Mavzu.my1.ru
+998902249966


Tarix millatlarni o'tmishini, taroqqiyotini hamda tanazzulining
sabablarini o'rganadigan ilimdir.




Samarqand shahar: 8(3662)2345386 +998902249966

Sayt menyusi


Samarqand


Sаmаrqаndning tаriхiy vа аrхitеkturа yodgоrliklаri

  • Qаdimgi Аfrоsiyob mаnzilgоhlаri(e.а.8аsr)
  • Ulug`bеk оbsеrvаtоriyasi (1428-1429)
  • Shоhi Zindа аrхitеkturа аnsаmbli
  • Hаzrаt Хizr mаsjidi (19аsr o`rtаlаri)
  • Bibiхоnim mаsjidi (1399-1404)
  • Ulug`bеk mаdrаsаsi (1417-1420)
  • Shеrdоr mаdrаsаsi (1619-1635/36)
  • Tillа Qоri mаdrаsаsi (1647-1659/6
  • Chоrsu bоzоri (18 аsr охiri)
    Bibiхоnim mаqbаrаsi
  • Ruхоbоd mаqbаrаsi (1380yillаr)
  • Оq-sаrоy mаqbаrаsi (1470)
  • Go`ri Аmir (1404)
  • Nаmоzgоh mаsjidi (17аsrlаr)
  • Ishrаt Хоnа mаqbаrаsi (1464)
  • Хоjа Аhrоr аnsаmbli (15-20 аsrlаr)
  • Cho`pоn Оtа mаqbаrаsi (1430-1440)
  • Хоjа Аbdu Dоrin qаbristоni (15-19 аsrlаr)

Mp3


Bizning savol















Savolga javobni dj-azamat.com@mail.ru
ga yuboring.
Statistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Yadullayev Azamat



Ivan Grozniyning qaysi siyosati teror deb atalgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 2989






1861-1878-yillarda Italiya qiroli kim edi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1983



F.Garsia Lorka qaysi yillarda yashab utgan?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1294



1920-iyunida Vengriya qanday shartnoma imzolaydi?
[Natija · Arxiv savollar]
Javoblarв: 1894








Главная » 2010 » Март » 10 » 8-SINF TEST
13:48
8-SINF TEST
XVI-XIX asrning birinchi yarmida Qoraqalpoqlar

1. Qaysi qadimgi yodgorliklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi "Saka tigraxauda” (cho’qqi qalpoqli saklar) deb atalgan?
A) Doro I qabri ustidagi toshlarga mil. avv V asrda mixxat bilan o’yib yozilgan bitiklarda
B) "Avesto” asarida
C) Ahmoniylarning Suzadagi saroyi devoriga
D) Yunon-Rim tarixchilarining asarlarida

2. Qaysi davrda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kelib joylashgan?
A) mil. avv IV-III asrlarda
B) mil. avv III-II asrlarda
C) milodiy II-III asrlarda
D) milodiy V-X asrlarda

3. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida qaysi qabilalar shakllangan?
A) bijanaklar va xitoy-qipchoqlar
B) o’g’uzlar va mang’itlar
C) qo’ldovlar va burqutlar
D) bijanaklar va o’g’uzlar

4. Qaysi davrda bijanaklar negizida qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan?
A) 6-7 asrlarda B) 7-8 asrlarda
C) 8-10 asrlarda D) 10-11 asrlarda

5. X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar, bunga …. siquvi, tazyiqi sabab bo’lgan.
A) qarluq va o’g’uzlarning
B) o’g’izlar va qipchoqlarning
C) jungorlar va oyratlarning
D) naymon va qo’ng’irotlarning
6. Qaysi davrda bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan?
A) X asrda B) XII asrda
C) XIV asrda D) XVI asrda

7. XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi chegarasi ……. bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan.
A) Volga daryosidan Ural tog’larigacha
B) Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha
C) Orol dengizidan Sirdaryo havzasigacha, Amudaryodan Kaspiy degizigacha
D) Orol dengizidan Ural tog’larigacha

8. Qoraqalpoq davlatchiligi kim boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi?
A) no’g’ay (mang’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey)
B) qo’ng’irotlar boshlig’i Taburchak
C) xitoy-qipchoqlar boshlig’I Kuchukxon
D) qo’ldovlilar boshlig’I Mamanpolvon

9. Qachonga kelib No’g’ay xonligi 3 qismga –Olti ul o’rdasi, Kichik o’rda va Katta o’rdaga bo’linib ketgan?
A) XV asrning boshlarida
B) XVI asrning ikkinchi yarmida
C) XVII asrning boshlarida
D) XVII asrning ikkinchi yarmida

10. Qachon no’g’aylar Volga va Yoyiq daryolari bo’ylariga bostirib kelgan jung’orlar (qalmoqlar) tomonidan tor-mor etilgan?
A) XVI asrning o’rtalarida
B) XVI asrning oxirlarida
C) XVII asrning boshlarida
D) XVII asrning oxirlarida

11. Qachonga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilgan?
A) XVI asr oxirlarida
B) XVII asr boshlarida
C) XVII asr oxirlarida
D) XVIII asr boshlarida

12. XVIII asr boshlarida, 1714-yili Sirdaryo bo’yi qoraqalpoqlari davlatga birlashganda, kim xon qilib ko’tariladi?
A) Idigu B) Taburchak
C) Eshimxon D) Kuchukxon

13. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilganda qaysi qadimiy qo’rg’on-shahar tayanch bo’lgan?
A) Sig’noq B) Jand
C) To’ra D) Yangikent

14. Qoraqalpoqlarning birlashuvida …. sultonlar muhim rol o’ynagan.
A) Mamanxon,Idigu, Taburchak
B) Kuchukxon, Taburchak va G’oyib
C) G’oyib, Eshimxon va Idigu
D) Taburchak, Mastposhsho va Kuchukxon

15. XVI asrning ikkinchi yarmida No’g’ay xonligi 3 qismga bo’lingan bo’lib, qoraqalpoqlar ….. tarkibiga kirib Orol va Sirdaryo bo’ylariga kelib o’rnashganlar.
A) Kichik o’rda B) Katta o’rda
C) Olti ul o’rdasi D) O’rta o’rda

16. 1723-yilda jungorlar bostirib kelib, Sirdaryoning o’rta qismini egallagach qoraqalpoqlar yana ko’chishi oqibatida ikkiga bo’linib ketadilar. Ular shartli ravishda ……
A) Xorazm vohasi qoraqalpoqlari va Toshkent vohasi qoraqalpoqlariga bo’linib ketdi
B) "yuqori qoraqalpoqlar” va "quyi qoraqalpoqlar”ga bo’linib ketdi
C) Orol bo’yi qoraqalpoqlari va Sirdaryo havzasi Qoraqalpoqlarini tashkil etdi
D) Amudaryo qoraqalpoqlari va Sirdaryo qoraqalpoqlariga bo’linib ketdi

17. Qachon qozoq xoni Abulxayrxon tarkibida qoraqalpoq vakillari bo’lgan o’z elchilarini Peterburgga jo’natgan?
A) 1721-yilda B) 1723-yilda
C) 1724-yilda D) 1726-yilda

18. Tarixchi olimlar qaysi daryoda yaratilgan ajoyib sug’orish inshootlari tizimiga- bu qoraqalpoq xalqi qahramonona mehnatining ulug’vorligi xotirasidir, deb baho berganlar?
A) Yangidaryoda B) Quvondaryoda
C) Amudaryoda D) Sirdaryoda

19. Qachon Elbarsxon davrida Orolbo’yi o’zbeklari va qoraqalpoqlari Xiva xonligi hokimiyatini tan olganlar?
A) 1722-yilda B) 1726-yilda
C) 1730-yilda D) 1735-yilda

20. Qachon Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo’ysindirildi?
A) 1784-yilda B) 1796-yilda
C) 1809-yilda D) 1821-yilda

21. 1810-1811-yillarda esa …… yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi.
A) Yangidaryo atrofida
B) Sirdaryo havzasida
C) Quvondaryo atrofida
D) Orol dengizi bo’ylarida

22. Qaysi dostonda qoraqalpoqlarning yerlar o’zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer haydab g’alla yetishtirganligi, bog’lar yaratganligi haqida ma’lumotlar berilgan?
A) "Qo’blan” B) "Edigey”
C) "Qirqqiz” D) "Mastposhsho”
23. Qaysi davrda Amudaryo quyi tarmoqlarida dehqonchilik vohalari vujudga keldi?
A) XVII asrda Mang’it, Qo’ng’irot
B) XVIII asrda Qalliko’l, Kegayli
C) XVI asrda Chimboy va Neko’z
D) XIX asrda Kegayli, Mang’it

24. Qoraqalpoq dehqonlaridan qanday soliq undirilgan?
A) xiroj B) ushur C) salg’ut D) zakot

25. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan qanday soliq undirilgan?
A) "otlanuv” solig’i
B) "qozon” (xo’jalik) solig’i
C) "zobitona”
D) "jul” solig’i

26. Qachon Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqalpoqlar qo’zg’olon ko’targan?
A) 1821-yili B) 1823-yili
C) 1825-yili D) 1827-yili

27. Xiva xoni Olloqulixon Oydo’stbiy boshliq qo’zg’olonchilarni bartaraf etish uchun kim boshchiligida maxsus qo’shin jo’natdi?
A) Otajon To’rani
B) Muhammad Nazarbiy inoqni
C) Matnazar inoqni
D) Yusufbek mehtarni

28. Muhammad Nazar inoq qo’shinlari Oydo’stbiy qo’shinlarini qayerda tor-mor etdi?
A) Chirikrabod mavzeyida
B) Qo’ng’irot qo’rg’onida
C) Sori o’tovda
D) Kegayli hududida

29. XIX asrning 50-yillarida ….. qo’zg’olon ko’tarildi.
A) Kegaylida uch marta
B) Qo’ng’irotda ikki marta
C) Mang’itda to’rt marta
D) Chimboyda besh marta

30. 1827-yil 29-iyulida Oydo’stbiy o’zining ikki o’g’li Rizo va To’rani …… bosh qilib, Qo’ng’irot qo’rg’oniga chopovulga yuboradi.
A) 200 askarga B) 250 navkarga
C) 300 botirga D) 500 botirga

31. XVII asr oxiri- XVIII asr boshlarida qaysi shahar Orol va Xiva oralig’idagi savdo markazi bo’lib, bojxona shu shaharda joylashgan?
A) Chimboy B) Qo’ng’irot
C) Mang’it D) Xo’jayli

32. Qoraqalpoqlar yurtida XIX asr boshlarida qancha maktablar faoliyat ko’rsatgan?
A) 200 ta B) 250 ta
C) 318 ta D) 386 ta

33. Qoraqalpoqlarning qaysi dostonida Amir Temur, To’xtamish faoliyati bilan bog’liq voqealar bayon etiladi?
A) "Qo’blon” B) "Edigey”
C) "Mastposhsho” D) "Qirqqiz”

34. Qoraqalpoqlarning qaysi dostonida qoraqalpoq xalqining XVIII asrda jung’or qalmoqlariga qarshi ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o’z badiy ifodasini topgan?
A) "Bo’zatov” B) "Edigey”
C) "Mastposhsho” D) "Qirqqiz”

35. Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida, el-yurt yo’lboshchilari qahramonlaridan kimlar ulug’lanadi?
A) Esongeldi mahram, O’mirbek, Oydo’stbiy, Mamanbotirlar
B) Maman botir, Esongeldi mahram, Oydo’stbiy, Ernazarbiylar
C) Oydo’stbiy, Guloyim, Ernazarbiy, Maman botirlar
D) Ernazarbiy, Rizo botir, Oydo’stbiy va To’ra botirlar

36. Qoraqalpoq yozma adabiyoti qachondan boshlab shakllangan?
A) XVI asrdan
B) XVI asr o’rtalaridan
C) XVII asr boshlaridan
D) XVIII asrdan

37.Qaysi asarida Jiyan Jirov qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixini bayon etgan?
A) "Xayr endi do’stlar”
B) "Darbadar el”
C) "Tuyani ber”
D) "Xon yonida to’ralar”

38. Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan qaysi vakili o’zining qaysi asarida Xiva xoni ustidan kulgan?
A) Jiyan Jirov "Hoy xonimiz, xonimiz” hajviy she’rida
B) Kunxo’ja Ibrohim o’g’lining "Boy bolasi” she’rida
C) Berdaqning "Xalq uchun” she’rida
D) Kunxo’ja Ibrohim o’g’lining "Unutmasmen”, "Tuya ekansan” she’rlarida

39. Ajiniyoz Qosiboy o’g’lining qaysi asarida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishiga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan?
A) "Bo’zatov” B) "Xon yonida to’ralar”
C) "O’roqchilar” D) "Mening bolam”

40. Ajiniyoz Qosiboy o’g’lini butun O’rta Osiyoga tanitgan qaysi asari edi?
A) "Yigitlar”
B) "Bo’zatov”
C) "Bo’lmasa”
D) "Qiz Mengem bilan aytshuv”
41. Qachon Ajiniyoz tavalludining 175 yilliigi nishonlandi?
A) 1997-yilda B) 1999-yilda
C) 2000-yilda D) 2002-yilda

42. Berdaqning qaysi she’rlarida mehnatkash xalqning og’ir hayoti o’z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan?
A) "Bo’lgan emas”, Umrim”, "Yordam ber”
B) "Umrim”, "Avlodlar”, "O’g’limga”
C) "Yordam ber”, "Xalq uchun”, "Umrim”
D) "Ahmoq bo’lma”, "Bo’lgan emas”, "Umrim”

43. Berdaqning qaysi asarida Buxoro amirligiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon tasvirlanadi?
A) "Oydo’stbiy” dostonida
B) "Omongeldi” dostonida
C) "Xalq uchun” she’rida
D) "Yordam ber” sherida

44. Qaysi she’ri orqali Berdaq yoshlarni vatanni sevishga, ma’rifat cho’qqilarini egallashga chaqiradi?
A) "Bo’lgan emas”, "Xalq uchun”
B) "Umrim”, "Yordam ber”
C) "O’g’limga”, "Ahmoq bo’lma”
D) "Avlodlar”, "O’g’limga”

45. Qachon mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlangan?
A) 1998-yilda B) 1999-yilda
C) 2000-yilda D) 2001-yilda

46. Berdaqning qaysi asarida qoraqalpoqlarning Xiva xonligi zulmiga qarshi ko’tarilgan isyoni aks ettirilgan?
A) "Oydo’stbiy” dostonida
B) "Ernazarbiy” dostonida
C) "Omongeldi” dostonida
D) "Avlodlar” dostonida
7-mavzu: XVIII-XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligi

1. Qo’qon xonligi qachon tashkil topdi, uning birinchi hukmdori kim bo’lgan?
A) 1704-yil Norbo’tabiy
B) 1706-yil Shodibiy
C) 1709-yil Shohruhbiy
D) 1710-yil Abdurahimbiy

2. Shohruhbiyning o’g’li Abdurahimbiy davrida qaysi viloyatlar qo’shib olindi?
A) Xo’jand va O’ratepa
B) Samarqand va Qo’rg’ontepa
C) O’sh va Toshkent
D) Namangan va O’ratepa

3. Qo’qon xonlaridan qaysi biri o’z poytaxtini Tepaqo’rg’ondan Qo’qon shahriga ko’chirdi?
A) Shohruhbiy B) Abdulkarimbiy
C) Abdurahimbiy D) Erdona

4. 1751-1762-yillarda hukmronlik qilgan Erdona davrida qayerlar bo’ysindirildi?
A) Samarqand va Jizzax
B) Qurama va Toshkent
C) O’sh va O’zgan
D) Samarqand va O’ratepa

5. Erdona davrida Qo’qon xonligi ……. bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi.
A) g’arbda Buxoro, sharqda Xitoy
B) janubda Xorazm, g’arbda Rossiya
C) sharqda Xitoy, janubda Xorazm
D) g’arbda Rossiya, shimolda Buxoro

6. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlrga qaraganda qaysi Qo’qon hukmdori davrida ekinlardan mo’l-ko’l hosil olinib, bozorlarda narx-navo arzonlashgan?
A) Erdona B) Norbo’tabiy
C) Amir Umarxon D) Xudoyorxon



7. Qaysi hukmdor o’z davlatini 1805 yili rasman Qo’qon xonligi deb e’lon qildi, o’ziga esa "xon” rutbasini oldi?
A) Shohruhbiy B) Abdulkarimxon
C) Erdona D) Olimxon

8. Qo’qon xoni Olimxon Orenburgga boradigan savdo yo’llari tutashgan joyda xonlikning chegara qa’lasi ……. qurdirdi.
A) Bishkekni B) To’qmoqni
C) Oqmasjidni D) Verniyni

9. Tarixchi olim Mahmud Hoji o’zining qaysi kitobida 24 ta katta davlat mansabiga ta’rif bergan?
A) "Tarixi Shohruhbiy”
B) "Turkiston tarixi”
C)”Tarixi jahonnomayi”
D) "Tarixi muhojiron”

10. Qo’qon xonligida qaysi mansabdagi amaldor xon nomiga yozilgan arizalarni qabul qilish bilan shug’ullangan?
A) xudoychi B) mehtar
C) naqib D) parvonachi

11. Olimxon davrida o’tkazilgan harbiy islohatga ko’ra botirlar deb ataluvchi muntazam armiya tuzila boshlangan. Har bir botirga oyiga qancha maosh belgilangan?
A) 20 tanga B) 35 tanga
C) 50 tanga D) 60 tanga

12. Qo’qon xonligida xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib boruvchi amaldor qanday atalgan?
A) sarkor B) shig’ovul
C) muhtasib D) daftardor

13. Qo’qon xonligida mansabdorlar ishi ustidan nazorat qilib boruvchi amaldor kim bo’lgan?
A) naqib B) parvonachi
C) shig’ovul D) sarkor

14. XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent qanday dahalarga bo’lingan?
A) Ko’kcha, Sebzor, Solor va Qorasuv
B) Shayxontohur, Beshyog’och, Ko’kcha va Sebzor
C) Beshyog’och, Kamolon, Sebzor va Solor
D) Bo’zsuv, Ko’kcha, Sebzor va Shayxontohur

15. Yunusxo’ja hokimiyat tepasiga kelgach unga qanday unvon berilgan?
A) "Xoni oliy”
B) "Hazrati eshon”
C) "Xalq homiysi”
D) "hokimi mutlaq”

16. Qachon to’rt hokimlik tugatilib, yagona siyosiy hokimiyatning vujudga kelishi natijasida mustaqil Toshkent hokimligi tashkil topdi?
A) 1780-yilda B) 1782-yilda
C) 1784-yilda D) 1786-yilda

17. Yunusxo’ja 1796-yilda qayerlarni Toshkentga qo’shib oldi?
A) Chimkent, Sayram va boshqa o’nlab shahar va qishloqlarni
B) Katta qozoq juzi yerlarini
C) Qorakesak bo’lisini
D) Kichik qozoq juzi yerlari va Chimkent va Yettisuvni

18. Toshkent hokimi Yunusxo’ja qo’shinida asosiy kuchni kimlar tashkil qilgan?
A) Qorakesak bo’lisi vakillari
B) katta juz qabilalari
C) qirg’izlar
D) qipchoq suvoriylari
19. Toshkent bekligi Qo’qon va Buxoro xonliklarini, Orenburg va Sibir bilan bog’laydigan karvon yo’llari o’tadigan qaysi hududlarni o’z qo’lida tutib, O’rta Osiyo bilan Rossiyaning savdo munosabatlarida yetakchilikni qo’lga olishga intildi?
A) Xo’jand, O’ratepa, Jizzax
B) Turkiston, Chimkent va Sayram
C) Sayram, Xo’jand va Marg’ilon
D) O’sh, Turkiston va Xo’jand

20. Toshkent bekligining qaysi hudud ustidan o’z ta’sirini kuchaytirishi Qo’qon xonligining iqtisodiy va siyosiy mavqeyini chegaralab qo’ygan edi?
A) Chimkent va Sayram
B) Xo’jand va O’ratepa
C) Katta qozoq juzi
D) Turkiston va O’ratepa

21. Qachon Qo’qon xoni Olimxon qoshinlari Toshkentga yurish boshlaydilar?
A) 1789-yida B) 1792-yilda
C) 1797-yilda D) 1799-yilda

22. Yunusxo’ja hukmronligi davrida qanday pullar zarb qilingan?
A) yunusiy va tanga
B) rupiya va tanga
C) fuls va so’m
D) dinor va dirham

23. XVIII asrning oxiri XIX asr boshlarida Toshkent shahrini o’rab turgan devorning uzunligi …. yaqin bo’lgan.
A) 13 km ga B) 16 km ga
C) 18 chaqirimga D) 23 chaqirimga

24. Toshkent shahri nazorati va soliq yig’ish kimning qo’lida edi?
A) Salimsoq to’rani B) Boboxon to’rani
C) Rustam to’rani D) Boshchixo’jani

25. Qachon Qurama mavzeyi Toshkentga qo’shib olindi?
A) 1789-yili B) 1784-yili
C) 1795-yili D) 1799-yili

26. Toshkent hokimining nechta maslahatchisi bo’lgan?
A) ikkita B) uchta
C) tortta D) beshta

27. Toshkent shahar savdosi ustidan ….. nazorat qilishgan.
A) qozi va devonbegi
B) rais va mushrif
C) muxtasib va qozi
D) devonbegi va mushrif

28. Toshkent bekligida qaysi lavozimdagi shaxs shariat qonun-qoidalari va bozordagi narx-navo, o’lchovlar ustidan nazorat qilgan?
A) mushruf B) muxtasib
C) devonbegi D) rais

29. 1786-yili Toshkentlik savdogarlar B.Ismoilov va Azizxo’jalar qaysi yarmarkaga borishgan?
A) Orenburgdagi
B) Irbitdagi
C) Troiskdagi
D) Petropavlovskdagi

30. 1787-yili Troiskdan Toshkentga qancha so’mlik rus va chet el mollari keltirilgan?
A) 22380 so’mlik B) 25480 so’mlik
C) 27773 so’mlik D) 29330 so’mlik

31. 1795-yilning sentabr oyida qancha kishidan iborat Toshkent savdo karvoni Semipalatinsk shahriga kelgani hujjatlarda qayd etilgan?
A) 18 kishidan B) 24 kishidan
C) 36 kishidan D) 46 kishidan

32. XVIII asrning 90-yillarida ……. rahbarligidagi bir guruh Toshkent savdogarlari o’z karvonlari bilan doimo Petropavlovskka qatnab turgan.
A) savdogar B.Ismoilov
B) savdogar Azizxo’ja
C) Rahmatulla karvonboshi
D) Yusufbek karvonboshi

33. Qachon Muhammadxo’ja va Azizxo’ja boshliq Toshkent savdo karvoni Sibirga jo’naganda Yunusxo’ja ular orqali Sibir ma’muriyati nomiga maktub jo’natgan?
A) 1784-yili B) 1787-yili
C) 1892-yili D) 1794-yili

34. Sibir ma’muriyati 1794-yili qaysi elchilarini Toshkentga jo’natadi?
A) A.T.Beznosikov va T.S.Burnashevlarni
B) A.S.Pazuxin va I.Xoxlovlarni
C) F.Benivini va A.Sialkovskiylarni
D) A.T.Beznosikov va A.S.Pazuxinlarni

35. Sibir ma’muriyatining 1796-yilda ikkinchi bor yuborgan elchilarini Toshkentga kim kuzatib keladi?
A) Xiva xoni askarlari
B) Buxoro amiri sarbozlari
C) O’rta qozoq juzi Qorakesak bo’lusi sultoni Bukeyning o’g’li Eshim Sulton
D) Qo’qon xoni Norbo’tabiyning sarbozi

36. Qachon Toshkent elchilari Sankt-Peterburgga borib imperator Aleksandr I qabulida bo’lganlar?
A) 1793-yilda B) 1798-yilda
C) 1803-yilda D) 1807-yilda

37. Qachon Toshkent Qo’qon xonligiga qo’shib olindi?
A) 1803-yilda B) 1805-yilda
C) 1807-yilda D) 1809-yilda

38. Qaysi tarixchi Umarxon hukmronligi davrini eng yaxshi podsholik davrlaridan biri sifatida tavsiflagan?
A) Muhammad Hakim
B) Muhammad Solih
C) Muhammad Ho’qandiy
D) Fazliy Namangoniy

39. Qo’qon xonligining hududi qaysi hukmdor davrida ancha kengaydi?
A) Amir Umarxon
B) Muhammad Alixon
C) Olimxon
D) Xudoyorxon

40. Muhammad Alixon davrida qayerlarga yurishlar qilinib, bu yerlar egallandi?
A) Qo’rg’ontepa, Darboz va Ko’lobga
B) O’sh, O’zgan va Darbozga
C) Qorategin, Darboz va Ko’lobga
D) O’zgan, Qarshg’ar va O’shga

41. Qachon Amir Nasrullo o’z qo’shinlarini Qo’qonga yubordi?
A) 1839-yilda B) 1840-yilda
C) 1841-yilda D) 1842-yilda

42. Buxoro amiri hukmronligiga qarshi qo’zg’olonni tashkil etgan mahalliy kuchlar Farg’ona vodiysida ko’chib yurgan kimlarning madadiga tayangan edilar?
A) uyg’urlarning B) qipchoqlarning
C) jung’orlarning D) oyratlarning

43. Amir Nasrulloning ikkinchi bor Qo’qonga yurishi natijasida shahar 40 kun qamalda tutiladi, biroq qamalni davom ettirishiga nima xalaqit beradi?
A) Buxoroda Amir Nasrulloga qarshi ko’tarilgan isyon
B) Shahrisabz hokimining o’zini mustaqil deb e’lon qilishi
C) Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro amirligiga qilgan hujumi
D) Qo’qonliklarning mardonavor qarshiligi

44. Qachon Musulmonqul soliqlarning haddan tashqari og’irligidan norozi bo’lib qo’zg’olon ko’targan O’sh xalqi qo’zg’olonini bostirish uchun qo’shin bilan yuborildi?
A) 1841-yilda B) 1843-yilda
C) 1844-yilda D) 1845-yilda

45. Xudoyorxon qachon Toshkentdan chaqirilgan qo’shin bilan qipchoqlar qirg’inini uyushtirdi?
A) 1851-yil 12-mayda
B) 1851-yil 8-noyabrda
C) 1852-yil 9-oktabrda
D) 1853-yil 15-martda

46. Qo’qon xonligi mingboshisi Musulmonqul o’z mavqeyini yo’qotmaslik yo’lida kim bilan maxfiy ravishda uchrashadi?
A) rus qo’mondoniligi vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan
B) Buxoro amirligi vakili Qalandarxo’ja bilan
C) Xitoy imperatori elchisi Vu-Di bilan
D) Rossiya davlati elchisi I.V.Burnashev bilan

47. Qo’qon xonligida mulklarning ko’pchiligi ……. bo’lgan.
A) 20 sotixdan 40 sotixgacha
B) 30 sotixdan 60 sotixgacha
C) 40 sotixdan 70 sotixgacha
D) 50 sotixdan bir gektargacha

48. Qo’qon xonligida ko’chmanchi xalqlardan qanaqangi zakot olinardi?
A) "tutun haqi”, "xiroj”, "ko’chuv puli”
B) "chodir puli”, "qo’ra boshi”, "moli omon”


C) "qo’ra boshi”, "tutun haqi”, "Yig’im soliq”
D) "chorva puli”, "tutun haqi”, "qo’ra boshi

49. Qo’qon xonligida zakot to’lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in’omlaridan iborat bo’lgan soliq qanday nomlangan?
A) "tutun haqi” B) "yig’im soliq”
C) "qo’ra boshi” D) "o’tov puli”

50. Qo’qon xonligida bahor kelganda yangi o’tloqlarga ko’chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo’y bilan olinadigan soliq (zakot) qanday nomlangan?
A) "tutun haqi” B) "qo’ra boshi”
D) "o’tov puli” D) "ko’chuv puli”

51. Qo’qon xonligida oltin ma’dani qaysi hududlardan olingan?
A) Pop hududidan, Chirchiq daryosi bo’ylaridan
B) Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog’ shimolidagi Ko’krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo’ylaridan, Chotqol daryosi yuqori oqimlaridan
C) Iloq vohasidagi tog’lardan, Chotqol daryosi yuqoi oqimlaridan
D) O’sh tog’laridan, O’zgan hududidan, Chirchiq daryosi bo’ylaridan

52. Qo’qon xonligida qog’oz ustaxonasi qayerda joylashgan edi?
A) Namangan shahrida hokim saroyi yonida
B) Marg’ilonda bozor chetidagi maydonda
C) Qo’qon shahrining Mo’yi muborak darvozasi orqasida maqbara yonida
D) Andijon shahrida Jome masjidi orqasidagi maydonda

53.Qo’qondan Qashg’argacha yuklangan ot karvoni …….. yo’l yurgan.
A) 14-20 kun B) 20-25 kun
C) bir oy D) 30-35 kun

54. Qashg’ardan Qo’qonga har yili ….. keltirilgan.
A) 1500 otda choy, 200 otda mato, 50 otda qimmatbaho toshlar
B) 30000 otda choy, 200 otda mato, 200 otda qimmatbaho toshlar, 50 otda attorlik buyumlari
C) 2000 otda choy, 100 otda mato, 150 otda attorlik buyumlari
D) 2500 otda choy, 150 otda mato, 300 otda qimmatbaho toshlar

55. Qo’qon shahrida qaysi kunlari bozor bo’lgan?
A) seshanba va shanba
B) chorshanba va juma
C) yakshanba va chorshanba
D) dushanba va payshanba

56. Tarixiy manbalarda Qo’qonga oid ma’-lumotlar qachondan boshlab uchraydi?
A) VIII asrdan B) IX asrdan
C) X asrdan D) XII asrdan

57. XVIII-XIX asrlarda Qo’qon shahrida qancha aholi yashagan?
A) 20000 aholi B) 30000 aholi
C) 40000 aholi D) 60000 aholi

58. XIX asr o’rtalarida Qo’qondagi madrasalar ichida ……. madrasalari alohida ajralib turardi.
A) Madalixon, Umarxon, Mingoyim, Xudoyorxon
B) Jome, Mingoyim, Tunqator, Norbo’tabek
C) Madalixon, Norbo’tabek, Jome, Hojimoyim, Xojadodxox, Mingoyim
D) Murodbek, Xudoyorxon, Mingoyim, Tunqator
59. Andijon shahri arablar istilo qilgan davrda …… deb atalgan, degan rivoyat ham bor.
A) "Anjon” B) "Angon”
C) "Andukon” D) "Andajon”

60. "Oshlig’i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur …. Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo’r’onidan so’ngra mundin ulug’roq qo’rg’on yo’qtur. Uch darvozasi bor. To’qqiz tarnov suv kirar” deganda qaysi shahar nazarda tutilgan?
A) Shahrisabz B) Andijon
C) Marg’ilon D) Toshkent

61. Qachon Farg’onaning qadimgi poytaxti Axsikant qattiq zilzila oqibatida vayron bo’lganligi uchun aholi Namangan atrofiga ko’chgan?
A) 1600-yilda B) 1610-yilda
C) 1615-yilda D) 1620-yilda

62. Namanganning nomi manbalarda qachondan boshlab uchraydi?
A) XV asrdan B) XVI asrdan
C) XVII asrdan D) XVIII asrdan

63. Qachon Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangi ariq kanal qazilib, shaharning suv ta’minoti yaxshilangan?
A) 1815-1817-yillarda
B) 1817-1820-yillarda
C) 1810-1812-yillarda
D) 1819-1822-yillarda

64. Namangan shahri qachon baland devor bilan o’ralgan?
A) 1832-1835-yillarda
B) 1835-1837-yillarda
C) 1842-1845-yillarda
D) 1846-1848-yillarda
65. XVIII-XIX asrlarda Qo’qonda …. faoliyat yuritgan.
A) 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid
B) 110 ta maktab, 30ta madrasa va masjid
C) 100 ta maktab, 25 ta madrasa va masjid
D) 80 ta maktab, 20 ta madrasa va masjid

66. 1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rlarini o’z ichiga olgan qanday to’plamni tuzgan?
A) "Shohnomayi Umarxon”
B) "Majmuayi shoiron”
C) "Tarixi shohruhiy”ni
D) "Tarixi jahonnoma”ni

67. XVIII-XIX asrlarda Marg’ilonda qancha madrasa va maktab faoliyat yuritgan?
A) 70 ta maktab, 12 ta madrasa va masjid
B) 60 ta maktab, 15 ta madrasa va masjid
C) 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjid
D) 50 ta maktab, 8 ta madrasa va masjid

68. Qo’qon xoni Umarxonning g’azallar devoni ……. chop etildi.
A) 1882-yilda Istambulda, 1905-yilda Toshkentda
B) 1880-yilda Qozonda, 1900-yilda Toshkentda
C) 1885-yilda Anqarada, 1905-yilda Istambulda
D) 1890-yilda Toshkentda, 1910-yilda Xivada

69. Butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan "Zarbulmasal” asari qaysi shoir qalamiga tegishli?
A) Maxmur B) Gulxaniy
C) Turdi D) Mashrab

70. Uvaysiyning adabiy merosida …. va boshqalar bor.
A) 269 g’azal, 29 muxammas, 3 doston
B) 306 g’azal, 26 muxammas, 10 tuyuq
C) 260 she’r, 22 g’azal, 5 doston
D) 426 g’azal, 70 ruboiy, 6 doston

71. O’zbek shoirasi, ma’rifatparvar davlat arbobi Mohlaroyim-Nodiradan qancha misraga yaqin lirik adabiy meros qolgan?
A) 5 ming misra B) 7 ming misra
C) 10 ming misra D) 12 ming misra

72. Boborahim Mashrab necha yil davomida dunyoning juda ko’p mamlakatlarini kezib chiqqan?
A) 8 yil B) 12 yil B) 16 yil D) 18 yil

73. Boborahim Mashrab necha yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan?
A) 12 yoshidan B) 14 yoshidan
C) 15 yoshidan D) 17 yoshidan

74. Mashrab dinga shak keltirganlikda ayb-lanadi va 1711-yili g’animlarning ig’vosi bilan … tomonidan o’limga hukm etiladi.
A) Xuroson hukmdori Shoh Abbos I
B) Balx hokimi Mahmudbiy qatag’on
C) Hirot hokimi Ahmadbek
D) Buxoro hukmdori Ubaydulloxon



75. XVIII-XIX asr tarixchilaridan bo’lmish Abdulkarim Fazliy Namangoniy Amir Umarxonning topshirig’i bilan qanday tarixiy asarni yozgan?
A) "Shohnoma”
B) "Majmuayi shoiron”
C) "Shohnomayi Umarxon”
D) "Tarixi Shohruhiy”

76. Amir Umarxonning maslahati bilan yozilgan "Shohnomayi Umarxon” qaysi tarixchining asari?
A) Fazliy Namangoniyning
B) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiyning
C) mulla Ali Qori Qunduziyning
D) Dilshodi Barnoning

77. Quyidagi asarlardan qay biri Amir Umar-xon davrining ko’zga ko’ringan tarixchisi Muhammad Hakimxon To’ra ibn Sayid Ma’sumxon qalamiga mansub?
A) "Shohnomayi Umarxon”
B) "Tarixi Shohruxiy”
C) "Muntaxab ut-tavorix”
D) "Tarixi jahonnomayi”

78. Mulla Niyoz Muhammad Hoqandiy "Tarixi Shohruhiy” asarida qaysi yilgacha bo’lgan , ko’pincha o’z ko’zi bilan ko’rgan va bo’lgan voqealarni bayon etadi?
A) 1860-yilgacha B) 1865-yilgacha
C) 1870-yilgacha D) 1872-yilgacha

79. Tarixchi Mulla Ali qori Qunduziyning "Tavorixi manzuma” asarida …… tarixi bayon etilgan.
A) 1800-1822-yillar
B) 1810-1824-yillar
C) 1820-1836-yillar
D) 1822-1848-yillar
80. Ma’rifatparvar shoira va tarixchi olima Dilshodi Barno quyidagi qaysi asarlarni yozib qoldirgan?
A) "Tarixi muhojiron” ("Muhojirlar tarixi”), "Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron” ("Inson matonati va muhojirlar tarixi”)
B) "Muntaxab ut-tavorix”, "Tarixi muhojiron”
C) "Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron”, "Tarixi Shohruhiy”
D) "Shohnomayi Umarxon”, "Tarixi muhojiron”

81. Qo’qon hattotlik san’atining qaysi namoyondalarining kitob ko’chirish borasida o’zlari amalga oshirgan xayrli ishlari bilan tarixda nomlari qoldi?
A) Muhammad Sharif, Mirzo Sharif Dabir, Qunduziy
B) Muhammad Latif, Mirzo Sharif Dabir, Abulg’ozixo’ja
C) Abulg’ozixo’ja, Mirzo Qalandar, Muhammad Hakimxon
D) Muhammad Hoqandiy, Mirzo Qalandar, Muhammad Latif

82. Quyidagi madrasalarning qaysi biri xalq orasida Madrasiyi Mir nomi bilan mashhur bo’lgan?
A) Madrasai Tunqator
B) Madrasai Jome
C) Norbo’tabiy madrasasi
D) Madrasai Xo’jabek

83. Amir Umarxon Turkiston va uning atroflarini Oroldan Yettisuvgacha egallab qanday qa’lalarni qurdirdi?
A) Pishpak (Bishkak), Verniy (Olma ota), Avliyoota ( Jambul)
B) Oqmasjid (Qizil O’rda), Avliyoota (Jambil), Pishpak (Bishkak)


C) Verniy (Olma ota), To’qmoq (Orol), Oqmasjid (Qizil Orda)
D) Avliyoota (Jambil), Raim (Kopol), Pishpak (Bishkak)

84. Quyidagi madrasalarning qaysilari 1825-yilda qurilgan?
A) Madrasayi Tunqator, Madrasayi Haqquli mingboshi
B) Madrasayi Buzrugxo’ja, Madrasayi Jome
C) Madrasayi Mingoyim, Madrasayi Xo’jabek
D) Madrasayi Jome, Madrasayi Tunqotor

85. Madrasayi Miyonhazrat, Madrasayi Mohlaroyim, Madrasayi Hakim To’ra inshootlari qachon qurilgan?
A) 1807-yili B) 1803-yili
C) 1798-yili D) 1795-yili

Просмотров: 7107 | Добавил: aza | Рейтинг: 4.5/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Dutch House Music

Dj AzA ProductioN

скачаем и послушаем...! 

www.djazaproduction.fo.ru

Sportlar tarixi


Futbol


Futbol(ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi

Boks



Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi[1] (Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud).[2] Qoʻlqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil).[1]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme, deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya Oʻyinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qoʻlqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qoʻydi. Ancha vaqt oʻtib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga koʻra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta'sir ko'rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743-yilda Jack Broughton bokschilarni oʻlimdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867-yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar eʼlon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Yodingda bo'lsin


Islom Karimov
"Tarixsiz kelajak yo'q"


Izlash

Taqvim
«  Март 2010  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031

0
Arxiv

nwEnt22


TesT

























[03.02.2010]
MP3 (1)
[08.02.2010]
IX – XI asrlarda Fransiya. (0)
[08.02.2010]
SOMONIYLAR (0)
[08.02.2010]
Buyuk Ipak yo"li (0)
[08.02.2010]
Amir temur (2)
[08.02.2010]
Mirzo Ulug'bek (1)
[08.02.2010]
Alisher Navoiy (1)
[09.02.2010]
TESTLAR (0)
[09.02.2010]
O'zbekiston tarixidan testlar (2)
[10.02.2010]
Ilk o’rta asrlarda vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. (3)

Samarqand shahar Bog'ishamol tumani Said mahalla Ming tut ko'chasi 88A uy.
Tel:(83662)2345386
+998905022342
Yadullayev Azamat