O'zbekistonda 1917— 1924-yillardagi ma'naviy-madaniy muhitning xususiyatlari - Мои статьи - Каталог статей - Tarixdan testlar tuplami

Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2305






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1532



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1004



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1465








Главная » Статьи » Мои статьи

O'zbekistonda 1917— 1924-yillardagi ma'naviy-madaniy muhitning xususiyatlari

O'zbekistonda 1917— 1924-yillardagi ma'naviy-madaniy muhitning xususiyatlari

Hozirgi O'zbekiston hududida podsho hokimiyatining ag'da-rilishi natijasida madaniy ha-yot va ma'naviyat sohalarida murakkab, ziddiyatli jarayonlar kechdi. Oldingi qariyb ellik yillik mustamlakachilik siyosatiga qaramasdan xalq ommasi o'z madaniyati, urf-odatlarini saqlab, himoya qilib kelgan. Ko'p asrlik o'zbek milliy madaniyati, qadriyatlari qatori yangi shakllar qaror topdi. Xalq farzandlari maktab va madrasalarda ta'lim olardilar, qo'shimcha yangi usul maktablari, rus-tuzem maktablari, gimnaziyalar faoliyat ko'rsatardi. Gazeta va jurnallar, kutubxonalar, turli milliy jamiyatlar, ziyolilar ma'rifatchilikni rivojlantirdilar. Ko'tarilgan jadidchilik harakati ma'rifatchilik va islohotchilik harakatlarini kengaytirib yubordi. Jadidchilik 1917-yilga kelib ijtimoiy va demokratik harakat darajasiga ko'tarildi. Xalq ma'-naviyati asos-mohiyatini islom dinining poklantiruvchi-tarbiyaviy aqidalari, milliy urf-odatlarimizning sermaz-mun va insonparvarlik sifatlari tashkil qildi.

Xalq ommasining madaniy an'analari, ma'rifatchili-gi, ma'naviyati, e'tiqodi, milliy urf-odatlari, san'ati, og'zaki ijodiyoti nihoyat darajada sermazmun, ko'p qir-rali, yuqori insonparvarlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan, ko'p asrlik tariximiz mahsuli bo'lib keldi. Og'ir jarohat-lar yetkazilgan boiishiga qaramasdan milliy imon-e'tiqod va ma'naviyat saqlanib keldi, aholi turmush tarzining asosini tashkil qildi.

Madaniyat va ma'naviyatdagi elimiz oldida turgan yagona yoi boy merosimizga tayanib, uni inkor qilmas-dan yangi sharoit vazifalarini belgilash, jamiyatning bar-cha qatlamlari ishtirokida, har birining istak-intilishlari-dan kelib chiqib yuksalish, istiqlol sari harakat qilish bo'lib qoldi. Asriy xalq merosi bilan bir qatorda ilg'or milliy ziyolilar, jumladan, jadidlar yuzaga keltirgan ma'rifatchi­lik ko'rinishlari bo'lmish maorif, matbuot, badiiy ijod va boshqalarning ahamiyati, qadr-qimmatiga tayanish, te-gishli o'rin berish zarurati ham ko'zga tashlandi. Bu ilg'or

qarashlar, milliy mustaqillik va istiqlolga yo'g'rilgan yuk-sak tuyg'ular ulug' davlatchilik, kolonial siyosat, feodal-klerikal, konservativ zo'rovonlarga qarshi kurashda chiniqib, kamolotga va yuksaklikka tomon intildi.

Elimizda milliy madaniyatimizni zamonaning ilg'or sivilizatsiyasi, madaniyati, maorifi bilan uyg'unlatib davom ettirishga qodir, layoqatli ijodiy kuchlar yetishib chiqqan va yetishib chiqmoqda edi. Xalq ommasining ma'rifatni rivojlantirishga intilib kelgani milliy ziyo-lilarimizga kuch-quvvat, ilhom bag'ishladi.

Ammo O'zbekiston hududida ma'naviyat va madaniyat 1917-yildan boshlab murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy to'siqlar va buzg'unchiliklarga uchradi. Turkistonni qizil imperiya koloniyasiga aylan-tirishga kirishgan bolsheviklar siyosati va amaliyotini xalq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar. Ma'naviyat va madaniyat sohalarida g'oyaviy-siyosiy kurash avj oldi. Xo'jalik vayronaligi va oziq-ovqat dik-taturasi, yangi iqtisodiy siyosat va xomashyoga davlat monopoliyasi, ko'p sonli qizil armiya va davlat idoralari xodimlarining ta'minoti madaniyat, matbuot, maorif sohalarining moddiy ahvoli og'irlashuviga sabab bo'ldi. Bunday og'ir ahvol Turkiston madaniy hayotining 1924-yilgacha bo'lgan davriga xos edi.

Buxoro va Xorazmda 1917— 1920-yillarda madani­yat, maorifning ilg'or zamonaviy shakllarini joriy qilish davom etgan islohotchilik harakatida katta o'rin egalla-di. Shuningdek, demokratik o'zgarishlar xalq ma'na-viyatini hisobga olib o'tkazilishi idrok etildi. Ammo Buxoroda 1917-yil bahorida konservativ, mutaassib kuchlarning jazavaga kelishi, ayniqsa, 1918-yil martida kolesovchilikning tajovuzkorligi oqibatida ma'rifatchilik jarayoniga, ilg'or madaniy kuchlarga jiddiy talafot yetkazildi. Jadid deb e'lon qilingan 3 mingga yaqin ilg'or ziyolilar qatl etildi. Xorazmda iqtisodiy ahvolning og'irlashuvi madaniyat va maorifning ahvoliga salbiy ta'sir qildi. Shu bilan birga, xalq ommasining ma'rifat-ga, axloqiy kamolotga intilishi davom etdi. An'anaviy maktablar, madrasalar, madaniy-ma'rifiy vaqflar faoli-yati, o'qimishli-ziyolilar, ijodkorlarning jamiyatdagi faxrli mavqeyi saqlanib qoldi.

Xorazm va Buxoro respublikalari sharoitida (1920— 1924-yillar) milliy madaniyat va maorifni rivojlantirish, ularni zamonaviy sivilizatsiya shakllari hamda mazmuni bilan boyitib borish bilan yangi hokimiyat sho'balari shug'ullandi. Keng ko'lamda milliy ziyolilarni amaliy faoliyatga jalb qilish imkoniyatlari ko'zga tashlandi. Maorif, madaniyat sohalarida hukumat reja-dasturlarini ishlab chiqish, ularni hayotga tatbiq etish bo'yicha dastalbki qadamlar tashlandi. Ammo bu respublikalarda ham madaniyat, e'tiqod, milliy qadriyatlarga bolshe-vikcha so'1-ekstremistik tazyiq o'tkazishga jiddiy uri-nishlar bo'ldi.

Turkistonda, Buxoro, Xorazm respublikalarida 20-yillarning birinchi yarmida bir butun madaniy-ma'rifiy ko'tarilish maydoni vujudga keldi. Shu asnoda xalq ora-masi, milliy ziyolilar ishtirokidagi ma'naviy-madaniy jarayon, fikrlar, tajriba almashuvlari odatga aylanib bor-di. Bolshevikcha aksilmilliy, umuminsoniy progressiv ma'rifatchilikka dushmanlik bosimlariga qaramasdan 1917 — 1924-yillarda O'zbekistonning hozirgi hududida madaniy-ma'rifiy turmush jabhalarida yangilanish — yangi shakllar va mazmun vujudga keldi, xalq ma'navi-yatida o'z aksini topdi. Milliy ziyolilar, ruhoniylar, yerli rahbarlarning amaliy faoliyatlari borgan sari qattiq ta'qib ostiga olinib, xalq ma'naviyatini boyitish yo'lidagi harakat maydoni torayib bordi.

Xalq madaniy-ma'rifiy qadriyatlari uchun kurash

Xalq ommasi, uning barcha qatlamlari madaniyat va maorif sohalaridagi koloniza-torlik munosabatlariga qarshi kurash olib bordilar.

Dehqonlar, hunarmandlar, butun aholi sovet hokimiyati tomonidan bolshevik doiralar ko'rsatmasi bi­lan amalga oshirilgan machitlar, madrasalar, vaqflarning buzilishiga qattiq qarshilik ko'rsatdilar, shu bilan birga maktablar, boshqa ma'rifiy maskanlar tashkil etishni jiddiy talab qildilar. 20-yillarning boshlaridan xalq om­masi bu sohalarga o'z moddiy hissasini qo'shib bordi, ikkinchi tomondan esa hokimiyatning milliy qadriyatlar va ma'naviyat borasidagi inqilobiy maqsadlaridan chekinishga erishildi. Bu rasman «siyosiy yon berishlar» deb nomlandi.

Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng amaliy tus oldi, chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bo'lmish Munawar Qori, Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, A. Qodiriy, A. Avloniy, Hamza, G'ozi Yunus, Xurshid (Sh. Sharafitdinov) va boshqalar bi-lan bir qatorda XX asr bo'sag'asida tug'ilgan iste'-dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Nairn Said, Rafiq Mo'min, Mahmud Hodiyev (Botu), Bahrom Haydariy va qator boshqalar madaniyat, maorif so-halarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo'naltirilgan ijod bilan shug'ullandilar.

Ziyolilar yodiyoti bilan Turkistonda o'zbek tilida 1917-yilda 7 ta, 1918-yilda 33 ta, 1919-yilda 91 ta, 1920-yilda 118 ta turli kitoblar nashr etildi. Mu­nawar Qori, Behbudiy maorif tizimini joriy qilish jabhasida o'lka miqyosida, Toshkent, Samarqand vi-loyatlarida samarali ishladi-lar. 1917-yil yozida Fitrat Samarqandga kelib, «Hur-riyat» gazetasiga muharrir bo'ldi, dolzarb masalalarda maqolalar yozdi. 1918-yilda u Toshkentga keldi, o'qituv-chilik qildi, ijtimoiy-ijodiy faoliyat bilan shug'ullandi.

Cho'lpon.

Fitrat boshchiligida ko'zga ko'ringan adib-ziyolilar tuzgan madaniy-adabiy tashkilot «Chig'atoy gurungi» 1919—1921-yillarda qator ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, til masalalariga ahamiyat berildi. Elbek 1924-yilda o'zining yirik tilshunoslik tad-qiqoti — «Lug'at va atamalar» asarini chiqardi. A. Qodiriy 1919-yilda «0'tgan kunlar» romanini boshladi va 1925-yilda yozib tugatdi. 1922-yilda chiqqan «0'zbek yosh shoirlari to'plami»dan ijtimoiy mazmundagi    asarlar o'rin oldi.

Jiddiy to'siqlarga qa-ramasdan 1917—1924-yillarda O'zbekiston ijod ahli, ziyolilari qat'iy, chuqur mazmunli faoli-yat ko'rsatdilar. Xorazm-da Bekjon Rahmonov, boshqa fidoyi ziyolilar samarali madaniy faoli-yat ko'rsatdilar. B. Rah­monov «madrasalar islo-hoti»ni qat'iy so'l-in-qilobiy tezlik bilan o'tkazishni inkor qildi. Maktablar,  boshqa o'quv yurtlarini ochishga bosh bo'ldi, darsliklar yozdi.      Fitrat      ijodiy faoliyatini samarali davom ettirish bilan birga Buxoro respublikasi maorif noziri lavozimida barakali ishladi, ma'rifiy-madaniy tadbirlar o'tkazish, o'quv maskanlari-ni tashkil qilish, o'qituvchilar, o'quvchilar, ijod ahliga rahnamolik qilishda qatnashdi.

Xorazm va Buxoro respublikalarida ziyolilar jadidlik an'analarini davom ettirib, ma'rifiy-madaniy jabhalarda astoydil faoliyat ko'rsatdilar. Milliy ziyolilar, islom dini ruhoniylarining bir qator yig'in va anjumanlari o'tkazil-di. Xalq ommasi yangi sharoitlarda milliy qadriyatlarni saqlab qolish bilan birga, ularga tayanib, yangi shakl va mazmunlarni egallashga intildi.

Milliy madaniyat va ziyolilarga nisbatan bolsheviklar tomonidan o'tkazilgan tazyiqlar

1917-yildan Turkistonda, 1920-yildan esa Xorazm va Buxoro respublikalarida bol-sheviklar xalq ommasining madaniyati, an'analari, ma'naviyatiga zid boigan siyosat va chora-tadbirlarni o'tkazishga kirishdilar. O'tmish avlodlar yaratgan obidalar vayron qilindi. Jamiyat hayotining axloqiy ta-moyillariga hujum qilindi. 1918-yil noyabrida Turkistonda e'lon qilingan dinni davlatdan, maktabni

dindan ajratish to'g'risidagi dekret, shu kabi qator boshqa ko'rsatmalar asosida masjidlar va madrasalar yoppasiga yopila boshlandi, islom diniga, uning rah-namolariga kuchli tazyiq, haqorat, xo'rlashlar avj oldirildi. 20-yillar boshlarida xalq ommasining qahr-u g'azabi oshishi natijasida vaqflar, qoziliklarning tugati-lishi to'xtatilgan bo'lsa ham, sho'rolar hokimiyatining yerli aholi madaniyati, imon-e'tiqodiga dushmanlik siyosati o'zgarmadi.

Qizil imperiyachilik Sharq xalqlari madaniy qoloq degan shovinistik, uydirma aqidaga asoslangan edi. Milliy ziyolilar, jumladan, yerli aholi vakillari bo'lgan rahbar kadrlar burjua millatchilik g'oyalari bilan zahar-langan, deb ularga ochiqdan ochiq dushmanlik siyosati o'tkazildi. Rasmiy hujjatlarda milliy ziyolilar bilan yerli aholi o'rtasida nizo, dushmanlikni keltirib chiqarishga ko'rsatma berildi.


 

Категория: Мои статьи | Добавил: aza (19.05.2010)
Просмотров: 2318 | Рейтинг: 3.5/6
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim

0
Arxiv

puEnt6


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat