Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1983



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1294



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1894








Главная » 2010 » Март » 10 » TEST Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi
13:45
TEST Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi
Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi

1. Ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan bo’lib qachondan boshlab Ashtarxon (Hojitarxon, Astraxon) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan hukmronlik qildi?
A) XIV asrning 40-yillaridan
B) XIV asrning 60-yillaridan
C) XIV asrning 80-yillaridan
D) XV asrning 20-yillarida

2. Qachon Astraxanni Rusiya bosib oladi?
A) 1552-yilda B) 1554-yilda
C) 1556-yilda D) 1558-yilda

3. Qachondan Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasining hukmronligi boshlanadi?
A) 1601-yildan B) 1602-yildan
C) 1603-yildan D) 1604-yildan

4. Buxoro xonligi qancha vaqt ashtarxoniylar sulolasi tomonidan boshqariladi?
A) 135 yil B) 140 yil C) 160 yil D) 175 yil

5. Boqi Muhammad 1602-yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo’ysindirdi va ….. hokim etib tayinladi.
A) ukasi Vali Muhammadni
B) jiyani Imomqulixonni
C) Nadrmuhammadni
D) Iskandarsultonni

6. Qachon Vali Muhammad qozoq xoni Kelimuhammad qo’shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo’ysindirdi?
A) 1602-yilda B) 1603-yilda
C) 1604-yilda C) 1605-yilda
7. Imomqulixon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 1607-1638-yillarda
B) 1609-1640-yillarda
C) 1611-1642-yillarda
D) 1613-1645-yillarda

8. Nima uchun Toshkentda Imomqulixon hukmronligiga qarshi 1613-yilda qo’zg’olon ko’tarildi?
A) Imomqulixon hukmonligini tan olmaslik uchun
B) Imomqulixon o’g’li Iskandar Sultonning aholiga boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko’paytirib, qattiq zulm o’tkazganligi
C) qozoq sultoni Kelimuhammad madadiga tayanishi
D) Iskandarni Toshkentliklardan ko’plab aholini askarlikka olishi

9. Qaysi Ashtarxoniy hukmronligi davrida Xiva xonlarining talonchilik yurushlari kuchayadi?
A) Vali Muhammad B) Imomqulixon
C) Nadr Muhammad D) Abdulazizxon

10. Qachon Subxonquli Balxni egallaydi va u Balx hokimi etib tayinlanadi?
A) 1647-yilda B) 1649-yilda
C) 1651-yilda D) 1653-yilda

11. Qachon Xiva xoni Abdulg’ozixon katta qo’shin bilan yurish qilib, Buxoro atrofini ikki bor talon-taroj qiladi?
A) 1652-yilda B) 1653-yilda
C) 1654-yilda D) 1655-yilda

12. Subxonqulixon qaysi qabiladan bo’lgan Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo’shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishadi?
A) qo’ng’irot B) qatog’on
C) mangit D) yuz
13. Keksayib qolgan Abdulazizxon qachon taxtdan voz kechib, Makkaga hajga ketadi va u yerda vafot etadi?
A) 1645-yilda B) 1672-yilda
C) 1680-yilda D) 1682-yilda

14. Subxonqulixon isyonkor o’g’li Siddiq Muhammadni o’ldirgach Balx hokimligi kimga topshiriladi?
A) qatog’on urug’idan bo’lgan Mahmudbiy otaliqqa
B) yuz qabilasining sardori Muhammad hoji otaliqqa
C) amir Shohniyozga
D) o’g’li Ubaydulloxonga

15. Qachon Subxonqulxon Xivadagi tarafdorlari xizmatidan foydalanib, Xiva xoni Erengxonning o’ldirilishiga erishadi va Xorazm Buxoro xonligi tasarrufiga olinadi?
A) 1680-yilda B) 1684-yilda
C) 1686-yilda D) 1688-yilda

16. Xorazm Buxoro xonligi tasarrufiga olingandan keyin Subxonqulixon kimni Xivaga hokim etib tayinlaydi?
A) Erengxonni
B) Amir Shohniyozni
C) Amir Shohmurodni
D) Eshmuhammadni

17. Qatag’on qabilasi boshlig’i Mahmudbiy otaliq qachon Balxda hokimiyatni o’z qo’liga oladi va o’zini xon deb e’lon qiladi?
A) 1702-yilda B) 1704-yilda
C) 1706-yilda D) 1708-yilda

18. Qachon Ubaydullaxonga fitna uyushtirilib, u o’ldiriladi?
A) 1710-yilning 26-martida
B) 1710-yilning 14-noyabrida
C) 1711-yilning 16-martida
D) 1711-yilning 18 avgustida
19. Zamondosh tarixchilarning ma’lumotiga qaraganda qaysi ashtarxoniy "Saroyning oldi (ya’ni Registon) tinch bo’lsa bo’lgani”, degan gapni doimo takrorlab turgan?
A) Nadr Muhammad B) Abdulazizxon
C) Subhonqulixon D) Abulfayzxon

20. Abulfayzxon hukmronligi davrida kim Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo’lgan davlat tuzishga qaror qiladi?
A)Shahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy
B) Nurota hokimi,mangit qabilasi vakili Tog’aymurod
C) Xatirchi hokimi, moyton urug’idan chiqqan Muzaffar
D) Qarshi hokimi barlos urug’idan chiqqan Jahongir

21. Qachon Ibrohimbiy Samarqandni egalladi va kuyovi Rajab Sultonni xon deb e’lon qildi?
A) 1716-yilda B) 1719-yilda
C) 1722-yilda D) 1730-yilda

22. Rajab Sultonning mustaqil Samarqand xonligining mustaqilligi qaysi yilgacha saqlanib turildi?
A) 1730-1731-yillargacha
B) 1731-1732-yillargacha
C) 1732-1733-yillargacha
D) 1733-1734-yillargacha

23. Kenagas urug’i vakili Ibrohimbiy kuyovi Rajab Sultonni Samarqand xonligi taxtiga o’tqazgach o’ziga qanday unvonni oldi?
A) "otaliq”
B) "amir-ul-umaro”
C) "amiri lashkar
D) "amir-ul-muslimin”

24. Ashtarxniylarning qaysi hukmdori o’z vaqtini ko’ngil-xushlik ishlariga sarflab, mayxo’rlikka berilib ketishi natijasida mast chog’ida yetti o’g’lini o’limga mahkum etgan edi?
A) Ubaydullaxon B) Imomqulixon
C) Abulfayzxon D) Subxonqulixon

25. Abulfayzxon hukmronligi davrida markaziy hokimiyatning zaiflashuvi siyosiy tarqoqlikni yanada kuchaytirishi natijasida ……. amalda mustaqil bo’lib oldilar.
A) Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urgit, Balx
B) Qarshi, Balx, Farg’ona, Ko’lob, Shahrisabz
D) Badaxshon, Balx, Ko’lob, Hirot, Urgut
D) Samarqand, Qarshi, Balx, Farg’ona, Badaxshon

26. Eron shohi Nodirshoh Kavkaz, Hindiston, Usmonli turklar saltanati va Afg’onistonga qarshi zafarli yurishlardan so’ng, …. Buxoro xonligiga bostirib kirdi.
A) 1736-yili B) 1737-yili
C) 1738-yili D) 1739-yili

27. Abulfayzxon Nodirshohga taslim bo’lish haqidagi shartnomani imzolash uchun qayerga borgan?
A) Miyonkol oroliga
B) hozirgi Qorako’l rayoni hududiga
C) Karmana hududiga
D) Zarafshon daryosi bo’yidagi Chorbakr qirg’og’iga

28. Abulfazxon va Nodirshoh o’rtasidagi shartnomaga ko’ra …..
A) Nodirshoh qo’shinlari uchun 8 yilga yetadigan 200 ming xarvar byg’doy va arpa to’plab beradi
B) 20 ming nafar qo’shin to’plab berish shart edi
C) Eron shohi qo’shinlari uchun 10 yilga yetadigan 300 ming xarvar bug’doy va arpa berishi kerak edi
D) 30 ming qo’shinni Nodirshoh huzuriga jo’natish kerak edi

29. Buxoro xonligi aholisidan Nodirshoh huzuriga jo’natilgan 10 ming nafarli qo’shinga kim qo’mondon etib tayinlandi?
A) Muhammad Hakimbiy
B) Muhammad Rahim
C) Rizoqul
D) Muhammadquli

30. Ashtarxoniylar davrida davlat mablag’i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshoatlari barpo etish va obodonchilik ishlarini qaysi mansabdor boshqargan?
A) qutvol B) bakovul
C) devonbegi D) muxtasib

31. Ashtarxoniylar davrida xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun beriladigan yer-mulk qanday atalgan?
A) "suyurg’ol” B) "tanho”
C) "mulki xurri xolis” D) "mulki amlok”

32. Ko’chmanchi chorvador qabilalarning katta-katta yerlarni egallashi natijasida ….. kabi aholi yashaydigan yirik manzilgohlar vujudga keldi.
A) Qo’ng’irot, Mang’it, Qipchoq, Mo’yton
B) Nayman, Dormon, Kenagas, Qatog’on
C) Dormon, Naymon, Bahrin, Qo’ng’irot
D) Qo’ng’irot, Mang’it, Naymon, Do’rmon

33. Imomqulixon davrida, ….. Qashqadar-yodan Qarshi cho’liga kanal qazilgan.
A) 1614-1615-yillarda
B) 1616-1617-yillarda
C) 1618-1620-yillarda
D) 1620-1622-yillarda

34. Qachon Qo’shqo’rg’ondan kanal qazilib, vohalarga suv chiqarilgan?
A) 1622-1624-yillarda
B) 1626-1628-yillarda
C) 1628-1630-yillarda
D) 1633-1634-yillarda

35. XVII-XVIII asrlarda buxorolik hunarmandlar qancha kasb turlari bilan shug’ullangan?
A) 100 ga yaqin B) 150 dan ziyod
C) 200 ga yaqin D) 220 dan ortiq

36. Subhonqulixon davrida raiyatdan …. soliqlarni birdaniga yig’ib olish hollari bo’lgan.
A) qo’shin uchun B) 7 yillik
C) 5 yillik D) xon xarajati uchun

37. Ubaydulloxon … pil islohati o’tkazib, tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tangalarni o’rniga, tarkibida 9 foiz kumush bo’lgan tangalarni zarb ettirdi va uning qimmatini oldingi tangalarga teng deb belgilaydi.
A) 1704-yilda B) 1706-yilda
C) 1708-yilda D) 1710-yilda

38. 1712-yilda …… qo’zg’olon ko’tarilib xalqqa zulm va zo’ravonlik qilayotgan kenagas qabilasidan qo’yilgan Sulton To’qsobo shahardan haydaladi.
A) Samarqandda B) Buxoroda
C)Qarshida D) Termizda

39. XVII-XVIII asrlarda o’quvchilarga avval harflar o’rgatilgan, keyin bo’g’inlar, ularni qo’shish orqali so’z tuzish, ….. kitobini o’qish o’rgatilgan.
A) "Chor kitob”
B) "Haftiyak” ("Qur’oni Karimning yettidan biri”)
C) "Qur’oni Karim” oyatlari
D) hadislar

40. XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligi shaharlarida qancha madrasa bo’lgan?
A) 80 ta B) 100 ga yaqin
C) 120 dan ziyod D) 150 dan ortiq

41. O’rta asr Buxoro madrasalarida o’qish qanday nomlangan fors tilidagi o’quv qo’llnmasini o’zlashtirishdan boshlangan?
A) "Haftiyak” B) "Chor kitob”
C) "Avvali ilm” D) "Ilmi hadis”

42. Buxoro madrasalarida XVII-XVIII asrlarda qaysi kurs majburiy kurs hisoblangan?
A) aruz ilmi
B) fiqh (huquq) kursi
C) notiqlik kursi
D) hattotlik ilmi

43. XVII-XVIII asrda madrasa talabalaridan Imom al-Buxoroy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy asarlarini, jami ….. o’zashtirish talab etilgan.
A) 80 darslik va o’quv qo’llanmalarini
B) 100 dan ortiq darslik va "Jome s-sahih” asarini
C) 137 darslik va o’quv qo’llanmalarni
D) 137 darslik va "Qur’oni Karim”ni

44. XVII asrning taniqli olimi, Mir Arab madrasasi mudarisi Muhammad Sharif Buxoriy qalamiga mansub asarni belgilang?
A) "Dor ush-shifo”
B) "Baxr ul-asror”
C) "Muhit ut-tavorix”
D) "Davriylik haqida risola”



45. Quyidagi olimlarning qaysi biri tomonidan 1678-yilda falakiyat, ilmi hay’at haqida risola yozgan?
A) Mulla Yusuf Qorabog’iy
B) Mulla Tursun Fariziy
C) Boboxo’ja ibn Xoja Orif Samarqandiy
D) Abdurxmon Tole

46. Quyidagi olimlarning qaysi biri falsafa, tasavvuf, tarix, fiqh, tilshunoslik, astranomiya sohasida 20 dan ortiq asar yozgan?
A) Muhammad Amin Buxoriy
B) Muhammad Sharif Buxoriy
C) Mulla Tursin Fariziy
D) Mulla Yusuf Qorabog’iy

47. Muhammad Sharif Buxoriyning …… kitobi 25 bob 32 fasldan iborat bo’lib, unda shariat qonun qoidalari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumotlar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar o’z ifodasini topgan.
A) "Hoqonga foydali maslahatlar”
B) "Baxr ul-asror”
C) "Axloq husnlari”
D) "Abulfayzxon tarixi”

48. Muhammad ibn Valining 1636-yilda yozilgan qaysi asarida Samarqandlik va Buxorolik 20 nafar olim haqida ma’lumot berilgan?
A) "Axloq husnlari”
B) "Baxr ul-asror”
C) "Bahoriyat”
D) "Oriflar murodi”

49. Turkistonda "Abulmaoniy” ("Ma’nolar otasi”) degan nom olgan shoirni aniqlang
A) Sayido Nasafiy B) Turdi
C) Bedil D) So’fi Olloyor



50. Mahmud ibn Valinng qaysi asarida Movarounnahr va Xuroson tarixi, mamlakatlar, shaharlar, okean va dengizlar, hayvonot olami haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilinadi?
A) "Dor ush-shifo”
B) "Tarixi Muqumxoniy”
C) "Baxr ul-asror”
D) " Oliyjanob insonlar xususida sirlar dengizi”

51. Ashtarxoniylarning qaysi hukmdori Buxoroda "Dor ush-shifo” qurdirb, bemorlarni davolash ishini yo’lga qo’ygan?
A) Nadr Muhammad
B) Imomqulixon
C) Subxonqulixon
D) Addulazizxon

52. Bedilning …… falsafa, tarix va ilohiyotning xilma-xil masalalari bayon etilgan.
A) "To’rt unsur” asarida
B) "Irfon” dostonida
C) "Axloq husnlari”asarida
D) "Qipchoqxon tarixi”asarida

53. Quyidagi asarlarning qaysi biri Xojamqulixon Balxiyning asari hisoblanadi?
A) "Qipchoqxon tarixi”asari
B) "Muhit ut-tavorix”asari
C) "Tarixi Muqimxon”asari
D) "Ubaydullonoma”asari

54. "Muhit ut-tavorix” ("Tarixlar dengizi”) asari qaysi tarixnavis qalamiga tegishli?
A) Muhammad Amin Buxoriy
B) Abdurahmon Tole
C) Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriy
D) Xo’jamqulixon Balxiy

55. "Muhabbatnoma”, "Axloq husnlari” risolalari hamda 50 ming baytdan iborat katta devon muallifi qaysi tarixnavis?
A) Abduraxmon Tole
B) Mahmud ibn Vali
C) Muhammad Amin Buxoriy
D) Muhammad Sharif Buxoriy

56. Qaysi shoir to’quvchilik bilan shug’ullanib, ko’pgina sherlarida ijtimoiy tengsizlikka, jabr-zulmga qarshi norozilik bildirilib, u 212 xil kasb-huhar egalari haqida fikr bildiradi?
A) Sayido Nasafiy B) Bedil
C) Turdi D) So’fi Olloyor

57. Quyidagi asarlarning qaysi biri Sayido Nasafiy tomonidan yozilgan?
A) "Taqvadorlar maslagi”
B) "Bahoriyat” ("Hayvonotnoma”)
C) "Zafarnoma”
D) "Muhabbatnoma”

58. XVII asr Shoiri Turdining 434 misra hajmdagi merosining …… Subhonqulixon haqidagi hajvlardir ("Subhonqulixon to’g’risida hajviya”, 1691)
A) 120 misrasi B) 132 misrasi
B) 144 misrasi D) 165 misrasi

59. Tariqat arbobi va shoiri So’fi Olloyorning quyidagi asarlarining qaysilari turkiy tilda yaratilgan?
A) "Taqvodorlar maslagi”, "Oriflar murodi”
B) "Ojizlar saboti”, "Najot tantanasi”
C) "Oriflar murodi”, "Ojizlar saboti”
D) "Najot tantanasi”, "Taqvodorlar maslagi”





60. So’fi Olloyorning qaysi asari 12 ming bayt, 135 ta bobdan iborat bo’lib, ilohiy ma’rifat badiy talqinda bayon etilgan o’zbek falsafiy adabiyotining yetuk namunasidir?
A) "Taqvodorlar maslagi”
B) "Ojizlar saboti”
C) Oriflar murodi”
D) "Najot tantanasi”

61. Qachon Samarqandda ko’chirilgan Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma” kitobi o’sha davr kitobat sa’natining yorqin namunasidir?
A) 1612-yilda B) 1618-yilda
C) 1624-yilda D) 1628-yilda

62. Buxoroda yirik me’moiy majmua Labihovuz ansamblini Nodirdevonbegi ….. qurdirgan.
A) 1617-yilda B) 1620-yilda
C) 1622-yilda D) 1624-yilda

63. Qaysi davrga kelib Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi?
A) XV asrda B) XVI arda
C) XVII asrda D) XVIII asrda

64. Samarqand hokimi Yalangto’sh Baho-dir 1619-1635-yillarda vayrona holatga tushib qolgan Registon maydonida Ulug’bek madrasasi …… qurdirdi.
A) qarshisida Sherdor madrasasini
B) yonida Tillakori madrasasini
C) orqasida Mirzoyi karvonsaroyini
D) ro’parasida Chorsu savdo kompleksini







65.Qachon Buxoro shahrida Abdulazizxon qurdirgan qo’sh imoratli madrasa mus-tahkamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turadigan, o’z zamo-nasi me’morchiligining yetuk namunasi hisoblanadi?
A) 1648-yilda B) 1652-yilda
C) 1664-yilda D) 1676-yilda

66. Samarqand hokimi Yalangto’shbiy Bahodir Tillakori madrasa-masjidini qachon bunyod ettirgan?
A) 1619-1635-yillarda
B) 1624-1640-yillarda
C) 1646-1659-yillarda
D) 1648-1662-yillarda

67. Qaysi ashtarxoniy hukmdor Madina shahrida Chorbog’, Makkadagi Ka’baga kiraverishda darvozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutquchli yog’och zina qurdiradi?
A) Imomqulixon B) Abdulazizxon
C) Subhonqulixon D) Abulfayzxon

Просмотров: 6274 | Добавил: aza | Рейтинг: 3.9/9
Всего комментариев: 2
2 Kramoj  
0
My family and i got quite dhitgeled Emmanuel could deal with their study with all the valuable recommendations he gained from your personal site. It is not basic in order to possibly be providing out there tips in which others may have been promoting. And that we almost all have an understanding of we'd like mcdougal being thankful in order to because of this. All of the drawings you have made, the easy web site food selection, the particular interactions you'll aid engender ? it's largely amazing, and it is allowing our son in addition to the loved ones that is amazing the concept is awesome, quite important. Many thanks for almost everything!

1 karim  
0
javob

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

0
Arxiv

nwEnt21


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat