8-sinf UZ Tarixi - 30 Марта 2010 - Tarixdan testlar tuplami

Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2305






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1532



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1004



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1465








Главная » 2010 » Март » 30 » 8-sinf UZ Tarixi
15:50
8-sinf UZ Tarixi
Abdullaxon II markaziy hokimiyatni susaytirishga uringan har qanday xatti-harakat tashabbuskori hamda ishtirokchilarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Shunga qaramay, u baribir siyosiy parokandalikka barham berolmadi. Taxtga o'g'li Abdulmo'min o'tqazildi. Biroq, uning hukmdorligi uzoqqa cho'zilmadi. Oradan ko'p o'tmay Abdulmo'min ham o'ldirildi. Abdulmo'mindan qolgan 2 yashar o'g'ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi. Ana shunday bir sharoitda mamlakatning turli burchaklaridan taxt da'vogarlari chiqa boshladi. Ulardan bin Abdulmo'minning amakisi Balx hokimi Pirmuhammad edi. Buxoro xonligi taxtiga o'sha Pirmuhammad o'tqazildi. Biroq, uning zodagonlar orasida obro'si yo'q edi. Pirmuhammad davlatni 1601-yilgacha idora qildi, xolos. Markaziy hokimiyat nihoyatda zaiflashdi.
Buxoro xonligida vujudga kelgan og'ir vaziyatdan birinchi navbatda qo'shni davlatlar foydalanib qolishga urindilar, mamlakatda esa ichki nizolar yanada avj oldi. Har bir viloyat hukmdori ajralib chiqib mustaqil bo'lib olishga intildi. Xususan, Eron hukmdori shoh Abbos Hirotni va Xurosonning talaygina qismini bosib oldi. Qozoq sultonlarining lashkari Toshkent bilan Samarqandni egalladilar. Buxoroning o'zi bo'lsa ikki oy davo-mida qamal qilindi. Xorazm esa mustaqil davlat bo'lib oldi. Ana shunday og'ir sharoitda Buxoroning oliy tabaqalari kelib chiqishi Ashtarxon (Hojitarxon)lik bo'lgan Jonibek sultonni taxtga o'tkazishga qaror qildilar. Yangi sulola ashtarxoniylar nomini oldi. Xo'sh, Jonibek sulton avlodi qanday qilib Buxoroga kelib qolgan? Ashtarxoniylar Chingizxonning o'g'li Jo'chixon naslidan edilar. Ular XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Astraxan) va uning atrofidagi yerlarga hukmronlik qila boshlaganlar. 1556-yili Rossiya Astraxanni bosib olgach, ashtarxoniy Yormuhammadxon oila a'zolari va qarindosh-urug'i bilan Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxonning otasi)ning huzuriga — Buxoroga keladilar. Xon uni izzat-ikrom bilan kutib oladi hamda qizi Zuhraxonimni Yormuhammadxonning o'g'li Jonibek sultonga beradi. Jonibek sulton Zuhraxonimdan uch o'g'il (Dinmuhammad, Boqimuhammad va Valimuhammad) ko'rgan. O'g'illarining kattasi Dinmuhammad Abdullaxon davrida Seistonni idora qilgan.
1601-yili Jommuhammadxon nomiga xutba o'qitiladi va Buxoro xoni deb e'lon qilinadi. Ayni paytda Jommuhammadxon o'g'li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Lekin, Dinmuhammadga Buxoro taxtiga o'tirish nasib etmaydi. U Eron qo'shinlariga qarshi umshda halok bo'ladi. Endi, Buxoro taxtiga Boqimuhammad o'tiradi. Boqimuhammad bu davrda Samarqand hokimi edi. Valimuhammad esa voris deb e'lon qilinadi.
Shunday qilib, Buxoro taxtini ashtarxoniylar egallaydilar va Buxoro xonligi tarixida o'zbek sulolasi — ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davri (1601—1756) boshlanadi. Bu sulola Buxoro taxtida 1756-yilgacha, mang'itlar sulolasi vakillari qo'liga o'tguncha hukmron¬lik qildi.
Boqimuhammad (1601—1605) davlatni boshqarish tizimini mustahkamlashga ko'p urindi. Buning sababi, birinchidan, shayboniy Pirmuham¬mad davrida markaziy hokimiyatning nihoyatda kuchsizlanib qolganligi bo'lsa, ikkinchidan, sulola almashuvi jarayonida bu holatning yanada kuchayganligi edi. Xususan Marv, Xorazm va Balx ajralib chiqish yo'lini tutdilar. Shayboniy Abdullaxon II Xorazmni juda katta qiyin-chilik bilan Buxoro ixtiyoriga kiritgan edi. Uning o'limidan so'ng Xorazm turkmanlar yordamida Buxoroga bo'ysunmaslik yo'lini tutdi. Boqimuhammad Xorazm masalasini tinch yo'l bilan hal etdi. 1602-yilda esa Balxni kuch bilan bo'ysundirdi va unga ukasi Valimuhammadni hokim etib tayinladi. Boqimuhammadxon yana qator hududlarni Buxoroga bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi. 1603-yilda Eron safaviylari qo'shini Balxga hujum qilganida bu qo'shinlarni mag'lubiyatga uchratdi. Boqimuhammadxon endi Xurosonda ham Buxoro hokimiyatini tiklash maqsadi yo'lida harakat qila boshladi. Xuroson yurishi 1604-yilga mo'ljallangan edi. Ammo, 1604-yilda qozoq xoni Kelimuhammadning qo'shinini mamlakat hududidan haydab chiqara oldi. Buning uchun esa ancha vaqt zarur bo'ldi. Buning ustiga Boqimuhammadxon 1605-yilda vafot etdi. Boqimuhammad vafotidan keyin uning inisi Balx hokimi Valimuhammadxon (1605—1611) taxtga o'tqazildi. Biroq, uning yirik amaldorlar bilan munosabatida dushmanlik paydo bo'ldi. Bunga Valimuhammadxonning Xuroson masalasi xususida Eronga nisbatan tutgan kelishuvchilik siyosati sabab bo'lgan. Chunki, bu kehshuv oqibatida Buxoroning Xurosondagi mavqei amalda qo'ldan chiqarilgan edi. Endi. buxorolik amirlar unga qarshi isyon uyushtirmoqchi bo'lganda ikki o'g'lini olib Eronga qochib ketdi. Amirlar Boqimuhammadning o'g'li Imomqulixonni taxtga o'tqazganlar (1611—1642). Bu vaqtgacha Imomqulixon Samarqand hokimi edi. U Valimuhammad boshlab kelgan Eron qo'shinlarini tor-mor keltirib mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi. Imomqulixon davlatiga katta xavf solayotgan kuchlardan biri Jung'orlar (qalmoqlar) davlati edi. Jung'orlar (ular oyrat deb ham atalganlar) avvallari Sibir va Koshg'ar oralig'ida hamda Oltoydan to Ila daryosigacha bo'lgan hududlarda istiqomat qildilar. Keyinchalik ular g'arb sari tobora siljib, Jung'orlar davlati deb atalgan davlatga asos solgan edilar. Ular qozoqlarning ayrim guruhlarini egallab turgan hududlaridan siqib chiqara boshlaganlar. Bu hududlardan siqib chiqarilgan qozoqlarning ba'zi guruhlari Movarounnahr sarhadlariga kirib kela boshlaganlar. Jung'orlarning qo'shinlari bilan bo'lgan urushda Imomquhxon qo'shinlari g'alaba qozondi. Imomqulixon Toshkent yerlaridan qozoqlarni siqib chiqarish maqsadida 1613-yilda shaharga hujum boshladi. U Toshkentni egallagach, o'g'li Iskandar sultonni Toshkent hukmdori etib tayinladi. Iskandar sulton Toshkent aholisiga nisbatan qattiq zulim o'tkazdi. Xususan, boj, xiroj va soliqlarni ko'paytirdi. Bunga qarshi Toshkentda qo'zg'olon boshlandi. Qo'zg'olon natijasida Iskandar sulton o'ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo'shin tortib borib qo'zg'olonchilarni ayovsiz jazolagan. O'shanda Tosh-kentda katta qirg'in uyushtirilgan. Imomqulixon o'g'lining xuni uchun toshkentliklardan ayovsiz o'ch oldi. Buxoroda Imomqulixon hukmronligining oqibati shu bo'ldiki, uning davrida xon hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Nufuzli amirlar va zodagonlar ham xon hokimiyatiga nisbatan dushmanlik munosabatlarini to'xtatib turishga majbur bo'ldilar. Biroq, shunga qaramay, Imomquhxon mamlakatdagi siyosiy tarqoqlikning oldini ololmadi. Imomqulixon qattiqqo'l va berahm odam bo'lishiga qaramay, o'z davrining ilm-ma'rifatli hamda bunyodkor kishilaridan biri edi. U ayni paytda darvishlarni qo'llab-quvvatlagan o'z atrofiga olimlar, shoirlarni ham to'plagan, hatto o'zi ham she'rlar yozgan. Imomqulixon hukmronligi davrida sug'orish inshootlari kengaydi, eskilari ta'mirlandi. Natijada, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi birmuncha jonlandi. Manbalarda Imomqulixon haqida quyidagilar ham qayd etilgan: «Imomqulixon nochorlar ishini yengillashtirdi. Arz bilan kelganlarni qaytarmadi. Uning zamonida kambag'al ham, bechora ham qolmagandi. Chiqargan farmonlari ijrosi borasida amaldorlarga qattiq turdi. Qorong'i tushishi bilan oddiy kiyim kiyib vaziri va qo'rchi bilan bozoru mahallalarni aylanardi. Oddiy xalqning haqiqiy turmushidan boxabar bo'lib turardi». Qudratli mahalliy hukmdorlardan Samarqand hukmdori amir Yalangto'shbiy hamda Badaxshon hukmdori Mahmudbiy qatag'onlar katta bunyodkorlik ishlari olib bordilar. Jumladan, amir Yalangto'shbiy davrida Samarqandda ulkan ikkita madrasa — Sherdor va Tillakori madrasalari bunyod etildi. Samarqandning bosh maydoni bo'lmish Registon ham o'sha davrda bugungi qiyofaga keltirildi. Bu maydon Samarqand shahrining eng go'zal maydonlaridan biri bo'lib qoldi. Imomqulixondan keyin Buxoro taxtini uning inisi Nadrmuhammadxon egalladi.
Biroq, uning hukmronligi atiga uch yil (1642—1645) davom etdi, xolos. U o'zining 12 nafar o'g'li, bir nabirasi va ikki nafar jiyaniga mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk qilib bo'lib berdi va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tarqoqlikni kuchaytirdi. Aynan Nadrmuhammad davridan boshlab davlatchilik asoslari zaiflasha bordi. Oxir-oqibatda, Nadrmuhammad poytaxtda yo'qligida bir guruh fitnachi amirlar uni taxtdan tushirib o'g'li Abdulazizni xonlik taxtiga o'tqazadilar (1645—1680). Nadrmuhammadxon Batxga qochib bordi, toju taxtni qaytarib olish va viloyat hokimlari o'zboshimchaligiga barham berish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda Shohjahon (1628—1658)ga yordam so'rab murojaat etadi. U ikki o'g'li boshchiligida Balxga qo'shin jo'natdi. Shahzodalar Balx viloyatini egalladilar. Uni Abdulazizxon ikki yildan keyingina qaytarib olishga muvafiaq bo'ldi. Abdulazizxon davrida Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchaydi. 1655-yili Xiva xoni Abulg'ozi katta qo'shin bilan kelib, ikki bor Buxoro atroftarini talon-toroj qilib ketdi. Qorako'l aholisidan bir qismini asir olib, Karmanani vayron qildi. 1658-yili xorazmliklar Vardonzeni taladilar. 1662-yilgi bosqinda esa Buxorogacha yetib bordilar. Xorazm bilan uzoq davom etgan urushlar Buxoro xonligining siyosiy va iqtisodiy ahvoliga yomon ta'sir ko'rsatdi va ijtimoiy-siyosiy ahvolni murakkablashtirib yubordi. Noiloj qolgan Abdulazizxon toju taxtni inisi Subhonquliga topshirib, o'zi haj safariga jo'nadi. Subhonqulixon taxtga o'tirgan davrda Buxoro xonligining ichki va tashqi ahvoli nihoyatda og'ir edi. Ichki ahvolning og'irligi shunda ediki, birinchidan, Subhonqulixon Balx viloyatlarida hukmronlik qilayotgan o'g'illariga qarshi uzluksiz urush olib borishga majbur bo'ldi. Ikkinchidan, Movarounnahr viloyatlari hukmdorlari ham mustaqillik talab qila boshladilar. Ular markazga bo'ysunmasdan, xon xazinasiga soliq to'lamaslik yo'lini tutdilar. Mustaqillikka intilgan amirlardan ba'zilari o'z niyatlariga erishish yo'lida hatto davlatga xiyonat yo'liga kirganlar ham. Masalan, Samarqand viloyati hokimi Xojaqulibiy o'tarchi Xiva xoni Anushaxon bilan xonga qarshi urush boshlashini ochiqoshkora e'lon qildi.Tashqi ahvolning og'irligi shunda ediki, Xiva xonligi bilan munosabatlar borgan sayin yomonlashib bormoqda edi. Xiva qo'shinlarining katta-katta vayronaliklar keltiruvchi hujumlari avj olgan edi. Xiva qo'shinlari Buxoro, Karmana va Vardonzegacha yetib kelgan va hatto Samarqandni ham vaqtincha ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan edilar. Samarqand ishg'ol etilgach, 1681-yilda Xiva xoni Anushaxon nomiga xutba o'qitilgan hamda uning nomidan pul zarb etilgandi. Bu hodisa samarqandliklarning Anushaxonni o'z hukmdorlari deb tan olganligini bildirardi. Bundan g'azablangan Subhonqulixon Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Samarqandga qo'shin tortib bordi, shahar va viloyatdan xivaliklarni quvib chiqarishga erishdi. Samarqandliklarni esa qattiq jazoladi, ulardan katta miqdorda o'lpon undirdi. Subhonqulixon endi e'tiborni Mahmudbiy yordamida isyonkor o'g'illarini biryoqlik qilishga qaratdi va Balxga qo'shin tortdi. Uning amri bilan o'g'li Siddiq Muhammad hibsga olindi va u o'sha yerda o'ldirildi. Balx hokimligi yuz qabilasining sardori Muhammad hoji otaliqqa topshirildi. Subhonqulixon Xiva qo'shinlarining ketma-ket hujumiga chek qo'yish maqsadida Anushaxonga qarshi 1686-yili fitna uyushtirdi. Oxir-oqibatda, Anushaxonning ko'ziga mil tortiladi va taxtdan tushiriladi. O'rniga o'g'li Erengxon (Ernakxon) taxtga o'tqaziladi. Biroq, Erengxon ham Buxoro ustiga bosqin uyushtiradi. Shunda Subhonqulixon yana Mahmudbiy qatag'onni yordamga chaqirishga majbur bo'ladi. Yordamga yetib kelgan Mahmudbiy qo'shinlari bilan bir-galikda Subhonqulixon Xiva qo'shinlarim chekinishga majbur etadi. Endi Subhonqulixon Erengxondan ham qutulish yo'lini izlaydi va bunga muvaffaq bo'ladi, Chunki, Xivada Buxoro xonini qo'llab-quvvatlovchi kuchli ta'sirga ega bo'lgan guruh vujudga keltirilgan edi. Erengxon Xivaga qaytganidan so'ng zikr etilgan guruh uni zaharlab o'ldiradi. Xivada Subhonqulixonning nomi xutbaga qo'shib o'qitiladi va uning ismi-sharifi yozilgan tanga muomalaga kiritiladi. Shunday qilib, 1688-yilda Xiva Buxoro xonligi tarkibiga qo'shib olinadi. Sub¬honqulixon oliy hukmdor deb tan olinadi. Sub¬honqulixon amir Shohniyozni Xiva hukmdori etib tayinlaydi. Ham ichki, ham tashqi dushmanlariga qarshi kurash-da Subhonqulixonga yordam bergan Mahmudbiy otaliq Balx noyibi etib tayinlanadi. Subhonqulixonning hukmronligi yillari xalqning iqtisodiy ahvoli g'oyatda og'irlashdi. Chunki, mehnatkash ommaga og'ir soliqlar solindi. Hatto shunday hollar ham bo'lgan ediki, Subhonqulixon xalqdan 7 yillik soliqni bir yo'la to'lashni talab etadi. Mamlakat og'ir iqtisodiy tanazzul va parokandalikka uchragan bir paytda Subhonqulixon vafot etdi. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida ham shayboniylar davrida amalda bo'lgan davlat lavozimlari saqlanib qolgan. Shunday bo'lsa-da, ashtarxoniylar davrida ba'zi davlat lavozimlari mavqeida o'zgarishlar sodir bo'lgan. Masalan, XVI asrda otaliq lavozimida ishlagan amaldorning vazifasi joylardagi boshqaruv ishi bilan bog'liq bo'lgan. Ashtarxoniylar davrida esa otaliqning markaziy hokimiyatdagi mavqei kuchaygan. Xususan, Afadulazizxon (1645—1680) poytaxtdagi otaliq vazifasiga Yalangto'shbiyni tayinlagan. Subhonqulixon davrida eng muhim harbiy maqsadlarni ro'yobga chiqarish vazifasi otaliqqa yuklatilgan. Borabora otaliq armirlarning amiriga aylangan.Ashtarxoniylar davrida saroy kutvoli davlat lavozimi joriy etilgan. U mamlakatda davlat mablag'i hisobiga .amalga oshiriladigan qurilish va obodonchilik ishlariga javobgar bo'lgan. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida markaziy hokimiyatning kuchsiz va iqtidorsiz bo'lgani kuzatiladi. Ularning ikki rasmiy poytaxti bor edi: Buxoro bilan Balx. Balxni taxt vorisi (valiahd) boshqarar edi. Otaliq va o'zbek qabilalari yo'lboshchilarining nufuzi shayboniylar davridagiga qaraganda oshib ketdi. Boshqaruv ishlari o'shalar qo'lida edi. Siyosiy parokandalik, tinimsiz davom etgan ichki kurashlar, shahar hayotining so'nishi, oshirib yuborilgan boju xirojlar natijasida aholining xonavayron bo'lishi, tashqi hujumlar, talon-torojlar natijasida vohalaraning xarob holga kelib qolishi, savdo karvonlarining g'orat qilinishi ashtarxoniylar hukmronligi davrining o'ziga xos xususiyatlaridandir. To'g'ri, Imomqulixon bu holatning oldini olishga harakat qilgan, Chunonchi, u 1614—1615-yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho'liga kanal qazittirgan. 1633—1634-yillarda esa Qo'shqo'rg'onda kanal qazittir¬gan. Lekin, sun'iy sug'orish qurilishlari ko'lami XVI asrdagidek bo'lmagan. Natijada, XVII asr ikkinchi yarmiga kelib mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga yuz tuta boshladi. Qishloq xo'jaligi inqirozga uchradi, sug'orish tarmoqlari izdan chiqdi. Buxoro xonligida g'alla ekish kamayib ketdi. Chunki, yer egasi oldin dehqondan hosilning uchdan bir qismini oladigan bo'lsa, endi uchdan ikki, to'rtdan uch qismini oladigan bo'lib qoldilar. Dehqon ziroatkorlikdan hech naf ko'rmadi. Muhammad Badi' Samarqandiy istehzo bilan «sudxo'r bir kishiga bir tanga bersa, uni yetti tanga qilib qaytarib olardi», deb yozadi. Yer egalarining, amaldorlarning o'zboshimchaligi chegara bilmay qoldi. Jamoa yerlari — yaylovlar dushman otlari tuyog'i ostida qoldi; jamoaga tegishli ekin yerlar talon-toroj qilindi. Hunarmandlar ham o'z mahsulotlarini sotishda bojdan tashqari turli oliq-soliqlar to'lashga majbur etildi. Amaldorlardan saroyga peshkash yoki hadyalar keltirish ham barham topdi. Natijada, yuqori mansab egalari qo'lida katta-katta yer-mulklar jam bo'la boshladi. Masalan, Samarqand viloyati hokimi Yalangto'shbiy, Ollohberdibiy kabilar qo'lida ulkan va bepoyon ekin yerlari to'plandi. Xon ulardan xiroj ham olmay qo'ygandi. Xazinasi bo'shab qolgan xon o'z yerlarini sotuvga qo'yishga majbur bo'ldi. Ruhoniy katta yer egalarining mavqei ham o'sdi. Farg'ona va Toshkentda ular hatto hokimiyatni ham o'z qo'llariga oldilar. Ana shu ijtimoiy va iqtisodly qiyinchiliklarga qaramay, ba'zi viloyatlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va pul munosabatlari rivojlanishda davom etdi. Sayido Nasafiyning e'tirofiga ko'ra, Buxoro xalqi 200 xil turli kasbu hunar sohibi bo'lgan. Bunday holni mamlakat chekkalaridagi shaharlardagina kuzatish mumkin edi. 1670—1680-yillardagi jung'orlar hujumi va talon-torojlari oqibatida Zarafshon vodiysi, xususan Buxoro va Samarqand xarobazorga aylandi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat qanday bo'lishidan qat`i
nazar, ashtarxoniylar ilm, madaniyat, san'at va me'morchilikka homiylik qilganlar. Shuning uchun ham shay¬boniylar davrida rivoj topgan fan va madaniyat o'z an'analari bo'yicha ashtarxoniylar davrida ham davom etdi. Chunonchi, XVII asrda ijod qilgan ilm ahli, shoirlar va tarixchilar soni ilgaridan kam bo'lmadi. 1692-yilda Muhammad Badi' Samarqandiy tomonidan bitilgan tazkirada shu asrda yashagan 165 nafar ijodkorning nomi tilga olinganligi bu fikrning isbotidir. Bundan tashqari, xonlikda bir yuz ellikdan ortiq madrasa bo'lgan. Biroq, ashtarxoniylar zamonasida diniy mutaassiblik avj ola boshlagan. Oqibatda dunyoviy fanlarni o'qitish ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Lekin, ilm-fan taraqqiyoti butunlay to'xtab qolmadi. Masalan, Boboxoja ibn Xoja Orif Samarqandiy 1678-yilda falakiyot, ilmi hay'at haqida maxsus bir risola yozgan. Mullo Tursun Faroyiziy Samarqandiyning falakiyot, kimyo haqidagi risolalari bizgacha yetib kelgan. Subhonqulixonning o'zi «Lubb ul-lavoyih ul-qaraar fil-ixtiyorot» (Baxtli soatni aniqlashda oy manziilarining mohiyati) degan asar, tibbga doir «Ihyo at-tabibi Subhoniy» (Subhoniy tabobaii bo'yicha davolash) degan risola yozgan. Buxoroda madrasa qurdirib, u o'zi tibbdan dars bergan. Sa'id Muhammad Tohir ibn Abulqosim 1645—1650-yillarda «Ajoyib ut-tabaqot» asarini yozgan. Bu kitob yetti iqlim ajoyibotlari haqida hikoya qiladi.
Soqimuhammad Soni Chahoryakiy 1681—1704-yil-larda hisob bo'yicha risolalar yozgan. Qomusiy bilim sohibi Mahmud ibn Vali o'zining 1636-yilda yozilgan «Bahr ul-asror» (Sirlar dengizi) asarida Samarqand va Buxoro shaharlarda yashagan 20 nafar olim haqida ma'lumot beradi.
Saroyda emas, o'z viloyat va shaharlarida yashab ijod qilgan olimu shoirlardan Sayido Nasafiy (1637—1710), G'afur Samarqandiy (attor), Maseho (ternirchi), Manzur Samarqandiy (etikdo'z), Dog'iy Kufmiy (rangrez), Vohibi Buxoriy (sakkok — pul zarb qiluvchi), Adoiy (dehqon), Mulla Sarafroz, Fitrat Samarqandiy, Azmiy Buxoriy, Unvon Samarqandiylar shular jumlasidandir. Mirzo Sodiq munshi ashtarxoniylar sulolasi xonlarining kirdikorlarini fosh qiluvchi «Dahmayi shohon» manzumasini yozgan. Muhammad Balxiy «Subhonqulinoma» masnaviysini bitgan. XVII—XVIII asr boshlari tarixini bayon etuvchi Muhammad Amin Buxoriyning «Ubay-dullanoma», Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning «Muhit ut-tavorix» (Tarixlar dengizi), Abdu-rahmon Tole'ning «Abulfayzxon tarixi», Muhammad Yusuf munshining «Muqimxon tarixi», Xojamqulixon Balxiyning «Qipchoqxon tarixi» asarlari shu davrning mahsuhdir.
Subhonqulixonning zamondoshi shoir Turdi (1702-yil vafot etgan)ning ijodi o'ziga xosligi bilan ajralib tura-di. U Subhonqulixon va uning zolim amaldorlariga qarshi ko'tarilgan xalq qo'zg'aloni qatnashchisi, she'rlarida xalqni zulmga qarshi birdamlikka, birlashishga da Vat etgan jasur shoir. Ashtarxoniylar zamonida Boborahim Mashrab (1640-1711), So'fi Ollohyor (1644-1723) va boshqa tasavvuf namoyondalari ijodi xalq mehrini qozondi. Tariqat namoyondalari insonni ulug'lab, uning Haqqa yetishuvini tashviq qildilar: mo'minlar tomonidan tasavvufning to'rt qoidasiga — shariat, tariqat, ma'rifat va haqiqatga amal qilinishini targ'ib qildilar.
Xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul-muluk» (Podshohlar uchun dastur) asari Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va tuzumi haqidagi asardir. Mutri-biyning «Tazkirat ush-shuaro», Maleho Samarqan¬diyning «Muzakkir ul-ashob» (1602), mulla Sodiq Samarqandiyning «Riyoz ush-shuaro» kabi tazkiralarida davr ilmiy muhiti haqida keng tasawur beriladi. XVII asrda me'morchilik sohasida ham katta yutuqlarga erishildi: Samarqand Registoni shakllandi. Yalangto'shbiy mablag'iga 1626-yil Sherdor madrasasi, Tillakori madrasasi qurildi. Imomqulixon Madina shahrida chorbog', Makkadagi Ka'baga kiraverish dar-vozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutqichli yog'och zina qurdirganligiga tarix guvoh. Buxoroda Imomqulixon amaldori Nodir devonbegi masjid, hovuz, madrasadan iborat me'moriy majmua bunyod etdi; Samarqandda Xoja Ahror maqbarasi yonida madrasa va namozgoh bino qildi. Abdulazizxon qurdirgan Buxorodagi madrasa muh-tashamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turadi. Xon saroyida kitoblar ko'chirilib, naqsh va tasvirlar bilan bezatilgan. Xattot hoji Yodgor ko'chirgan bitiklar nafisligi bilan ajralib turadi. 1624-yili Samarqandda ko'chirilib, naqshlar bilan bezatilgan Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» nusxasi o'sha davr kitobat san'atini o'rganishda muhim o'rin tutadi.


Просмотров: 2497 | Добавил: aza | Рейтинг: 4.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

0
Arxiv

nwEnt29


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat