IX asrning boshlarida Movarounnahrda somoniylar sulolasi paydo bo'ldi. Somoniylar sulolasiga asos solgan Somon yirik er egasi bo'lgan. Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan yoki Termizdan bo'lgan qayd etilgan. Somonxudot Somon qishlog'i oqsoqoli bo'lgan. Xalifa Ma'mun mahalliy hukmdorlardan Somonxudot avlodlari - uning nabiralariga Movarounnahr hududlarni boshqarish huquqini topshiradi. Asad ibn Somon o'g'illaridan Nuh Samarqandga, Ahmad Farg'onaga, Yahyo Shosh va Usturshonaga, Ilyos Chag'aniyon va Hirotga hokimlik qildilar. IX asrning o'rtalariga kelib Ahmad va uning katta o'g'li Nasr Somoniylar Movarounnahrning ko'pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo'ladilar. Nasr Somoniy davrida (856-888 y.) Movarounnahr mavqei yanada kuchaydi. Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag'darilgach (873 y.), uning tarkibiga kirgan Buxoro erlari Somoniylar tasarrufiga olinadi. 874 yilda Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi va Somoniylar hukmronligi deyarli Movarounnahrning barcha hududlariga yoyiladi. Ammo, ko'p o'tmay o'z hokimiyatini kuchaytira borgach, u o'zining vassalligni tan olmaydi va xazinaga to'laydigan daromadini kamaytiradi. Buning natijasida aka-ukalar o'rtasida uzoq muddatli o'zaro kurash boshlanadi. Oqibatda 888 yillarda ular o'rtasida katta urush bo'lib, unda Ismoil g'olib chiqadi va hokimiyatni o'z qo'liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so'ng (892 y.) Ismoil Somoniy Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa o'zbek davlatchiligi qayta tiklanadi va yuksalib boradi. Mamlakat aholisining ko'pchiligi turkiy qavmlardan iborat bo'lgan. Davlat ishlarini yuritishda qo'shinlar va lashkarboshilarning mavqei yuqori bo'lgan. Ismoilning 893 yildagi sharqdagi turkiy qabilalarga qarshi muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni egallab, katta o'lja, asirlar bilan qaytishi ham Somoniylar qudrati yuksakligidan dalolat beradi. Ismoil Somoniy qudratining o'sib borishidan cho'chigan va uni zaiflashtirishni ko'zlagan Bag'dod xalifasi Mu'tazid (892-902 y.) Xurosondagi Safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqini beradi va uni Ismoilga qarshi qo'yadi. Bu esa 900 yilda ular o'rtasida katta urushga sabab bo'ladi. Urush natijasi Ismoil Somoniy foydasiga hal bo'lib, Xuroson erlari somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Xalifalikning esa bu erdagi ta'siri pasayadi. Ismoil Somoniy uzoq yillik davlatchilik tajribasiga tayanib, markaziy davlat boshqaruv tizimini va unga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi. Bu tizim uning o'g'li Nasr II davrida (914-943 y.) ham takomillashib boradi. Bunga ko'ra davlat boshqaruvi oliy dargoh va devonlar (vazirliklarga) bo'linadi. Eng asosiy siyosiy-ma'muriy va xo'jalik boshqaruvi vazir devoni tasarrufida bo'lgan. Boshqa devonlar esa unga bo'yso’ngan. Mamlakat hayotida muhim rol o'ynagan devonlar quyidagilar: Mustafiy devoni - davlat xazinachisi; devoni Amir al-mulk - davlatning muhim xujjatlari bilan, boshqa xorijiy zllar bilan, davlatlararo diplomatik munosabatlar o'rnatish ishlari bilan shug'ullangan; Sohib ash-shu'rat devoni - harbiy ish, qo'shinning oziq-ovqati va hokazo sohalarni o'z tasarrufiga olgan. Sohib al-barid devoni - pochta-aloqa xizmati sohasi vazifalari bilan shug'ullangan. U ayni chog'da davlat sirlari, mas'ul lavozimdagi xodimlarning ish faoliyati bilan ham mashg'ul bo'lgan (ya'ni hozirgi paytdagi milliyxavfsizlik xizmati). Bu devon boshlig'i faqat markaziy hokimiyatga bo'yso’ngan. Davlatning muhtasib devoni esa bozordagi savdo-sotiq, toshu-tarozi o'lchovlari nazorati bilan shug'ullangan. Mushrif devoni - davlat ishlari nazorati, xazinaning daromad va xarajatlarini tekshirib borish bilan band bo'lgan. Shuningdek, davlat mulklari (erlari) devoni, qozilik (sud ishlari) devoni, vaqf (diniy muassasalar mulklari) devoni singari devonlarning ham markaziy davlat boshqaruvidagi roli va o'rni alohida bo'lgan. Pochta - aloqa xizmatining boshqa hamma devonlarning mahalliy bo'limlari mavjud bo'lib, ular mahalliy hokimlar, ularning idoralariga bo'yso’ngan. Har bir shaharda shahar boshlig'i - rais ma'muriyati mavjud bo'lgan.
Davlatda islom dinining ta'siri juda katta bo'lganligidan oliy diniy mansab - Shayx ul-islomning roli yuqori bo'lgan. Somoniylar markaziy hokimiyat boshqaruvini qanchalik takomillashib bormasin, mamlakatning hamma hududlarida ham o'z hukmronligini birdek o'tkaza olmaganlar. Masalan, Xorazm, Chag'oniyon, Xuttalon viloyatlarining ichki mustaqilligi buni isbot etadi. Somoniylar davrida qishloq xo'jalik, mahalliy ishlab chiqarish, hunarmandchilik, savdo-sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi. Somoniylar davrida mulk shakllari 3 xil bo'lgan: 1. Mulk sultoniy-davlat erlari; 2. Mulk-xususiy mulk; 3. Vaqf mulklari-diniy muassasalarga qarashli erlardan iborat. Somoniylar davrida davlat boshlig'i o'z farzandlari, yaqinlariga, amirlar, hokimlar lashkarboshlarga ularning xizmatlariga zvaziga tuman, shahar va hatto viloyatlarni ham in'om qilgan. Bunday mulk iqto', ularning egalari esa iqtodorlar deb atalgan. Iqtodorlar o'ziga in'om etilgan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqdan daromad olgan. Aholi iqtodorlarga bug'doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to'lagan. Iqtodan foydalanish muddati davlat boshlig'iga bog'liq bo'lgan. Avvallari iqtoning vaqtincha berilgan, ayrimlari iqtodan umrbod foydalanganlar. Somoniylar davlati ijtimoiy-siyosiy va boshqa sohalarda qanchalik yuksalmasin, X asrning 2-yarmidan boshlab, xususan Somoniy hukmdorlar: Nuh ibn Nosir (943-954), Abdul Malik (954-962), Mansur ibn Nuh (961-971), Nuh II ibn Mansur (997-999) davrida mamlakat oliy hokimiyati va mamlakat ichida mahalliy beklar, amldorlar o'rtasida o'zaro ichki nizolar ziddiyatlar kuchayib bordi. Davlatning harbiy tayanchi bo'lgan turk qo'shinlari lashkarboshilari saltanatga bo'ysunmay, ayrim viloyatlarni egallashga ko'z tika boshladilar. Masalan, Alptegin, Abu Ali va boshqalar. Bularning hammasi davlatning zaiflashuviga sabab bo'ldi. Xalq noroziligi shu qadar avj oldiki, amir Abdul Malik vafoti bahonasi bilan boshlangan qo'zg'olon amir saroyini bosib olib, yakson qildi. Bunday nizolar Somoniylar sulolasi davlatini tanazzulini tezlashtirdi. Buning natijasida Sharqdan kelgan qoraxoniylar Somoniylar hukmronligini barham toptirdi.
Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi
Boks
Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]
Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.
Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.