Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1983



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1294



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1894








Главная » 2010 » Март » 10 » 9-SINF TEST
13:49
9-SINF TEST
Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishi

1. Pyotr I Bekovich – Cherkasskiy ekspeditsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, yangicha yo’l tutib, O’rta Osiyoga qilinadigan keyingi yurishlar xavfsiz bo’lishini ta’minlash uchun istehkomlar tizimini qurib, O’rta Osiyo davlatlari chegarasi tomon asta-sekin siljib borish to’g’risida buyruq beradi. Shunday istehkomlardan dastlabki yettitasi ...
A) 1715-yilda Ob daryosi sohilida qurildi
B) 1718-yilda Irtish daryosi sohilida qurildi
C) 1725-yilda Yoyiq daryosi havzasida barpo etdi
D) 1739-yilda Irtish daryosi havzasida barpo etdi

2. Angliya hukumatining O’rta Osiyo davlatlariga birinchi "sayohati” qachon kim tomonidan amalga oshirildi?
A) 1820-yilda kapitan A.Konnoli
B) 1822-yilda polkovnik Ch.Stoddart
C) 1824-yilda M.Murkfort
D) 1826-yilda mayor D.Volf

3. Angliya hukumatining 1843-yilning noyabr oyida mayor D.Volfni Buxoroga jo’natishdan maqsadi nima edi?
A) Buxoro bilan savdo aloqalarini yaxshilash edi
B) 1838-yildan beri Nasrulloxon buyrug’i bilan zindonda yotgan polkovnik Ch.Stoddart va kapitan A.Konnolini ozod qilib, olib ketish lozim edi
C) Xiva va Buxoro munosabatlarini aniqlash edi
D) Hindistonga boradigan yo’lni aniqlash edi

4. Podsho Rossiyasining O’rta Osiyoni mustamlaka qilib bosib olishi sabablaridan biri ……
A) Angliyaning Afg’oniston bilan sulh shartnomasi tuzishi
B) Angliyaning O’rta Osiyo xonliklariga suqilib kirishi
C) Amerikada shimol va janub o’rtasida boshlangan fuqarolar urishi (1861-1865) Amerika paxtasining Yevropaga keltirilishi to’xtaganligida
D) Buxoro va Xiva xonliklaridagi munosabatlarning yomonlashganligida

5. Qachon Sirdaryoning quyilish joyida Raim qa’lasi qurildi?
A) 1840-yilda B) 1845-yilda
C) 1847-yilda D) 1849-yilda

6. Chor Rossiyasi imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishi necha bosqichga bo’linadi?
A) ikki B) uch B) to’rt D) besh

7. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olishining birinchi bosqichi ……. bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
A) 1847-yildan – 1864-yilgacha
B) 1852-yildan – 1863-yilgacha
C) 1853-yildan – 1862-yilgacha
D) 1854-yildan – 1867-yilgacha

8. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining uchinchi bosqichi …….. bo’lib o’tadi, u Xiva xonligini bosib olish va Qo’qon xonligini tugatish bilan yakunlandi.
A) 1868-1870-yillar
B) 1873-yildan 1879-yilgacha
C) 1875-1882-yillar
D) 1877-yildan 1890-yilgacha



9.Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olishining ikkinchi bosqichi qaysi yillarni o’z ichiga oladi?
A) 1862-yilda boshlandi va 1867-yilgacha davom etdi
B) 1863-yilda boshlanib 1868-yilda tugadi
C) 1865-yilda boshlandi va 1868-yilgacha davom etdi
D) 1867-yilda boshlanib 1870-yilda tugadi

10. Qachon Rus podshosi Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olish to’g’risida qaror qabul qildi?
A) 1859-yilda B) 1861-yilda
C) 1863-yilda D) 1865-yilda

11. Oqmasjidning 400 kishidan iborat qa’la garnizoni 3 mingdan ziyod kishidan iborat muntazam armiya qo’shinlariga qancha vaqt davomida mardonovor qarshilik ko’rsatdi?
A) 12 kun B) 16 kun
C) 20 kun D) 25 kun

12. Chor Rossiysi ….. O’rta Osiyoni bosib olishining to’rtinchi bosqichini amalga oshirdi.
A) 1873-yildan 1880-yilgacha
B) 1880-yil oxiridan 1885-yilgacha
C) 1882-yildan 1887-yilgacha
D) 1885-yil boshidan 1890-yilgacha

13. XIX asr o’rtalarida Toshkent atrofida shahar devori tiklanib, uning nechta darvozasi bor edi?
A) 6 darvozasi B) 8 darvozasi
C) 10 darvozasi D) 12 darvozasi

14. XIX asr o’rtalarida Toshkent shaharida …….. aholi istiqomat qilar va u O’rta Osiyodagi eng yirik shaharlardan biri hisoblanar edi.
A) 80 mingdan 100 ming nafargacha
B) 100 mingdan 150 ming nafargacha
C) 120 mingdan 170 ming nafargacha
D) 150 mingdan 200 ming nafargacha

15. 1864-yilda N.Veryovkin bilan M.Chernyayevning umumiy soni uch mingdan ziyod bo’lgan ikki qo’shini qayerdan Toshkentni zabt etish uchun yo’ldan chiqdi?
A) biri Perovskiy fortidan (Orenburg tomondan), boshqasi esa Verniy (Almati) shahridan
B) biri Oqmasjid (Qizil O’rda) dan, ikkinchisi Perovskiy bortidan
C) birinchisi Pishkak (Bishkak) dan, boshqasi Raim qo’rg’onidan
D) birinchisi Avliyoota (Jambil) dan, ikkinchisi Verniy (Almati) shahridan

16. Qachon M.Chernyayev qo’shinlari Verniydan Toshkentga kelish yo’lida Talas daryosining so’l sohilida joylashgan istehkom – Avliyoota (Jambil) ni bosib oldi?
A) 1862-yil 24-mayda
B) 1864-yil 4-iyulda
C) 1858-yil 12-aprelda
D) 1867-yil 3-mayda

17. Qachon Sirdaryo va Yangi Qo’qon chizig’i orasida Turkiston viloyati tuzildi?
A) 1864-yil oxirida
B) 1865-yil boshida
C) 1865-yil oxirida
D) 1866-yil oxirida

18. 1865-yil aprel oyi oxirida ……..
A) Sirdaryo va Yangi Qo’qon chizig’ida Turkiston viloyati tuzildi
B) M.Chernyayev qo’shinlari Avliyoota (Jambil) ni bosib oldi
C) podsho qo’shinlari Toshkent yaqinida jamlandi
D) N.Veryovkin qo’shinlari Chimkent shahrini egalladi
19. Qachon Chernyayev to’rtala – Beshyog’och, Ko’kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini o’z huzuriga chaqirib kelishlarini buyurdi?
A) 1865-yil 8-mayda
B) 1865-yil 17-iyunda
C) 1865-yil 24-sentabrda
D) 1865-yil 22 noyabrda

20. Chor Rossiyasi qo’shilari bilan Amir Muzaffar qo’shinlarining birinchi jangi qachon, qayerda bo’lib o’tdi?
A) 1865-yil 8-mayda Toshkentda
B) 1865-yil 16-sentabrda Xo’jandda
C) 1866-yil 8-mayda Erjar shahri yaqinida
D) 1866-yil 1-oktabrda Jizzax shahri yaqinida

21. Qachon Rossiya qo’shinlari tomonidanXo’jand qa’lasi qamal qilindi va jang boshlanib ketdi?
A) 1866-yil 8-mayda
B) 1866-yil 17-mayda
C) 1866-yil 24-mayda
D) 1866-yil 18-iyunda

22. 1866-yil kuzida Rossiya ning 6 ming piyoda askar, 500 kazak, 28 ta to’p va 600 aravadan iborat karvon (oboz) va 800 tuyadan iborat harbiy otryadi ….. tomon yo’l oldi.
A) Xo’jand B) Erar
C) O’ratepa D) Jizzax

23. Orenburg general-gubernatori Buxoro amiridan …… talab qildi.
A) 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon (kontributsiya) to’lashni
B) qo’shinlarini tarqatib yuborishni
C) O’ratepadan qo’shinlarini olib chiqib ketishini
D) Ziyovuddin hududigacha bo’lgan yerlarni berishni

24. Chor Rossiyasining 1866-yil harbiy kompaniyasi ……
A) Erjar shahrini egallash bilan tugadi
B) Jizzaxni egallash bian tugadi
C)Xo’jandga bosqini bilan yakun topdi
D) Samarqandni qamal qilish bilan tugadi

25. Qaysi yillarda bosib olingan hududlarda Chor Rossiyasi Sirdaryo viloyatini tuzdi?
A) 1864-1866-yillarda
B) 1866-1870-yillarda
C) 1860-1864-yillarda
D) 1867-1872-yillarda

26. Qachon Chor Rossiyasi bosib olingan hududlarda markazi Toshkent bo’lgan Turkiston general-gubernatorligini tuzdi?
A) 1865-yilda B) 1866-yilda
C) 1867-yilda D) 1868-yilda

27. 1867-yil 7-noyabr farmoniga ko’ra General-adyudant fon Kaufman.K.P Turkiston o’lkasi general-gubernatori etib tayinlanib …… Rossiyaning O’rta Osiyodagi yerlarini kengaytirish to’g’ri-sidagi ko’rsatmalarni amalga oshirdi.
A) 1878-yilgacha B) 1881-yilgacha
C) 1883-yilgacha D) 1885-yilgacha

28. Qachon Rossiya qo’shinlari Samarqandga kirib keldi?
A) 1867-yil 30-aprelda
B) 1867-yil 1-mayda
C) 1868-yil 29-aprelda
D) 1868-yil 2-mayda

29. Qachon general Kaufmanning Samarqanddagi qarorgohida amir Muzaffar Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirilgan shartnomani imzoladi?
A) 1868-yil 10-mayda
B) 1868-yil 26-mayda
C) 1868-yil 28-iyunda
D) 1868-yil 3-iyulda

30. Uzunligi qancha bo’lgan Zarafshon vodiysi Rossiya imperiyasi nazorati ostiga tushib qolgan edi?
A) 768 km B) 786 km
C) 843 km D) 877 km

31. Zarafshon daryosi Buxoroning va butun davlatning g’alla koni bo’lgan ……. hududni sug’orib turgan asosiy suv yo’li edi.
A) 6 ming km B) 8 ming km
C) 10 ming km D) 12 ming km

32. Qachon Buxoroda podsho hukumatining Buxoroga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi shart bilan to’ldirilgan yangi shartnoma imzolandi?
A) 1870-yilda B) 1873-yilda
C) 1875-yilda D) 1877-yilda

33. Podsho hukumatining Buxoroga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnoma imzolangach, kim birinchi diplomatik vakil etib tayinlangandi?
A) A.K.Abramov B) N.G.Mallitskiy
C) P.M.Lessar D) L.Kun

34. Qachondan boshlab Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta Osiyodagi rus yerlari o’rtasidagi chegara o’tkazish to’g’risida muzokaralar olib bordi?
A) 1867-yildan B) 1869-yildan
C) 1871-yildan D) 1873-yildan

35. Qachon Turkmanistonni Erondan ajratib turuvchi chegara qismi to’g’risi-dagi maxfiy shartnoma imzolandi?
A) 1878-yil 10-mayda
B) 1879-yil 16-aprelda
C) 1880-yil 5-avgustda
D) 1881-yil 10-dekabrda
36. Qaysi yilgi muzokaralar natijasida chegaralarni belgilash boyicha ingliz-rus komissiyasi Rossiyaning O’rta Osiyodagi (Buxoro) yerlari bilan Afg’oniston o’rtasidagi chegara chizig’ini belgiladilar?
A) 1880-1885-yillardagi
B) 1882-1884-yillardagi
C) 1885-1887-yillardagi
D) 1887-1889-yillardagi

37. Chor Rossiyasining ulkan lashkari ……. o’zining Toshkent,Kazalinsk, Orenburg, Mang’iqishloq va Krasnavodskdagi barcha bazalaridan deyarli bir mahalda yo’lga chiqdi.
A) 1872-yil dekabrida
B) 1873-yil fevralida
C) 1873-yil avgustida
D) 1874-yil martida

38. Chor Rossiyasining Xiva xonligini bosib olish uchun yo’lga chiqqan 13 ming kishidan …… nafarigina Xivagacha yetib bordi, xolos.
A) 9 ming B) 8 ming
C) 7,5 ming D) 5 ming

39. Qachon Turkiston, Orenburg qo’shinlari Xiva xonligi chegaralariga yaqin kelishdi?
A) 1872-yil noyabr oyida
B) 1872-yil dekabr oyida
C) 1873-yil may oyida
D) 1873-yil sentabr oyida

40. 1873-yil 12-avgustda Xiva bilan Rossiya o’rtasida Gandimiyon shartnomasi tuzilib, Xiva xonligi zimmasiga 2,2 million rubl miqdorida mashaqqatli tovon (kontributsiya) to’lash yuklanib, uni …… davomida to’lash rejalashtirildi.
A) 6 oy B) 10 yil C) 15 yil D) 20 yil

41. Abdurahmon Oftobachi boshchiligidagi qipchoqlar qachon qo’zg’olon boshladilar va qo’zg’olon Qo’qon xonligining asosiy shaharlariga yoyildi?
A) 1873-yilning mayida
B) 1874-yilning aprelida
C) 1875-yilning iyunida
D) 1876-yilning noyabrida

42. Qo’zg’olonchilar qo’shini qo’mondoni vazifasini o’z zimmasiga olgan Abdurahmon Oftobachi Xo’janddan 50 km masofada joylashgan ……. egalladi.
A) Baliqchi qa’lasini
B) Mahram qa’lasini
C) Andijon shahrini
D) Marg’ilon shahrini

43. Qachon Nasriddinbek Marg’ilonda Kaufmon bilan shartnoma imzoladi?
A) 1874-yil 26-noyabrda
B) 1874-yil 14-dekabrda
C) 1875-yil 5-avgustda
D) 1875-yil 22-sentabrda

44. ……... uchun janglar Rossiyaning O’rta Osiyoga bosqinchilik yurishlari tarixida eng shiddatlisi bo’ldi.
A) Namangan B) Qo’qon
C) Andijon D) Mahram

45. Farg’ona vodiysining bosib olingan yerlarida I.Skobelev boshchiligida Turkiston general-gubernatorligining ……. tuzildi va Andijonga yo’l ochildi.
A) Namangan bo’linmasi
B) Qo’qon bo’linmasi
C) Sirdaryo bo’linmasi
D) Andijon bo’linmasi






46. Qachon Qo’qon xonligini o’z ichiga ol-gan Farg’ona viloyati tuzildi, u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi?
A) 1875-yil 18-oktabrda
B) 1875-yil 23-dekabrda
C) 1876-yil 19-fevralda
D) 1876-yil 14-aprelda

47. Qachonga kelib turkman qabilalari podsho qo’shinlari tomonidan zabt etildi?
A) 1880-yilda B) 1882-yilda
C) 1883-yilda D) 1885-yilda

48. Qachon Angliya Afg’oniston hududi-ning bir qismini bosib oldi, natijada ing-lizlar uchun O’rta Osiyoga yo’l ochildi?
A) 1878-yilda B) 1879-yilda
C) 1880-yilda D) 1881-yilda


Просмотров: 4140 | Добавил: aza | Рейтинг: 3.2/9
Всего комментариев: 5
5 xusan  
0
javoblarni bervormislarmi a

4 xusan  
0
javoblarni bevor4inglar

3 Ikromova Mohinur  
0
Javoblari yo'mi?bo'sa yozvorila iltimos

2 aza  
0
Raxmat sizga biggrin

1 Amirbek  
0
,,Tarix sabog'in unutma har on, unga qo'l ko'targan qolmaydi omon'' degan ekan bobomiz Amir Temur. bu sayt juda yaxshi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

0
Arxiv

nwEnt23


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat