Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1983



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1294



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1894








Главная » Файлы » Мои файлы

10-o'z.tarix
09.02.2010, 20:33
Ma’lumki, Xiva xonligi, Buxoro amirligi XIX asr ikkinchi yarmida yuz bergan Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin o`z mustaqilligidan mahrum bo`lib, Rossiya protektorati (vassalligi)ga aylanib qolgan edi. Ular ichki siyosatda nisbatan mustaqil bo`lsada, biro uning xorijiy davlatlar bilan bo`ladigan tashqi siyosiy va savdo-tijorat aloqalari Rossiya hukumatining to`liq nazoratida amalga oshirilar edi.
Haqiqatdan ham Xiva xonligining butun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-xo`jalik hayotida Rossiya mustamlakachiligi siyosatining kuchli ta’siri va asorati sezilib turar edi. Buning ustiga mamlakatning xonidan tortib to uning son-sanoqsiz, katta-yu kichik amaldorlari xalqqa keragidan ziyod jabr-zulm o`tkazib kelar edilar. Shu bois xonlikda ommaviy norozilik harakatlari to`xtovsiz yuzaga kelib, kuchayib bormoqda edi. Ayniqsa, 1917-yilgi fevral inqilobiy o`zgarishidan keyin Xivada ilg`or demokratik harakatlarlar avj oldi. Endilikda Xiva xonligi fevral o`zgarishidan foydalanib, o`zini Rossiya ta’siridan xalos etib, mustaqillik maqomini qo`lga kiritishga intildi. Ayni chog`da xonlikning jafokash xalqlari hukmron sinflar va tabaqalar zulmidan qutulib, keng demokratik erkinliklar va huquqlarga ega bo`lishga umid bog`ladilar. Shunday sharoitda N.A. Shaydakov va N.M. Shcherbakov boshchiligida Xiva xonligining qo`zg`olon ko`targan xalqqa yordam ko`rsatish maqsadida ikki otryadga bo`linib xonlikka kirib keldi. Otryadlar tarkibida xivalik qochoqlardan jumladan, yosh xivaliklar, kommunistlar va hokazolardan iborat ko`ngillilar ham kurashdi.
Xiva xonligi hududida aholi keng ijtimoiy qatlamlarining demokratik yo`nalishdagi harakati o`sib borar edi. Ularning sa’y-harakatlariga Yosh xivaliklar tashkiloti rahnamolari rahbarlik qildilar. XX asr boshlarida vujudga kelgan Yosh xivaliklar uyushmasi o`zining dastlabki qadamlaridanoq xonlikdagi mustabid tuzumni chuqur isloh qilish, xalqni ahvolini yaxshilash, uning tub maqsad, manfaatlarini ro`yobga chiqarish uchun kurash olib bordi. 1917-yil boshlarida Rossiyada bo`lgan o`zgarishlar ta’sirida Yosh xivaliklarning faoliyati yanada kuchaydi. Ular o`z dasturiy vazifalarini belgilab, xonlikdagi siyosiy vaziyatni o`zgartirish va qator muhim demokratik islohotlarni amalga oshirishga harakat qildilar. Shu maqsadda Yosh xivaliklar rahbarlari xonlikning o`ziga xos maxsus xususiyatlaridan kelib chiqib, tinchlik yo`li bilan, asta-sekin mutlaq monarxiya tuzumidan voz kechib, konstitutsiyaviy monarxiya tuzish manifestini ishlab chiqdilar. Manifestda xonning vakolatlar doirasini cheklash, uning xalqqa nohaq zulm o`tkazgan, haddidan oshgan amaldorlarni jazolash, vazifalaridan mahrum etish, ijtimoiy hayotning muhim sohalari – iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat jabhalarini isloh qilish talablari aks ettirilgan edi. Xivadagi ijtimoiy siyosiy vaziyat keskin tus olayotgani, keng aholi qatlamlarini harakatga kelayotganini, ommaviy ko`cha namoyishlari to`xtamayotganini ko`rgan Xiva xoni Isfandiyorxon murosa-yu madoraga borib o`z arkoni davlati ishtirokida 1917-yil 5-aprel kuni manifestni imzolashga majbur bo`ldi.


Manifest talablariga ko`ra, xonlikda konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi o`rnatildi. Ayni paytda tarkibi 30 – 50 kishidan iborat ruhoniylar va savdo-sanoat ahli vakillaridan saylangan Majlis va Nozirlar kengashi tuzildi. Ular xalq vakilligi boshqaruvi organlari sifatida xon hokimiyati vakolatlarini ma’lum darajada chekladi.
Yosh xivaliklar tashkilotining taniqli rahnamolaridan Bobo Oxun Salimov Majlis raisligiga saylandi. Bobo Oxun Salimov (asl ismi Muhammad) 1874-yilda Gurlan bekligida ziyoli qozikalon oilasida tavallud topgan. U Xivadagi Olloqulixon madrasasida ta’lim olgan. U arab, rus, fors tillarini puxta bilgan. 7 yil mobaynida xonlik saroyida qozikalon lavozimida faoliyat olib borgan. Bolsheviklarga yaqinlashib borgani sari uni Majlis raisligiga saylashdi va RSFSR bilan shartnoma tuzish uchun Moskvaga yuborilgan delegasiyaga rahbarlik qildi. Husaynbek Matmurodov esa Nozirlar Kengashi raisligiga saylandilar. Xon xazinasi va uni tasarruf qilish ustidan nazorat o`rnatiladi. Xon temiryo`llar qurish, pochta-telegraf aloqalari o`rnatish, yangi jadid maktablari ochish to`g`risida va’dalar beradi. Yosh xivaliklarning bu g`alabasi mamlakatdagi barcha demokratik kuchlarga, erk va ozodlikka tashna xalq ommasiga quvonch bag’ishladi. Biroq yuqoridan amalga oshirilgan bu o`zgarishlarning vaqtinchalik xarakteri tez orada ma’lum bo`ladi. Xon va uning atrofidagi mutaasib kuchlar qo`ldan ketgan nufuz va imtiyozlarni qaytarib olish niyatidan voz kechmagan edilar. Ular fursat kutib, demokratiya tarafdorlaridan qonli o`ch olish, mustabid tuzumni to`la qayta tiklash payida bo`ldilar. Darhaqiqat, 1917-yil iyuniga kelib, Isfandiyorxon o`zini o`nglab olgach, Rossiya Muvaqqat hukumatining Xivadagi vakili, general Mirbadalov yordamiga tayanib, Matmurodov boshchiligidagi Yosh xivaliklar rahbar guruhini qamoqqa oldi. Yosh xivaliklar partiyasi va uning faoliyati qonundan tashqari deb e’lon qilindi. Ularning ko`plari qo`lga olinib qamaldi va qattiq jazolandi.
Iyul oyida Xivada Rossiya Muvaqqat hukumatining komissari lavozimi ta’sis etiladi va xonlikda qo`shimcha harbiy qismlar, kazak qo`shinlari yuboriladi. Buning boisi shuki, Rossiya burjuaziyasining yangi Muvaqqat hukumati o`zining qanchalik demokratiya tarafdori deb ko`rsatmasin va o`z tasarrufidagi mazlum xalqlarga demokratik huquqlar hamda erkinliklar va’da qilmasin, ammo u mustamlakachilik siyosatini amalda davom ettiraverdi. U butun choralar bilan Sharqdagi pozitsiyalarini saqlab qolish va mustahkamlashga intildi. Jumladan, Xorazm vohasidek boy-badavlat hududni qo`lda tutib turish, unda har qanday jiddiy siyosiy va davlat o`zgarishlariga izn bermaslik uning o`z oldiga qo`ygan hukmdorlik maqsadlaridan edi. Shunday qilib, Yosh xivaliklar rahbarlik qilgan demokratik kuchlarning xonlik tuzumiga qarshi olib brogan kurashining birinchi bosqichi muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Ularning davlat hokimiyatini demokratik izga solish orqali boshqarish harakati xon arkoni davlati va uning ko`p sonli tarafdorlarining qattiq qarshiligiga uchradi. Bu Yosh xivaliklar uchun katta jiddiy sinov bo`ldi. Eng muhimi, Yosh xivaliklar boshqa kuchlar bilan ittifoq tuzmay, faqat o`z tarafdorlari bilangina harakat qilib, mutaasib qora kuchlarni yengib, tugal maqsad-muddaolariga erishib bo`lmasligini tushunib yetdilar. Muvaqqat hukumatning kerak bo`lganda Xivaning mutaasib rejimini o`z qo`liga olib unga qalqon bo`lganligi fakti ham Yosh xivaliklar ko`zini ochdi.
1917- yil kuzida Rossiyada yuz bergan oktabr o`zgarishi uning tasarrufidagi Xiva xonligidagi voqealarining rivojlanishi jarayoniga ham o`z sezilarli ta’sirini o`tkazmasdan qolmadi. Avvalo, xonlikka tutash bo`lgan Turkiston hududlarida bolsheviklarning sovetlar hokimiyati zo`ravonlik bilan o`rnatildi. Bunday tuzum Xiva xonligi bilan yaqin chegaradosh Amudaryoning o`ng sohili – Petroaleksandrovsk (To`rtko`l) va uning atroflarida ham qaror toptirildi. Turkistonda voqe bo`layotgan bunday o`zgarishlar xonlikka bevosita daxl etmasdan, muxolifatchi kuchlarni junbushga keltirmasdan qolmasdi, albatta. Garchi sovet Rossiyasi Xivaning mustaqilligini rasmiy tan olgan bo`lsada, biroq turli yo`llar bilan, yashirin va oshkora tarzda uning ichki ishlariga aralashishni davom ettirdi. Ayniqsa, bunda xonlikdagi mavjud hukmron tuzumga qarshi turgan kuchlarni qo`llab quvvatlash, ularga harbiy, moddiy-moliyaviy ma’naviy yordam ko`rsatish va gijgijlashga alohida urg`u berildi. Shu bilan birgalikda xonlikning siyosiy ahvoli ham 1917-yil kuzidan keskinlashib bordi. Isfandiyorxon har qanday yo`l bilan saltanatini saqlab qolishga o`rindi. Uning yuritgan kaltabin siyosati, ilg`or kuchlarni quvg`in va ta’qibga uchratish, Yosh xivaliklar tashkilotini tor-mor etib, ularning rahbarlaridan o`ch olishi xonlikni tang ahvolga duchor etdi. Xonlikning Qo`ng`irot, Ko`hna Urganch, Xo`jayli, Taxta, Porsu bekliklarida mahalliy aholining tuzumga qarshi bosh ko`tarishi, haddidan oshgan amaldorlardan o`ch olish hollari yuz berdi. Masalan, Toshhovuz bekligining kambag`allari 1918-yil boshida beklik mahkamasiga hujum uyushtirdi. Ular ko`plab boylar va savdogarlarning mol-mulki, don-dunini tortib oldilar. Bunday voqealar boshqa hududlarda ham qayd etildi.
Mamlakatdagi vaziyatni boshqara olmay qolgan xon o`z raqibi, ancha ta’sirli kuch egasi, turkmanlarning sardori Junaidxonni 1918-yil yanvarida Xivaga chaqirib, uni o`z qo`shiniga bosh qo`mandon (sardori karim) etib tayinlaydi. Junaidxon esa tez orada Isfandiyorxonni qatl ettirib, uning o`rniga akasi, irodasiz Said Abdulloni xon etib tayinlaydi. Amalda esa hokimiyat Junaidxon qo`lida to`planadi. Junaidxon yakka hukmdor bo`lgandan keyin sovetlar bilan ochiq kurashga o`tadi. U armiyasi sonini 10 000 jangchiga yetkazadi. Shuningdek Buxoro amirligi bilan aloqa o`rnatadi. Biroq, Junaidxonning bu siyosatidan norozi bo`lgan aholi ko`plab topildi. Natijada, xonlikdagi barcha voqealar rivojini kuzatayotgan sovetlar fursatni boy bermay, To`rtko`lda N.A. Shaydakov va N.M. Shcherbakev boshchiligidagi harbiylar xonlikni ag`darishga kirishadi. Ularning umumiy soni 3000 dan oshardi. Ular Junaidxonga ketma-ket zarbalar berdi va Xiva tomon siljib bordi. 1920-yil 2-fevralda Xiva egallandi. Junaidxon o`zining askarlari bilan Qoraqum cho`liga chekindi. Qo`g`irchoq xon Said Abdullo taxtdan voz kechdi. Qizil armiya tomonidan Xiva xonligi tugatildi. Hokimiyat yangidan tuzilgan 5 kishidan iborat Muvaqqat Inqilobiy qo`mita qo`liga o`tdi. Uning tarkibiga Yosh xivaliklar va turkman urug`- qabilalaridan ikkitadan vakillar kiritildi. Inqilobiy qo`mita raisi etib Jumaniyoz Sultonmurodov saylandi. Tez orada Yosh xivaliklar ishlab chiqqan manifest e’lon qilindi.





Unda mamlakatning demokratik rivojlanish yo`lini aks ettirgan keng sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tadbirlar: «Xon va uning hukumati tomonidan mamlakatni mutlaq boshqarishni butkul barham toptirish; Xiva xoniga, to`ralar va vazirlarga tegishli bo`lgan mablag`lar va mulklarni xalq mulki deb e’lon qilish; kambag`allar hayotini yaxshilash yo`lida yirik zamindorlar yerlaridan foydalanish; bolalarni bepul o`qishi uchun barcha yerlarda maktablar ochish; bepul shifoxona va sog`lomlashtirish majmualarini ochish; begorni yo`q qilish» nazarda tutilgan edi.

1920-yilning 27–30-aprel kunlari Xivada bo`lib o`tgan xalq vakillari I Butun Xorazm qurultoyi Xiva xonligi tugatilganligi va yangidan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Qurultoy XXSR ning muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi. Unda «Xorazm davlatining davlat tuzumi sovetlar negiziga asoslangan respublika ekanligi, Xorazmning butun xalqi o`z vakillari yordamida mamlakatni boshqarishi» ta’kidlanadi. Respublikaning oliy hokimiyati yilda bir marta chaqiriladigan qurultoy bo`lib, u respublika hayotiga daxldor eng yirik vazifalarni hal etadi. Qurultoy mamlakatni boshqarish uchun 15 kishidan iborat hukumat – Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Xalq hokimiyatiga saylovlar umumiy bo`lib respublikaning 18 yoshga yetgan fuqarolari dini, millati, jinsidan qat’iy nazar qurultoy yoxud mahalliy sovetlarga saylash va saylanish huquqiga ega bo`ldilar. Faqat xon va uning oila a’zolari, ruhoniyat vakillari, sudxo`rlargina saylov huquqlaridan mahrum etildi. Konstitutsiya respublikaning o`ziga xos xususiyatidan kelib chiqib shariat tizimini saqlab qoldi. Qurultoyda Xorazm respublikasining birinchi hukumati raisligiga Yosh xivaliklar rahbari Polvonniyoz Yusupov saylandi. Hukumat tarkibi ham Yosh xivaliklar va turkman urug` qabilalari boshliqlaridan tashkil topgan bo`lib, bu o`sha, davrdagi, kuchlar nisbatini aks ettirardi. 1923-yil oktabrda bo`lib o`tgan IV Butun Xorazm qurultoyida yangi Konstitutsiya qabul qilindi va XXSR o`rniga Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topganligi e’lon qilindi.


Категория: Мои файлы | Добавил: aza
Просмотров: 3930 | Загрузок: 0 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 3.4/9
Всего комментариев: 1
1 sirojiddin  
0
yangi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim

0
Arxiv

ldEnt7


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat