Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1983



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1294



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1894








Главная » 2010 » Март » 10 » HINDISTON: Demokratik jamiyat qurish yo’lida 10-SINF
13:43
HINDISTON: Demokratik jamiyat qurish yo’lida 10-SINF
HINDISTON: Demokratik jamiyat qurish yo’lida
Reja
1. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Hindiston. Iqtisodiy hayot
2. Indira Gandi. Mamlakatni modernizatsiyalash
3. Separatizmga qarshi kurash. Narasimxa Raoning ichki siyosati




Hindiston. Poytaxti – Dehli. Aholisi – 1 mlrd. kishi(1999). Aholining zichligi – 1 kv.km.ga 354 kishi. Shahar aholisi – 35 %, qishloq aholisi – 65 %. Maydoni – 3 165 596 kv.km. Rasmiy tili: hind va ingliz. Hukmron dinlar: hinduizm va islom. Ma’muriy – hududiy bo’linishi: 25 shtat, 7 ittifoqdosh hududlar. Pul birligi: rupiya = 100 paysa. Milliy bayrami: 26 yanvar – Respublika kuni; 15 avgust – Mustaqillik kuni.
Ikkinchi jahon urushi Britaniya kolonial umperiyasining batamom keraksiz ekanligini ko'rsatdi, Yaponiya osongina Singapur, Malayziya, Birmani egallab Hindiston bilan chegara hududiga yetib keldi. Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi mag'lubiyatigina mavjud tizimni saqlab qoldi, biroq orqaga yo'l yo'q edi.
Imperiyada milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Kurash oldida Hindiston borar edi. Harbiy flot dengizchilarining g'alayoni mazkur kurash kulminatsiyasi bo'ldi. G'alayon 1946-yil 19-fevralda Bombeydagi "Talvar" kreyserida boshlandi. Dengizchilar harbiy-dengiz bazasini egallab oldi, hind soldatlari ularga qarshi o't ochishdan bosh tortdi, qo'zg'olonchilarni harbiy uchuvchilar qo'llab-quvvatladilar. Bombey bir kechada barrikadalarga to'lib ketdi, ommaviy namoyish va ish tashlash boshlandi. Qo'zg'olon ayovsiz bostirildi.
1947-yil 20-fevralda Angliya bosh vaziri Ettli Hindiston to'g'risidagi yangi deklaratsiya bilan chiqdi. 1947-yil iyunda Hindiston vitse-qiroli lord Mauntbetten "Hindiston hokimiyatini topshirish to'g'risida"gi aktni e'lon qildi. Unga ko'ra mamlakat hindlar davlati - Hindiston va musulmon davlati - Pokistonga bo'lindi. Mamlakatning ikkiga bo'linish jarayonida siyosiy nizolar va hind-musulmonlar qirg'ini (Bengaliya, Panjobda) bo’lib o'tdi. Natijada Panjob va Bengaliya iqtisodiga ulkan iqtisodiy zarar yetkazildi. Provinsiyalardan ommaviy qochish oqibatida dalalarga ekin ekilmadi, sanoat korxonalari ishlamay qoldi. Ishsiz va uy-joysiz qochoqlar Hindiston va Pokiston ko'chalarini to'ldirgan edi.
1947-yil 15-avgustda mamlakatni ikkita davlatga bo'lish jarayoni tugatildi. Dehlidagi Qizil fort uzra Hindiston bosh vaziri Javoharlal Neru bayroq ko'tardi. Hindiston ozod bo'ldi.
Neru Javaxarlal (1889-1994) Hindiston bosh vaziri. 1889-yil 14-noyabrda Allahobodda dunyoga keladi. Boshlang’ich ta’limni uyda oladi. Xarrou va Triniti kollejlari hamda Kembrij universitetida tahsil oladi. «Inner Templ» ma’ruzalarida qatnashadi. 1912-yil Hindistonga qaytib, Hindiston milliy kongressining (HMK) Bankipur syezdiga delegat etib saylanadi.
1916-yil Moxandas Gandi bilan birinchi marta uchrashadi. 1923-yildan to 1925-yilgacha HMK bosh kotibi va Allahobod munisipaliteti raisi sifatida faoliyat yuritadi. 1927-yil Bryusselda HMK delegati sifatida mazlum xalqlar kongressida ishtirok etadi. Neru HMK raisligiga 1929 va 1936, 1937 va 1946, 1951 va 1954- yillarda bir necha bor saylanadi. 1946-yil sentyabr oyida o’tish davridagi Hindiston hukumatiga vitse-rais etib tayinlanadi va ayni paytda tashqi ishlar vaziri hamda hamdo’stlik ishlari vaziri lavozimini egallaydi. 1927-yil 15-avgustda Hindiston bosh vaziri lavozimini egallaydi. Neru 1951- 1952 yillarda bo’lib o’tgan umumxalq saylovlarida o’z lavozimini saqlab qoladi.
1959-yilda chegara masalasida Hindiston va Xitoy o’rtasida tortishuv boshlanib, qurolli to’qnashuv xavfi tug’ildi. Neru yagona pozitsiyada turib oldi, ya’ni u Hindiston zarurat tug’ilgan chog’ida hududiy mudofaa uchun kuch ishlatishi mumkinligini ta’kidladi.
Neru davlat arbobi bo’lish bilan birga ajoyib yozuvchi ham edi. Quydagi kitoblar uning qalamiga mansub: Dunyo tarixiga nazar (Glimpses of world history 1934), Tarjimai hol (An Autobiography 1936) , Ozodlikga (Toward Freedom 1941) va Hindistonning ochilishi (The Discovery of India 1946).
1950-yil yanvarda Hindistonda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko'ra mamlakat suveren demokratik respublika deb e'lon qilindi va namoyish o'tkazish, e'tiqod erkinligi kabi asosiy inson huquqlarini kafolatladi, umumxalq saylov huquqi joriy etildi. Tabaqaga ko'ra ajratish bekor qilindi, qulchilik va boshqa majburiy mehnat turlari bekor qilindi. Biroq yangi Hindiston yetakchilari mamlakat suverenitetligini mustahkamlash va lining gullab-yashnashi yo'lida hind xalqini jipslashtira olmadi. Hind xalqi kongressida (HXK) parchalanish holati yuzaga kelib qolgan edi.
Mustaqillik e'lon qilingach, barcha sanoat to'liq yoki qisman xorijiy kapital nazorati ostiga o'tdi. Hind milliy burjuaziyasining zaifligini hisobga olgan holda Javoharlal Neru boshchiligidagi hukumat iqtisodda xususiy tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashi lozim bo'lgan davlat sektorini tashkil etishga kirishdi. Davlat sektoriga ilgari inglizlarga qarashli bo'lgan aviatsiya, kemasozlik kompaniyalari, temir yo'l, shuningdek, davlat nazorati ostidagi korxonalar ham o'tdi. Chet el kapitali og'ir sanoat tarmog'igajalb etildi. Bunday yo'nalishdagi indus-trlashtirish sanoat ishlab chiqarish o'sishiga yordam berdi. Uning hajmi mustaqillik yillarida uch baravar oshdi. Ayniqsa, og'ir industriya va energetika sohasi tez sur'atlarda o'sa boshladi. Yalpi milliy mahsulotdagi davlat sektori 20 foizni tashkil etdi. Hindiston 1990-yilda 170 milliard kvt/soat elektroenergiya, 12 million tonna po'lat, 30 million tonna neft ishlab chiqardi. Alyuminiy ishlab chiqarish tez o'sa boshladi.
Avtomobil va avtobus, radiopriyomnik, televizor, fotoapparat kabi sanoat mollari ishlab chiqarish tezkor sur'atlarda rivojlana boshladi. Hindiston traktor ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi mamlakatlar safidan o'rin oldi.
Biroq mamlakatda agrar islohot o'tkazilmadi. 20 foizdan ko'proq qishloq aholisi umuman o'z yeriga ega emas, 50 foizdan ko'prog'ida esa atigi 2 gektargacha yer mavjud. Bu hoi hind xalqining ko'pchiligi qashshoqlikdan ham quyi chegarada yashashni anglatadi. Yersizlik ishsizlikni keltirib chiqaradi. Hozirgi Hindistonda ishsizlar soni 30 million kishini tashkil qiladi. Aholining 50 fgizi savodsiz.
Kashmir masalasi Hindiston va Pokiston o'rtasidagi janjal sababchisi bo'lmoqda. Bundan tashqari Kashmir Hindiston ichki nizolarining manbaiga aylanib qoldi. Yana bir yirik muammolardan biri - Panjob masalasidir. Uning xalqi Hindistondan ajralib alohida - Xaliston davlatini qurishni talab qilmoqda.
Mustaqillik uchun kurash oldida Hindiston Milhy kongressi bo'ldi. Ishchilar sinfi va dehqonlarning mustaqil chiqishlari ham asosiy rol o'ynadi. 1937-1939-yillarda tashkil etilgan umumhind kasaba uyushmalari kon¬gressi ishchilar harakatini samarali kuchga aylantira oldi. 1938-yilda tashkil etilgan umumhind dehqonlar ittifoqi agrar inqilobni o'zining asosiy maqsadi qilib qo'ydi.
Hindistonning mustaqillikka erishishida Milliy kongress asosiy kuch vazifasini o'tadi. HMKning yetakchi rahbari sifatida J.Neru oilasi tan olingan edi. U Hindistonning birinchi bosh vaziri bo'ldi va konstitutsiya J.Neru rahbarligida ishlab chiqildi. U o'limigacha, ya'ni 1964-yilgacha ana shu vazifada ishladi.
1964-yil 2-iyunda uning izdoshi L.B.Shastri Hindiston bosh vaziri lavozimini egalladi. Ammo u 1966-yil 11-yanvarda Pokiston prezidenti Ayyub Xon bilan hind-pokiston urushini to'xtatish haqidagi bitimga erishgach Toshkentda to'satdan vafot etdi. HMK rahbariyatining qaroriga ko'ra bosh vazir lavozimiga uning qizi Indira Gandi nomzodi qo'yildi.
Bu davrda Hindiston modernizatsiyalash va zamonaviy sivilizatsiyaga moslashtirish tarafdori bo'lgan HMK siyosiy arboblari bilan Morarji Dasay yetakchi- ligidagi HMKning boshqa bir guruhi o'rtasida o'zaro kurash bordi. Hindistonning taraqqiyot yo'liga chiqish davri ko'proq aynan I.Gan¬di nomi bilan bog'liq.
Gandi, Indira (1917-1984) Hindiston bosh vaziri. 1917-yil 19-noyabrda Allohabodda dunyoga keladi. Hindistonning birinchi bosh vaziri Javaxarlal Heruning qizi Hindiston va Shveytsariyada tahsil oladi. Shu bilan birga Oksford Universitetida tahsil oladi. 1941-yilda Hindistonga qaytib, advokat Feruz Gandiga turmushga chiqadi. Hindiston mustaqillikka erishganidan so’ng, chet el delegatsiyalarini qabul qiluvchi ma’sul etib, 1959-yilda esa Hindiston Milliy Kongressiga (HMK)ga rais etib tayinlanadi.1960-yilda, turmush o’rtog’ining vafotidan so’ng bu lavozimdan ketadi.1964-yil informatsiya vaziri etib tayinlanadi.1966-yil Lal Bahodur Shastrining vafotidan so’ng HMKga etakchisi va bosh vazir lavozimini egallaydi.
Ichki siyosatda I.Gandi hukumati bir qator ommabop bo'lmagan siyosatni yuritdi. Bu hol xalqda unga qarshi kayfiyat uyg'otdi va siyosiy muxolifatchilar pozitsiyasini kuchaytirdi. Mazkur siyosatlardan bin butun Hindistonda davlat tili sifatida hind tilini qabul qilishga urinish bo'ldi. Bu esa ayrim shtatlar milliy huquqini kamsitishni anglatar edi. Aynan bu hol Panjobda separatistlar harakatini yuzaga keltirdi va sikxlardan iborat aholining alohida Xaliston, shuningdek, Tamilnand (Madras), Kashmir, Uttar-Pradesh va Bixarda kabi alo¬hida davlat tuzish harakatini yuzaga keltirdi. 1969-yil hukumat 14 ta yirik banklarni natsionalizatsiya qiladi, bundan norozi bo’lgan kongressdagi konservativlar etakchilari I. Gandini partiyadan chetlatishga harakat qiladi. Parlamentdagi yo’qotishlar tufayli I. Gandi muddatidan bir yil oldin saylov e’lon qiladi.
1971-yil mart oyida bo'lib o'tgan umumxalq saylovlari bosh vazirga g'alaba keltirdi. 1971-yil dekabrda Pokiston armiyasi mamlakat sharqida mag'lubiyatga uchradi. Bu hol Sharqiy Bengaliyaning Pokistondan ajralib mustaqil Bangladesh davlati sifatida tashkil topishiga olib keldi. G'arbda ham Pokiston qo'shinlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi va mag'lub bo'ldi. Pokiston ustidan qozonilgan g'alaba hamda urushdan keyin olib borilgan muvaffaqiyatli muzokaralar I.Gandi obro'-e'tiborini kuchaytirdi.Biroq, I. Gandi 1975-yilda 1971-yilgi saylovlarda qonunni buzganligi uchun sud tomonidan ayblanadi. Javob tariqasida I. Gandi favqulotda vaziyat e’lon qiladi va hokimiyatni o’z qo’liga jamlashni ko’zlab, konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritadi. 1975-yil iyunda I.Gandi siyosatiga qarshi bo'lgan minglab kishilar hibsga olindi, matbuotda senzura paydo bo'ldi. Iyulda ko'pchilik siyosiy partiyalar taqiqlandi va parlament I.Gandining favqulodda vakolatini tasdiqladi. Muxolifat partiyalar Morarji Desaya yetakchiligidagi Janata partiyasiga birlashdi. Mamlakat fuqarolar urushi yoqasiga borib qoldi.
Ayni paytda u oilani rejalshtirish dasturini e’lon qiladi. Tug'ilishni sun'iy kamaytirishni targ'ib qilish mamlakatda umumiy norozilikni keltirib chiqardi. Xalq tomonidan bu shaxsiy hayotga tahdid, an'anaviy va diniy urf-odatlarni buzish deb baholandi. I.Gandining xalq turmush tarzini yaxshilash va uni demografik inqirozdan qutqarishga mo'ljallagan choralari teskari natija berdi. Natijada, 1977-yil saylovlar I. Gandini mag’lubiyatga olib keladi. Barcha okruglar bo'yicha Janata partiyasi vakillari g'alaba qozondi.
1978-yil noyabr oyida I. Gandi yana parlamentga saylanadi. 1978-yil dekabrda I.Gandi parlament imtiyozlarini suiiste'mol qilganligi uchun hibsga olindi. U qamoqda atigi bir hafta bo'ldi va shuning o'zi mamlakatdagi ilgarigi obro'-e'tiborini tiklash uchun yetarli bo'ldi. Bundan tashqari M.Desaya hukumati mamlakatda barqarorlikni tiklash va inflyatsiyani qisqartirishga qodir emasligi ma'lum bo'ldi.
1880-yil yanvar oyida Janata partiyasi mag’lub bo’ladi va I. Gandi yana bosh vazir lavozimini egallaydi. Ayni paytda I. Gandi shaxsiy hayotda o’g’ir yo’qotishga uchraydi, ya’ni uning kichik o’g’li va bosh siyosiy maslahatchisi Sanjay aviahalokatga uchraydilar. Sanjay o’limidan so’ng I. Gandi katta o’g’li Rajivni siyosat bilan shug’ullanishga undaydi. 1980-yillar boshida I. Gandi bir qator diniy va etnik mojorolarga duch keladi. Terroristik guruhlarning bir qismi Amritsardagi sikx dinining asosiy qadamjosi - Oltin Ibodatxonani egallab oladilar. Fuqarolar urushining oldini olish uchun 1984-yil 5-iyunda I.Gandi sikxlarning Amritsardagi o'chog'i - Oltin ibodatxonani shturm bilan bosib olishga buyruq berdi. Otishmalarda mingdan ortiq kishi halok bo’ladi. Oradan besh oy o’tgach, 1984-yil 31-oktabrda sikxlarga mansub tan soqchi I.Gandiga uch marta o'q uzib o'ldirdi. Sikxlar ayovsiz jazolandi: minglab sikxlar o'ldirildi, 50 mingdan ko'prog'i boshqa shtatlarga qochib ketdi. I.Gandi o'rnini uning o'g'li Rajiv Gandi (1944-1991) egalladi. U mamlakat birligi yo'lidagi o'z onasining kurashini davom ettirdi.
1983-yilda Assomda etnik va diniy negizga asoslangan ommaviy g'alayonlar bo'lib o'tdi. Panjobda sikxlar terrorizmi hukm surib, etnik va diniy to'qnashuvlar davom etdi.Panjobning mamlakatdan ajralib chiqishi Hindistonning markaziy qismida katta oziq-ovqat muammosini keltirib chiqardi. Bundan tashqari Nangaladagi yirik elektrostansiya mamlakat shimoliy qismidagi elektr energiyasining yarmini berar edi.
I.Gandi o'limidan so'ng boshlangan repressiya sikx¬lar qarshiligini kuchaytirib yubordi. Rajiv Gandi sikxlar terrorizmini yo'q qilishga kirishdi va 1987-yil may oyida Panjobning markaziy hukumatga bo'ysunishi to'g'risida (shtat maqomiga ega avtonom huquqlarni bekor qilish) qaror qabul qildi. 1988-yil may oyida yana Oltin ibodatxonaga hujum boshlandi va minglab odamlar halok bo'ldi.
Hind parlamenti R.Gandining iste'foga chiqishini talab qilishga majbur bo'ldi. 1989-yil boshida parlament uni siyosatni tushunmaslikda va korrupsiyada ayblab ishonchsizlik bildirdi. Biroq HMK uni partiya yetakchisi lavozimida saqlab qoldi va 1991-yil may oyidagi saylovda nomzodini qayta qo'yishdi. Ammo ayni saylov qizg'in pallada - 21-may kuni u o'ldirildi.
Saylovda yana HMK g'alaba qozondi va bu safar Narasimxa Rao boshchiligidagi hukumatni tuzishdi. Unga og'ir meros qolgan edi. Mamlakatni diniy-etnik nizolar yemirdi. G'alayonlar Uttar-Pradesh, Assam, Bixar, Jammu va Kashmirga ham o'tdi. Assamda 1993 va 1994-yillardagi etnik g'alayonlarda minglab kishilar o'lib ketdi. 1993-yil may oyida ro'y bergan zo'ravonlik butun Bombay va Kalkuttani larzaga soldi. Bu yerda bomba portlashi oqibatida 300 kishi halok bo'ldi va 120 kishi yaralandi. Mazkur mudhish voqeaga 1992-yilda XVI asrga mansub musulmon masjidining buzib tashlanishi sabab bo'ldi.
Kashmirdagi to'polonlar ham bundan kam emas edi. Hind hukumatining bu yerda to'g'ridan-to'g'ri boshqaruv rejimini joriy etishi keskin norozilikni va Kashmirga mustaqillik berish talabini keltirib chiqardi. Natijada Hindiston va Pokiston o'rtasidagi munosabatlarda keskinlik yuzaga keldi hamda Pokiston bilan qo'shilish tarafdori bo'lgan musulmon separatistlari harakati kuchaydi.
N.Rao hind iqtisodida tub o'zgarishlar o'tkazishga harakat qildi. U denatsionalizatsiya jarayonini boshladi. Ko'pgina zarar keltiradigan fabrika va zavodlar yopildi. N.Rao inflyatsiyani to'xtatish, sanoatga sarmoya qo'yishni ko'paytirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishni kuchaytirishga erishdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi ko'paydi. 1994-1995-yillarda bu sohadagi o'sish 10 foizni, yalpi milliy mahsulotning yillik o'sishi 5 foizni tashkil etdi.
1996-yil boshida HMK yuqori rahbariyatidagi korrupsiya va aynish holatlari ochib tashlandi. 30 ta yirik siyosatchi poraxo'rlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Hatto bosh vazir ham tergovga tortildi.
Hindistonda hind birligiga rahna soluvchi katta dushman - jangovar induizm millatchiligi paydo bo'ldi. Uning amaldagi timsoli Hindistondagi mashhur siyosiy shaxslardan biri Atal Bexari Vajpai yetakchiligidagi Bxarati Janata partiyasi (BJP) edi.
Yangi partiya mamlakatda to'liq induizm hukmronligini o'rnatish va musulmonlarni siyosat hamda iqtisoddan siqib chiqarishga chaqirdi. BJPga o'xshash partiyalar Hindistonning deyarli barcha burchaklarida paydo bo'la bordi. U ayniqsa markazi Bombay shahri bo'lgan Maxarashtra shtatida kuchli faoliyat yurgizdi. Bu yerda hind iqtisodrning muhim tarmoqlari va mamlakatdagi eng yirik port joylashgan. Bombay hind to'qimachilik, mashinasozlik, metalni qayta ishlash sanoati markazi sanaladi. Mazkur viloyat Hindistonning atom elektr stansiyasi hisobiga elektroenergiya bilan to'liq ta'minlangan yagona hududi sanaladi.
Shtat hukumatini Shiv Sen partiyasi boshqaradi. Uning rahbarlari mamlakat nomini Hinduston deb o'zgartirishni talab etishgan. Ularning taklifiga ko'ra Bombayga yangi - Mumbay nomi berilgan.
R.Gandi o'limidan so'ng Hindiston ichki siyosatidagi ahvol o'ta murakkablashdi, Panjobdagi separatistlar va ekstremistlar harakati faollashdi. Diniy-etnik va mazhablararo to'qnashuvlar kuchaydi, bir qator yetakchi partiyalarda fraksiyalar kurashi keskinlashdi. Muxolifat partiyalar faoliyati ham tiklana boshladi.
1998-yil fevraldagi parlament saylovlarida Bxarati Janata partiyasi va uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai 19-mart kuni bosh vazir etib saylandi. Oktabr oyidagi saylovlarda Vajpai rahbarligidagi siyosiy alyans g'alaba qozondi va BJPning yetakchi partiya sifatidagi ahamiyatini mustahkamladi. Hukumat tepasiga millatchilar kuchlarining kelishi Pokiston bilan aloqalarni qaytadan ziddiyatga olib keldi. 1999-yil may-iyunda Pokiston bilan chegaradosh Kashmirda ikki mamlakat qo'shinlari o'rtasida keyingi o'n yillikdagi eng og'ir to'qnashuv yuz berdi. Shu yilning aprel oyida Hindiston Rajastonda bir necha bor yadro quroli sinovini o'tkazdi. Bunga javoban Pokiston ham o'z yadro qurolini bir necha marta sinovdan o'tkazdi. Ikki davlat o'rtasidagi janjal yangi bosqichga ko'tarildi.
1997-yil iyulda Hindistonda muhim voqea yuz berdi. K.R.Narayanan mamlakat prezidenti etib saylandi. U Hindistondagi eng quyi shudra mazhabi vakili bo'lib shu paytgacha birorta yuqori davlat lavozimida ishlamagan. Bu hoi mamlakatda mazhablar o'rtasidagi munosabatlarning ijobiy yo'lga qo'yilishiga umid bildirar edi. 2002-yilda mamlakat prezidenti etib D.A.Kalam sayiandi.
2004-yil yanvarda Islomobodda Hindiston bosh vaziri Vadjpai va Pokiston prezidenti uchrashdi, ular ikki mamlakat o'rtasidagi mojaroni tinch yo'l bilan hal etishga intilishlarini namoyon etishdi.

Просмотров: 5376 | Добавил: aza | Рейтинг: 2.7/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

0
Arxiv

nwEnt20


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat