahon urushi arafasida konstitut-siyaviy monarxiya tizimidagi davlat edi. Qirol Karl Germaniyada 1871-yildan beri hukm surayotgan Gogensollernlar sulolasidan chiqqandi. 1881-yili rumin pariamenti Ruminiyani qirollik deb e'lon qildi. Ruminiya siyosati ikki taraflama edi. Bir tomondan, u 1878-yilgi Berlin shartnomasiga ko'ra, Rossiyaga berilgan Bessarabiyani Germaniya va Avstro-Vengriya yordamida qaytarib olishdan umid qilardi. Natijada Ruminiya 1883-vili Germaniya va Avstro-Vengriya bilan yashirin ittifoq tuzib, ular tomonida Rossiyaga qarshi chiqish majburiyati-ni zimmasiga oldi. Shu bilan birga rumin burjuaziyasi boy temir yo'l tarmog'iga ega Transilvaniyani va noyob tabiiy resurslari (yog'och-taxta) mo'l Bukovinani egallab olish vazifasini o'z oldiga qo'ygandi. Bu vazifani Avstro-Vengriyaga qarshi urush yordamidagina amalga oshirishmunikin edi.Birinchi jahon urushi boshlangach, Germaniya va Avstro-Vengriya bilan eski ittifoqchilik shartnomasi bo'lishiga qaramay, betarailik mavqeida turdi. So'ngra o'zining urushdagi ishtiroki uchun hududiy kom-pensatsiyalar, kafolatlar, qurolli kuchlar bilan madad qilgan holda bir vaqtning o'zida har ikki tomon bilan savdo ohb bordi. Boshqa tomondan, har ikki tomon ham Ruminiyaning urushdagi ishtirokiga katta ahamiyat berib, unga va'dalar berishda xasislik qilishmadi. Urushning ilk boshlanish paytida qirol Karl vafot etdi. Taxtga uning ingliz malikasiga uylangan o'g'li Ferdinand o'tirdi. Bu ingliz par-tiyasining Buxarestdagi ta'sirini kuchaytirdi, biroq rumin hukmron doiralariga qat'iyat baxsh etmadi. Zero, mam¬lakatda urushish uchun hech narsa yo'q, armiya esa g'oyat-da kuchsiz edi. Faqat 1916-yili Brusilovning ajoyib ham-lasidan va german qo'shinlarining Verdendagi mag'lubiyati-dan so'ng Ruminiya german blokiga qarshi chiqdi.

Mamlakatning urushdan keyingijqtisodiy va siyosiy hayoti

Ruminiyaning Germaniyaga qarshi chiqisbi Ruminiyaning to'liq mag'lubiyati bilan tugal-landi. Germaniya-Avstriya qo'shinlari mamlakatning katta qismini egallab olib, rumin armiyasini Moldaviyaga cheki-nishga majbur qildi. Rossiya o'z qurolli kuchlarining cho-ragini Ruminiyaga yordam uchun tashladi. Rumin armiyasi¬ni qayta tashkillashtirish, uni oziq-ovqat bilan ta'minlash vazifasi ham Rossiya zimmasiga tushdi. Germaniya va Avstro-Vengriyaning mag'lubiyati Ruminiyaga Tran-silvaniya va Bukovinani bosib olish imkonini berdi. Ruminiya Versal shartnomasi bo'yicha bu ikki o'lkani oldi. U Bessarabiyani oldinroq, 1918-yil martida bu yerga qo'shinlarini kiritgan paytda egallagan edi. Ruminiya o'z maqsadiga erishdi. Uning hududi ikki barobar kengayib, aholisi 7,7 mln. kishidan 17,5 mm. gacha ko'paydi. Ruminiya tarkibiga kirgan Transilvaniya va Banat boy energetik va xom ashyo resurslariga, rivojlangan sanoat tar-moqlariga (tog'-kon, metallurgiya, metallga ishlov berish va hokazo) ega edi. Bundan tashqari, Ruminiyada neft sanoati ham rivojlangandi. Lekin, umuman olganda, Ruminiya agrar mamlakatligicha qoldi. Aholining 80 foizi qishloqlar-da, faqat 20 foizi shaharlarda yashardi. Qishloq xo'jaligi Ruminiya iqtisodiyotining asosi hisoblanardi.Avstro-Vengriya o'lkalari qo'shib olinib, Bessarabiya bosib olingach, Ruminiya ko'p millatli davlatga aylandi. Aholining 58 foizini ruminlar, 42 foizini boshqa millatlar, jumladan, 3 mln. ukrainlar (Bukovina), ruslar, moldavan-lar, 1,5 mln. ga yaqin vengerlar (Transilvaniya), 800 ming nemislar (Banat) va boshqalar tashkil etardi. Ozchilik mil¬latlar majburiy ravishda ruminlashtirishga va turli xil zulm-larga duchor etilardi.Urushdan so'ng Ruminiyada hukumat va parlament tartibsizligi boshlanib, unda xalq ommasidan ajralib qolgan, davlat xazinasidan o'z ulushi uchun kurashuvchi turli guruhlar qatnashishdi. Yirik dehqonlar qo'zg'olonlari, ishchilarning qat'iy harakati bu kurashni keskinlashtirdi.
Mamlakatda hokimiyatni amalda o'zaro bo'lishadigan uchta asosiy guruh — saranistlar, «xalq partiyasi» va nat-sional-liberal partiya bor edi. Ular saylovlarda bir-birini almashtirar, saylovlar orasida ularni qirol hokimiyati almashtirardi. Qirol hokimiyati go'yo bosh hakam rolini o'ynasa-da, amalda bu nomurakkab spektaklda to'rtinchi, lekin yetakchi kuch edi.Siyosiy partiyalar orasida Natsional-liberal partiya eng katta ta'sirga ega bo'lib, uning ortida yirik sanoat va banklar turardi. Natsional-liberallar 1921-yildan 1926-yilgacha hokimiyat tepasida turishdi. Partiya yo'lboshchisi I. Bratianu ikki marta Bosh vazir (1921 va 1927-yillarda) bo'ldi.
Agrar islohat
Natsional-liberallar hukumatining xizmati — 1921 -yiliagrar islohot o'tkazganligidir. Agrar islohot haqidagi dekret bo'yicha qirollik, davlat yerlari, cherkov yerlarining bir qismi, shuningdek 2 mln. ga pomeshchiklar yerlari to'lov evaziga musodara qilindi. Agrar islohot qishloq xo'jaligini o'zgartirib, quloqlar va o'rtahol dehqonlarning qudratli qat-lamini yaratdi. 20-yillar oxirida pomeshchiklarga tegishli yerlarning 66 foizi musodara qilindi.Agrar islohot ichki bozorni kengaytirishga, shaharga ishchi kuchi kelishiga, shuningdek qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishga imkon berdi. Bu sanoat ishlab chiqarishiga ham darhol ta'sir ko'rsatdi. Natsional-liberal partiya hukumati bevosita va bilvosita soliqlarni oshirib, sanoat o'sishini rag'batlantirdi. Natijada urushdan oldingi sanoat darajasidan 1924-yildayoq o'tib ketildi.
1927-yil iyulida qirol Ferdinand vafot etdi. Taxtni uning kichik yoshli o'g'li Mixail (Mixay) egallashi lozim edi. Lekin mamlakatga bundan ikki yil awal quvib yuborilgan valiahd Karol (Karl) qaytib kelib, to'ntarishni amalga oshirdi va o'zini qirol deb e'lon qildi. Siyosiy inqiroz butun Ruminiyani qamrab oldi. Bunga 1929-yildan 1932-yilgacha davom etgan iqtisodiy inqiroz ham qo'shildi. Inqirozdan chiqisb uchun asosan ish haqini kamaytirishga va ish kuni-ni uzaytirishga qaratilgan «sog'lomlashtirish rejasi» ishlab chiqildi. Bu hoi shunday ham turmush darajasi Yevropadan eng past ko'rsatkichlardan bo'lgan ishchilarda g'oyat katta norozilik uyg'otdi. 1933-yil yanvar-fevralida kurash temir yo'llarini va neft sanoatini qamrab oldi. Qator joylarda temiryo'lchilar ustaxonalarni o'z qo'llariga olishdi va o'z-o'zini mudofaa qilish bo'linmalarini tashkil etishdi. Hukumat ishchilar bilan kurashga qo'shinlarini tashladi. Buxarestda politsiya bilan to'qnashuv paytida qo'shinlar tomonidan 400 kishi o'ldirildi, 2 ming kishi qamoqqa olindi.

Категория: Мои файлы | Добавил: aza
Просмотров: 3405 | Загрузок: 0 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 3
2 Pratibha  
0
siti, ape lak tak ingat.. sbb siti order fresh strawberry cucpks tu lah start edi ambik order yg strwberries tu pulak.. :)) so, thks to you!actually mmg teringat kat siti bile kat i-city tu sbb pernah masuk blog siti n tengok gambar siti kat situ.. aritu 'boyfren' edi tu nak testing lense baru beli, dia yg ajak gi sana.. dia dah byk kali pergi tp edi malas nak ikut mengenangkan letih nak menjaga si kecik tu.. true enough, aritu dia sebok nak main pasir je! bukan nak tengok lampu! cantiklah tpt tu.. suke sgt.. nak pegi lagi :Dainul, org pantang mana boleh tengok komputer!! dah pegi jaga baby!

3 way7  
0
Профсоюзы вредят очень своим членам.Потому что я обратился к профсоюзам за помощью у меня появились серозные проблемы и я потерял много денег и здоровья.У меня суд в марте 2015 в Великобритании в Edmonton County Court 59 Fore Street, London N18 2TN суд против профсоюза GMB, если кто-то сможет мне помочь, я был бы очень рад включая интернет и пресс. Этот суд это также суд против британской справедливости, которая здесь очень плохая.
Я был во всех британских судах включая Страсбург против Великобритании никто не хотел мне помочь я всё програл.Живу больше десять лет в Лондоне плачу налоги но в Великобритании справедливость найти для иностранцев почти невозможно.Я Поляк говорю по русски,германцки и английски я прожил больше шестнадцать лет в Германии, я побывал почти в всём Советском Союзе.
Я был чемпионом Польши взрослых по борьбе в 1986.Совсем я был больше 30 лет борцом- в Польше в нацйионалной команде а в Германий я боролся в Бундеслигие и в Советском Союзе где я выступал за Москонцерт как кечист со знаменитом борцом Поляком Анджей Супрон и со страны Советской команды чемпионом мира Женя Артюхин
Если можете опубликовать мою просьбу за помочь потому что я опасаюсь, что я могу програть этот суд потому что профсоюзы обладают большими деньгами а в британском суде не возможно говорить о справедливости.
Я знаю точно что у меня могут быть проблемы со страны британской власти но меня всё равно я не хочу здесь жить могут меня убить,посадить в тюрьму здесь всё возможно но меня всё равно больше терпеть британскую несправедливость невозможно
Marian Lukasik
Email:technik888@gazeta.pl
Tel:00447985284791http://polscott24.com/english/worker-sues-trade-union/
Trade Unions cheat members and get rich on the proceeds
http://polscott24.com/english/marian-lukasik-london/
http://anti-trade-unionists.blog.onet.pl/2013/06/ http://www.youtube.com/watch?v=ukeWDrtqviw

1 aza  
0
mavzu maqul

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim

0
Arxiv

ldEnt1


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat