Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri
Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
Bibiхоnim mаqbаrаsi
Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
Go`ri Аmir (1404)
Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)
Mp3
Bizning savol
Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Yadullayev Azamat
Главная » 2010 » Май » 4 » Mahmudxo'ja Behbudiy va Munavvar Qori Abdurashidxonov.
13:35
Mahmudxo'ja Behbudiy va Munavvar Qori Abdurashidxonov.
Mahmudxo'jaBehbudiy.MunavvarQoriAbdurashidxonov.
MunawarQoriAbdurashidxonovotasidanertaajralib, boshlang'ichta'limnio'zdavriningilmliayollaridanbiribo'lganonasiXosiyatotindanoldi. So'ng maktabda
o'qib, qorilikka tayyorlandi. 1898-yilda u Darxon mahallasi masjidida
mudarrislik qildi. Jadidlar g'oyasi bilan
I.G'aspirali Beyning "Tarjimon" jurnali orqali tanishgan. U
1901-yilda yangiusul rnaktablari uchun birinchi darslik — "Adi-bi
avval"ni tayyorlab, unda grammatika, alifboni o'qitish asoslarini bayon
etib berdi. Ikkinchi darsligi — "Adib us-soniy"da o'qish va yozishga
o'rgatish uslubini, shuningdek, oiladagi o'zaro munosabatlar asoslarini
tasvirlab bergan. Shuningdek, Munawar Qori matematika bo'yicha birinchi darslik
muallifi hamdir.
Jadidlarning barcha gazeta va jurnallari
ozodlik, tenglik, adolat shiorlarini keng yoydi. Jadidchilik harakatining
siyosiylashuvi Munawar Qori tomonidan Toshkentda nashr etiigan
"Najot" jurnalida yaqqol namoyon bo'ldi.
Mahmudxo'ja Behbudiy (1874-1919)
diqqat bilan kuzatar, siyosat va ozodlik
kurashi to'g'risidagi maqolalar chiqishiga yo'l qo'ymasdi. Siyosiy erkinlik
haqida fikr bildirishga bo'lgan har qanday urinish gazeta yoki jurnalning
zudlik bilan yopilishiga olib kelardi.
Mahmudxo'ja Behbudiy madrasa mudarrisi
oilasida dunyoga keldi. Avval maktabda so'ng madrasada ta'lim olgan. U arab va
fors tillarini yaxshi o'rgangan. Ko'p hamkasblaridan farqli ravishda rus tilini
yaxshi bilgan hamda dunyoviy fanlarni o'rgana boshlagan. U dastawal mahalliy
qozi huzurida mirzalik qiladi, shariat va fiqhni o'rgandi hamda musulmon huquqi
bo'yicha maslahatlar bera boshladi. 1907-yilda Rossiyaga, so'ng O'rta Sharqqa
sayohat qildi, Qohira, Damashq, Istanbul
shaharlarida bo'ldi. Yangiusul maktablarida ishlab, geografiya bo'yicha 8 ta
darslik yaratdi.
Xalqqa manzur bo'lgan "Padarkush"
pyesasini harakat yetakchisi M. Behbudiy yozgan edi. Uning pyesasida har qanday
yo'l bilan boyishga intilishning salbiy ta'siri ishonarli ravishda ochib
berildi, yot madaniyatning farzandlar bilan ota-onalar munosabatiga salbiy
ta'siri ko'rsatildi. Jadidlarning pyesalarida kishilarni behuda o'tgan baxtsiz
hayoti, ayollar va bolalaming huquqlari buzilishi to'g'risida so'z borardi.
Mahmudxo'ja Behbudiy 1917-yilga qadar
jadidlar 23 nomdagi gazeta va jurnallar nashr etishgan, tolmas ma'rifatchi
Mahmudxo’ja Behbudiy nashr ettirgan "Samarqand" (1913-yildan nashr
etila boshlagan) va "Oyna" (1913-yildan nashr etila boshlagan)
jurnallari ular orasida eng nufuzlisi edi. «Oyna» jurnalida quyidagicha yozgan
edi: «Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmayturg'onlarni
«qul-marquq» derlar». Bu so'z keyinchalik mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov
tomonidan «manqurt» nomi bilan qayta kashf etildi.
Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Munawar Qori va
boshqa taraqqiyparvar ziyolilarning asarlarida milliy g'oyaning asosiy bo'g'ini
— Turkistondagi barcha ma-halliy xalqlarni birlashtirish g'oyasi qizil ip
bo'lib o'tganligini ko'ramiz. Bu holni Behbudiy quyidagicha ko'rsatgan edi:
«Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq
etib, bugundan islohotga qadam qo'ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlari-miz, boy
va ulamoimiz birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda
biz boshqalarga qaram bo'lmaymiz».
Jadidchilik 1917-yilda
ma'rifatchilik harakatlaridan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko'tarilgan
edi, O'sha 1917-yilning o'zida to'rt marta Butunturkiston musulmonlari
qurultoyi o'tkazildi. 1917-yil 16—23-aprelda Toshkentda bo'lgan I qurultoyda
demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g'oyasi
olg'a surildi. Bu g'oya Turkiston xalqlarining o'z milliy davlatchiligini
tiklash yo'lidagi dastlabki qadami edi.
Butunturkiston musulmonlar I qurultoyining
so'nggi majlisida Markaziy rahbar organ — Turkiston o'lka musulmonlari kengashi
(Kraymussovet) tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Uni tuzishdan
asosiy maqsad milliy-ozodlik harakatiga tashkiliy va markaz-lashtirilgan
xususiyat kasb etish uchun bir-biri bilan tarqoq aloqada bo'lgan jamiyat, qo'mita
va ittifoqlarni birlashtirish edi. Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashiga
Mustafo Cho'qayev rais, Zaki Validly bosh kotib, Munawar Qori, Behbudiy, O.
Mahmudov, U. Xo'jaev, T. Norbo'tabekov, Islom Shoahmedov va boshqalar a'zo
qilib saylandi. Munawar Qori va Sadriddinxon afandi boshchiligida Toshkent qo'mitasi
tuzildi. Shuningdek, Behbudiy rahbarligida Samarqand va Nosirxon To'ra
yetakchiligida Farg'ona bo'limi ham tashkil topdi. Markaziy Sho'roning organi
sifatida «Najot» (muharriri — Munawar Qori), keyinchalik «Kengash» (muharriri —
Validiy va Munawar Qori) gazetalari chiqa boshladi.
Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi
Boks
Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]
Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.
Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.