O`zbek tilidan 3-kurs (11-sinf)lar uchun test savollari 1-variant 1. Tilxat, ariza, bayonnoma qaysi uslubda yozilgan? A)Rasmiy uslubda Badiiy uslubda C) Og’zaki so’zlashuv uslubda D) Ilmiy uslubda 2. Ot sinonimlarni toping. A) Ot, ism, nom O’rtoq, do’st, birodar C) Asr, asir, olar D) A va B 3. Ozaytirma sifatlar berilgan qatorni aniqlang. A) Nim pushti, sariqroq, mard Jasurroq, sal dangasaroq, uzun C) Ko’kimtir, sarg’ish, sal dangasaroq, dardman D) Mardona, dardchil, badavlat 4. Sifatning gapdagi asosiy vazifasini belgilang. A) Ega To’ldiruvchi C) Aniqlovchi D) Kesim 5. Dona son berilgan qatorni toping. A) O’nta daftar sotib oldim Ikki yorti bir butun C) Yig’ilishga o’ntacha odam keldi D) Biri do’stim, ikkinchisi akam bo’ladi 6. Songa xos bo’lmagan xususiyat qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) Egalik ko’shimchalarini oladi Turlanadi C) Otlashadi D) Yasaladi 7. Otlashgan son berilgan qatorni belgilang. A) Yuzta siz-bizdan bitta jiz-biz yaxshi Birni kessang, o’nni ek C) Urush millionlab odamlarning yostig’ini quritdi D) Ikkinchi qavatga ko’tarildik 8. Olmoshga xos bo’lmagan xususiyat qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) Egalik qo’shimchasini oladi Kelishik qo’shimchasini qabul qiladi C) Otga o’xshab turlanadi D) Fe’l kabi tuslanadi 9. O’zingga emas, ishingga zeb ber, shunda obro’ topasan. Ushbu gapdagi olmoshning vazifasini belgilang. A) Ega Kesim C) To’ldiruvchi D) Aniqlovchi 10. Fe’lga xos bo’lmagan belgi qaysi qatorda berilgan. A) Tuslanadi Zamonga ega C) Mayl ko’rsatadi D) Barcha javoblar to’g’ri 11. Ko`plik ma`nosi qaysi qatorda qo`shimchasiz ifodalangan? A) Har doim sofdil bo`laylik. Ko`chada bir qancha bolalar ko`rindi. C) Bemor tezroq tuzalsaydi. D) Har rastada ming-ming do`kon. 12. Gapni gapir uqqanga. Ushbu gapdagi gapir fe`li qanday gapning kesimi bo`lib kelgan? A) Darak gapning So`roq gapning C) Buyruq gapning D) Undov gapning. 13. Biror shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, uning xislat va xulqi haqida yozilgan hujjat nima? A) Tilxat Ishonchnoma C) Tavsiyanoma D) Bildirishnoma 14. Kelishik qo`shimchasi o`rnida ko`makchi qo`llash mumkin bo`lgan gapni toping. A) Suvni piyoladan ichdi. Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi. C) Do`stimning holatini ko`rib, rahmim keldi. D) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi. 15. Ko`makchini kelishik qo`shimchasi bilan almashtirish mumkin bo`lgan gapni toping. A) Atrof – qum cho`li singari bepoyon. Siz bilan obod uyim. C) Do`stining ahvolini diqqat bilan kuzatgan Salim unga maslahat berdi. D) Ko`lda qayiq bilan suzdik. 16. Qaysi gapda quyilmoq fe`li uslubiy jihatdan noto`g`ri qo`llangan? A) Bir kunda ming dona g`isht quyildi. Bulutlar tobota quyilib, kun qorayib borardi. C) Simyog`ochlardagi chiroqlardan nur yerga sutday quyilib turardi. D) Sirdaryo Orol dengiziga quyiladi. 17. Qaysi qatorda ega bilan kesim o`rtasida tire noto`g`ri qo`yilgan? A) Mening eng yaqin do`stim – sen! Bilim olish – yuksalish. C) Besh karra besh – yigirma besh. D) Chiranma - g`oz, hunaring - oz. 18. “Shum bola” qissasi kimning qalamiga mansub? A) Abdulla Qahhor G`afur G`ulom C) Said Ahmad D) O`tkir Hoshimov 19. Qaysi qatordagi ibora mug`ambir so`ziga sinonim bo`ladi? A) Oyoqni tiramoq. Dilini og`ritmoq C) Yulduzni benarvon urmoq D) Ilonning yog`ini yalagan 20. O’timli fe’l berilgan gapni aniqlang. A) Ish bilganda bir tanga, gap bilganga ming tanga Salomatlik- tuman boylik C) Ota-onangni hurmat qil D) Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l 21. Berilgan she`riy parcha kimning qalamiga mansub? O`xshashi yo`q bu go`zal bo`ston, Dostonlarda bitgan guliston. O`zbekiston deya atalur, Uni sevib el tilga olur. A) Abdulla Oripov Erkin Vohidov C) Muhammad Yusuf D) Hamid Olimjon 22. Ravish qatnashmagan gapni aniqlang. a) Nur sochib oy chiqadi yerga boqqani. b) Bu voqea hech qachon yodimdan ko`tarilmaydi. c) Asta-sekin tong ota boshladi. d) Allaqayerda bo`rilar uvillashi eshitiladi. 23. Yaxshi-yomon, uzun-qisqa, eski-yangi so’zlari qanday so’zlar sanaladi? A) Zid ma’noli so’zlar Shakldosh so’zlar C) Ma’nodosh so’zlar D) Paronom so’zlar 24. Sifat va otdan tashkil topgan toponimlar qatorini toping? A) Oydingo’l, Qo’ng’irtov, Oqqo’rg’on Kattaqo’rg’on, Yakkasaroy, Qizilteppa C) Oltiariq, Mingchinor, Qirqoyoq D) Oltinsoy, Kumushkent, Qorasuv 25. Leksikologiya nimani o’rgatadi? A) Lug’at va uning tuzilishi Tildagi so’zlarning kelib chiqish tarixini C) So’z va uning xususiyatlarini D) So’zning grammatik shakllarini 26. Bobur qachon va qayerda tug’ilgan A) 1483-y. Andijonda 1414-y. Samrqandda C) 1441-y Hirotda D) 1501-y Dehlida
|