Turkiston sovet hokimiyatiga qarshi harakat - 5 Марта 2010 - Tarixdan testlar tuplami

Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2305






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1532



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1004



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1465








Главная » 2010 » Март » 5 » Turkiston sovet hokimiyatiga qarshi harakat
17:12
Turkiston sovet hokimiyatiga qarshi harakat
ruzbcls+='TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATIGA QARSHI HARAKAT
Sovet hokimiyatiga qarshi harakatning yuzaga kelishi.
Turkistonning yaqin o'tmishi hamda xiyla uzoq davom etgan, qonli, fojeali voqealarga to'lib-toshgan sovet hokimiyatiga qarshi harakat ko'p zamonlar noxolis, g'ayriilmiy nuqtai nazardan yori-tilib kelindi. O'z safiga erk va hurlikka tashna, vatan mustaqilligi yo'liga jonini tikkan millionlab yurt fidoyilarini birlashtirgan bu qudratli harakatning mazmun-mohiyatini kelgindi, qizil sovet mustamlakachilari muttasil buzib, noto'g'ri talqin qilib, soxtalashtirib keldilar. Uni sho'ralar terminida «bosmachilik harakati», «aksil-inqilobiy kuchlar bosqini», «bir to'da yurt buzg'unchilari harakati» va shu singari nomlarda «ta'riflab», «tavsiflab» kelish sovet tarixshunosligida o'ziga xos odatiy tusga kir-gandi. Biroq xalqimizda «oyni etak bilan yopib bolmay-di» deyilganidek, ajdodlarimizning elu yurt erki, ozodli-gi uchun olib borgan bu mardona kurashi to'g'risidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan to'liq tiklanib, o'z haqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to'qib chiqargan shunchaki «bosmachilik» harakati emas, balki sovet hokimiyatining g'ayri tabiiy siyosati va zo'ravonlikka asoslangan amaliyotga qarshilik ko'rsatish harakatidir.
Xo'sh, bu harakatning Turkiston zaminida yuzaga ke.lishining muhim ijtimoiy omillari, sabablari nimalardan iborat edi? Nega 1918-yil bahoridan Farg'ona vodiysida boshlangan bu quroUi harakat asta-sekin alan-ga olib, Turkistonning keng hududlari bo'ylab yoyildi?
Bu harakat mohiyatiga shu nuqtai nazardan yon-dashar ekanmiz, uni bir qator muhim sabablar keltirib chiqarganligiga amin bo'lamiz: Birinchidan, xalqimiz 1917-yilda sodir etilgan fevral va oktabr o'zgarishlariga katta umidvorlik bilan ko'z tikkandilar. Ular ilg'or jadid-chilik harakati rahnamoligida Rossiyada rivojlanib borayotgan demokratik harakatlardan foydalanib, erk, ozodlikni qo'lga kiritmoqchi, o'lka xalqlarini mustaqil-likka olib chiqmoqchi bo'lgandilar. Biroq sovet hoki-miyati o'rnatilgach, mahalliy xalqlarni sariq chaqaga arzitmasdan, ularni siyosiy faoliyatdan oshkora chetlatib zo'ravonlikni avjga mindirish yaqqol ko'zga tashlandi. Ikkinchidan, mahalliy xalqqa butunlay yot kommunistik mafkurani bayroq qilib olgan sovet zulmkorlari aholining milliy qadriyatlari, udumlari, diniy e'tiqodini tahqirlash, kamsitish, masjid, madrasalar, ziyoratgoh joylarni oyoq-osti qilish, noyob ma'naviy bisotlarni talash, dindorlarni ta'qibu quvg'in ostiga olish kabi nomaqbul ishlar bilan shug'ullandilar. Uchinchidan, o'lka xalqlarining xohish-irodasi ifodasi sifatida vujudga kelib, ularning milliy manfaatlari yo'lida ilk qadamlar qo'yib borayotgan Turkiston Muxtoriyatining qonga belanishi, yurt farzandlarining qirg'in qilinishi, Qo'qon shahri va uning atrofidagi qishloqlar begunoh aholisining ayovsiz talon-toroj qilinishi va fojeaga giriftor etilishi mahalliy xalq sabr-kosasini limmo-lim etib yuborgan edi.
O'z otameros zaminida o'z milliy davlatchiligini barpo etib, boshqa millatlardek emin-erkin yashashga bel bog'lagan, yurt jilovini qo'lga olishga intilgan xalqqa, uning vatanparvar rahnamolariga nisbatan sovet tuzumi uyushtirgan bunday g'ayriqonuniy qirg'inbarotlar butun Turkistonni oyoqqa turg'izdi. Dilda toptalgan vatan, xalq dardi, armoni jocsh urgan yuz minglab kishilarning qo'lda qurol bilan sovetlar zo'ravonligiga qarshi kurashi mana shu zaylda boshlanib ketdi.

Farg`ona vodiysida qarshilik ko`rsatish harakati.

O'lkada boshiangan qarshilik kc'rsatish ko'rsatish harakatining eng dastlabki qaynoq markazlaridan biri Farg'ona vodiysi bo'ldi. Bu harakatga xalq g'am-alamiga hamdard va sherik bo'lgan Kichik va Katta Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Xoko'ja Eshon, Omon Polvon, Rahmonqul, To'ychi, Aliyor qo'rboshilar yetakchilik qildilar. 1918-yil bahori¬dan vodiyning turli joylarida 40 dan ziyod qo'rboshi dastalari faoliyat ko'rsata boshladi. Jumladan, Madaminbek Skobelev (Farg'ona) uezdida, Sher¬muhammadbek Marg'ilon atroflarida, Omon Polvon, Rahmonqul Namangan uezdida, Parpi qo'rboshi Andijon atrofida, Kichik va Katta Ergashlar Qo'qon atrofida, Jonibek qozi O'zgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda harakat qilmoqda edilar. Kichik Ergash qizil-lar qo'shini bilan bo'lgan jangu jadalda halok bo'lganidan so'ng (1918-yil fevral) Qo'qon uezdi tevaragidagi harakatga Katta (mulla) Ergash boshchilik qila boshladi. U o'zining faol harakati bilan tez orada butun vodiydagi ozodlik kurashining tanilgan yetakchisi-ga aylandi. 1918-yil kuziga kelib uning qo'l ostida har birida 20 tadan 1800 nafargacha yigiti bo'lgan 70 ta qo'rboshi dastalari harakat qilayotgandi. Ulardagi jangchilarning umumiy soni 15 mingga, ba'zi ma'lumot-larga ko'ra 20 mingdan to 24 mingtaga yetardi. Xuddi shu davrda Madaminbekning 5 ming, Shermuhammad-bekning 6 ming, Xoko'janing 3 mingdan ziyod, Parpi qo'rboshining 3,6 ming, Jonibekning 5,7 ming, Muhid-dinbekning 4,5 ming jangovar yigitlari ozodlik kurashiga otlangan edilar. Bu raqamlar sovet hokimiyatiga qarshi kurashning ommaviy tus olib borayotganidan dalolat beradi. Bu harakatlarni birlashtirish, muvofiqlashtirish zarur edi. Shu bois bu jangu jadal davrlarda qo'rboshi-larning bir necha bor qurultoylari chaqirilib, ularda muhim hayotiy masalalar hal etilgani bejiz emasdir. Dastlabki shunday qurultoy 1918-yil martida Qo'qon uezdining Bachqir qishlog'ida o'tkazildi. Unda Katta Ergash butun Farg'ona vodiysidagi harakatining rahbari etib saylandi. Unga musulmon qo'shinlarining bosh qo'mondoni — «Amir al-Muslimin» unvoni beriladi. Madaminbek va Shermuhammadbek esa uning o'rin-bosarlari etib saylanadilar. Biroq bu harakat ko'lamining o'sib, kengayib borishi, uning saflariga yangi ijtimoiy qatlamlar, tabaqalar vakillarining qo'shilishi, tabiiy suratda uning oldiga ulkan mas'ul vazifalarni, yangi muammolarni keltirib chiqara bordi. Ularni hal etish esa kurash rahnamolaridan katta matonat, kuchli iroda, yuksak harbiy mahorat, tashkilotchilik qobiliyati va uzoqni ko'ra bilishlik salohiyatini namoyon qilishni taqozo etardi.
Farg'ona qo'rboshilari ichida Madaminbek Ahmadbek o'g'ligina mana shunday noyob fazilatlar sohibi ekanligi bilan ajralib turardi. Navqiron yoshda bo'lishiga qaramasdan katta hayot va kurash tajribasi boy, yurt kezgan, yuksak harbiy sarkardalik iste'dodiga ega Madaminbek (1892—1920) tez orada vodiy kurashchilari sardoriga aylanadi. Sovetlarning rasmiy hujjatlaridan birida ta'kidlanishicha, «o'z oldiga sovet hokimiyatini ag'darish va Farg'ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo'ygan Madaminbek tadbirkor siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi. U bizning rahbarlik faoliyatimizda yo'l qo'ygan xato va kamchilik-larimizdan ustalik bilan foydalanardi. Uning o'z «boshqaruv apparati, o'zining «tribunali», o'zining «gen-shtabi» bo'lgan. U qonunlar chiqargan», — deb e'tirof qiladi Madaminbekka qarshi kurashgan Gramatovich. Buni boshqa qizil qo'shin boshliqlari ham tan olganlar.
Darhaqiqat, Madaminbek o'zining qattiqqo'l siyosati, tashkilotchilik faoliyati va, eng muhimi, o'lkada kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyatni to'g'ri baholay olishi bilan ajralib turardi. Buning ustiga aniq vaziyatga muvofiq keladigan amaliy harakatlarni qo'llay olishi, safdoshlariga o'z ta'sirini o'tkaza olishi ham uni ko'p o'tmay butun Farg'ona qo'rboshilarining nufuzli rahbariga aylantirgan edi. 1919-yilning o'rtalariga kelib uning yigitlarining soni 25 ming kishidan oshardi. Skobelev, Marg'ilon, Andijon, Namangan, O'sh kabi hududlarda harakat qilayotgan taniqli qo'rboshilar, ularning jangchilari Madaminbekning yashil bayrog'i ostiga birlashayotgan edilar. Madaminbekning xalq lashkarlari ayniqsa 1919-yilning birinchi yarmida sovet qo'shinlariga qarshi bir qator sezilarli zarbalar berdilar. Chunonchi, yanvarda Marg'ilon, fevralda Skobelev va Chust shaharlarining Madaminbek tomonidan egallani-shi, ularda mahalliy xalq manfaatiga javob beradigan bir qator muhim amaliy tadbirlarning o'tkazilishi uning obro'sini yanada ko'tarib yubordi. 1919-yil aprel oyida Madaminbek yigitlari Namangan va Qo'qon shahri atroflaridagi janglarda g'olib keldilar. «Madaminbek turli siyosiy oqimdagi kishilarni birlashtira oldi. Shuning uchun ham hech qaysi qo'rboshi uningchalik kuch-qudratga ega bo'lmagan edi», deb yozgandi uning muxo-liflaridan biri o'sha kezlarda.
Darhaqiqat, qarshilik ko'rsatish harakatining ijtimoiy tarkibini laizatarkanmiz, bunda aholining sovet tuzumi-dan norozi bo'lgan, turli-tuman ijtimoiy qatlamlari, chunonchi, dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, batrak-lar, mardikorlar, ziyolilar, dindorlar, ruhoniylar, mahal¬liy boylar, amaldorlar u yoki bu darajada faol ishtirok etganligi ayon bo'ladi.
Xususan, sovet hokimiyati organlarining mahalliy aholiga nisbatan yuritgan o'ta millatchilik, shovinistik va bosqinchilik siyosati uni oqibatda bu tuzum dushmaniga aylantirdi va o'z erki, huquqi, ozodligini himoya qilib kurashga chorladi. Farg'ona fronti qo'mondoni M. Frunze ham: «...Bu yerdagi sovet hokimiyati ilk tuzilish davrida rus va yerli ishchi, dehqon ommalarini o'ziga tortish o'rniga mehnatkash xalqni o'zidan uzoqlashtirish uchun qo'lidan kelgancha harakat qildi. Ishlab chiqa-rishning natsionalizatsiya qilinishida faqat burjuaziya-ning mulki emas, balki o'rta hoi dehqonlarniki ham tor-tib olindi... Bu yerda harakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoya qilgan ba'zi rahbarlar yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi, uning arzu-dodiga quloq solmadi. Bosmachilik harakati shu asosda vujudga keldi. Bosmachilik — oddiy qaroqchilar emas. Shunda ularni tez yo'q qilish mumkin bo'lardi», deb e'tirof qilgan edi.
TASSR XKK raisi Q. Otaboyev 1922-yil iyulida Turkiston MIK 4-plenumida so'zlagan nutqida bu harakatni xalq qo'zg'oloni sifatida baholagan edi: «Biz 4 yil davomida bu harakatga hatto to'g'ri baho berishni ham bilmadik, u xalq qo'zg'oloni bo'lgani holda bosmachilik deb atadik. Bosmachilik mohiyatan talon-chilik degan ma'noni anglatadi, bizning ushbu harakat¬ga bergan noto'g'ri ta'rifimiz masalani hal etishda noto'g'ri yondashuvlarga olib keldi. Va alaloqibat 4 yil davomida biz bu harakatning biron-bir jihatini tugata olmadik».
Yuqori sovet rahbarlarining bu e'tiroflari qarshilik ko'rsatish harakatining nechog'lik o'lkaning hayotiy qon tomirlariga daxl qilgani, uni larzaga keltirganini, qolaversa, yangi tuzumning keng xalq ommasi nazdida obro'sizlanib, puturdan ketayozganini yaqqol tasdiq etadi.
Farg'onaning bechora hoi xalqi o'z xaloskorlarini butun choralar bilan qo'llab-quwatlashda davom etdi. Harakat safi doimo yangi kuchlar hisobiga to'lib bordi. Vodiy qo'rboshilarining birlashish, qo'shilish sari harakatlari ham sezilarli tus olib bordi. 1919-yil kuziga kelib Madaminbek lashkarlarining jangovarlik harakatlari keng hududlarga yoyildi. Bu davrga kelib Monstrovning rus krestyanlari (dehqonlari)dan tashkil topgan ancha ta'sirli harbiy qismlari Madaminbek kuchlari bilan bir-lashdi. Bu hoi xalq kurashining nafaqat ijtimoiy tarkibi-ga, balki ayni chog'da milliy tarkibiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatar, uning maqsad-vazifalariga yangicha yon-dashishni taqozo etardi. Gap shundaki, bunga qadar sovetlarga qarshi harakat saflarida yerli millat kishilari qo'lni qo'lga berib kurashib kelayotgan bo'lsalar, endi-likda unga sovetlar siyosatidan keskin norozi bo'lgan rus dehqonlari ham qo'shilgan edilar. Bu o'zgarish 1919-yil oktabrida Pomirning Ergashtom ovulida Madaminbek tarafdorlari tashabbusi bilan tuzilgan «Farg'ona muvaqqat muxtoriyat hukumati» tuzilishida ham o'z ifo-dasini topgandi. Hukumat tarkibi 24 kishidan iborat bo'lib, uning 16 vakilini musulmonlar va 8 nafarini rus-lar tashkil etardi. Farg'ona hukumati boshlig'i va musul-mon qo'shinlari bosh qo'mondoni etib Madaminbek saylangan edi.
1919-yil oktabr oyi oxirlarida Andijonga yaqin Oyimqishloqda to'plangan vodiy qo'rboshilarining qurultoyida vodiyda harakat qilayotgan 150 taga yaqin jangovor qismlarni o'z ta'sirida ushlab turgan 4 yirik lashkarboshi: Madaminbek, Katta Ergash, Shermuhammadbek, Xolxo'ja eshon qo'mondonliklarini birlashtirishga kelishildi. Qurultoyda islom qo'shinlari-ning bosh qo'mondoni — «Amir al-muslimin» etib Madaminbek saylandi. Biroq bu birlashuv ham mus-tahkam bo'lib chiqmadi. Masalan, Xolxo'ja eshon tez orada o'z kuchlarini ajratib, mustaqil faoliyat ko'rsata boshladi. Bu davrda Madaminbek qo'l ostida 30 mingga yaqin, Shermuhammadbekda 20000, Katta Ergash qo'rboshida esa 8000 jangovar qo'shin bo'lib, uchta lashkarboshi vodiydagi kurash harakatlarini boshqarib turardi. Biroq vodiydagi jangovar harakatlarning keyingi borishi tashabbusning ko'proq tajovuzkor sovet qo'shin-lari qo'liga o'tishiga, qarshilik ko'rsatish harakatining pasayib borishiga olib keldi. O'lkada mustahkamlanib olishga ulgurgan bolsheviklar hokimiyati Markazdan yetarli darajada harbiy kuch, qurol-yarog' olib, son-sanoqsiz harbiy mutaxassislarni jalb qilib, ularni Farg'ona frontiga yo'llash, qonli o'ch olishga safarbar qildi.
1920-yil boshlarida sovet qo'shinlari Katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek va Xolxo'ja kuchlari-ga sezilarli zarbalar berdilar. Jumladan, 1920-yil yan-varida qizillar Katta Ergash kuchlariga zarba berib, uning tayanch markazi Bachqirni egalladi. Xuddi shu vaqtda sovet qo'shini Monstrovning dehqonlar armiyasini tor-mor etib, Gulcha qal'asini ishg'ol etdi. Monstrovning o'zi asir olindi. Shuningdek, fevralda Garbuva— Qoratepa—Shahrixon yo'nalishida qizil qo'shinlar Shermuhammadbek lashkariga kuchli zarba berdi. Buning natijasida Shermuhammadbek yengilib, Oloy vodiysi tomon chekindi. Ayni paytda qizillar Norin va Qoradaryoning qo'shilish joyida Madaminbek askarlari-ga qarshi muvaffaqiyatli jang qilib, unga katta talafot yetkazdilar. Tengsiz dushman bilan kurashni davom ettirishning mushkulligi, oddiy xalq hayotining nochor-lashib borayotganligi ayrim qo'rboshilarini faol kurash harakatlarini vaqtincha to'xtatib, boshqacha yo'l izlash-ga, sovet tomoni bilan o'zaro kelishuvlarga undadi.
Ayyor sovet hukumati taklifiga ko'ra Madaminbek 1920-yil martida sovet qo'mondonligi bilan muzokara olib bordi va sulh tuzildi. Bu sulh shartlariga asosan Madaminbek o'z harakatlarini to'xtatdi, uning 1200 nafardan ziyod askar yigitlarining daxlsizligi, o'z qurol-yaroqlariga ega bo'lishi, kerak bo'lganda ularning vodiy¬da tinchlik, barqarorlik o'rnatishda o'z rahnamosi yetakchiligida faol ishtirok etishi ta'kidlangan edi. Madaminbek o'zining boshqa safdoshlariga ham sovetlar bilan muzokaralar olib borib, shunday yo'l tutishni maslahat beradi. Biroq Farg'ona qo'rboshilari yo'lboshchilari Shermuhammadbek va Xolxo'ja eshon o'z huzurlariga muzokara uchun kelgan yurtning bu mard o'g'lonini sotqinlik va xoinlikda ayblab, uni qatl ettiradilar. Sodir etilgan bu fojeali voqea ham vodiy qo'rboshilari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning ziddiyatli bo'lganligiga bir ishoradir.
Garchand Farg'onada sovetlarga qarshi kurash bundan keyin ham yangi-yangi kuchlar bilan qo'shilishib turli tarzda davom etsada, biroq u awalgidek keng qam-rovli jangovar, hujumkor yo'nalish kasb etolmadi. 1920—1923 yillar davomida vodiy hududlari bo'ylab olib borilgan kurashlarga aka-uka Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek, ulardan so'ng Islom Polvon va Rahmonqullar yetakchilik qildilar. Ularning har birining jasorati, haq va ozodlik yo'lidagi fidoyiligi xalq xotirasi-da muhrlanib qoldi.
Vodiyda yoqilgan sovetlarga qarshi harakat mash'alasi keyinchalik Turkistonning boshqa hududlari-ga ham yoyildi. Sovet hokimiyatining zulmi va zo'ravon-ligiga qarshi kurash Buxoro va Xorazmda, Samarqand viloyatida ham aks-sado berdi. Vatan mehri, ona zamin sadoqatini jismi-diliga jo etgan, uning erki, ozodligini har narsadan muqaddas bilgan ming-minglab yurtdosh ajdodlarimiz hukmron tuzum bedodligi va jabr-sitamiga qarshi ko'tarildilar. Ular yana o'n yillar davomida g'addor rejim kuchlari bilan tengsiz janglarda qatnashib, behisob mahrumliklarga duch kelishlariga qaramay o'z g'oyalariga sodiq qoldilar.
Sovet hokimiyatiga qarshi harakatning mag`lubiyati sabablari, saboqlari.
Sovet hokimiyatiga qarshi harakat nima sababdan piroyo haqdi va qanday omillar bunga olib keldi? Bu alamli mag'lubiyat o'lka xalqlari uchun qanday ijtimoiy-siyosiy oqibatlarni keltirib chiqardi? Mana shu savollar bugungi istiqlol davri kishilarining har birini o'ylantirishi, fikrga toldirishi tabiiydir. Bu xususda to'xtalar ekanmiz, bu harakat qanday yakun topmasin, qanaqa oqibatlar bilan bog'liq bo'lmasin, u haqli suratda Vatanimiz tarixida unutilmas iz qoldirdi.
Yurt farzandlari uzoq yillar davomida tengsiz jangu jadallarga dosh berib, so'nggi nafaslariga qadar Vatan oldidagi burchini ado etdilar. Bu ularning ona zaminga mehri, sadoqati nechog'lik beadad bo'lganini, undan ruh, madad olib erkinlik uchun jasorat ko'rsatib kurash-ganini to'la isbot etadi. Bejiz Madaminbek: «Mening millatim—mening jonu dilim!», deb xitob qilib, uni o'z hayoti va kurashining bosh mazmuni, deb bilmagan edi. Shermuhammadbek tilidan aytilgan: «Turkiston—tur-kistonliklar vatanidir, undan boshqa hech kim uning ustidan hukmronlik qilishga haqli emas!» degan jangovar shior uning ming-minglab quroldosh yigitlari uchun harakat dasturi rolini o'taganligi shubhasiz.
Lekin bu kurash nechog'lik shiddatli kechmasin u o'z nihoyasiga yetolmadi. Bunga esa ko'plab jiddiy salbiy holatlar va omillar ta'sir etganligi aniqdir. Eng asosiy sabablardan biri— harakat etakchiligining aholi bursh tabaqalarini ulug'vor maqsadlar yo'lida jipslashtirishga qodir bo'lgan yagona milliy g'oyaga ega emasligidir. Qo'rboshilar siyosiy kurashda toblangan ilg'or jadid namoyandalarini ham o'zlaridan chetlashtirgan edilar. Zero, ular qanchalik olijanob maqsadlar, jangovar shior-lar ostida jon fido etmasinlar, biroq ularning harakati yagona kurash dasturi asosida tashkil etilmagan edi. Harakat etakchilari saflarida chinakam uyushqoqlikning yetishmasligi, joylarda harakat qilgan kuchlar o'zlarining tor hududiy chegaralari bilan o'ralashib qolganligi, ayrim qo'rboshilarning o'z nafsoniyatlariga berilishi, dunyo-qarashi torligi, cheklanganligi, manmanlik kasaliga chalinganligi, bir-birlari bilan kelisholmasligi, o'zboshimcha xatti-harakatlarga intilishi kabi hollar oxir-oqibatda bu kurashning borishiga jiddiy monelik qildi. Buni butun vodiy bo'ylab harakat qilgan uchta yi-rik yetakchi: Madaminbek, Shermuhammadbek va Katta Ergash boshchiligidagi xalq lashkarlarining to'liq birlasha olmaganligi fakti ham isbot etadi. Negaki, bu xalq dardi, g'ami va tashvishlarini chuqur tushungan rahnamolari o'ta zaruriyat taqozo etgan kezlarda o'zaro kelishmovchiliklarni bir chetga surib, bir-birlari bilan umumiy til topa olmadilar. Goho Madaminbek bilan katta Ergash yoxud Madaminbek bilan Xolxo'ja Eshon o'rtasidagi nizo va ixtiloflar oqibatda ularning har birini fojeali qismatga mahkum etdi.
Qarshilik ko'rsatish harakati yetarli moddiy-ta'minot bazasiga, qurol-aslaha zahirasiga ham ega emasdi. Ular chetdan keladigan harbiy madad va yordamga ham umid qilolmasdilar. O'lka zo'ravoni bo'lib olgan sovetlar esa o'z qo'shinini zamonaviy qurol-yaroqlar va harbiy kuch¬lar bilan ta'minlay olgan edi. Masalan, 1919-yil avgust oyi oxirlarida lining tasarrufida 115376 nafar jangchi, shuningdek, 11112 ta pulemyot, yuzlab to'plar, bronepoezdlar, o'nlab samolyotlar va boshqa zamonaviy qurollar mavjud edi. Sovetlar tashkil qilgan Turkiston fronti o'zlariga qarshi turgan kuchlarni qonga belashda mana shu qirg'in qurollarni to'liq ishga solgan edi. Ayyorlikda pixini yorgan sovet mutasaddilari va ularning ko'p sonli gumashtalari har bir vaziyatdan ustamonlik bilan foydalandilar. Ular kerak bo'lsa yo'l qo'ygan qo'pol xatolarini tuzatib, yon berib, mahalliy aholi noroziligini yumshatib, ularni o'z tomoniga ag'darib olishga urindilar. Jumladan, ular 20-yillar boshlarida vodiy aholisi o'rtasida bir qator amaliy tadbirlar o'tkazib (chunonchi, dehqonlarga yer berish, ularni avf etish, soliqlar miqdorini bir qadar kamaytirish, Madaminbek singari taniqli qo'rboshilar bilan muzokaralar olib borish, ular bilan kelishish, o'zaro yon berish va hokazo), bu hududdagi ahvolni asta-sekin o'z foydalariga o'zgartirib bordilar. Sovet mafkurasining butun o'tkir tig'i, ta'sir vositalari mana shu maqsadga yo'naltirilgandi. Bu esa qarshilik ko'rsatish harakatining istiqboliga salbiy ta'sir o'tkazmasdan qolmadi.
Bu harakat millionlab yurtdoshlarimiz hayoti va qis-matida o'chmas fojeali iz qoldirdi. Ba'zi aniqlangan ras-miy ma'lumotlarga qaraganda, u milliondan ziyod mahalliy millat kishilarining aziz umrlariga zomin bo'ldi. Necha yuz minglab oilalaming o'z ona zaminini tark etib, begona yurtlarga bosh olib ketishlariga sabab bo'ldi. Qolaversa, son-sanoqsiz odamlar mana shu fojea bois mamlakatning boshqa, uzoq hududlariga surgun va badarg'a qilindi. Bu harakat yurtdoshlarimizga katta, ibratli saboqlar berdi, ularning kurash tajribasining bo-yishi, oshuviga muhim ta'sir ko'rsatdi. Zero, ona O'zbekistonimizning istiqlolga yuz tutib, dorilamon zamonlarga musharraf bo'lishida, bugungi baxtiyor avlod kishilarining mustaqillik oliy nematidan bahramand bo'lishida o'sha 20—30-yillarda bobokalonlarimiz qilgan ulkan sa'y-harakatlar, to'kkan qutlug' qonlar, bergan bemisol qurbonlarning ajri, ibrati ozmuncha emas. Ularning yorqin, porloq xotirasi hozirgi minnatdor avlod kishilarining dili, shuurida hamisha saqlangusi, faxr-iftixor tuyg'usi bilan eslangusidir.








';
Просмотров: 2982 | Добавил: aza | Теги: bra target=_top href=http://www.rek | Рейтинг: 3.3/3
Всего комментариев: 3
3  
manga bu saytni foydasi katta istagan temada malumot ololaman mavzu haqida to'liq malumot borrrr.

2  
Diqqat!!! Diqqat!!! Diqqat!!!Saytimiz foydalanuvchilaridiqqatiga !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!Shu yinling 8-oktyabrseshanba kuni soat 16:30 daToshkent shahrida joylashganmuxtasham Ko'kcha jome'masjidi hududida saytimizningbarcha a'zolari, hususanPoytaxtlik yuzerlar o'rtasidado'stona uchrashuv bo'lib o'tadi. Yig'ilishdan asosiy maqsad, saytimizning ahil jamoasi a'zolari bir-birlari bilan yaqindan tanishish va dildan suhbat qurish, shuningdek yuzerlar o'rtasida futbol shousini tashkil etishdan iborat. Ushbu yig'ilishga barcha Toshkentlik yuzerlarni va saytimizning barcha a'zolarini taklif etib qolamiz.(P/S. Ko'kcha jome' masjidinibilmaydigan Poytaxtimizmehmonlari istalgan yerdanTaksi haydovchisi orqali yetibkelishlari mumkin. Futbol shousi uchun Camp Nou xijolat bo'ladigan yuqori sifatli maydon hal etib qo'yilgan) Tashkilotchi: BEK_REAL Murojat uchun telefon:+99894 682-11-90 . . . . . . . . . .

1  
manga yoxti bu mavzu xammasi tuliq yaxshi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

0
Arxiv

nwEnt15


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat